02.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3845
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 02.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3845
Kuchga kirish sanasi
03.06.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 2-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3845]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur buyruqqa ilovaning 4, 10 va 17-bandlari hamda 23-bandining toʻqqizinchi xatboshisi ushbu buyruq kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 2-aprel

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 2-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 16-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 20-apreldagi 14-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta agentlari faoliyatiga doir talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta agenti — sugʻurtalovchi nomidan va uning topshirigʻiga binoan sugʻurta shartnomasini tuzishni hamda uning bajarilishini tashkil etishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriq shartnomasi (agent bitimi) — sugʻurtalovchi va sugʻurta agenti oʻrtasida yozma yoki elektron shaklda tuzilgan shartnoma boʻlib, unga koʻra sugʻurta agenti sugʻurtalovchi nomidan va uning topshirigʻiga asosan hamda u tomonidan berilgan vakolatlar doirasida haq evaziga sugʻurta shartnomalarini tuzish va bajarilishini tashkil etish yuzasidan vositachilik xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vositachilik haqi — sugʻurta agentiga sugʻurta turlari boʻyicha vositachilik xizmatini koʻrsatganlik uchun ushbu Nizom bilan belgilangan miqdorning maksimal chegarasi doirasida sugʻurta mukofotidan ulush sifatida sugʻurtalovchi tomonidan toʻlanadigan toʻlov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi — manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari va markaziy maʼlumotlar bazalari, jismoniy va yuridik shaxslar markaziy maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan sugʻurta bozori maʼlumotlarini hisobga olish va isteʼmolchilarga elektron sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatini taʼminlovchi yagona tizim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sugʻurta agenti bir vaqtning oʻzida sugʻurtalovchining boshqaruv va nazorat organlari aʼzolari va rahbarlari, shuningdek xodimi sifatida ish yuritishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sugʻurta agenti sugʻurta shartnomalarini tuzish va bajarilishini tashkil etish yuzasidan vositachilik xizmatlarini sugʻurtalovchining yoki oʻzining dasturiy taʼminoti (axborot tizimlari) orqali elektron shaklda amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, sugʻurta agentining dasturiy taʼminotida (axborot tizimida) tuzilgan sugʻurta shartnomalari (polislari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzaro integratsiya orqali Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi soʻroviga koʻra sugʻurta agenti tomonidan yuborilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sugʻurta agenti faqat oʻzi bilan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzgan sugʻurtalovchining reyestriga kiritilganidan keyin oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Bunda, topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzilgan kundan boshlab bir kun ichida sugʻurtalovchi tomonidan Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida qayd etiladi va sugʻurta agentiga ID raqam beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topshiriq shartnomasi (agent bitimi) bekor qilingan hollarda u bekor qilingan kundan boshlab bir kun ichida sugʻurtalovchi tomonidan Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida bu haqida qayd kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jismoniy shaxs boʻlgan sugʻurta agenti oʻz nomiga, yaqin qarindoshlari (ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari, eri, xotini, farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobosi, buvisi, nevaralari, shuningdek erining (xotinining) ota-onasi, tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari) nomiga sugʻurta shartnomalari boʻyicha hujjatlar yozishga, shuningdek oʻz foydasiga sugʻurta shartnomalari tuzishga hamda bunda mazkur sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta agenti sifatida ish yuritishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs boʻlgan sugʻurta agentlari sugʻurta qildiruvchi sifatida ishtirok etadigan sugʻurta shartnomalarida sugʻurta agenti sifatida ish yuritishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sugʻurta agentining sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilangan vazifalarini boshqa har qanday fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida amalga oshirish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bank kreditlari bilan bogʻliq sugʻurta shartnomalari tuzilishida (bankning oʻz tadbirkorlik tavakkalchiligini sugʻurtalash shartnomalari bundan mustasno) kredit beruvchi tijorat banki Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan sugʻurtalovchilar nomidan sugʻurta shartnomasi tuzilishini tashkil etish boʻyicha faoliyatini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki va sugʻurtalovchilarning bosh ofislari oʻrtasida tuzilgan topshiriq shartnomasiga (agent bitimiga) asosan tijorat bankining barcha hududiy boʻlinmalari sugʻurta agenti hisoblanadi. Bunda, sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta shartnomalarini tuzish va bajarilishini tashkil etish yuzasidan bankning vositachilik xizmatlari faqat mazkur bankning dasturiy taʼminoti (axborot tizimi) orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank krediti bilan bogʻliq sugʻurta shartnomasini tuzishda sugʻurta qildiruvchi tanlagan sugʻurtalovchi bilan tijorat banki oʻrtasida topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzilmagan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi oʻzi tanlagan sugʻurtalovchi bilan sugʻurta shartnomasini sugʻurta agenti ishtirokisiz toʻgʻridan-toʻgʻri tuzadi. Bunda, tuzilgan sugʻurta shartnomasi bankning sugʻurta shartnomasi boʻyicha talablariga javob berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank kreditlari bilan bogʻliq sugʻurta shartnomalarining tuzilishida naf oluvchi hisoblangan tijorat bankidan boshqa shaxslarning sugʻurta agenti sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sugʻurtalovchi va sugʻurta agenti oʻrtasida topshiriq shartnomasini (agent