1-ILOVA
T/r | Talablar roʻyxati va mazmuni |
1. | Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish haqidagi Davlat qabul komissiyasi dalolatnomasining mavjudligi. |
2. | Davlat yongʻin nazorati organlarining yozma koʻrsatmalarida (dalolatnoma, tavsiyanomalar maʼlumotnomasi) taklif etilgan yongʻinga qarshi tadbirlarning bajarilgani. |
3. | Obyekt meʼyor talablariga asosan yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlangani. |
4. | Obyektda mavjud boʻlgan yongʻin oʻchirish texnikalarining (motopompa) texnik holati va yongʻin oʻchirish anjomlari bilan toʻliq jihozlangani. |
5. | Bino va inshootlar yongʻin avtomatikasi tizimi bilan jihozlangani va sozligi. |
6. | Ishchi xizmatchilar statik elektr toki hosil qilmaydigan maxsus kiyim bosh bilan taʼminlangani. |
7. | Obyektda amaldagi standartga muvofiq yongʻin xavfsizligi boʻyicha belgilar (ogohlantiriluvchi bildirishnomalar va rasmli tasvirlar bilan ifodalangan axborot stendlar) oʻrnatilgani. |
8. | Yongʻinga qarshi suv taʼminotining mavjudligi va ishchi holatda boʻlish. |
9. | Rahbar tomonidan tasdiqlangan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqilgani va barcha ishchi-xizmatchilarga tanishtirilgani, ular yongʻin sodir boʻlganda harakatlanish tartiblarini bilishlari. |
10. | Rahbarning buyrugʻi bilan yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun javobgar shaxslar tayinlangani. |
11. | Rahbar tomonidan tasdiqlangan obyekt hududidan odamlar va transport vositalarini evakuatsiya qilish rejasi mavjudligi. |
2-ILOVA
Talablar roʻyxati va mazmuni | |
1. | Faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarga egalik huquqini (kadastr, davlat roʻyxatdan oʻtganligi) va boshqa ashyoviy huquqni (notarial va davlat roʻyxatidan oʻtganligi) tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi. |
2. | Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish haqida Davlat qabul komissiyasi dalolatnomasining mavjudligi. |
3. | Shoxobchaning texnik pasporti va tasdiqlangan texnologik sxemasi mavjudligi. |
4. | Shoxobcha loyihasi “Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish” boʻyicha maxsus litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgani. |
5. | Shoxobcha loyihasiga mutasaddi korxona tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda buyurtmachi korxona tomonidan tasdiqlangani. |
6. | Shoxobchada oʻrnatilgan texnologik asbob-uskunalar, agregatlar hamda boshqa uskuna va jihozlarning loyihaga muvofiqligi, nazorat va oʻlchash vositalarining holati va metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilgani, mahsulot saqlovchi sigʻimlarni tashqi atmosfera taʼsiridan himoyalangani. |
7. | Shoxobchada yoqilgʻi miqdorlari boʻyicha hisob-kitob tizimi yaratilgani va hisoblash uskunasining yaroqliligini tasdiqlovchi mutasaddi korxonalar tomonidan berilgan hujjatlar mavjudligi. |
8. | Shoxobchada belgilangan tartibda kelishilgan gaz toʻldirish reglamentining mavjudligi*. |
9. | Shoxobchada mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda oʻz ehtiyoji va texnologik yoʻqotishlar miqdori boʻyicha vakolatli korxona tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanma (metodika) mavjudligi. |
10. | Shoxobchada mahsulotlarning sifati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini nazorat qilish kimyo laboratoriyasi mavjudligi va ularni kerakli sinov, oʻlchash vositalari, standart namunalari bilan taʼminlangani yoki Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan texnik jihatdan malakalangani maʼqullangan kimyo laboratoriyasi bilan tuzilgan shartnomalarning mavjudligi hamda sotiladigan yoqilgʻi mahsulotlarining sifat koʻrsatkichlari boʻyicha muvofiqlik sertifikatining mavjudligi. |
11. | Shoxobchada ishlayotgan muhandis-texnik xodimlarning malakasi oshirilgani toʻgʻrisida guvohnomalari mavjudligi. |
12. | Neft mahsulotlarini vagon-sisternalardan qabul qilish uchun boshi berk temir yoʻlning mavjudligi, vagon-sisterna yoki avtotsisternalardan alohida-alohida qabul qilib olishda texnologik jihozlar bilan taʼminlangani, ularning loyihaga muvofiqligi.* |
13. | Shoxobchada mahsulotlarni qabul qilish va tarqatishda qizdirish moslama va qurilmalarning mavjudligi.* |
3-ILOVA
Talablar roʻyxati va mazmuni | |
