26.05.2026 yildagi PF-98-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FARMONI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari uchun ilgʻor yechimlarni yarata oladigan yangi avlod ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, ilmiy kengashlar faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, izlanuvchilarni tayyorlashda ustuvorlik mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsad
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, ushbu Farmonning asosiy maqsadi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini takomillashtirish, doktorantlar tayyorlash jarayonlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, dissertatsiya tadqiqotlarining sifati, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida nazarda tutilgan mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tayanch doktorantura va doktorantura (keyingi oʻrinlarda — doktorantura)da kadrlar tayyorlashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizi 1-ilovaga muvofiq ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklar (keyingi oʻrinlarda — ustuvor ilmiy ixtisosliklar)ga ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) differensial stipendiya tizimi joriy etilib, ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida oshirilgan stipendiya toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga tadqiqot ishida zarur boʻladigan asbob-uskuna va boshqa tovarlarning xaridi uchun har oy bazaviy stipendiyaning 30 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻ doktorant tahsil olayotgan oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) tayanch doktorantura bosqichining birinchi oʻquv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozish, statistika va maʼlumotlar tahlili kabi fanlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul kirish imtihoni oʻrniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi. Bunda taqdimotga qoʻyiladigan talablar oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan mustaqil belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ilmiy rahbarga doktorantning ixtisosligiga mos fan tarmogʻida ilmiy tadqiqot tajribasiga ega boʻlish talabi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilishda tegishli fan yoʻnalishlarida milliy sertifikatga ega boʻlgan talabgorni mutaxassislik fani boʻyicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish tartibi bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) 2027-yil uchun qabuldan boshlab ilmiy rahbarlik (maslahatchilik) uchun oylik toʻlov oʻrniga tayanch doktoranturaga qabul qilingan stajyor-tadqiqotchi va oʻz vaqtida himoya qilgan doktorant uchun bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlov toʻlanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Xirsh indeksi boʻyicha koʻrsatkichi 5 dan kam boʻlgan ilmiy rahbarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 40 baravarigacha miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Xirsh indeksi boʻyicha koʻrsatkichi 5 dan yuqori boʻlgan ilmiy rahbarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha miqdorida toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar doktoranturaga umumiy qabul kvotasini maqbullashtirish hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashda loyihaviy yondashuv
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini amaliy tadqiqot loyihasi doirasida olishni nazarda tutuvchi “Loyiha doirasida ilmiy daraja” dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Dastur doirasida ilmiy loyihalarni amalga oshirishning shunday tartibi oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ustuvor ilmiy ixtisosliklar boʻyicha muddati uch yildan koʻp boʻlmagan tadqiqot loyihalari uchun har yili bir marta tanlov eʼlon qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tadqiqot loyihasida ishtirok etuvchi doktorant loyiha rahbari tomonidan tanlov asosida qabul qilinadi hamda loyiha rahbari bir vaqtning oʻzida doktorantning ilmiy rahbari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) doktorant tadqiqot loyihasi bajarilayotgan tashkilotning izlanuvchisi hisoblanadi va unga tayanch doktorantura uchun belgilangan miqdorda stipendiya toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tadqiqot loyihasi davrida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan tadqiqotchi loyihasining ilmiy hisoboti ekspertizadan oʻtkazilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Dastur ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Dastur doirasida tayyorlanadigan doktorantlar soni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tayanch doktoranturaga har yili ajratiladigan qabul kvotasini shakllantirishda hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ilmiy darajalar berishda 2027-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartiblar bekor qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish, mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini roʻyxatdan oʻtkazish va dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) dissertatsiya avtoreferatini chop etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi toʻgʻrisida xulosa olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari boʻyicha ekspert kengashi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) himoya qilingan dissertatsiya boʻyicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun jalb qilingan chet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi toʻgʻrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qilish. Bunda ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjat uning Oʻzbekistondagi faoliyati davomida toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvarga qadar Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon berilgan va dissertatsiya himoyasini oʻtkazgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan tartibga muvofiq beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2027-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar (keyingi oʻrinlarda — ilmiy kengash) faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha reyting tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ilmiy kengashlar tomonidan maʼqullangan dissertatsiyalar tanlov asosida mustaqil, jumladan xorijiy mutaxassislarning ekspertizasidan oʻtkazilib, reyting natijalarida aks ettiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) reyting Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yagona avtomatlashtirilgan elektron axborot portalida reyting mezonlari va baholash natijalarini aks ettirgan holda internet tarmogʻi orqali barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq holda yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) reyting natijalariga koʻra samaradorligi past boʻlgan ilmiy kengashlarga nisbatan Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi choralar qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ilmiy kengashning raisi va kotibini