bitimini) tuzish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sugʻurta agenti sugʻurtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) asosida sugʻurtalovchining nomidan va uning topshirigʻiga binoan sugʻurta shartnomasini tuzish va ijro etilishini tashkil qilish boʻyicha vositachilik faoliyatini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Topshiriq shartnomasi (agent bitimi) yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlgan sugʻurta agenti va sugʻurtalovchi oʻrtasidagi kelishuvga asosan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sugʻurtalovchi topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzgunga qadar sugʻurta agenti boʻlishga nomzod jismoniy shaxsni yoki yuridik shaxsning rahbari yoxud xodimini oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzi tomonidan tasdiqlangan 12 soatdan kam boʻlmagan sugʻurta agentlarini tayyorlash kursi boʻyicha malakasini oshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta agenti yuridik shaxs boʻlganda uning shtatida sugʻurta agentlarini tayyorlash kursidan oʻtgan rahbar yoki xodim doimiy ravishda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sugʻurta agentlari faoliyatini amalga oshirish tartibi va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sugʻurta agentlarining faoliyati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomasini tuzish uchun mijozlarni qidirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchi, sugʻurta xizmatlari va mahsulotlari, sugʻurta qoidalari va shartnomalarining talab hamda shartlari toʻgʻrisidagi axborotni sugʻurta qildiruvchilarga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomasini tuzish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni sugʻurta qildiruvchidan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomasini (sugʻurta polisini) tuzish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash yoki rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta daʼvolarini hal qilish jarayonida sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida axborotning oʻz vaqtida va sifatli almashinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli kelishuv mavjud boʻlganda sugʻurtalovchining topshirigʻi boʻyicha va uning hisobidan sugʻurta tovonlarini (toʻlovlarini) toʻlanishini tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining dasturiy taʼminoti (axborot tizimi) orqali sugʻurta shartnomalarini tuzish va bajarilishini tashkil etish yuzasidan vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs boʻlgan sugʻurta agenti mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatini (call-markaz, interaktiv muloqot tizimi va boshqalar) uzluksiz ravishda koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faoliyatini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa xizmatlarni koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sugʻurta agenti sugʻurta shartnomasini tuzishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta qildiruvchining manfaatlaridan kelib chiqib vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan sugʻurta shartnomasining shartlariga qoʻyiladigan eng kam talablarga rioya qilinishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta xizmatlari koʻrsatilishining sifati boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan sugʻurtalovchilar reytingi bilan sugʻurta qildiruvchilarni tanishtirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sugʻurta agentining huquq va majburiyatlari sugʻurtalovchi bilan tuziladigan topshiriq shartnomasida (agent bitimida) belgilanadi va sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan sugʻurta agentining huquq va majburiyatlariga zid boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Topshiriq shartnomasi (agent bitimi) quyidagi muhim shartlarni nazarda tutishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzilgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta agentiga berilgan vakolatlar doirasida sugʻurta shartnomasi tuzilishi mumkin boʻlgan sugʻurta turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta turlari boʻyicha vositachilik haqining miqdorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchi va sugʻurta agentining huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriq shartnomasi (agent bitimi) majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizolarni hal qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning rekvizitlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sugʻurta agenti vositachiligida tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha vositachilik haqi sugʻurtalovchining bank hisob raqamiga kelib tushgan sugʻurta mukofotlarining 25 foizidan oshmagan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topshiriq shartnomasi (agent bitimi) asosida sugʻurta agentlari ishtirokida tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurtalovchilarning xodimlariga agent bitimida koʻrsatilgan vositachilik xizmatlari uchun hamda unda koʻrsatilgan usulda haq toʻlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sugʻurta shartnomalari muddatidan oldin bekor qilinganda sugʻurta shartnomalari boʻyicha vositachilik haqi sugʻurta agenti tomonidan sugʻurtalovchiga sugʻurta shartnomasining muddati oʻtmagan davriga mutanosib miqdorda qaytarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Topshiriq shartnomasidagi (agent bitimidagi) huquq va majburiyatlar hamda ushbu bitim doirasida tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha vositachilik xizmatlari uchinchi shaxsga oʻtkazilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Elektron sugʻurta shartnomalarining (sugʻurta polislarining) hisobi Sugʻurta xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3571, 2024-yil 11-noyabr) belgilangan tartibda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Topshiriq shartnomasi (agent bitimi) boʻyicha majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmasligi yengib boʻlmas kuch (fors-major), shu jumladan yongʻin, tabiiy ofatlar, urushlar, har qanday tusdagi harbiy harakatlar, umumiy ish tashlashlar, qoʻporuvchilik va terrorchilik harakatlari, avariyalar tufayli yuz berganda, agar bu holatlar topshiriq shartnomasining (agent bitimining) bajarilishiga bevosita taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, topshiriq shartnomasi (agent bitimi) taraflari javobgarlikdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, topshiriq shartnomasi (agent bitimi) boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati