Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DELEGATSIYALARINING XORIJIY MAMLAKATLARGA TASHRIFLARINI VA CHET EL DELEGATSIYALARINI, DAVLAT VA SIYOSIY ARBOBLARINI QABUL QILISHNI UYUSHTIRISH HAMDA SHU MAQSADLAR UCHUN DAVLAT BUDJETIDAN AJRATILADIGAN MABLAGʻLARNI SARFLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflari hamda chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilish bilan bogʻliq tadbirlarni uyushtirishda yagona yondashuvni taʼminlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflarini va chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilishni uyushtirish hamda shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, rahbarlar tashriflari va delegatsiyalarni, shuningdek ayrim shaxslarni qabul qilish xarajatlari smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-mart,
158-son
Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflarini va chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilishni uyushtirish hamda shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlariga va delegatsiyalarining tashriflari
Oldingi tahrirga qarang.
1.1. Tashriflar — bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri yoki Oliy Majlisi Senati Raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hamda ular boshchilik qilgan delegatsiyalarning xorijiy mamlakatlar rahbarlarining rasmiy taklifi bilan xorijiy davlatga borishlaridir.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
1.2. Tashrifning hajmi deganda tashrif dasturiga kiruvchi amaliy va protokol tusidagi tadbirlarning jami nazarda tutiladi. Tomonlar davlat boshliqlari yoki delegatsiyalarning boʻlajak tashriflarining muddatlari, turi va shakli toʻgʻrisida oldindan kelishib oladilar. Xorijiy mamlakatda boʻlish dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oldindan tuziladi hamda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
1.3. Delegatsiya aʼzolari va hamrohlik qiluvchi shaxslarning xavfsizligini taʼminlash tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(1.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1021/2335-son)
1.4. Tashriflar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan esdalik sovgʻalari topshirilishi nazarda tutiladi hamda qabul marosimlari uyushtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
1.5. Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining tashriflarini tashkiliy taʼminlash tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni va Oliy Majlisi Senati devoni tomonidan amalga oshiriladi. Protokol tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklatiladi.
(1.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
1.6. Oʻzbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining tashriflarini uyushtirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (shu jumladan, hukumat nomidan qabul marosimiga, qimmatli sovgʻalar, esdalik sovgʻalari va boshqalarga sarflangan xarajatlar) davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 303-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 09/26/303/0595-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 303-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 09/26/303/0595-son)