muayyan muddatga ilmiy kengashlar faoliyatidan chetlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) ilmiy kengash faoliyatini tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) oliy taʼlim va ilmiy tashkilotda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy kengash tashkil etishni muayyan muddatga cheklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Oliy attestatsiya komissiyasiga ilmiy kengashlar tomonidan maʼqullangan ilmiy ishlarni tanlov asosida tekshirish va asoslarni koʻrsatgan holda ularning qarorini bekor qilish vakolati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ilmiy kengashlar dissertatsiyalar ekspertizasining xolis va sifatli oʻtkazilishi, ilmiy ishlarda koʻchirmachilikni aniqlash hamda qabul qilgan qarorlarining asosliligiga masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Tadqiqot jarayonlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tadqiqot jarayonlarida tadbirkorlik subyektlari ishtirokini kengaytirish boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda ilmiy darajali kadrlarni sanoat hamkorlari bilan birgalikda tayyorlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Amaliy doktorantura (PhD)” dasturi amalga oshiriladi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) dissertatsiya mavzusi sanoat hamkorining talabidan kelib chiqib belgilanadi hamda doktorantga tadqiqot mavzusiga mos boʻlgan ilmiy va amaliy rahbarlar biriktiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “Amaliy doktorantura (PhD)” dasturiga izlanuvchi oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan unga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan tayanch doktorantura qabul kvotasini mustaqil qayta yoʻnaltirish orqali qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) doktoranturaga kirish imtihonlarini oʻtkazish tartibi sanoat hamkori bilan kelishilgan holda oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) tadqiqot loyihasi sanoat hamkori bilan hamkorlikda moliyalashtiriladi. Bunda oliy taʼlim va ilmiy tashkilotning majburiyatlari Davlat budjetidan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik subyektlarining foyda soligʻi bazasi ularning ilmiy loyihalarni sanoat hamkori sifatida moliyalashtirishga sarflagan mablagʻlarini 150 foiz miqdorda chegirgan holda aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida yaratilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan olingan foyda ushbu realizatsiya boshlangan kundan boshlab uch yil davomida foyda soligʻidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oliy attestatsiya komissiyasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridan Fanlar akademiyasi tizimiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oliy attestatsiya komissiyasi oliy malakali ilmiy kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, ilmiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy daraja va unvonlarga qoʻyiladigan malaka talablarining xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Oliy attestatsiya komissiyasi Fanlar akademiyasiga faqat tashkiliy-boshqaruv jihatidan boʻysunadi, oʻziga yuklangan vazifalarni kollegiallik asosida Fanlar akademiyasidan toʻliq mustaqil holda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Oliy attestatsiya komissiyasining tuzilmasi Fanlar akademiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Fanlar akademiyasi prezidenti tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga belgilangan tartibda tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Oliy attestatsiya komissiyasi raisi 5 yil muddatga tayinlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq raislik lavozimiga tayinlanishi mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, bunda har 2 yilda Rayosat aʼzolarining uchdan bir qismi va 6 yilda Rayosat tarkibi toʻliq yangilanadi, Rayosatga rahbarlik qiluvchi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Fanlar akademiyasi vitse-prezidentiga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Oliy attestatsiya komissiyasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va moddiy ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oliy attestatsiya komissiyasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar barcha dissertatsiya himoyasi jarayonlari, jumladan, ilmiy ish va avtoreferatni taqdim etish, retsenzent va opponentlar fikrlarini yuborish, himoya jarayonlarini rejalashtirish va ilmiy ishni baholash jarayonlari yagona onlayn tizim orqali amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2027-yildan boshlab har yili Davlat budjetidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Fanlar akademiyasiga birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida ilmiy kengashlar reytingini yuritish, jumladan, ilmiy ishlarni tanlov asosida ekspertizadan oʻtkazishda mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash uchun qoʻshimcha ravishda 5 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ilmiy rahbarlarga bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni moliyalashtirish uchun Innovatsion rivojlanish agentligiga zarur mablagʻlarni ajratib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash uchun masʼul va shaxsan javobgar etib Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.A. Ayupov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 26-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-98-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-98-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) raqamli va axborot texnologiyalari, jumladan, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, maʼlumotlar tahlili va raqamli yechimlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shu jumladan, vodorod texnologiyalari, energiya tejamkorligi va energiyani saqlash tizimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) agroinnovatsiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi, urugʻchilik, seleksiya, gen texnologiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tibbiyot va biotexnologiyalar, jumladan, biomeditsina, genetika, farmatsevtika, telemeditsina va yuqumli kasalliklarning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) suv resurslaridan oqilona foydalanish va iqlimga barqarorlikni taʼminlash, jumladan, choʻllanishning oldini olish va iqlim oʻzgarishiga moslashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) yangi materiallar va ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalari, shu jumladan, nanotexnologiyalar, additiv ishlab chiqarish, robototexnika va avtomatlashtirilgan tizimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) seysmik xavfsizlikni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashiga ilmiy-texnologik tendensiyalardagi oʻzgarishlar va mamlakat strategiyasidagi yangi yoʻnalishlardan kelib chiqib, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-98-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

