20.05.2026 yildagi PQ-193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fitosanitariya tartib-taomillarini soddalashtirish hamda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish jarayonlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida raqamlashtirish va avtomatlashtirilgan xavflarni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari samaradorligini oshirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) avtomatlashtirilgan xavfni boshqarish tizimini joriy qilish hisobiga bir yilda oʻrtacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) karantin ostidagi mahsulotlarning butligi (identifikatsiya) tekshiruvlari sonini 30 foizgacha qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) olib kirilayotgan fitosanitar xavf darajasi oʻrta tovarlar nazoratiga vaqt sarfini oʻrtacha 3 ish kunidan 1 ish kuniga qisqartirish va xavf darajasi past boʻlgan tovarlar boʻyicha xavf profillari asosida avtomatik ravishda karantin koʻrigi dalolatnomasini rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) tadbirkorlik subyektlarining yuklarini koʻrik uchun yoʻnaltiriladigan omborlarda saqlash xarajatlarini 60 milliard soʻmgacha qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) fitosanitariya xavf darajasi qayta baholangan 119 ta TIF TN kod ostidagi tovarlarni karantin ostidagi mahsulotlar roʻyxatidan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) meva-sabzavot mahsulotlarini hududlararo tashishda sunʼiy toʻsiqlarga chek qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) meva-sabzavot mahsulotlari eksportida jozibadorlikni oshirish, mahsulotlarning xom uzilishi va saralanmasligining oldini olish, sifatli qadoqlashga oʻtish va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi talablariga moslashtirish maqsadida karantin inspektorining ichki fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirishdagi ayrim funksiyalarini bajarishga koʻmaklashuvchi jamoatchi inspektor faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Fitosanitariya tartib-taomillarini soddalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan 2026-yil 1-avgustdan boshlab karantin ostidagi mahsulotlar fitosanitariya nazoratini amalga oshirishda xavflarni boshqarishga asoslangan tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmi (keyingi oʻrinlarda — xavflarni boshqarish tizimi) joriy qilinadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) alohida yondashuv asosida har bir davlat va tovarning karantin va fitosanitar holati tahlil qilinib, xavflarni boshqarish tizimida karantin ostidagi mahsulotlar doimiy yangilab turiladigan xavflar profili orqali fitosanitar nazorat uchun tanlab olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xavflarni boshqarish tizimi Qoʻmitaning “E-Fitouz” AATda shakllantiriladi hamda Bojxona qoʻmitasining “Yagona darcha” BAT bilan toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilinadi va amaliyotga joriy qilish boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xavflarni boshqarish tizimini ishlab chiqish va uni doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) karantin ostidagi mahsulotlarni xavflarni boshqarishga asoslangan tanlab olish quyidagi asosiy mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) karantin ostidagi mahsulotlarning zararli organizmlarni tashuvchanlik xususiyatidan kelib chiqib yuqori, oʻrta va past fitosanitar xavf darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) karantin ostidagi mahsulotdan foydalanish maqsadlari (ekish, isteʼmol qilish, qayta ishlash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) mahsulot ishlab chiqarilgan va eksport qilinayotgan davlatning fitosanitar holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) mahsulotga ishlov berilganlik darajasi (xom, yarim tayyor, qayta ishlangan va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mahsulot importi nazoratida karantin ahamiyatiga ega zararli organizmlarning aniqlanganlik holatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) fitosanitar nazorat oʻtkazishda xavfni boshqarish tizimi faqat hujjatli tekshiruvga yoʻnaltirganda karantin ostidagi mahsulotlar uchun berilgan bir ariza asosida karantin koʻrigi dalolatnomasi avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi. Bunda yuk identifikatsiya qilishga va jismoniy nazoratga yoʻnaltirilmaydi va yuk egasining xohishiga koʻra bojxona omborlariga joylashtirilmasdan erkin muomalaga chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratining xavf profillari va mezonlariga asoslangan xavflarni boshqarish tartibi Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishdan eksportgacha boʻlgan jarayonlarni takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2026-yilning avgust oyidan boshlab sinov tariqasida bir yil davomida 1-ilovaga muvofiq meva-sabzavotlarga ixtisoslashgan tumanlarda mahsulotlarni yetishtirishdan eksportgacha boʻlgan zanjirda fitosanitar nazoratni amalga oshirishda karantin inspektorining ichki fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirishdagi ayrim funksiyalarini bajarishga koʻmaklashuvchi jamoatchi inspektor faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) jamoatchi inspektorlikka talabgorlar “Edukarantin.uz” platformasi orqali onlayn oʻquv kurslarida oʻqitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoʻmitada tashkil etiladigan tanlov komissiyasi xulosasi asosida onlayn oʻquv kurslarini tamomlagan talabgorlar bilan Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari oʻrtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari bilan shartnoma tuzgan talabgorlarga Qoʻmita tomonidan guvohnoma, Qoʻmitaning logotipi tushirilgan nimcha, bosh kiyim (kepka) va maxsus jihozlar beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) jamoatchi inspektorlar faoliyatini Qoʻmitaning axborot tizimi orqali baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) jamoatchi inspektorlar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlaridan (KPI) kelib chiqqan holda ushbu faoliyat davom ettiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) jamoatchi inspektorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda jamoatchi inspektorlarning xulosasi asosida rasmiylashtirilgan har bir ichki fitosanitariya sertifikati toʻlovining Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan qismining 50 foizi ularga toʻlov sifatida yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq 2027-yil 1-yanvardan boshlab olib kirilayotgan fitosanitar xavfi yuqori boʻlgan karantin ostidagi urugʻlik va koʻchat mahsulotlari fitosanitar nazoratdan oʻtkazilguniga qadar ularni saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlar (omborlar)ga qoʻyilgan fitosanitar talablarga muvofiq boʻlgan joylarda saqlanadi, mahsulotlarni olib kirgan transport vositalarida bojxona omborlariga tushirilmagan holda vaqtincha saqlash bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda mahsulot tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiq miqdorlarining importchi davlatlar tomonidan qoʻyilgan talablarga muvofiqligini aniqlashda mahsulot yetishtirilgan ekin maydoni hamda hosil hajmidan kelib chiqib akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarda tekshirilganligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosa taqdim etiladi yoki “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasidagi “dala daftari”ga mahsulotlarni yetishtirish davomida pestitsidlardan foydalanish toʻgʻrisidagi kiritib borilgan maʼlumotlar inobatga olinadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar hamda ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari va narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mahsulotlardan namuna olish uchun zarur boʻlgan sarflash materiallari va namunalarni laboratoriyalarga yetkazib berish xizmatlari xususiy sektordagi laboratoriyalar bilan kelishuv asosida koʻrsatiladi hamda mazkur xizmatlarni koʻrsatishda yuzaga keladigan haqiqiy xarajatlar laboratoriyalar tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mazkur band ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2029-yil 1-yanvardan boshlab meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti faqat agrologistika markazlari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2029-yil 1-yanvarga qadar hududlarda meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, saqlash, qadoqlash va eksport qilishga ixtisoslashgan agrologistika markazlari tashkil qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Fitosanitariya tartib-taomillarini soddalashtirish hamda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari yoʻnalishida tadbirkorlarga yengilliklar berish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-apreldagi “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) majburiy tartibda fitosanitariya sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqariladigan ayrim tovarlar turlari belgilangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mazkur yoʻnalishda nazorat va ruxsat etish tartib-taomillarini xalqaro amaliyotga moslashtirish chora-tadbirlari doirasida nazorat ostidagi tovarlar roʻyxatlari yangilanishi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Qoʻmita tomonidan xalqaro amaliyotdan kelib chiqib fitosanitariya sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqariladigan tovarlar roʻyxati shakllantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoʻmita:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-iyulga qadar xavflarni boshqarish tizimini joriy qilish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 15-iyulga qadar xavflarni boshqarish tizimini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Qoʻmitaning “E-Fitouz” AATda shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Bojxona qoʻmitasining “Yagona darcha” BAT bilan toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-193-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-maydagi PQ-193-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sinov tariqasida jamoatchi inspektor faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan meva-sabzavot mahsulotlariga ixtisoslashgan tumanlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Tuman nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Beruniy tumani

