Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.07.2003 yildagi 318-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOLALAR SPORTINI TARGʻIB QILISh VA BOLALAR UChUN SPORT TOVARLARI IShLAB ChIQARISh TURLARINI KENGAYTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar sportini yanada targʻib qilish, bolalar uchun ishlab chiqarilayotgan sport tovarlari turlarini koʻpaytirish hamda mintaqalar, maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy oʻquv yurtlari va “Mahalla” hududiy jamgʻarmalarining sport tovarlariga ehtiyojini oʻrganish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining respublika hududlarida sport kiyimlari va anjomlarini namoyish qilish va sotish boʻyicha doimiy ishlaydigan koʻrgazmalar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻn kun muddatda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga ijara haqi toʻlovidan ozod qilgan holda sport kiyimlari, poyabzallari va anjomlarining ixticoslashtirilgan koʻrgazmalarini tashkil etish uchun ilovaga muvofiq binolar ajratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalar uchun ajratilayotgan binolarda taʼmirlash ishlarini, shu jumladan sotiladigan tovarlar namunalari namoyish qilish uchun vitrinalarni jihozlashni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalar negizida sport tovarlarini har oyda namoyish qilishni (koʻrsatishni), ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng reklama qilgan holda tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalarda buyurtmalarni hisobga olishni, aholining sport kiyimlari, poyabzallari va anjomlariga talabini oʻrganishni amalga oshirsinlar, tegishli tavsiyanomalarni mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekcharmpoyabzali” (Xolmurodov), “Oʻzbek ipagi” (Ahmadaliyev), uyushmalari, “Fayz” xolding kompaniyasi (Azimova), “Sovplastital” (Melkumov) qoʻshma korxonasi, “Stekloplastik” (Saidmurodov) aksiyadorlik jamiyati, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati (Kucherov), “Oʻzbekneftgaz” (Majidov), kompaniyasi, korxonalarida sport kiyimlari va anjomlari ishlab chiqaradigan boshqa vazirliklar va idoralar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalarining “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan miqdorda va turlarda, sport tovarlari turlarining vaqti-vaqti bilan yangilanib turilishini hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalarga yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Hazratqulov), Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (Shogʻulomov) televideniye, radio orqali va matbuotda sport tovarlari koʻrgazmalarining keng yoritilishini, reklama qilinishini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 18-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
318-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
18-iyuldagi 318-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport kiyimlari va anjomlarini namoyish qilish va sotish boʻyicha doimiy ishlaydigan koʻrgazmalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JOYLAShIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Hududlar nomi‎

Koʻrgazmalarning joylashishi‎

1.‎

Qoraqalpogʻiston
‎Respublikasi ‎

Nukus shahri, Yernazar Alakoʻz koʻchasi, “Aydinyoʻl” savdo kompleksi ‎

2.‎

Andijon viloyati‎

Andijon shahri, Choʻlpon koʻchasi, Markaziy universam‎

3.‎

Buxoro viloyati‎

Buxoro shahri, P.Neruda koʻchasi, 3B, “Semurgʻ” sport kompleksi‎

4.‎

Jizzax viloyati‎

Jizzax shahri, Sh.Rashidov koʻchasi, “Navroʻz” supermarketi‎

5.‎

Qashqadaryo viloyati‎

Qarshi shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 184, “Bolalar dunyosi” supermarketi ‎

6.‎

Navoiy viloyati‎

Navoiy shahri, A.Temur koʻchasi, 32, tovar-xomashyo birjasi binosi‎

7.‎

Namangan viloyati

Namangan shahri, “Isfarxon” supermarketi‎

8.‎

Samarqand viloyati‎

Samarqand shahri, “Soʻgʻdiyona” sport kompleksi ‎

9.‎

Sirdaryo viloyati‎

Guliston shahri, Guliston koʻchasi, “Alpomish” sport kompleksi‎

10.‎

Surxondaryo viloyati‎

Termiz shahri, Sh.Rashidov koʻchasi, 1, “Istiqlol” supermarketi‎

11.‎

Toshkent shahri va Toshkent viloyati‎

Toshkent shahri, Bobur koʻchasi, 45, “Oʻzbekyengilsanoat” DAK binosi ‎

12.‎

Fargʻona viloyati‎

Fargʻona shahri, Qambarov koʻchasi, 29, “Gollivud” savdo kompleksi ‎

13.‎

Xorazm viloyati‎

Urganch shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 30, markaziy birja binosi‎