08.06.2026 yildagi PF-106-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FARMONI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining sud himoyasida bo‘lish kafolatlarini yanada kuchaytirish, sudlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashning professional tizimini joriy etish, shuningdek, sud tizimida 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha e’lon qilingan “favqulodda holat”dan kelib chiqadigan vazifalarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar mazkur Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sudlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, zamonaviy komplayens nazorat tizimini joriy etish orqali korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni barvaqt bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sud apparati xodimlarini ishga qabul qilish jarayonini shaffof tartib-taomillar va ochiq tanlovga asoslangan tarzda tashkil etish, ularning salohiyati, iqtidori, kasbiy sifatlari hamda alohida xizmatlarini odilona va haqqoniy baholash (meritokratiya) asosida kasbiy o‘stirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sud tizimiga jamoatchilik ishonchini mustahkamlash va sudning nufuzi va obro‘sini oshirish, sud organlarini Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlarning ko‘makchisiga aylantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy sudning quyidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sud tizimining mavjud boshqaruv shtat birliklari doirasida sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan Komplayens nazorat xizmatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sud apparati xodimlari kasb mas’uliyatini yanada chuqur his etishlari maqsadida mansab darajasiga ega bo‘lgan sud apparati xodimlari uchun ixtisoslashgan xizmat kiyimini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, sud tizimida korrupsiyaning oldini olish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sudyalar korpusiga nisbatan — Sudyalar oliy kengashining Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sud apparati, shu jumladan, Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti xodimlariga nisbatan — Oliy sudning Komplayens nazorat xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Komplayens nazorat xizmatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sud apparati faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sud apparati xodimlari tomonidan kasb etikasi va qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilish, korrupsiya va sud tizimi obro‘siga putur yetkazuvchi boshqa holatlarning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sud apparatiga ishga qabul qilish jarayonlarida shaffoflik va xolislikni ta’minlash choralarini ko‘rish, shuningdek, belgilangan tartibda sud apparati lavozimlariga nomzodlarni korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tkazish va xulosa berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) sud apparati xodimlarida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalari uzluksiz oshirib borilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) sud apparati xodimlari, ular oila a’zolarining (turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlari) daromadlari va mol-mulki, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini deklaratsiya qilish tizimlarini ishga tushirish hamda yuritish, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) xalqaro standartlar asosida korrupsiya holatlari haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish va rag‘batlantirish, pora taklif etish holatlari haqida xodim tomonidan xabar berish tizimi, shuningdek, fuqarolar uchun xavfsiz aloqa kanallarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oliy sudning apparatida Oliy sud raisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi 3 ta shtat birligidan iborat Komplayens nazorat xizmati tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida Komplayens nazorat xizmatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan jami 15 ta shtat birligidan iborat komplayens nazorat bo‘yicha inspektor lavozimlari joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Komplayens nazorat xizmati rahbari Oliy sud raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda mehnatga haq to‘lash, moddiy ta’minot va ijtimoiy himoya shartlari bo‘yicha Oliy sud departament boshlig‘iga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) komplayens nazorat bo‘yicha inspektorlar Oliy sud raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda mehnatga haq to‘lash, moddiy ta’minot va ijtimoiy himoya shartlari bo‘yicha Oliy sud bosh konsultantiga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) komplayens nazorat bo‘yicha inspektorlar Harbiy sud, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Komplayens nazorat xizmati lavozimlariga halol, pok va benuqson obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan oliy yuridik ma’lumotli, shuningdek, qoida tariqasida, sud-huquq sohasida kamida 5 yillik ish stajiga ega nomzodlar tayinlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Oliy sud raisiga Komplayens nazorat xizmati xodimlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha ustamalar to‘lash huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Komplayens nazorat xizmati xodimlariga yuklatilgan vazifalar doirasida sud apparati xodimlarining odob-axloqi hamda xizmat vaqtida va xizmatdan tashqari holatlarda o‘zini tutishi, umume’tirof etilgan odob-axloq qoidalariga rioya etishi bilan bog‘liq masalalarda xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish vakolati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy sud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-sentabrga qadar sud apparati faoliyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi va sud apparatidagi korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-martga qadar sud apparati xodimlarining korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori bo‘lgan vazifa va funksiyalarini raqamlashtirish, ularni amalga oshirishda inson omilini kamaytirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy sud uch oy muddatda sud apparati xodimlarini ishga qabul qilish va ularning mehnat faoliyati bilan bog‘liq cheklovlarni belgilovchi nizomni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin. Nizomda quyidagilarga nisbatan cheklovlar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) muqaddam korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslarni ishga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) notarius, advokat, sudya, huquqni muhofaza qiluvchi yoki boshqa davlat organi faoliyatida nojo‘ya xatti-harakatlari