2.

Andijon viloyati

Asaka tumani

3.

Shahrixon tumani

4.

Buxoro viloyati

Gʻijduvon tumani

5.

Vobkent tumani

6.

Jizzax viloyati

Gʻallaorol tumani

7.

Qashqadaryo viloyati

Yakkabogʻ tumani

8.

Koson tumani

9.

Navoiy viloyati

Xatirchi tumani

10.

Namangan viloyati

Toʻraqoʻrgʻon tumani

11.

Chust tumani

12.

Samarqand viloyati

Urgut tumani

13.

Ishtixon tumani

14.

Sirdaryo viloyati

Boyovut tumani

15.

Surxondaryo viloyati

Denov tumani

16.

Sherobod tumani

17.

Toshkent viloyati

Parkent tumani

18.

Fargʻona viloyati

Oltiariq tumani

19.

Rishton tumani

20.

Xorazm viloyati

Bogʻot tumani

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-maydagi PQ-193-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fitosanitariya tartib-taomillarini soddalashtirish hamda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari yoʻnalishida tadbirkorlarga yengilliklar berish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermerlar, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalari va aholi tomonidan “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasidagi elektron “dala daftari”ni yuritish tizimini joriy etish.

Bunda qishloq xoʻjaligi faoliyatida shaffoflikni taʼminlash, resurslardan samarali foydalanish va mahsulot xavfsizligini oshirish.

1. Xalqaro talablarga asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermerlar, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalari va aholi tomonidan elektron “dala daftari”ni yuritish boʻyicha grafik asosida hududlarda koʻrgazmali seminarlar oʻtkazish.

2. Elektron “dala daftari”ga ekin maydonlarida amalga oshirilgan ishlarini tizimli qayd etib borayotgan fermer, dehqon, aholi va tomorqa xoʻjaliklari reytingini yuritish.

2026-yil III chorak

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermerlari kengashi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2.

Hududlarning meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga oid statistikasi yuritilishini takomillashtirish.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti statistikasini yuritish tartibini ishlab chiqish. Bunda meva-sabzavot mahsulotlarining eksport koʻrsatkichlari bajarilishiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va tumanlar (shahar) hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, investitsiya va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi bilan birdek masʼul hisoblanadi hamda eksport koʻrsatkichlarining bajarilishi eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarida (KPI) aks ettiriladi.

2026-yil 1-iyul

Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi,

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi

3.

Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarni importchi davlatlar talablari toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan taʼminlash.

Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarni mahsulot tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiq miqdorlariga importchi davlatlar tomonidan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtirish va doimiy yangilab borish.

2026-yil 1-iyuldan boshlab

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi

4.

Sunʼiy intellekt asosida zararkunandalarning tarqalish prognozi yoki zarar yetkazish belgilaridan (simptomlar) kelib chiqib, yerdan foydalanuvchilarga tavsiyalar berish tizimini joriy etish.

1. Zararkunandalarning tarqalish prognozi yoki zarar yetkazish belgilaridan (simptomlar) kelib chiqib, bosqichma-bosqich elektron maʼlumotlarni shakllantirish.

2. Zararkunandalarning rivojlanish, zarar yetkazish, koʻpayish va qishlovga ketishiga oid bashoratlarni ishlab chiqish.

3. Shakllantirilgan maʼlumotlar asosida algoritmlar orqali zararkunandalarni “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasida sunʼiy intellekt orqali tahlil qilish va maslahat berish tizimini joriy etish.

2027-2028-yillar

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

ilmiy-tadqiqot institutlari

5.

Xorijiy davlatlar talabiga muvofiq eksportbop ekinlar uchun sifatli urugʻ tayyorlash tizimini shakllantirish.

1. Har bir hududda mazkur hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos eksportbop ekinlarni yetishtirish uchun talab etiladigan ekin turlari boʻyicha urugʻlarga boʻlgan talab va ehtiyojning hisob-kitobini shakllantirish.

2. Sifatli urugʻlar ishlab chiqarish uchun investorlarning investitsiyalarini va xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrish.

2026-yildan boshlab

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

6.

Ichki fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirishda jamoatchi inspektor faoliyatini amalga oshirish tizimini joriy etish.