1.

Tayanch doktorantura va doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizini ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid fan tarmogʻi va ixtisosliklarga ajratish.

Idoraviy hujjat loyihasi

Har yili sentabr

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

2.

Izlanuvchilikka qabul qilishdan ilmiy darajaga tasdiqlashgacha boʻlgan barcha jarayonlarni qamrab oluvchi oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimini ishga tushirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil avgust

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Fanlar akademiyasi

(Ayupov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

3.

Doktorantlarga stipendiya toʻlashning differensial tizimini joriy etish. Bunda 2027-yildan boshlab ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlar bazaviy stipendiyasi miqdorini 1,7 baravarga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil yanvar

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qoʻchqorov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

4.

Doktoranturada ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga tadqiqot ishida zarur boʻladigan asbob-uskuna va boshqa tovarlarning xaridi uchun har oy bazaviy stipendiya miqdorining 30 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻni doktorant tahsil olayotgan oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotga yoʻnaltirish.

Idoraviy hujjat

2027-yil yanvar

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qoʻchqorov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

tasarrufida ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

5.

Oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarga tayanch doktoranturaga qabul qilingan izlanuvchilar uchun birinchi oʻquv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozish, statistika va maʼlumotlar tahlili fanlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil yanvardan boshlab

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Ilmiy darajalarni olish uchun tayyorlanadigan doktorlik dissertatsiyasi mavzulari elektron bazasini takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil iyun

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklarda tahsil olayotgan doktorantlarga tegishli vazirlik va idoralarning maxsus stipendiyalarini joriy etish.

Idoraviy hujjat loyihasi

Doimiy

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid sohalardagi vazirlik va idoralar

8.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash boʻyicha “Loyiha doirasida ilmiy daraja” amaliy tadqiqotlar dasturini joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil yanvar

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

“Amaliy doktorantura (PhD)” dasturini joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil yanvar

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

“Loyiha doirasida ilmiy daraja” va “Amaliy doktorantura (PhD)” dasturlarining integratsiyalashgan axborot tizimini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil yanvar

Innovatsion rivojlanish agentligiga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan oʻtkazilgan mablagʻlar

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

11.

