02.06.2026 yildagi PQ-211-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiya bilan texnik hamkorlik doirasida “Oʻzbekiston — Yaponiya markazi (VI bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) prezidenti oʻrtasida 2025-yil 21-yanvar kuni oʻtkazilgan uchrashuv doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) “Oʻzbekiston — Yaponiya markazi” loyihasi VI bosqichini Yaponiya Hukumatining dastlabki baholash asosida 2,9 million AQSH dollari miqdoridagi texnik yordam mablagʻlarini jalb qilgan holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston — Yaponiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasiga “Oʻzbekiston — Yaponiya markazi (VI bosqich)” loyihasi doirasida soliq, kommunal va boshqa kelishilgan xarajatlarni qoplab berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 2-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-211-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PQ-211-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston-Yaponiya markazi faoliyatini yanada kengaytirish toʻgʻrisidagi amaliy tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Markaz faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish

1.

Markaz faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan 2026-2027-yillar uchun faoliyat rejasini Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda Yaponiya fondini (JF) jalb qilgan holda ishlab chiqish.

1. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda Yaponiya fondi (JF) bilan muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil iyun

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi

2. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiya fondi (JF) takliflarini oʻrgangan holda, Markazning 2026-2027-yillarga moʻljallangan faoliyat rejasini tayyorlash.

2026-yil avgust

2.

Kurslar va yangi yoʻnalishlar doirasini kengaytirish hisobidan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

1. Oʻquv dasturini ishlab chiqish.

2. Malaka oshirish boʻyicha seminarlarni tashkil etish.

3. PMP, CAPM, PMI-RMP, CFA va boshqa xalqaro darajalardagi sertifikatlarni olish uchun oʻquv dasturlarini joriy etish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi

3.

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi bitiruvchilaridan samarali foydalanish, ular bilan hamkorlikda tadbirkorlik kurslari va loyihalarini yaratish va amalga oshirish.

1. Bitiruvchilar biznes-klubini tashkil etish.

2. Faol bitiruvchilar ishtirokida mahorat saboqlari va treninglar oʻtkazish.

3. Bitiruvchilar bilan hamkorlikda tadbirkorlik kurslari va loyihalarini yaratish va amalga oshirish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi

4.

Korporativ seminarlar va mashgʻulotlar sonini oshirish.

1. Korporativ seminarlar oʻtkazish uchun mahalliy mutaxassislarni tayyorlash.

2. Korporativ mashgʻulot va seminarlar oʻtkazish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi

5.

Markaz faoliyatini ommalashtirish.

1. Matbuotda chiqishlar, brifinglar va boshqa tadbirlar uchun kontent tayyorlash.

2. Media kompaniyalar, PR agentliklar va yetakchi nashriyotlar bilan hamkorlik oʻrnatish.

3. Tadbirlarni oʻtkazish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

6.

Qulay taʼlim imkoniyatlarini yaratish maqsadida yetakchi xalqaro onlayn taʼlim platformalarida (Coursera, Edx, Udemy) onlayn-kurslarni tashkil etish.

1. Yetakchi onlayn taʼlim platformalar bilan hamkorlik oʻrnatish.

2. Dasturlarni tayyorlash, multimedia materiallarini yaratish.

3. Oʻzbekiston-Yaponiya markazi mablagʻlari hisobidan markazning oʻz onlayn platformasini yaratish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

Markazning Buxoro shahridagi filialini modernizatsiya qilish, faoliyatining samaradorligini oshirish va yangi yoʻnalishlarni tashkil qilish.

1. Buxoro filialining joriy faoliyatini baholash.

2. Filialni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash.

3. Talab yuqori yoʻnalishlar boʻyicha yangi oʻquv kurslarini tashkil etish.

4. Marketing strategiyasini ishlab chiqish, resurslar va infratuzilmani kengaytirish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi,

Buxoro viloyati hokimligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

8.

Markazning Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi filialini tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejasini bosqichma-bosqich ishlab chiqish.

1. Fargʻona viloyatidagi ehtiyojlarni oʻrganish.

2. Joylashuv va infratuzilmani aniqlash.

3. Oʻquv yoʻnalishlarini belgilash va faoliyatni yoʻlga qoʻyish rejasini bosqichma-bosqich ishlab chiqish.

2026-2027-yillar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Fargʻona viloyati hokimligi,

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi

II. Akademik hamkorlik va oliy taʼlim sohasidagi loyihalar

9.

Yaponiya oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish jarayonlari, moslashuv va akademik talablar boʻyicha tavsiyalar berish uchun oʻquv tadbirlarini tashkil qilish.

1. Yaponiya oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish jarayonlari, moslashuv va akademik talablar boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish.

2. Tadbirlarni tashkil etish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi

10.

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi bitiruvchilarining Yaponiyaga toʻqimachilik sohasida yapon tajribasini oʻrganishga qaratilgan oʻquv va amaliy tashrifini tashkillashtirish.

