1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
1. | A.N. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi |
2. | F.J. Pulatov | — | Soliq qoʻmitasi raisi, Kengash raisi oʻrinbosari |
3. | E.F. Gadoyev | — | Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida) |
4. | Sh.X. Nazarov | — | Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida) |
5. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
6. | E.G. Karimova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
7. | A.Yu. Mavlonov | — | Bojxona qoʻmitasi raisi |
8. | A.Ya. Xaydarov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
9. | D.A. Vaxabov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
10. | N.F. Karimov | — | Oʻzbekiston auditorlar palatasi kengashi raisi |
11. | M.M. Tulaxodjayeva | — | Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi |
12. | B.S. Nabijonov | — | Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi boshqaruvi raisi |
13. | M.M. Perper | — | Oʻzbekiston sertifikatlangan moliya mutaxassislari uyushmasi (ACFP) raisi |
14. | A.Z. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
15. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari |
16. | Lavozimiga koʻra | — | Soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq oliy maktabi rektori, Kengash kotibi |
4-ILOVA
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Soliq oliy maktabi faoliyatini tashkil etish | ||||||
1. | Soliq oliy maktabini (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uning tuzilmasini tasdiqlash. | Oliy maktab ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shtat jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Bir oy muddatda | - | Soliq qoʻmitasi, Soliq oliy maktabi |
2. | Oliy maktabning Kuzatuv kengashi tarkibini tasdiqlash. | Oliy maktab Kuzatuv kengashi tarkibini shakllantirish, tasdiqlash hamda uning boshqaruv va nazorat boʻyicha vakolatlarini belgilash. | Muassislarning umumiy yigʻilishi qarori | Ikki oy muddatda | - | Soliq qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliq oliy maktabi |
3. | Oliy maktab va uning tarkibiy tuzilmalarini ilmiy salohiyat va amaliy tajribaga ega pedagog kadrlar bilan toʻldirish. | Oliy maktabga iqtisodiyot tarmoqlarida, jumladan, soliq sohasida katta ilmiy-amaliy tajribaga ega malakali mutaxassislar, shuningdek, oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullarini qoʻllay oladigan xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-avgust | - | Soliq qoʻmitasi, Soliq oliy maktabi |
4. | Oliy maktabda xodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibini moddiy qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Oliy maktabning boshqaruv, ilmiy va professor-oʻqituvchilari tarkibi, shuningdek, oʻquv-yordamchi xodimlariga ularning ish natijalariga muvofiq har oylik shaxsiy ustamalarni oʻrnatishning tartibi va mezonlarini belgilash. | Ichki idoraviy hujjat | Ikki oy muddatda | - | Soliq qoʻmitasi, Soliq oliy maktabi |
5. | Oliy maktab bitiruvchilarini soliq organlariga ishga yoʻnaltirish va joylashtirish tizimini joriy etish. | 1. Oliy maktab bitiruvchilarini soliq organlariga ishga yoʻnaltirish va joylashtirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 2. Oliy maktab bitiruvchilarini soliq organlariga ishga yoʻnaltirish va joylashtirish tartibini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. | Ichki idoraviy hujjat | 2026-yil dekabr | - | Soliq qoʻmitasi, Boshqaruv samaradorligi agentligi |
II. Oʻquv-uslubiy faoliyatni tashkil etish | ||||||
6. | Soliq sohasida mutaxassislarni tayyorlash jarayonlarini tashkil etish. | 1. Soliq sohasida taʼlim yoʻnalishlarini (mutaxassisliklarni) belgilash. 2. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul parametrlarini shakllantirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | - | Soliq qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliq oliy maktabi |
3. Taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari, malaka talablarini inobatga olgan holda xalqaro reytinglarda top-300 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlarining tajribalari asosida oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish. | 2027-yil avgust | |||||