uchun lavozimdan bo‘shatilgan shaxslarni uch yil mobaynida ishga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tadbirkorlik subyektini ta’sis etish, unda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarish (bundan aksiyadorlik jamiyatlari erkin muomalada bo‘lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) o‘z xizmat vazifalarini siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini ko‘zlab bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochish va ularga ega bo‘lish, ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulkka egalik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy sudning HR-menejment mexanizmlaridan keng foydalangan holda sudlar apparatining kadrlarini boshqarish va nazorat qilishning samarali va zamonaviy tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Unga ko‘ra 2026-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) nomzodlarning shaxsiy va kasbiy fazilatlari, shu jumladan, ularning ma’naviy-axloqiy va halollik sifatlarini haqqoniy baholash imkonini beruvchi ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini joriy etish. Bunda malakali kadrlarni jalb etish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy usullaridan keng foydalanishni nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda raqamli texnologiyalar, shu jumladan sun’iy intellektdan foydalangan holda vakant lavozimlarni e’lon qilish, nomzodlarni saralash, tanlash va ishga qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirishga mo‘ljallangan “vacancy.sud.uz” portali hamda sud tizimida xodimlar bilan ishlash va kadrlar ma’murchiligining zamonaviy uslublarini joriy etishga qaratilgan “SudHR” elektron platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) zamonaviy usullardan foydalangan holda sud apparati xodimlarining kasbiy mahorati va kasb bilan bog‘liq chaqiriqlarga bardoshliligi, ahillik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangiliklarga moslashishiga qodir jamoani shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) sudlarga oliy yuridik ma’lumot va ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni jalb qilishda respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ta’minlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oliy sud ikki oy muddatda Oliy sud va quyi sudlar tuzilmasini belgilangan shtat birliklari doirasida mustaqil tasdiqlash huquqini Oliy sud raisiga berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Sudyalar korpusida korrupsiyaga murosasizlikni shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sudyalar oliy kengashi va Boshqaruv samaradorligi agentligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Odil sudlov akademiyasi va Boshqaruv samaradorligi agentligi huzuridagi Rahbar kadrlarni baholash markazining moddiy-texnika bazasi va ilmiy-amaliy resurslaridan foydalangan holda 2026-yil yakuniga qadar sud tizimida korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini diagnostikadan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Odil sudlov akademiyasida nomzodlarni sudyalik kasbiga tayyorlashda qo‘shimcha ravishda shaxsiy-professional va korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini diagnostikadan o‘tkazish amaliyotini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oliy sud uch oy muddatda sud ishlarini avtomatik taqsimlash dasturini yanada takomillashtirish choralarini ko‘rsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ishlarni taqsimlash va qayta taqsimlash mezonlarining tugal asoslarini belgilash, mazkur jarayonlar shaffofligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ishni bir sudyadan boshqa sudyaga asossiz ravishda o‘tkazish holatlarining oldini olish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudyalar oliy kengashi 2026-yil sentabrga qadar Odil sudlov akademiyasida sudyalar va sud apparati xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning boshqa ko‘rinishlarining oldini olish bo‘yicha “real keyslar”ga asoslangan o‘quv-amaliy modulini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudyalar oliy kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-sentabrga qadar Odil sudlov akademiyasida mavjud boshqaruv shtat birliklari doirasida ichki xavfsizlik nazorati xizmatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-iyunga qadar Odil sudlov akademiyasini ISO 37001 korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi xalqaro standarti bo‘yicha auditdan o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sudyalar oliy kengashi Oliy sud, Odil sudlov akademiyasi bilan birgalikda sudyalar va sud apparati xodimlarining har uch yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kurslarida malakasini oshirish choralarini ko‘rib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Sudyalar oliy kengashi — 2026-yil 1-sentabrga qadar sudyalar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda daromadlar va mol-mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyani Kengashga taqdim etish, shuningdek, ularni tekshirish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oliy sud 2027-yil 1-mayga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) sud apparati xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda daromadlar va mol-mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyani Oliy sudga taqdim etish, shuningdek, ularni tekshirish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) sud apparati xodimlari faoliyatidagi korrupsiya, shubhali sxemalar va intizom buzilishlariga olib keluvchi bo‘shliqlarni aniqlab, ularni bartaraf etish, sud apparati xodimlari faoliyatini monitoring qilish imkonini beruvchi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boshqarish elektron axborot tizimini ishga tushirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari bo‘yicha “yo‘l xarita”si ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oliy sud uch oy muddatda Komplayens nazorat xizmatini malakali kadrlar bilan to‘ldirish va ularning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oliy sud Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Oliy sudga Komplayens nazorat xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, xodimlarning malakasini oshirishda uslubiy jihatdan ko‘maklashib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib Oliy sud raisi B.D. Islamov va Sudyalar oliy kengashi raisi X.B. Yodgorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari N.J. Xakimova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 8-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-106-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PF-106-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ullar

