03.06.2026 yildagi 276-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Shahar yoʻlovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muntazam shahar avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashish faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy shahar avtobuslarini xarid qilishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulayliklar yaratish hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni mehnat qonunchiligiga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Haydovchi bilan birga 60 kishi yoki undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan M3toifadagi (III sinfga mansub boʻlmagan) yangi transport vositalarini (avtobus/elektrobus yoki trolleybuslar) 2027-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishda utilizatsiya yigʻimining nol stavkasi qoʻllanilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan muntazam shahar avtobus yoʻnalishlarida tushumlar toʻliqligini taʼminlash maqsadida shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yoʻlovchi tomonidan yoʻlkira haqi avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi terminallari (validatorlar) bilan jihozlangan avtobusga chiqish vaqtida quyidagi usullar orqali toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport kartasini validatorga tekkizgan holda uni validatsiya qilish;

bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz elektron toʻlov turlaridan foydalanish (NFC, QR, Biometric, BLE, UWB va boshqa joriy etilayotgan texnologiyalar yordamida toʻlash);

ijtimoiy/transport kartasini validatorga tekkizgan holda imtiyozli yoki bepul yurish huquqini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yoʻlkira haqi mazkur bandda nazarda tutilgan usullar orqali avtobusga chiqish vaqtida toʻlanmaganda (tasdiqlanmaganda), yoʻlovchi avtobusda chiptasiz yurgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahardan ikki va undan koʻp kilometr masofada tashqariga chiquvchi yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini shahar ichi avtobus yoʻnalishlari toifasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam shahar avtobus yoʻnalishlarida belgilangan meʼyoriy ish vaqtidan ortiq ishlayotgan haydovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va qonunchilikka muvofiq ish vaqti normasini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Transport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yoʻlovchilarning trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurganligi uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 1-sentabriga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori bilan birgalikda poytaxt jamoat transporti va shahar atrofi temir yoʻl qatnovlarida yoʻlkira haqini toʻlashning integratsiyalashgan tizimini, shu jumladan, “elektropoyezd-avtobus” va “elektropoyezd-metro” jozibador tarif rejalarini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda aholi oʻrtasida ushbu qarorning maqsadlari, mohiyati va amaliy ahamiyati, shu jumladan jamoat transportidan foydalanishda yoʻlkira haqining toʻlash usullari va tartibini keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 3-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
276-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 276-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 23-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b) shahar chetidan 5 kmgacha yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharlarning transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejalariga muvofiq koʻpi bilan 12 kmgacha chetga chiquvchi shahar avtobus yoʻnalishlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“28. Yoʻlovchi avtobusga chiqish vaqtida yoʻlkira haqini quyidagi usullar orqali toʻlashi (tasdiqlashi) shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport kartasini validatorga tekkizgan holda uni validatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz elektron toʻlov turlaridan foydalanish (NFC, QR, Biometric, BLE, UWB va boshqa joriy etilayotgan texnologiyalar yordamida toʻlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy/transport kartasini validatorga tekkizgan holda imtiyozli yoki bepul yurish huquqini tasdiqlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi 281-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“281. Yoʻlkira haqi ushbu Qoidalarning 28-bandiga muvofiq oʻz vaqtida toʻlanmaganda (tasdiqlanmaganda), yoʻlovchi avtobusda chiptasiz yurgan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatining 5592-pozitsiyasi “TIF TN boʻyicha nomi” ustunidagi “(avtobuslar/elektrobuslar)” soʻzlari “(I va II sinfga mansub boʻlgan avtobuslar/elektrobuslar)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar avtobus yoʻnalishlarining boshlangʻich narxini aniqlash va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4a-ilovaning matnida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-pozitsiyaning “Koʻrsatkichlar nomi” ustunidagi “yoʻnalishi” soʻzi “yoʻnalishi bir haftalik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-pozitsiyaning “Koʻrsatkichlar nomi” ustuni ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5-qator X 1,09 / 40 soat)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) izoh qismining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Yoʻnalishning pasporti va yoʻnalishga qoʻyilgan talablar asosida bir haftalik miqdor hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Bitta avtobus uchun talab etiladigan haydovchilar sonini aniqlashda, 1 nafar haydovchi yil davomida 11 oy faoliyat koʻrsatishi hamda 1 oy mehnat taʼtilida boʻlishini inobatga olgan holda 1,09 koeffitsiyent qoʻllanadi. Haydovchilar soni 0,5 aniqlikkacha yaxlitlanadi (yaxlitlashda birlik sondan keyin hosil boʻlgan 0,25 gacha boʻlgan sonlar inobatga olinmaydi, 0,25 dan 0,74 gacha 0,5 miqdorida qabul qilinadi, shuningdek, 0,74 dan oshgan sonlar butun son sifatida qabul qilinadi)”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu ilovaning 1-bandi “b” kichik bandi 2026-yil 1-sentabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/276/0559-son)