7. | Oʻquv jarayonini raqamlashtirish. | 1. Oliy maktabda masofaviy taʼlimni tashkil etish uchun tarmoq va server qurilmalari, tegishli zaruriy qismlar va uskunalar, qurilmalar va dasturiy mahsulotlarni xarid qilish va oʻrnatish. 2. Oliy maktab xodimlari va oʻquv auditoriyalarini zamonaviy kompyuter, interfaol panellar, video-konferensaloqa jihozlari, dasturiy taʼminotlar, ofis texnikalari bilan taʼminlash. 3. Oliy maktabni kerakli aloqa, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan, uning internet tarmogʻiga keng polosali kirish bilan taʼminlash. 4. “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulanishini taʼminlash. | Kompleks chora-tadbirlar | 2027-yil yanvar | Davlat budjeti va Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari | Soliq qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq oliy maktabi |
8. | Taʼlimning soliq maʼmurchiligi amaliyoti bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash. | 1. Soliq tizimidagi dasturiy mahsulotlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining oʻquv-trenajyor versiyalarini yaratish va Oliy maktab serverlariga oʻrnatish. | Ichki idoraviy hujjat | 2026-yil 1-avgust | Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari | Soliq qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq oliy maktabi |
2. Raqamli soliq maʼmuriyatchiligi kiberlaboratoriyasini tashkil etish, oʻquv jarayonida shakllantirishga moʻljallangan “savdo nuqtasi”, “xizmat koʻrsatish obyekti”, “ishlab chiqarish korxonasi” kabi vaziyatli-imitatsion va virtual poligonlarni tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | |||||
9. | Fanlarning oʻquv-uslubiy taʼminotini taʼminlash. | Oʻquv rejalariga kiritilgan fanlar boʻyicha yangi avlod darsliklari, oʻquv va oʻquv-amaliy qoʻllanmalarni tayyorlash. | Kompleks chora-tadbirlar | 2027-yil may | Davlat budjeti va Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari | Soliq oliy maktabi, Soliq qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
10. | Taʼlim dasturlariga xalqaro tashkilotlarning malaka sertifikatlari boʻyicha kasbiy koʻnikmalarini kiritish. | Buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro tashkilotlarning malaka sertifikatlari boʻyicha maxsus bilimlarni oʻzlashtirishga doir fanlarni joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil avgust | - | Soliq qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
11. | Oliy maktabning Axborot-resurs markazi fondini shakllantirish va elektron axborot-kutubxona fondlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish. | 1. Axborot-resurs markazi fondini zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan toʻldirish va boyitib borish. 2. Axborot-resurs markazini A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondi (natlib.uz)ga va yagona elektron kutubxona tizimi (unilibrary.uz)ga bepul asosda ulash. 3. Sohaga oid xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining kutubxona fondiga onlayn aʼzo boʻlish va ularning raqamli resurslaridan masofaviy foydalanish imkoniyatini yaratish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2027-yil yanvar | Davlat budjeti va Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari | Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliq oliy maktabi |
III. Sifatli ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro hamkorlik uchun shart-sharoitlar yaratish | ||||||
12. | Oliy maktabning Soliqqa oid tadqiqotlar markazi faoliyatini tashkil etish. | 1. Soliqqa oid tadqiqotlar markazi faoliyatini belgilangan vazifalar asosida yoʻlga qoʻyish. 2. Tadqiqot markazini ilmiy va amaliy tajribaga ega boʻlgan yetuk olim va mutaxassislar bilan jamlash. 3. Faoliyatni amalga oshirish uchun zarur jihozlar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil 1-oktabr | - | Soliq qoʻmitasi, Soliq oliy maktabi |
13. | Oliy maktabning ilmiy-amaliy jurnalini taʼsis etish. | 1. Talabalar, mustaqil izlanuvchilar va amaliyot xodimlari uchun ilmiy-amaliy jurnal taʼsis etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2027-yil yanvar | - | Soliq qoʻmitasi, Soliq oliy maktabi, Oliy attestatsiya komissiyasi |
2. Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan roʻyxatga kiritish orqali jurnalni muntazam ravishda nashr etishni tashkillashtirish. | 2027-yil yanvar | |||||
3. Jurnalning xalqaro miqyosdagi mavqeyini koʻtarish maqsadida uni yetakchi ilmiy bazalar (RINS, DOI, Web of Science Scopus)ga bosqichma-bosqich kiritish, shuningdek, jurnalning alohida sonlarini xorijiy davlatlarning nufuzli jurnallari bilan hamkorlikda nashr etish. | 2027-yil iyun | |||||