bunday holatlar mavjud boʻladigan vaqtga mutanosib tarzda uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sugʻurta agentlari faoliyatini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sugʻurta agentlari faoliyati ustidan nazoratni topshiriq shartnomasiga (agent bitimiga) muvofiq sugʻurtalovchi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta agentlari faoliyati har olti oyda kamida bir marta monitoringdan oʻtkaziladi. Monitoring jarayonida quyidagi masalalar oʻrganiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta agenti faoliyatining haqqoniyligi va qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta agentlari vositachiligida tuzilgan sugʻurta shartnomalarining (sugʻurta polislarining) va ular boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarning sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomalari (sugʻurta polislari) boʻyicha sugʻurtalovchining bank hisob raqamiga kelib tushgan sugʻurta mukofotlarining hisobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta agentlari vositachiligida tuzilgan sugʻurta shartnomalarining (sugʻurta polislarining) hisobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchiga topshirilgan va sugʻurta qildiruvchilarga berilgan hujjatlardagi yozuvlarning mosligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta agenti vositachiligida tuzilgan sugʻurta shartnomalari muddatidan oldin bekor qilinganda sugʻurta agenti tomonidan vositachilik haqi sugʻurta shartnomasining muddati oʻtmagan davriga mutanosib miqdorda sugʻurtalovchiga qaytarilganligining hisobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta agenti tomonidan topshiriq shartnomasiga (agent bitimiga) muvofiq qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq boshqa masalalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring yakuni boʻyicha sugʻurtalovchi tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi hamda sugʻurtalovchi va sugʻurta agenti tomonidan imzolanadi. Agar sugʻurta agenti dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, bu toʻgʻrisida dalolatnomaga xolislar ishtirokida tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomani saqlash muddati besh yilni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sugʻurta agenti tomonidan ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga rioya qilinmaganda ushbu sugʻurta agenti vositachiligida tuzilgan sugʻurta shartnomalarini Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazish va sugʻurta polislarini rasmiylashtirish Sugʻurta xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3571, 2024-yil 11-noyabr) muvofiq toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sugʻurtalovchi topshiriq shartnomasini (agent bitimini) quyidagi hollarda bekor qilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta agenti tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarishdan asossiz ravishda bosh tortilganligi tasdiqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
topshiriq shartnomasi (agent bitimi) amal qilish davrida olti oy davomida vositachilik faoliyati amalga oshirilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta agenti — jismoniy shaxs vafot etganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsiz yoki muomalaga layoqatsiz (muomala layoqati cheklangan) deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta agenti — yuridik shaxs qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganda yoki tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
javobgarlikka tortilgan sugʻurta agenti — jismoniy shaxsga nisbatan sugʻurta agenti faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno qiluvchi sud hujjati qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining dasturiy taʼminoti (axborot tizimi) orqali sugʻurta shartnomalarini tuzish va bajarilishini tashkil etish yuzasidan vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs boʻlgan sugʻurta agenti mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatini (call-markaz, interaktiv muloqot tizimi va boshqalar) uzluksiz ravishda koʻrsatmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchining litsenziyasi bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta agenti insofsiz sugʻurta agentlari reyestriga kiritilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta agenti tomonidan qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizom talablariga rioya qilinmaganligi aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vakolatli davlat organi yoki sudning sugʻurtalovchi litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan taqdirda sugʻurtalovchi bu haqida sugʻurta agentlarini shu kunning oʻzida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi hamda oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vakolatli davlat organi sugʻurtalovchilar bilan sugʻurta agentlari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomda keltirilgan faoliyatni sugʻurta agentlari tomonidan lozim darajada bajarilishini sugʻurtalovchi ishtirokida oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchidan sugʻurta agentlari faoliyatiga doir axborotlarni soʻrab olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Vakolatli davlat organi tomonidan insofsiz sugʻurta agentlarining reyestri (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida barcha foydalanuvchilar uchun ochiq eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sugʻurta agenti quyidagi hollarda reyestrga kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qaroriga koʻra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bila turib yolgʻon yoki soxta hujjatlar asosida sugʻurta shartnomalarini tuzganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) shartlarini bajarmaganlikda yoki lozim darajada bajarmaganlikda aybdor deb topilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlardan biri yuz berganda sugʻurtalovchi mazkur holatlar unga maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran besh kun ichida vakolatli davlat organini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga sugʻurta agentlari bir yil muddatga yoki sudning qarorida koʻrsatilgan muddatga kiritiladi. Ushbu muddat tugaganidan keyin sugʻurta agenti reyestrdan chiqarilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga sugʻurta agenti vakolatli davlat organining qaroriga asosan kiritiladi hamda ushbu qaror yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 10/26/3845/0549-son)