12.05.2026 yildagi PQ-178-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-84-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining yagona tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish hamda sohada islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish va sohadagi islohotlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishchi guruh 2026-yil 1-avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya (keyingi oʻrinlarda — oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi) sohasi faoliyati bilan bogʻliq mol-mulkni xatlovdan oʻtkazib, Qoʻmitaga berilishi bilan bogʻliq barcha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vaziriga boʻysunadi va hisobdordir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Qoʻmita raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 5 nafar oʻrinbosar, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar) boshliqlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Qoʻmitaning tizim tashkilotlari rahbarlari Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida nazoratni amalga oshiradigan xodimlarning formali kiyim-bosh va farqlash belgilarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida xalqaro grant loyihalari va texnik koʻmak dasturlari Qoʻmita bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi, kelishiladi, muvofiqlashtiriladi, monitoring qilinadi hamda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladi (bunda ilmiy hamda taʼlim muassasalariga nisbatan ularni saqlash va moliyalashtirishning amaldagi tartibi qoʻllaniladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi negizida Qoʻmita huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yilda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarning tegishli qismi hisobidan hamda ular yetmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan zarur mablagʻlarni ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yildan boshlab har yili zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini raqamlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoʻmita Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2027-yil 1-martga qadar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi yagona avtomatlashtirilgan axborot platformasini ishga tushirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sunʼiy intellekt texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalangan holda xavflarni boshqarish hamda xavf tahliliga asoslangan samarali nazoratni tashkil etish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) xavflarni boshqarish tizimida qoʻllanadigan mezonlar ilmiy asoslangan xavfni baholash, oziq-ovqat mahsulotlari turlari, ularning kelib chiqish mamlakatidagi fitosanitariya va veterinariya holati, oziq-ovqat biznesi operatorlarining muvofiqlik tarixi, ular tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda ushbu sohadagi xalqaro tashkilotlar maʼlumotlari asosida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) xavf profillari muntazam ravishda qayta koʻrib chiqiladi, ularni qoʻllash natijalari tahlil qilinadi va kamsituvchi yoki asossiz savdo cheklovlariga olib kelmasligi taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) avtomatlashtirilgan xavflarni boshqarish tizimi qarorlarini qayta koʻrib chiqish va ularning ustidan shikoyat qilish mexanizmi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) aholi va boshqa barcha manfaatdor taraflarga xavfli oziq-ovqat mahsulotlari toʻgʻrisida tezkor xabar berish hamda mahsulotlarni qaytarib olish boʻyicha elektron tizimni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) oziq-ovqat biznesi operatorlari, yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qoʻshimchalari, kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatga olish va ularning reyestrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) oziq-ovqat mahsulotlari tashqi savdo operatsiyalari hamda chegarada veterinariya va fitosanitariya nazoratida xavflarni boshqarish tizimini joriy etish hamda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi bilan integratsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qoʻyilsinki, yagona avtomatlashtirilgan axborot platformasini ishlab chiqish uchun 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq zarur mablagʻlar ajratiladi, uni doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar esa Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Qoʻmita va Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Qoʻmitani tegishli maʼmuriy binoga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi raisi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 12-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-178-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-178-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi masalalari boʻyicha maslahat kengashi

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmalari

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi instituti

Chegara oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati inspeksiyasi*

Oziq-ovqat mahsulotlari, veterinariya hamda fitosanitariya laboratoriyalari majmuasi va uning hududiy filiallari*

Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati va uning viloyat boʻlinmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar, tuman (shahar) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi inspeksiyalari

Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish instituti*

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi*

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, filiallari hamda akademik litseyi

