OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VA DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING 2004 YIL 13 YaNVARDAGI “SAMARQAND VA TOShKENT VILOYATLARINING QIShLOQ XOʻJALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI TOMONIDAN YAGONA YER SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA VAQTINChALIK NIZOMINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI 11, 2004-10-SONLI QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-fevralda 1324-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 610-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 52-son, 87 modda) muvofiq qaror qilamiz:
1 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 13-yanvardagi “Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 11, 2004-10-sonli qaroriga (2004-yil 15-mart, roʻyxat raqami 1324 — Oʻzbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 11-son, 132-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 17-yanvar,
6-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 17-yanvar,
2005-5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 53-modda)