Tadqiqot jarayonlarida tadbirkorlik subyektlari ishtirokini kengaytirish boʻyicha taqdim etilgan imtiyozlar yuzasidan amaldagi qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil sentabr

-

Soliq qoʻmitasi

(Pulatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

12.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish, jumladan, ilmiy klaster loyihalarini tashkil etish, davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan loyihalarni saralash va moliyalashtirish tartiblarini takomillashtirish, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil iyul

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Fanlar akademiyasi

(Ayupov)

13.

Taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, taʼlim jarayonida jahon ilm-fani va texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish boʻyicha ilmiy ishlanmalar va tavsiyalar tayyorlash boʻyicha ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

Bunda Markaz xodimlariga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan nazarda tutilgan koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda ustamalar toʻlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyul

-

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

(Kurbanniyazov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

II. Oliy attestatsiya komissiyasi va ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish

14.

Ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar (keyingi oʻrinlarda — ilmiy kengash) faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha reyting tizimini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil dekabr

-

Fanlar akademiyasi

(Ayupov),

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

(Yuldashev)

15.

Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining yangi tarkibini tasdiqlash. Bunda dastlabki 2, 4 va 6 yilda yangilanadigan aʼzolarini aniq koʻrsatish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

-

Fanlar akademiyasi

(Ayupov)

16.

Ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha maxsus elektron platformani ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Fanlar akademiyasiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(Ayupov)

17.

Fanlar akademiyasiga ilmiy kengashlar reytingini yuritish va ilmiy ishlarni tanlov asosida ekspertizadan oʻtkazishda mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash uchun qoʻshimcha ravishda 5 milliard soʻm ajratish hamda ajratilgan mablagʻlarni Oliy attestatsiya komissiyasiga muntazam yoʻnaltirib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yildan boshlab har yili

Davlat budjeti mablagʻlari

(2026-yilda Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi hisobidan)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qoʻchqorov),

Fanlar akademiyasi

(Ayupov)

18.

Ilmiy rahbarlarga bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni toʻlash tartibini ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil sentabr

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qoʻchqorov),

Fanlar akademiyasi

(Ayupov)

19.

Innovatsion rivojlanish agentligiga ilmiy rahbarlarga bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yildan boshlab har yili

Davlat budjeti mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qoʻchqorov),

Innovatsion rivojlanish agentligi

20.

Ilmiy darajalar berish, shuningdek, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzishning yangi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil noyabr

-

Fanlar akademiyasi

(Ayupov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

21.

Oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar va Oliy attestatsiya komissiyasi oʻrtasida inson omilisiz raqamli hujjat aylanmasini tashkil etish.

Bunda:

ilmiy daraja va unvonlar berish, shuningdek, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzish jarayonlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bazasida tashkil etish va uzluksiz ishlashini taʼminlash;

ilmiy daraja va unvonlar diplomini davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

Kompleks chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Fanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Fanlar akademiyasi

(Ayupov),

 Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

22.

Ilmiy kengashlar tomonidan maʼqullangan ilmiy ishlarni tanlov asosida tekshirish va asoslarni koʻrsatgan holda ularning qarorini bekor qilish tartibini ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil noyabr

-

Fanlar akademiyasi

(Ayupov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

23.

Ilmiy daraja va unvonlarga qoʻyiladigan talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil noyabr

-

Fanlar akademiyasi

(Ayupov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

24.

Dissertatsiya va avtoreferatlar mazmuni hamda ularni rasmiylashtirish talablarini xalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqish.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil oktabr

-

Fanlar akademiyasi

(Ayupov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

25.

Respublikada ilmiy daraja va unvonga ega boʻlgan shaxslar reyestrini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027-yil mart

Fanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Fanlar akademiyasi

(Ayupov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov)

26.

Dissertatsiyani ilmiy kengashga taqdim etish, ilmiy ish va avtoreferatni yuborish, retsenzent va opponentlar fikrlarini yuborish va baho berish, dissertatsiya himoyasini tashkil etish jarayonlari yagona onlayn tizim orqali amalga oshirilishini taʼminlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Fanlar akademiyasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Fanlar akademiyasi

(Ayupov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2026-y., 06/26/98/0542-son)