Agrokimyo va tuproq tahlili markazi va uning mintaqaviy filiallari

Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti*

Oʻsimliklarni himoya qilish va veterinariya dori vositalari tahlil markazi

Binolardan foydalanish va qurilish-taʼmirlash ishlari direksiyasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Yuridik shaxs maqomiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi raisi mazkur ilovada nazarda tutilgan tashkilotlar oʻrtasida boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklarini qayta taqsimlash vakolatiga ega. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shtat birliklarini qayta taqsimlash Qoʻmita vazifalarining takrorlanishini bartaraf etish, xavf tahliliga asoslangan nazoratni kuchaytirish va maʼmuriy yukni kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shtat birliklarini qayta taqsimlash natijasida tadbirkorlik subyektlari uchun yangi nazorat, litsenziyalash, ruxsat berish, xabardor qilish, muvofiqlikni baholash, roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish tartib-taomillari yoki pullik xizmatlarni asossiz ravishda joriy etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoʻmitaning shtat tuzilmasi, moliyalashtirish modeli va moddiy ragʻbatlantirish tizimi nazorat, litsenziyalash, ruxsat berish, xabardor qilish va muvofiqlikni baholash, roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish tartib-taomillari yoki pullik xizmatlar sonini asossiz ravishda oshirmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi tashkil etilgan kundan boshlab uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mehnat munosabatlari va moliyaviy masalalar boʻyicha Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va ularning hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlarining amaldagi rahbarlari (rahbarlar mavjud boʻlmasa, ularning oʻrinbosarlaridan biri):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ish beruvchi va xodimlar oʻrtasidagi mehnat munosabatlarini rasmiylashtiradi (mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat taʼtiliga chiqish va mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) tasdiqlangan yillik budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi (oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar berish, xizmat safarlari hamda tashkilotga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni moliyalashtirish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tartibga solish va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni taqdim etish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan ruxsatnoma, roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va litsenziya beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya va transport birligini ochish dalolatnomasi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan veterinariya faoliyati uchun litsenziya, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnoma, davlat veterinariya xizmati tomonidan nazorat qilinadigan tovarlar eksporti va importida veterinariya sertifikati, dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalar roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi raisi 2026-yil yakuniga qadar Qoʻmitaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shtat birliklarini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish maqsadida shtat birliklari qisqartirilayotgan Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining malakali xodimlarini tanlovsiz toʻgʻridan-toʻgʻri ishga qabul qilish vakolatiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-178-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining yagona tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish hamda sohada islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Huquqiy asoslarni shakllantirish

1.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi milliy strategiyasini ishlab chiqish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi milliy strategiyasini ishlab chiqish:

talab etiladigan institutsional islohotlar;

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bilan bogʻliq laboratoriya faoliyatini isloh qilish;

sohani raqamlashtirish;

islohotlarni moliyaviy taʼminlash;

sohadagi funksiyalarni xususiy sektorga oʻtkazish va boshqalar.

2027-yil yanvar

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi

(keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita),

manfaatdor vazirlik va idoralar, xalqaro ekspertlar

2.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish.

Quyidagilarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish:

oziq-ovqat biznesi operatorlari va ularning oziq-ovqat obyektlari reyestrini yuritish;

oziq-ovqat mahsulotlarining oziq-ovqat zanjiri boʻylab kuzatilishini taʼminlash;

oziq-ovqat mahsulotlarining bozor nazorati;

oziq-ovqat mahsulotlari insonning hayoti va sogʻligʻiga jiddiy xavf tugʻdirishi yoki bunday xavfning keng tarqalib ketishi ehtimoli mavjud boʻlgan inqirozli holatlarni boshqarish.

2026-yil noyabr

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

manfaatdor vazirlik va idoralar, xalqaro ekspertlar

3.

Oziq-ovqat mahsulotlarini (shu jumladan, maxsus biologik faol moddalarni) qadoqlash, yorliqlash (markirovka) hamda reklama qilishni tartibga solish.

1. Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash, yorliqlash, reklama qilish talablarini ishlab chiqish.

2. Biologik faol moddalarni ishlab chiqarishda qoʻllanishi mumkin boʻlmagan moddalar roʻyxatini tasdiqlash.

3. Xavfsizligi taʼminlanmagan yoki qalbaki oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, import qilish, saqlash, realizatsiya qilish va reklama qilish uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2027-yil yanvar

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

xalqaro ekspertlar

4.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga doir texnik hujjatlarni Alimentarius kodeksi, Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini himoya qilish tashkiloti, Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiyasi talablari bilan muvofiqlashtirish.

Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari, fitosanitariya talablarini qayta ishlab chiqish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2026-2027-yillar

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Qoʻmita faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, malakali xodimlar bilan taʼminlash

5.

Qoʻmita huzuridagi tashkilotlarni qayta tashkil etish.

Qoʻmitaning tizim tashkilotlari va hududiy boʻlinmalarni qayta tashkil etish boʻyicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2026-yil iyun

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita

6.

Qoʻmita, tizim tashkilotlari va hududiy boʻlinmalar faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik masalalarni hal etish.