1. | Xavfli ishlab chiqarish obyekti loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertiza xulosasi mavjudligi. |
2. | Xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash boʻyicha ekspertiza xulosasi mavjudligi. |
3. | Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlganda, boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi mavjudligi. |
4. | Bosim ostida ishlovchi sigʻimlar pasportlarining mavjudligi. |
5. | Bosim ostida ishlovchi sigʻimlarda manometrlarning oʻrnatilganligi va metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilgani. |
6. | Bosim ostida ishlovchi sigʻimlarning navbatdagi ichki koʻrik va gidravlik sinovdan oʻtkazilgani. |
7. | Nazorat oʻlchov asbobi siferblatida ruxsat etilgan ishchi bosim, sarf va harorat va boshqalarga mos boʻlgan shkalani boʻlib oʻtuvchi qizil chiziq mavjudligi. |
8. | Bosim ostida ishlaydigan sigʻimlarni ortiqcha bosimdan muhofaza qilish klapanining pasporti mavjudligi. |
9. | Bosim ostida ishlaydigan sigʻimlarni ortiqcha bosimdan muhofaza qilish klapanining sozligi va belgilangan muddatda tekshirilgani. |
10. | Muhandis texnik xodim, gaz toʻldiruvchi, operator, gaz xoʻjaligi boʻyicha ishchi-xodim va chilangarlarning xavfsiz ish yuritish usullari boʻyicha oʻqitilib, attestatsiya va davriy bilim sinovlaridan oʻtkazilgani. |
11. | Bosim ostida ishlovchi idishlarning sozligi va xavfsiz ishlatilishini taʼminlash boʻyicha javobgar shaxslarning (muhandis-texnik xodim) tayinlangani toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtirilgani. |
12. | AGQSH gaz oʻtkazgichlari, sigʻimlari (rezervuar) va uskunalarida oʻrnatilgan saqlovchi prujinali klapanlarning sozligi va taʼsir kuchi, bir oyda kamida bir marta, ularni qisqa muddatli ochib turish yoʻli bilan tekshirilgani. |
13. | Sigʻimlarning (rezervuar) saqlovchi tashlama klapanlari — 6 oyda kamida bir marta, qolgan tashlama klapanlar — joriy taʼmirlashni oʻtkazish paytida bir yilda kamida bir marta tekshirilgani. |
14. | Sinashdan keyin klapanlarning tamgʻalanishiga, tekshirish natijalari umumiy qabul qilingan dalolatnoma shaklida rasmiylashtirilgani hamda navbatdagi sinov muddati koʻrsatilgan temircha (birka) osib qoʻyilgani. |
15. | Kompressor va nasoslarning bosimi haydash yoʻllaridagi belgilangan ishchi bosimidan koʻtarilib ketganda, elektrokontaktli manometrlar orqali elektrdvigatellarni avtomatik ravishda oʻchirish tizimining mavjudligi. |
4-ILOVA
Talablar roʻyxati va mazmuni | |
1. | Barcha rejalashtiriladigan ishlarni bajarish uchun, xususan, ob-havoning noqulay sharoitlaridan himoya qilishni taʼminlangani. |
2. | Oqava suvlarni toʻplanmasligi uchun sharoitlarning yaratilgani. |
3. | Sigʻimlarning germetikligining taʼminlangani. |
4. | Suyultirilgan uglevodorod gazi saqlanadigan sigʻimlar va quvurlardagi ehtimoliy chiqish nuqtalarini muntazam tekshirish hamda yoriq yoki shikastlanish aniqlanganda zudlik bilan bartaraf etish choralarining koʻrilgani. |
5. | Ombor hududida atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarning tuproqqa yoki suv manbalariga tushishini oldini olish uchun toʻsiq va izolyatsiya choralarining taʼminlangani. |
6. | Ombor hududida yer osti va yer usti suvlarini ifloslantirmaslik uchun yogʻin suvlari va texnologik oqovalarni toʻplash, tozalash hamda neytrallash inshootlarining mavjudligi va samarali ishlashi. |
7. | Suv havzalariga yoki yer osti suv qatlamlariga suyultirilgan uglevodorod gazi, neft mahsulotlari yoki boshqa ifloslantiruvchi moddalarning tushishini oldini olish maqsadida gidroizolyatsiyalangan zaxira hovuzlar va avariyaviy toʻsiq tizimlari oʻrnatilgani. |
8. | Hosil boʻlgan ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarni vaqtincha saqlash joylarini tashkil etilgani va oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi taʼminlangani. |
9. | Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingani va xulosa talablarining bajarilishi taʼminlangani. |
5-ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddati | |||
1-bosqich | Foydalanuvchi | “U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasini AGTKSHda oʻrnatish va ishga tushirish uchun integratorga elektron shaklda elektron kalit orqali imzolangan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni yuboradi. | Oʻz ixtiyoriga koʻra | |||