14. | Oliy maktabda xalqaro hamkorlikning samarali tizimini yaratish. | Oliy maktabda quyidagilarni nazarda tutuvchi xalqaro hamkorlikning samarali tizimini yaratish: xodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibining yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini, xalqaro (xorijiy) ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etishini muntazam tashkil etish; oʻquv jarayoniga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish; taʼlim dasturlaridan foydalangan holda oʻqitish va talabalar almashinuvini tashkil etish; yetakchi xorijiy, shu jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha memorandumlar va kelishuvlarni tayyorlash va imzolash. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | - | Soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Soliq oliy maktabi |
15. | Oliy maktabning iqtidorli talabalarida ilmiy-tahliliy salohiyatni shakllantirish va rivojlantirish. | Oliy maktabning kafedralari ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ilmiy maktab va toʻgaraklarni, shuningdek, “Yosh soliqchilar klubi”ni tashkil etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil noyabr | - | Soliq oliy maktabi |
16. | Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash uchun stajyor-tadqiqotchilik va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari hamda fan doktori (PhD, DSc) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tashkil etish. | 1. Oliy maktabning ustuvor ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarini aniqlash. | Kompleks chora-tadbirlar | 2026-yil 1-noyabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Soliq qoʻmitasi, Soliq oliy maktabi |
2. Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash uchun stajyor-tadqiqotchilik va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari faoliyatini tashkil etish. | 2027-yil 1-mart | |||||
3. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2027-yil 1-may | |||||
IV. Oliy maktabning moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash | ||||||
17. | Oliy maktabga oʻz faoliyatini boshlashi uchun moddiy-texnik vositalarni ajratish. | Toshkent shahar, Kichik halqa yoʻli 3 va 3a-uy manzillaridagi bino va inshootlarni moddiy-texnik vositalari bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida Oliy maktab balansiga bepul oʻtkazib berish. | Kompleks chora-tadbirlar | Bir oy muddatda | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Soliq oliy maktabi |
18. | Oliy maktabning moddiy-texnika bazasini shakllantirish. | 1. Oliy maktabning moddiy-texnika bazasini shakllantirish va xaridlarni amalga oshirish. 2. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: | Kompleks chora-tadbirlar | Ikki oy muddatda | Davlat budjeti va Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
oʻquv jarayonini raqamlashtirish uchun zarur texnik parametrlarga ega boʻlgan serverlar xarid qilish va oʻrnatish; masofaviy (elektron) taʼlimni tashkil etish va videokonferensaloqalar oʻtkazish uchun uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish; oʻquv jarayonini raqamlashtirish va masofaviy taʼlimni joriy qilish uchun tegishli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish yoki xarid qilish; Axborot-resurs markazini zamonaviy texnika, zarur jihozlar va qoʻshimcha vositalar bilan jihozlash, Internet tarmogʻiga ulanish; Oliy maktabning rasmiy veb-sayti va sahifasini yaratish; xizmat avtotransport vositalari bilan taʼminlash. | Reja asosida | |||||
19. | Oliy maktabga ajratilgan bino va inshootlarni qurish va taʼmirlash. | 1. Bino va inshootlarni taʼmirlash, zarur yangi binolar qurish, jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | Loyiha-smeta hujjatlari | Ikki oy muddatda | Davlat budjeti va Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
2. Belgilangan tartibda tegishli bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, yangi binolar qurish, jihozlash, zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish | Tegishli shartnomalar | Reja asosida | ||||
V. Yoshlar oʻrtasida moliyaviy savodxonlik va soliq madaniyatini oshirish | ||||||
20. | Soliqlarni targʻib qilishga qaratilgan koʻrik-tanlovlarni oʻtkazish. | 1. “Soliq bilimdonlari”, “Zukko talaba” koʻrik-tanlovlari nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Idoraviy hujjat | 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich | Davlat budjeti mablagʻlari | Soliq qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Tasdiqlangan nizomlar asosida koʻrik-tanlovlarni ishtirokchilar toifalariga koʻra (maktab oʻquvchilari, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim muassasalari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari) alohida tartibda tashkil etish va oʻtkazish. | Kompleks chora-tadbirlar | |||||