Qoʻmita, tizim tashkilotlari va hududiy boʻlinmalarning vazifa va funksiyalarini aniq belgilashni, bir-birini takrorlovchi hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan funksiyalarni chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi shtat jadvali, nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil sentabr

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita

7.

Qoʻmita markaziy apparati, tizim tashkilotlari, hududiy boʻlinmalar faoliyatini tashkil etish uchun zarur sharoitlarga ega maʼmuriy bino-inshoot hamda moddiy-texnik baza bilan taʼminlash.

1. Qoʻmita, tizim tashkilotlari va hududiy boʻlinmalarga qoʻshib yuborish orqali qayta tashkil etilayotgan tashkilotlar tasarrufidagi bino-inshootlar, avtotransport vositalari va boshqa mol-mulklarni oʻtkazish.

2. Oʻz binosiga ega boʻlmagan tizim tashkilotlari va hududiy boʻlinmalarni Qoʻmita tizimidagi boshqa tashkilotlarning binolarida ijara toʻlovining nol stavkasida joylashtirish.

3. Qoʻmita, tizim tashkilotlari va hududiy boʻlinmalarning samarali faoliyati uchun talab etiladigan asosiy vositalar, texnika va zaruriy tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish.

2026-yil sentabr

Davlat budjeti mablagʻlari va Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qoʻmita,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini tekshirish laboratoriyalari tizimini tashkil etish.

1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini tekshirish boʻyicha Qoʻmita, tizim tashkilotlari va hududiy boʻlinmalarning laboratoriyalarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

Davlat budjeti mablagʻlari,

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari,

tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari (grant)

Qoʻmita

2. Qurilish, taʼmirlash hamda asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish.

2027-yil

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoʻmita

9.

Qoʻmita huzurida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi islohotlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha loyiha ofisini tashkil etish.

Islohotlarning samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida aniq muddatga moʻljallangan Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi islohotlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha loyiha ofisini tashkil etish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil oktabr

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari,

tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari (grant)

Qoʻmita,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

10.

Qoʻmita va uning tizim tashkilotlari va hududiy boʻlinmalarini malakali kadrlar bilan toʻldirish.

1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya sohasida kadrlar yetishmovchiligini aniqlash.

2. Sohada tegishli faoliyat yoʻnalishiga mos keladigan va belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlgan, salohiyati yuqori xodimlarni suhbat asosida ishga qabul qilish.

3. Qoʻmita faoliyatiga mustaqil ekspertlar va mutaxassislarni, konsalting kompaniyalari va ilmiy tashkilotlarni jalb qilish boʻyicha shartnomalar tuzish.

2026-2027-yillarda

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari,

tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari (grant)

Qoʻmita

11.

Zamonaviy yondashuvlar (Alimentarius kodeksi, Zarur ishlab chiqarish va gigiyena amaliyotlari va NACCP) asosida oziq-ovqat inspektorlari va mutaxassislarini tayyorlash oʻquv dasturini ishlab chiqish va joriy etish.

1. Tegishli oliy taʼlim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha yangi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga oid tadqiqotlar (“food science”) boʻyicha oʻquv kurslari dasturini joriy etish.

3. Ellik nafar oziq-ovqat inspektorlarini kurslarda malakasini oshirish.

2026-yil davomida

Davlat budjeti mablagʻlari va Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

sohada faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot institutlari

12.

Davlat nazoratini amalga oshirishda inspektorlar tomonidan maxsus formali kiyim-bosh, mobil videokamera (bodikamera) va planshetlardan foydalanishini joriy qilish.

1. Hududiy boʻlinmalar inspektorlarining oʻz xizmat vazifalarini olib borishda maxsus formali kiyim-bosh, mobil videokameralar (bodikamera)dan foydalanish tartibini belgilash va ularni xarid qilish.

2. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2026-yil dekabr

Davlat budjeti mablagʻlari va Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

“Oʻzbekchorvanasl” agentligi hamda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tugatilishi munosabati bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga oʻtkazib berilgan hamda xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan olingan chorvachilikka oid barcha asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni toʻliq Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga oʻtkazib berish.

1. Asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Aniqlangan asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga oʻtkazib berish.

