12.06.2026 yildagi 307-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning jazoni o‘tash davrida to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni o‘qiganligi faktini tasdiqlash bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni axloqan tuzatish, ularda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarda to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — adabiyotlar ro‘yxati) har yili 1-yanvarga qadar tasdiqlanib, bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning jazoni o‘tash davrida to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni o‘qiganligi faktini tasdiqlash bo‘yicha imtihon maxsus dasturiy ta’minot orqali inson omilini istisno etgan holda, test sinovlari shaklida o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi har yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda adabiyotlar ro‘yxati asosida test topshiriqlarini shakllantiradi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan maxsus dasturiy ta’minotga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning jazoni o‘tash davrida to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni o‘qiganligi faktini tasdiqlash bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining “E-mahkum” axborot tizimi doirasida mahkumlarni test sinovlaridan o‘tkazish bo‘yicha alohida modul yaratish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
307-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 307-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning jazoni o‘tash davrida to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni o‘qiganligi faktini tasdiqlash bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — muassasalar) mahkumlarning jazoni o‘tash davrida to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni o‘qiganligi faktini tasdiqlash bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) faoliyatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus dastur — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining “E-mahkum” axborot tizimi doirasida mahkumlarni test sinovlaridan o‘tkazish bo‘yicha alohida modul;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 73-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan toifadagi (umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar bundan mustasno) mahkum;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovi — talabgorda to‘g‘ri ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi kitoblarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadida komissiya nazoratida maxsus dastur orqali o‘tkaziladigan imtihon.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Talabgorning test sinovi topshirishini nazorat qilib borish va natijalarini xulosa asosida tasdiqlash uchun muassasalarda muassasa xodimlari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibi 7 nafar a’zo, komissiya raisi va kotibdan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya tarkibiga muassasa xodimlari, hududiy faol jamoatchilik vakillari, jumladan, Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan vakillari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya tarkibi muassasa boshligining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga kiritilgan hududiy faol jamoatchilik vakillari, Xalq deputatlari mahalliy kengashi deputatlari yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari orasidan komissiya raisi saylanadi hamda muassasa mas’ul xodimi komissiya kotibi bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishi, komissiya raisi va uning a’zolarining ellik foizidan ortig‘i qatnashgandagina vakolatli bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumlarni jazoni o‘tash davrida to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni o‘qiganligi faktini tasdiqlash bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlash va komissiya a’zolariga taqdim etish komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya yig‘ilishi, qoida tariqasida, yiliga kamida ikki marta, har yil fevral va avgust oylarida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Imtihon natijalari bo‘yicha test sinovi o‘tkazilgan kunning o‘zida komissiya tomonidan yig‘ilish bayoni rasmiylashtiriladi. Yig‘ilish bayonini komissiya raisi, uni a’zolari hamda kotib imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovi natijalari to‘g‘risida komissiya tomonidan xulosa rasmiylashtiriladi hamda komissiyaning har bir a’zosi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya xulosasi talabgorga imzo qo‘ydirib, tanishtiriladi hamda uning shaxsiy yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosaning ko‘chirma nusxasi prokurorga yuboriladi, shuningdek, mahkumning himoyachisiga uning so‘roviga ko‘ra beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Talabgor test sinovi natijalari unga tanishtirilgan kundan boshlab, besh ish kuni ichida test o‘tkazilish jarayoni yoki natijalari bo‘yicha shaxsan o‘zi yoki himoyachisi orqali sudga shikoyat yo‘llashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz, shikoyatni esa qanoatlantirmasdan qoldirish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar asosli deb topilsa, shikoyatni qanoatlantirish va test sinovi natijalarini bekor qilish to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan test sinovi natijalarini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda sud qarori chiqqan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida komissiya tomonidan qayta test sinovi o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mahkumning adabiyotni o‘zlashtirganligi faktini tasdiqlash haqida xulosa qabul qilinganda, o‘n besh kun muddatda muassasa ma’muriyati tomonidan mahkumning tuzalish yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan mahkumning o‘talmagan jazo muddatini qisqartirish to‘g‘risidagi taqdimnoma sudga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Test sinovlari natijalari bo‘yicha testologiya me’yorlarining buzilish holati aniqlanganda, uch ish kunida komissiya tomonidan test sinovi natijalari bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagi holatlarda testologiya me’yorlari buzilgan deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test materiallari xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash qoidalari buzilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar tomonidan test materiallarini oldindan qo‘lga kiritish holati aniqlansa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar videokuzatuv orqali talabgorning shpargalkalar yoki ishoralardan foydalanganligi fakti qayd etilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Test sinovi natijalari bekor qilingan holatlarda, talabgorning xohishiga ko‘ra, qayta test sinovlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Komissiya a’zolarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasa boshlig‘ining komissiya tarkibini tasdiqlash bo‘yicha buyrug‘i bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovi topshiruvchi talabgorlar ro‘yxatini test sinovi boshlanishidan oldin olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning test sinovi topshirish jarayonini to‘liq kuzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovi o‘tkazish qoidalarini buzgan talabgorlarni test sinovidan chetlashtirish hamda natijasi bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasalarda tashkil etiladigan test sinovlari bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovi jarayonini uyushqoqlik bilan tartibli tashkil etish, talabgorlarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlari jarayoni bo‘yicha maslahatlar, ko‘rsatmalar berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarni test sinovlari qoidalari bilan to‘liq tanishtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning test sinovi jarayoniga qatnashishini nazoratga olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovi natijalarini bir ish kuni ichida ko‘rib chiqib, talabgorlarning belgilangan adabiyotni o‘zlashtirganligi fakti tasdiqlangan yoki tasdiqlanmaganligi to‘g‘risida xulosa rasmiylashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar tomonidan test sinovini topshirish va baholash natijalari bo‘yicha e’tirozlarini qabul qilish va iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli ekanligini tushuntirishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Talabgorlarni test sinovlaridan o‘tkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Talabgorlar test sinovlaridan maxsus dastur orqali o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Talabgor maxsus dasturda ro‘yxatdan o‘tayotganida o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (ID-karta raqami) yoki verifikatsiya qilish vositalari (“Face-ID” tizimi) orqali tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Talabgorning jazo muddati har bir o‘qigan kitobi uchun uch kunga, biroq bir yilda ko‘pi bilan o‘ttiz kungacha qisqartiriladi. Bunda talabgor o‘qigan kitobi bo‘yicha test sinovini bir yilda ikki marotaba topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Har bir adabiyot bo‘yicha 25 tadan iborat test topshirig‘i shakllantiriladi hamda har bir test topshirig‘i uchun ikki daqiqa vaqt ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Maxsus dastur orqali har bir adabiyot bo‘yicha test sinovi jami 100 ballik tizim asosida hisoblanib, har bir test savoli uchun 4 ball beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Talabgor tomonidan har bir adabiyot bo‘yicha 70 va undan yuqori ball to‘plangan taqdirda, test sinovi muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Test sinovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan xonalar quyidagi talablar asosida jihozlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning sonidan kelib chiqib, test sinovini o‘tkazish uchun stol-stul bilan jihozlangan xona ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonalar alohida joylashgan, yorug‘, kirish uchun faqat bitta eshik va derazalarini yopish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eshik va derazalardan uchinchi shaxslarning talabgorlar bilan aloqa qilishni istisno etishga qaratilgan choralar ko‘riladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan xonalar videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2026-y., 09/26/307/0601-son)