O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON KIMYo SANOATI KORXONALARI (“O‘ZKIMYoSANOAT”) UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-martdagi 124-sonli “Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarning:
O‘zbekiston kimyo sanoati davlat konsernini tugatish to‘g‘risidagi;
1-ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari (“O‘zkimyosanoat”) uyushmasini ta’sis etish to‘g‘risidagi;
“O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan “O‘zdavkimyo” konserni qabul qilgan majburiyatlar, tuzgan shartnomalar, bitimlar va unga tegishli mol-mulklar bo‘yicha huquqiy vorislik funksiyalarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining 2-ilovaga muvofiq tuzilmasi va xodimlari soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 58 nafar, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uyushma raisi hamda uning 2 nafar o‘rinbosari bo‘lishiga rozilik berilsin.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, ijro etuvchi apparatni mablag‘ bilan ta’minlash uyushma qatnashchilari — birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zkimyosanoat” uyushmasining asosiy vazifalari quyidagilar hiso6lanadi;
uyushma ta’sischilarini huquqiy himoya qilish hamda davlat va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida ularning qonuniy manfaatlarini ifodalash;
bozor konyunkturasi va mahsulot marketingidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasini belgilash, uyushma a’zolarining — mulkchilikning barcha shakllaridagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash;
uyushma doirasida raqobatbardoshli mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishni ta’minlaydigan yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini o‘tkazish, mavjud asosiy fondlardan samarali foydalanish.
4. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga uyushma tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarini, ularni ko‘proq ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishni nazarda tutgan holda, 1994-1995-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zkimyosanoat” uyushmasiga uyushma a’zolari — davlat birlashmalari, korxonalari, tashkilotlarini, davlat tasarrufidan chiqarilgandan keyin esa — davlat korxonalari negizida tashkil etilgan, uyushma tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlarini, shirkatlarni davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar)ga muvofiq boshqarish huquqini bersin.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabr 525-sonli qarori tahririda)
5. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi ikki hafta muddatda Ustav ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tugatilayotgan konsernda o‘rnatilgan barcha telefonlarni va aloqa turlarini “O‘zkimyosanoat” uyushmasida saqlab qolsin.
7. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi Toshkent shahar, Lohutiy ko‘chasi, 42-uyda joylashgan.
8. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston kimyo sanoati davlat konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1990-yil 29-oktabrdagi 349-son, “O‘zbekiston kimyo sanoati davlat konsernining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 1990-yil 17-dekabrdagi 381-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 19-mart,
149-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-martdagi 149-son qaroriga
1-ILOVA
1994-yil 19-martdagi 149-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarish birlashmalari, tashkilotlar va muassasalar
RO‘YXATI
1. “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy shahri.
2. “O‘zbekrezinotexnika” ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq shahri, Toshkent viloyati.
3. “Elektrkimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq shahri, Toshkent viloyati.
4. “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, Farg‘ona shahri.
5. Farg‘ona kimyoviy tola zavodi.
6. Toshkent lak-bo‘yoq zavodi.
7. “O‘zmaishiykimyo” ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
8. Toshkent rezina texnika buyumlari zavodi.
9. Olmaliq maishiy kimyo zavodi, Toshkent viloyati.
10. Jizzax plastmassa zavodi.
11. Namangan kimyo zavodi.
12. “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasi, Olmaliq shahri.
13. Samarqand kimyo zavodi.
14. Qo‘qon superfosfat zavodi.
15. “Rustam” ishlab chiqarish birlashmasi, Qo‘qon shahri.
16. “Elektrkimyozavod” aksionerlik jamiyati, Navoiy shahri.
17. “Lola” attorlik-pardoz mollari firmasi, Toshkent shahri.
18. Andijon gidroliz zavodi.
19. Farg‘ona furan birikmalari kimyo zavodi.
20. Yangiyo‘l biokimyo zavodi, Toshkent viloyati.
21. “O‘rtaosiyoqurilishmontaj” tresti, Toshkent shahri.
22. “O‘zkimyotuzatishqurilishmontaj” tresti, Toshkent shahri.
23. “Kimyoavtomatika” O‘zbekiston ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Chirchiq shahri.
24. O‘zbekiston kimyo sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Chirchiq shahri.
25. Polimer materiallar ilmiy-tadqiqot instituti, Farg‘ona shahri.
26. Kimyo sanoati xodimlari malakasini oshirish instituti, Chirchiq shahri.
27. Kimyoviy reaktivlar respublika idorasi, Toshkent shahri.
28. “Sharq taronasi” ishlab chiqarish-xo‘jalik birlashmasi, Toshkent shahri.
29. Tez harakat qiluvchi maxsus harbiylashtirilgan otryad, Chirchiq shahri.
30. Qizilqum fosforit kombinati qurilishi bo‘yicha direksiya, Zarafshon shahri, Navoiy viloyati.
31. “Laktam” aksionerlik jamiyati, Chirchiq shahri.
Izoh: Ta’sischilari uyushma a’zolari — birlashmalar, korxonalar bo‘lgan ilmiy-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish birlashmalariga, qo‘shma (shu jumladan xorijiy sarmoyani jalb etuvchi) korxonalarga kiruvchi korxonalar ham uyushma a’zolari hisoblanadilar
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-martdagi 149-son qaroriga
2-ILOVA
1994-yil 19-martdagi 149-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari (O‘zkimyosanoat) uyushmasi ijro etuvchi
apparatining TUZILMASI
Rahbariyat
Marketing, birja faoliyati, kooperatsiyalash va moddiy-texnika resurslari boshqarmasi
Ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasi va ilmiy-texnika siyosati boshqarmasi
Investitsiyalar va texnik qayta jihozlash bo‘limi
Moliya, hisob va hisobot bo‘limi
Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bo‘limi, dispetcherlik xizmati bilan
Energiya va resurslar bilan ta’minlash bo‘limi
Axborot va hisoblash texnikasi bo‘limi
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi
Xalq iste’mol mollari ishlar chiqarishni rivojlantirish bo‘limi
Ishlar boshqarmasi
Birinchi bo‘lim