2026-yil iyun

-

Qoʻmita,

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

III. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya tartib-taomillarini takomillashtirish

14.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash tartib-taomillarini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

oziq-ovqat mahsulotlarini muomalaga chiqarishning zaruriy sharti sifatida oziq-ovqat mahsulotlarini tekshirishga yoʻnaltirilgan majburiy sertifikatlashni bosqichma-bosqich bekor qilish (xalqaro majburiyatlarda nazarda tutilgan hollardan tashqari);

oziq-ovqat biznes operatorlari va oziq-ovqat mahsulotlari importiga nisbatan xavflar tahliliga asoslangan nazorat va tekshiruv tartib-taomillarini qoʻllash;

ustuvor ahamiyatga ega zararli organizmlar, kasallik, qoldiq moddalar va yuqori xavfga ega oziq-ovqat mahsulotlari toifalari uchun xavflarga asoslangan monitoring va nazorat dasturlari.

2026-yil noyabr

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

xalqaro ekspertlar

15.

Veterinariya nazorati tartib-taomillarini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

veterinariya nazorati ostidagi tovarlar roʻyxatini xavf toifalarga ajratish metodologiyasiga muvofiq qayta koʻrib chiqish;

mamlakat hududida tirik hayvonlar va goʻsht mahsulotlari harakatini kuzatish va nazorat qilish, veterinariya hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibini joriy etish.

2026-yil noyabr

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

manfaatdor vazirlik va idoralar, xalqaro ekspertlar

16.

Fitosanitariya nazorati tartib-taomillarini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda fitosanitar nazoratdan oʻtkazish fitosanitar xavflarni elektron tizimi orqali tahlil qilishni joriy etish;

har bir mamlakat va mahsulotni alohida baholash hamda doimiy yangilanib turadigan fitosanitar xavfni boshqarish orqali karantin ostidagi mahsulotlarni tanlab olish asosida nazoratdan oʻtkazish;

karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda fitosanitariya nazoratining xavf profillari va mezonlariga asoslangan xavflarni boshqarish.

2026-yil noyabr

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

xalqaro ekspertlar

IV. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya sohalarini raqamlashtirish

17.

Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarishdan realizatsiya qilishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya sohalaridagi mavjud axborot tizimlari bazasida yagona axborot platformasini yaratish.

Yagona axborot platformasida quyidagilarni nazarda tutish:

oziq-ovqat biznesi operatorlarining platformada onlayn roʻyxatdan oʻtishi;

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va oziq-ovqat sohasidagi xavflar toʻgʻrisida oziq-ovqat biznesi operatorlari va aholining xabardorligini oshirish;

roʻyxatdan oʻtgan oziq-ovqat biznesi operatorlarining qonunchilikka rioya etishi ustidan kuzatuv va nazoratni amalga oshirish.

2027-yil yanvar

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

18.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini sinovdan oʻtkazuvchi laboratoriyalarning faoliyatini raqamlashtirish.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini sinovdan oʻtkazuvchi laboratoriyalarda namunalarni qabul qilish, tahlil, natija, xulosa berish jarayonlarini raqamlashtirish.

2027-yil fevral

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

19.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer, aholi, tomorqa va dehqon xoʻjaliklari tomonidan “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasidagi elektron “dala daftari”ni yuritish tizimini joriy etish.

Qishloq xoʻjaligi faoliyatida shaffoflikni taʼminlash, resurslardan samarali foydalanish va mahsulot xavfsizligini oshirish, bunda:

xalqaro talablarga asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer, dehqon, aholi va kichik tomorqa xoʻjaliklari tomonidan elektron “dala daftari”ni yuritish boʻyicha grafik asosida hududlarda koʻrgazmali seminarlar oʻtkazish;

elektron “dala daftari”ga ekin maydonlarida amalga oshirilgan ishlarini tizimli qayd etib borayotgan fermer, dehqon, aholi va kichik tomorqa xoʻjaliklari reytingini yuritish.

2026-yil sentabr

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermerlari kengashi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

20.

Sunʼiy intellekt asosida zararkunandalarning tarqalish prognozi yoki zarar yetkazishi belgilaridan (simptomlar) kelib chiqib, yerdan foydalanuvchilarga tavsiya berish tizimini joriy etish.

1. Zararkunandalarning tarqalish prognozi yoki zarar yetkazishi belgilaridan (simptomlar) kelib chiqib, bosqichma-bosqich elektron maʼlumotlarni shakllantirish.

2. Zararkunandalarning rivojlanish, zarar yetkazish, koʻpayish va qishlovga ketishiga oid bashoratlarni ishlab chiqish.

3. Shakllantirilgan maʼlumotlar asosida algoritmlar orqali zararkunandalarni “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasida sunʼiy intellekt orqali tahlil qilish va maslahat berish tizimini joriy etish.