Ichki fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirishda karantin inspektorining ayrim funksiyalarini bajarishga koʻmaklashuvchi jamoatchi inspektor faoliyatini amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

jamoatchi inspektor faoliyatini amalga oshiruvchi talabgorlar roʻyxatini shakllantirish;

talabgorlarni Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan oʻquv kurslar tashkil etib, oʻqitish va malakasini oshirish, ularga sertifikat berish hamda ichki fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirish uchun xulosa berish boʻyicha ishonchnomalar (Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi rahbari tomonidan maxsus guvohnoma), QR kodli kiyim-bosh (nimcha, logotipli kepka) berish;

har bir rasmiylashtirilgan ichki fitosanitariya sertifikati uchun Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilgan toʻlov summasining 50 foizgacha boʻlgan qismini jamoatchi inspektorga toʻlab berishni nazarda tutish.

2026-yil 1-avgust

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

7.

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda eksportchi korxonalarning ishtirokini taʼminlash maqsadida milliy stendlarni jozibador lokatsiyalarda joylashtirish hamda koʻrgazmalarda korxonalarning samarali ishtirok etishiga koʻmaklashish.

1. Koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etish uchun meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanuvchi salohiyatli korxonalar roʻyxatini shakllantirish.

2. Koʻrgazma va yarmarkalar oʻtkaziladigan sanadan kamida bir oy oldin korxonalar vakillari uchun xalqaro koʻrgazmalarda samarali ishtirok etish boʻyicha Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasi tomonidan qisqa oʻquv seminar tashkil etish.

Doimiy

Savdo-sanoat palatasi,

Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasi,

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

8.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarini qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda grantlar hisobidan asboblar, texnik vositalar va zarur jihozlar bilan taʼminlash, shu jumladan:

serverlar, kommunikatsiya va tarmoq uskunalari;

dasturiy taʼminot;

sunʼiy intellekt modellari uchun videokartalar (GPU);

zamonaviy kompyuterlar;

skuterlar;

radio aloqa vositalari;

planshetlar;

laboratoriya vositalari;

kinologlarni tashish uchun Toshkent viloyati va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari uchun 2 ta maxsus avtotransport vositasi.

2. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi markaziy apparatiga grantlar hisobidan 1 dona mikroavtobus xarid qilish va undan belgilangan tartibda foydalanish.

2026-2027-yillar

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi

9.

Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari targʻibotini tashkil etgan holda ularning eksport hajmini oshirishga koʻmaklashish.

1. Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan xorijiy importchi korxonalar, distribyutorlar, savdo tarmoqlari vakillaridan iborat delegatsiyani shakllantirib, Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish. Bunda:

delegatsiya tarkibi va tashrif vaqti boʻyicha maʼlumotlar kamida 10 kun oldin Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasining markaziy eksport shtabiga taqdim etiladi;

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasining markaziy eksport shtabi delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi dasturini ishlab chiqadi hamda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanuvchi korxonalar bilan uchrashuv tashkil etadi.

2026-yilda

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Transport vazirligi,

“Uzbekistan Airports” AJ,

Savdo-sanoat palatasi,

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi,

Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasi,

Oziq-ovqat sanoati uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2. Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarida eksportchi korxonalarga xorijiy davlatlarda tez koʻmak berish boʻyicha “call markaz”larni tashkil etish.

2026-yil avgust

3. Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari doimiy tarzda xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan mahsulotlar eksportida hujjatlar rasmiylashtiruvi bilan shugʻullanuvchi brokerlar roʻyxatini hamda meva-sabzavot mahsulotlari importi uchun xorijiy davlatlarda oʻrnatilgan talab, notarif choralar boʻyicha maʼlumotlarni Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasining markaziy eksport shtabiga taqdim etish.

Doimiy

10.

Bojxona qoʻmitasi va Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi axborot tizimlari integratsiyasini yanada takomillashtirish.

1. “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida reeksport uchun fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirish imkoniyatini yoʻlga qoʻyish.

