Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
qarori
“Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2514-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2018-yil 27-apreldagi PQ-3682-son “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot vazirligining 2013-yil 4-sentabrdagi 5 va 46-son “Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuv bayonnomalarining amalga oshirish monitoringi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2514, 2013-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 40-son, 537-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Milliy statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 4-iyun,
36-q/q-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-may,
367-son
Kelishildi:
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. AYUPOV
2026-yil 15-aprel
Milliy statistika qoʻmitasi raisi B. HAMRAYEV
2026-yil 13-aprel
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 10/26/2514-1/0585-son)