2027-yil

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

sohada faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot institutlari

V. Xorijiy tajriba asosida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini rivojlantirish

21.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) hamda Alimentarius kodeksi tizimi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish.

FAOning texnik qoʻmitalarida, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, sogʻlom ovqatlanish hamda xavflar boʻyicha ilmiy maslahatlar beruvchi organlarida hamda Alimentarius kodeksi tizimi qoʻmitalarida muntazam ishtirok etish hamda yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

Tashqi ishlar vazirligi

22.

Sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlarni xabardor qilish va ularning asoslangan soʻrovlariga javob berishni tashkil etish.

1. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha axborot markazi va shtat birliklarini Qoʻmitaga oʻtkazish.

2026-yil iyul

Davlat budjeti mablagʻlari va Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

2. Markaz faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

2027-yil yanvar

23.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini xalqaro talablar va tajribaga muvofiqlashtirish maqsadida xorijiy maslahatchilar guruhini tashkil etish.

1. Xorijiy malakali ekspertlarni tanlab olish.

2. Xorijiy maslahatchilar guruhi ishtirokida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi yoʻnalishida eng maqbul amaliyot va standartlarni joriy qilish.

2026-2027-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari va Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

Tashqi ishlar vazirligi

24.

Xorijiy davlatlarning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha milliy tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlaridan kelib chiqib, xorijiy davlatlarning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tashkilotlari bilan hamkorlik kelishuvlari tuzish.

2026-2027-yillar

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

Tashqi ishlar vazirligi

25.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribalarini oʻrganish.

Ilgʻor xorijiy amaliyotni oʻrganish va ularning ijobiy jihatlarini respublikamizda qoʻllash maqsadida soha mutaxassislari uchun xalqaro oʻquv seminarlarini va xorijiy tajriba amaliyotlarini tashkil etish.

2026-2027-yillar

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita,

Tashqi ishlar vazirligi

26.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish.

2. Xorijiy tajriba asosida mavjud ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish.

2026-2027-yillar

Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qoʻmita

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-178-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish va sohadagi islohotlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

J. Xodjayev

Bosh vazir oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

A. Zakirov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi loyiha koordinatori

4.

M. Abdullayev

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari

5.

I. Abdurahmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

6.

E. Adilov

sogʻliqni saqlash vaziri

7.

A. Tashkulov

adliya vaziri

8.

Sh. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

9.

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

S. Murodov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

11.

A. Jumanazarov

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

12.

A. Mavlonov

Bojxona qoʻmitasi raisi

13.

B. Yusupaliyev

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi guruh oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mutasaddi rahbar va masʼul xodimlarini jalb etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishchi guruh qarorlarini tayyorlashda oziq-ovqat biznesi operatorlari, importyorlar, eksportyorlar, xususiy laboratoriyalar, muvofiqlikni baholash organlari, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari va xalqaro ekspertlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-178-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) va uning hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlari (ilmiy va taʼlim muassasalaridan tashqari) xodimlariga toʻlanadigan ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan oylik ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoʻmita markaziy apparati xodimlarining mehnatiga haq toʻlashda Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi 147-son qarorining 3-ilovasi hamda Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari xodimlariga koʻrsatilgan qarorning 9-ilovasida nazarda tutilgan miqdorlardagi razryadlar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qoʻmitaning markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) hududiy boʻlinmalar hamda tizim tashkilotlari (ilmiy va taʼlim muassasalaridan tashqari) xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,4 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Qoʻmita markaziy apparatining barcha xodimlariga koʻp yillik xizmatlari uchun (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) har oylik ustama quyidagicha toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) 10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) 20 yildan ortiq — 1,5;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) hududiy boʻlinmalar hamda tizim tashkilotlarining (ilmiy va taʼlim muassasalaridan tashqari) barcha xodimlariga koʻp yillik xizmatlari uchun (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) har oylik ustama quyidagicha toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 1 yildan 3 yilgacha — 0,2;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 3 yildan 5 yilgacha — 0,4;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 5 yildan 10 yilgacha — 0,6;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) 10 yildan 15 yilgacha — 0,8;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 15 yildan 20 yilgacha — 1;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) 20 yildan ortiq — 1,2;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) koʻp yillik ishlaganlik uchun oylik ustama olish huquqini beruvchi ish staji Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga koʻra hisoblanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/178/0520-son)