1.

Sud tizimida 2026-yil yakuniga qadar korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini diagnostikadan o‘tkazish va uning natijalari bo‘yicha sudyalar faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish.

Reja-jadvalni tasdiqlash

2026-yil iyul

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Boshqaruv samaradorligi agentligi

(U. Xusainov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

2.

Komplayens nazorat xizmati to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjatni tasdiqlash

2026-yil iyul

Oliy sud

(B. Islamov)

3.

Sudyalarning Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida malakasini oshirishni tashkil etish.

Reja-jadvalni tasdiqlash

2026-yil iyul

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

(S. Samadov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

4.

Sud apparati xodimlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida malakasini oshirishni bosqichma-bosqich tashkil etish.

Oliy sud

(B. Islamov),

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

(S. Samadov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

5.

Sudyalar va sud apparati xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish

2026-yil iyul

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

6.

Komplayens nazorat xizmati xodimlari hamda komplayens nazorat bo‘yicha inspektorlar lavozimlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish

2026-yil sentabr

Oliy sud

(B. Islamov)

7.

Sudlarda sud ishlarini taqsimlashning avtomatlashtirilgan tizimini takomillashtirish. Jumladan, ishlarni taqsimlash va qayta taqsimlash mezonlarining tugal asoslarini belgilash.

Oliy sud Rayosati qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritish

2026-yil sentabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

8.

Sudyalar va sud apparati xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini tahlil qilish va aniqlangan holatlar bo‘yicha choralar ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish

2026-yil oktabr

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Sudyalar, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini hamda deklaratsiyadagi ma’lumotlarni integratsiyalashgan tizim orqali tekshirish tartibini joriy etish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilash

2026-yil noyabr

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Sud apparati xodimlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlari daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini hamda deklaratsiyadagi ma’lumotlarni integratsiyalashgan tizim orqali tekshirish tartibini joriy etish.

Oliy sud

(B. Islamov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida sudyalarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalalarini ko‘rish mexanizmlarini takomillashtirish.

Asoslantirilgan takliflarni kiritish

2026-yil noyabr

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

12.

Sud apparati xodimlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda ularni ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq normalarni qayta ko‘rib chiqish.

Asoslantirilgan takliflarni kiritish

2026-yil noyabr

Oliy sud

(B. Islamov)

13.

Sud apparati xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori va o‘rta bo‘lgan funksiyalarni raqamlashtirish bo‘yicha choralar belgilash.

Tashkiliy-huquqiy choralarni belgilash

2027-yil fevral

Oliy sud

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

14.

Mansab darajasiga ega bo‘lgan sud apparati xodimlari uchun ixtisoslashgan xizmat kiyimi namunalari va uni kiyish tartibini belgilash.

Shuningdek, xodimlarni ixtisoslashgan xizmat kiyimi bilan Oliy sudning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich ta’minlash me’yorlarini tasdiqlash.

Tashkiliy-huquqiy choralarni amalga oshirish

2027-yil iyun

Oliy sud

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2026-y., 06/26/106/0571-son)