1. Yaponiyalik hamkorlar bilan ushbu tashrifni muvofiqlashtirish masalasini muhokama qilish.

2026-yil avgust

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

2. Oʻzbekiston-Yaponiya markazi bitiruvchilari orasidan 10 nafar nomzodni tanlash.

2026-yil oktabr

3. Yaponiyada kompaniyalar bilan uchrashuvlar va tadbirkorlik tarmogʻi tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish.

2026-yil oktabr

4. Viza uchun hujjatlarni topshirish.

2026-yil noyabr

5. Yaponiyaga tashrifni amalga oshirish.

2026-yil noyabr

6. Toʻqimachilik sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya hamkorligini oshirish borasida ochiq seminar tashkil etish.

2026-yil noyabr

11.

2026-yilda Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida Yaponiya taʼlim koʻrgazmasini oʻtkazish.

1. Tashkilotchilar, Nagoya universiteti va Tsukuba universiteti bilan muzokaralar oʻtkazish.

2. Tadbir oʻtkaziladigan hududlarni belgilash.

3. Koʻrgazmani Yaponiya universitetlari va Oʻzbekistondagi ishtirokchilar oʻrtasida keng ommalashtirish.

4. Tadbir logistikasiga tayyorgarlik koʻrish va maktablarga tashriflarni rejalashtirish.

5. Tadbirni tashkil etish.

2026-yil davomida

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

III. Savdo-iqtisodiy va institutsional hamkorlik

12.

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, JETRO, Yaponiya va Oʻzbekiston uyushmalari hamda biznes doiralari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish.

1. Memorandumlar va hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlarni imzolash.

2. Yaponiya biznes doiralari vakillarining Oʻzbekistonga va Oʻzbekiston biznes doiralari vakillarining Yaponiyaga safarlarini tashkil etishga koʻmaklashish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

13.

Oʻzbekiston tadbirkorlari va korxonalarining Yaponiyada boʻlib oʻtadigan koʻrgazmalarga tashrifini tashkil etish.

1. Tashrif dasturini ishlab chiqish.

2. Yetakchi kompaniyalar, Markaz bitiruvchilari orasidan tashrif ishtirokchilari roʻyxatini tuzish.

3. Hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish.

4. Tashrifni amalga oshirish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

14.

Oʻzbekiston korxonalari va tadbirkorlari vakillari uchun Yaponiyada oʻquv amaliyotini tashkil etish.

1. Amaliyot uchun nomzodlarni saralash.

2. Yetakchi kompaniyalar, Markaz bitiruvchilari orasidan tashrif ishtirokchilari roʻyxatini tuzish.

3. Hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish.

4. Biznes-safarni tashkil etish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi,

Savdo-sanoat palatasi

15.

Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi biznes hamkorlik boʻyicha har yillik “Uzbekistan-Japan Business Forum” tadbirini tashkil etish.

1. Biznes-forum dasturini tayyorlash, ishtirokchilarni jalb etish.

2. Tashkiliy masalalarni ishlab chiqish.

3. Forumni oʻtkazish.

2026-2027-yillar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi

IV. Tadbirkorlik boʻyicha taʼlim dasturlari va amaliy tadbirlar

16.

Professional Management Programme (PMP) taʼlim dasturini oʻzbek tilida kengaytirish.

1. Taʼlim dasturini ishlab chiqish.

2. Mahalliy va Yaponiya oʻqituvchilarining taqsimlanishi va budjetini rejalashtirish.

3. Oʻquv darslarini amalga oshirish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi,

Savdo-sanoat palatasi

17.

Keiei-juku dasturini Yaponiyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda seminarlar va ilgʻor taʼlim yechimlari asosida tadbirkorlarning bilimini oshirishga qaratilgan yangi dasturga transformatsiya qilish.

1. Transformatsiya uchun JICA, hamkorlar va masʼul idoralar bilan muhokama qilish.

2. Oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

3. Oʻquv darslarini amalga oshirish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi

18.

Seminar series dasturi bitiruvchilarining Yaponiyaga tashrifini tashkil etish.

1. Safar dasturini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi,

Savdo-sanoat palatasi

2. Tashkiliy masalalarni ishlab chiqish.

2027-yil may

3. Yaponiyaga tashrifni amalga oshirish.

kelishilgan muddatlarda

19.

Yaponiyaning yetakchi universiteti (biznes maktabi) bilan hamkorlikda “Executive Business Education” dasturini tashkil etish.

1. Hamkorlik oʻrnatish.

2. Dasturni ishlab chiqish.

3. Oʻquv dasturini tashkil qilish va amalga oshirish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi

20.

Markaziy Osiyodagi yirik biznes taʼlim markazlari va institutlari bilan hamkorlik oʻrnatish.

1. Yirik biznes taʼlim markazlari va institutlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Hamkorlik oʻrnatish choralarini koʻrish.

2026-2027-yillar

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 07/26/211/0550-son)