20.08.2025 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Bahrayn Podshohligi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BITIM

Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan oʻzaro ozod etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Bahrayn Podshohligi Hukumati (keyingi oʻrinlarda alohida “Tomon” va birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki mamlakat oʻrtasida mavjud boʻlgan ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish istagini bildirib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz davlatlari hududiga amaldagi diplomatik pasport egalari boʻlgan fuqarolarining kirishini yengillashtirish maqsadida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Amaldagi diplomatik pasportga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Bahrayn Podshohligi fuqarolari Tomonlar davlati hududiga ilk kirgan sanadan boshlab istalgan bir yuz sakson (180) kun ichida toʻqson (90) kundan oshmagan muddatda koʻp martalik viza rasmiylashtirish majburiyatidan ozod qilingan holda ushbu Tomon davlati hududiga kirish, chiqish, tranzit oʻtish hamda vaqtinchalik boʻlish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

Har bir Tomonning amaldagi diplomatik pasportiga ega boʻlgan, boshqa Tomon hududidagi diplomatik yoki konsullik vakolatxonasi xodimlari sifatida tayinlangan fuqarolari, shu jumladan, ularning oila aʼzolari boshqa Tomon hududiga kirishdan oldin ushbu davlatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq viza olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

Har bir Tomonning amaldagi diplomatik pasporti boʻlgan fuqarolari boshqa Tomon davlati hududiga xalqaro tashish uchun moʻljallangan istalgan chegara oʻtkazish punktlari orqali kirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

Tomonlar fuqarolari tomonidan taqdim etilgan pasportlarning amal qilish muddati boshqa Tomon davlati hududiga kirgan sanada kamida olti (6) oyni tashkil etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

Tomonlar diplomatik kanallar orqali mazkur Bitim kuchga kirgunga qadar (30) kundan kechiktirmay oʻzlarining amaldagi diplomatik pasportlari namunalarini almashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti Tomonlardan biri pasportning yangi namunasini joriy etgan yoki almashtirilgan pasportlarni oʻzgartirgan taqdirda, boshqa Tomon yangi yoki oʻzgartirilgan pasportlar kuchga kirgan sanadan oʻttiz (30) kun oldin diplomatik kanallar orqali bunday oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Xabarnoma yangi yoki oʻzgartirilgan hujjatlarning namunasini va ularning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda

Har bir Tomon davlatlarining diplomatik pasport egalari boʻlgan fuqarolari boshqa Tomon davlat hududida boʻlib turish davomida ushbu Tomon davlatining amaldagi qonunchiligiga rioya qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda

Diplomatik pasport boshqa Tomon davlati hududida yoʻqolgan yoki shikastlangan taqdirda, jabrlangan diplomatik pasport egasi oʻz mamlakatining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga, vakolatxona esa ushbu Tomonning vakolatli organlariga xabar beradi. Tegishli diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasi oʻz fuqarosiga yangi pasport yoki vaqtinchalik sayohat hujjatini beradi va bu haqda qabul qiluvchi davlat organlarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda

Har bir Tomon istalmagan deb hisoblashi mumkin boʻlgan amaldagi diplomatik pasportga ega boʻlgan boshqa Tomon davlatining fuqarolariga oʻz davlati hududiga kirishini rad etish yoki boʻlib turish muddatini qisqartirish yoxud tugatish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda

Diplomatik pasportga ega boʻlgan har bir Tomon davlatining fuqarolariga ushbu faoliyatga tegishli har ikki davlatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq talab qilinadigan vizani olmasdan turib boshqa Davlatda biron bir kasbiy yoki tijorat faoliyati bilan shugʻullanishi yoki oʻqishni amalga oshirishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimning amalga oshirilishi har qanday Tomon tarafidan jamoat tartibi, jamoat xavfsizligi yoki jamoat salomatligi sabablariga koʻra qisman yoki toʻliq vaqtincha toʻxtatilishi mumkin. Mazkur Bitimning amal qilishini toʻxtatib qoʻygan Tomon boshqa Tomonni toʻxtatib turishdan (48) soat oldin diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimning amal qilishini toʻxtatib turish boshqa Tomonning hududiga uning amal qilishini toʻxtatib turishdan oldin allaqachon kirib kelgan fuqarolarning huquqlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Tomonlarning ular ishtirokchisi boʻlgan xalqaro shartnomalar va konvensiyalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimni talqin qilish yoki amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida diplomatik kanallar orqali maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan doʻstona hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning oʻzaro yozma roziligi bilan mazkur Bitimga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Har qanday oʻzgartirish ushbu Bitimning ajralmas qismini tashkil etuvchi bayonnoma shaklida kiritiladi. Bunday oʻzgartirishlar ushbu Bitimning 14-moddasi qoidalariga muvofiq kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Tomonlar diplomatik kanallar orqali uning kuchga kirishi uchun oʻzlarining milliy qonunchiligida nazarda tutilgan barcha ichki davlat tartib-taomillarni yakunlaganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab oʻttizinchi (30) kunda kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va har bir Tomon ushbu Bitimni diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish orqali tugatishi mumkin, bunday xabarnoma olingan kundan oʻttiz (30) kun oʻtgach kuchga kiradi. Tugatish boshqa Tomon davlati hududiga oldin kirgan fuqarolarning huquqlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manama shahrida, 2025-yil 20-avgustda, ikki (2) asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talqin qilishda tafovut yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)