2-bosqich | Integrator | “U-gaz” elektron tizimi orqali yuborilgan arizani bepul asosda qabul qiladi va koʻrib chiqadi. Kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun foydalanuvchiga qaytaradi. | Uch ish kuni davomida | |||
3-bosqich | Foydalanuvchi | Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda tizimga arizani qayta kiritadi. | Oʻz ixtiyoriga koʻra | |||
4-bosqich | Integrator | Qayta kiritilgan arizani moneliksiz koʻrib chiqadi. Ijobiy deb topilgan taqdirda foydalanuvchiga elektron tarzda shartnoma hamda oferta yuboradi. | Bir ish kuni davomida | |||
5-bosqich | Foydalanuvchi | Oferta bilan tanishib, tasdiqlagandan soʻng shartnoma avtomatik tarzda tuziladi. | Oʻz ixtiyoriga koʻra | |||
6-bosqich | Integrator | Shartnoma rasman tuzilgan kundan boshlab “U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasini oʻrnatish, ishga tushirish va sozlash ishlarini amalga oshiradi | Shartnoma tuzilgandan soʻng 5 ish kuni ichida | |||
7-bosqich | Himoyalangan maʼlumotlarni saqlash, uzatish, tizimning xavfsiz ishlashini taʼminlaydi. | Doimiy | ||||
8-bosqich | Nazorat qiluvchi vakolatli organga (hududiy boshqarmalarga) “U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasining barcha funksional imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, doimiy nazorat va monitoringni amalga oshirish hamda hisobotlarni shakllantirish uchun zarur sharoitlarni yaratib beradi. | Shartnoma tuzilgandan soʻng |
2-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddati | |||
1-bosqich | Integrator | “U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasining avtomatlashtirilgan monitoring tizimi orqali AGTKSHlarda Reglamentning 18-bandida koʻrsatilgan qoidabuzarliklarni aniqlaydi. | Doimiy ravishda | |||
2-bosqich | Integrator | Aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi real vaqt rejimida nazorat qiluvchi vakolatli organlarga va foydalanuvchiga elektron shaklda shaxsiy kabinet orqali tegishli xabarnoma yuboradi. | 1-bosqich bajarilgandan soʻng darhol | |||
3-bosqich | Foydalanuvchi | Yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish va nazorat qiluvchi vakolatli organga mazkur qoidabuzarliklar toʻliq bartaraf etilgani toʻgʻrisida elektron shaklda shaxsiy kabinet orqali tegishli xabarnoma yuboradi. | Bir kun muddat ichida | |||
4-bosqich | Nazorat qiluvchi vakolatli organ | Aniqlangan qoidabuzarlikni belgilangan muddatda bartaraf etish chorasini koʻrmagan va nazorat qiluvchi vakolatli organga xabarnoma yubormagan taqdirda, foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSHda qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirish oʻtkazadi hamda tegishli chora koʻradi. | 5 ish kuni ichida | |||
5-bosqich | Nazorat qiluvchi vakolatli organ | Foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSHga vaqtincha tabiiy gaz yetkazib berilishini toʻxtatish boʻyicha elektron shaklda taʼminotchiga koʻrsatma yuboradi. | Bir ish kuni ichida | |||
6-bosqich | Taʼminotchi | Nazorat qiluvchi vakolatli organning koʻrsatmasiga muvofiq foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSHda tabiiy gaz taʼminotini toʻxtatish chorasini koʻradi va bu haqida nazorat qiluvchi vakolatli organni xabardor qiladi. | Koʻrsatmasi olingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida | |||
7-bosqich | Foydalanuvchi | Qoidabuzarliklar toʻliq bartaraf etilgandan soʻng nazorat qiluvchi vakolatli organga AGTKSHning gaz taʼminotini tiklashga ruxsat soʻrab xabarnoma yuboradi. | Oʻz xohishiga koʻra | |||
8-bosqich | Nazorat qiluvchi vakolatli organ | “U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasi orqali foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSHda tekshirish oʻtkazilgan kundan keyingi davrda qoidabuzarlik holatlari qayd etilmagan taqdirda, mazkur AGTKSHning gaz taʼminotini tiklash yuzasidan taʼminotchiga elektron shaklda koʻrsatma yuboradi va bu haqida foydalanuvchini xabardor qiladi. | Bir ish kuni ichida | |||
9-bosqich | Taʼminotchi | nazorat qiluvchi vakolatli organning tegishli xulosasi asosida tayyorlangan koʻrsatmaga muvofiq foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSH tabiiy gaz taʼminotini qayta tiklaydi. | Koʻrsatmani olgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida |
6-ILOVA