Bir oy muddatda

Bojxona qoʻmitasi,

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida eksport uchun fitosanitariya sertifikatining elektron arizasini toʻldirishda barcha maʼlumotlar Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasining “E-fito.uz” axborot tizimida mavjud boʻlgan ichki fitosanitariya sertifikati raqami orqali (eksportchi nomi, uning manzili va boshqa maʼlumotlari, importyor nomi, uning manzili va davlati, markirovkasi, shartnoma raqami va sanasi, mahsulot nomi, miqdori, yetishtirilgan/ishlab chiqarilgan hudud va boshqa zarur maʼlumotlari) avtomatik toʻldirilishini taʼminlash.

Doimiy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-maydagi PQ-193-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-146-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga ixtisoslashtirilgan nufuzli xalqaro koʻrgazma va yarmarkalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xalqaro koʻrgazma nomi

Oʻtkaziladigan joyi

Koʻrgazma mavzusi

1.

“Gulfood”

Dubay

(BAA)

Oziq-ovqat va ichimliklar koʻrgazmasi

2.

“SIAL”

Parij

(Fransiya)

Qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi

3.

“Tutto Food”

Milan

(Italiya)

Oziq-ovqat va ichimliklar, isteʼmol tovarlari koʻrgazmasi

4.

“Food Istanbul”

Istanbul

(Turkiya)

Oziq-ovqat koʻrgazmasi

5.

“World Food Moscow”

Moskva

(Rossiya)

Oziq-ovqat koʻrgazmasi

6.

“Anuga”

Kyoln

(Germaniya)

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasi

7.

“IFE London”

London

(Buyuk Britaniya)

Oziq-ovqat koʻrgazmasi

8.

“Fruit Logistika”

Berlin

(Germaniya)

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasi

9.

“Food and Drink Malaysia by SIAL”

Kuala-Lumpur

(Malayziya)

Oziq-ovqat koʻrgazmasi

10.

“Alimentaria Barcelona”

Barselona

(Ispaniya)

Oziq-ovqat koʻrgazmasi

11.

“Asia Fruit Logistika”

Gonkong

(XXR)

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasi

12.

“Americas Food & Beverage Show”

Mayami

(AQSH)

Oziq-ovqat koʻrgazmasi

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-465-son qarorining 9-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilansinki, mazkur shtat birliklari, istisno tariqasida, 2025 — 2027-yillar uchun joriy etiladi hamda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan saqlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-136-son qaroriga 6-ilovaning 6-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

6.

1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi markaziy apparatida tashkil etilgan Markaziy eksport shtabi faoliyatini 2025 — 2028-yillarda davom ettirish.

2. Markaziy eksport shtabiga biriktirilgan xorijiy tillarni oʻzlashtirgan faol yoshlarning ish haqi, respublika hududiga va xorijiy xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratish.

2025 — 2028-yillar

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-286-son qaroriga 4-ilovaning 44 va 45-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va oʻsimliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 65-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 21-bandidagi “30 kungacha uzaytiriladi” soʻzlaridan keyin “, bir kalendar yilga karantin ruxsatnomasi berilgan hollar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 2-ilovaning 11-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Fitosanitariya xavfliligi darajasi yuqori va oʻrta boʻlgan karantin ostidagi mahsulotlarga karantin ruxsatnomasi 30 kun muddatga beriladi.

Aynan bir xil mahsulotlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida fitosanitariya xavfliligi darajasi past boʻlgan karantin ostidagi mahsulotlarga karantin ruxsatnomasi bir yildan oshmagan muddatga bir marotaba beriladi.

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar uchun fitosanitariya sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaning 7-pozitsiyasidagi “oʻn foizi” soʻzlari “yigirma foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, qoʻmitalar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 30-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

30.

Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi

Quyidagilardan:

import va tranzit karantin ruxsatnomalari, transport birligini ochish va karantin koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtirilishidan olinadigan toʻlovlar

70

laboratoriya tahlillari xizmati uchun olinadigan toʻlovlar

100

zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlarini oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan toʻlovlar

100

kimyoviy va biologik himoya vositalarining biologik samaradorligi boʻyicha oʻtkaziladigan sinovlar uchun olinadigan toʻlovlar

70

xalqaro, ichki va reeksport fitosanitariya sertifikatlari rasmiylashtirilishidan olinadigan toʻlovlar

100

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tushgan tushumlar

100

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/193/0519-son)