15.05.2026 yildagi PQ-191-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent metropolitenida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati va xavfsizligini hamda metropoliten infratuzilmasidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, metropoliten faoliyatini takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar 2030-yilgacha metropolitenda yoʻlovchi tashishni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) metropolitenda tashiladigan kunlik yoʻlovchilar sonini 1,8 million nafarga, bekatlar sonini 79 taga va liniyalar uzunligini 103 kmga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) harakat intervalini 2-3 daqiqagacha tushirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) investitsiya muhitini yaratish orqali metropoliten infratuzilmasiga xususiy investitsiyalarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) metropoliten faoliyatini transformatsiya qilish va raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, xizmatlar koʻrsatish jarayonining uzluksizligi, sifati, xavfsizligi va barqarorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Toshkent metropolitenining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va korporativ boshqaruv tizimini tubdan yaxshilash hamda malakali xorijiy menejerlar va mutaxassislarni jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tashkiliy-institutsional isloh qilish choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-yanvardagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllarini oʻzgartirish hamda ayrimlarini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-8-son qarori bilan “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasini “Toshkent metropoliteni” aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent metropoliteni liniyalarini qurish direksiyasi negizida “Toshkent metropoliteni” AJ huzurida “Yagona buyurtmachi injiniring xizmati” MCHJni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Toshkent metropoliteni” AJning davlat ulushi boʻyicha aksiyador funksiyasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Toshkent metropoliteni” AJ “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasining, “Yagona buyurtmachi injiniring xizmati” MCHJ Toshkent metropoliteni liniyalarini qurish direksiyasining barcha mol-mulki, shartnomalari, huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Transport vazirligi “Toshkent metropoliteni” AJ bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) uch oy muddatda “Toshkent metropoliteni” AJ kuzatuv kengashi tarkibining kamida 50 foizi mustaqil aʼzolardan shakllantirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-avgustga qadar “Toshkent metropoliteni” AJ raisining moliya va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga yuqori malakali va xorijiy tajribaga ega nomzodlarni “Toshkent metropoliteni” AJ kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Metropoliten infratuzilmasini yaxshilash hamda moliyaviy sogʻlomlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Toshkent metropoliteni” AJni transformatsiya qilish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, yoʻlovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 2026 — 2028-yillarda metropolitenda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda fuqaro muhofazasi obyektlari texnik bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “Toshkent metropoliteni” AJga 2026 — 2028-yillarda bosqichma-bosqich 84,3 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit ajratilishini taʼminlaydi. Bunda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan kredit mablagʻlari 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada “Toshkent metropoliteni” AJ buyurtmanomalari asosida ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb qilinayotgan kreditlar, foizlar va vositachilik haqi toʻlovlari, shuningdek, boshqa xarajatlar toʻlovlari “Toshkent metropoliteni” AJ mablagʻlari hisobidan qaytariladi. Bunda jalb qilinayotgan kreditlar, foizlar va vositachilik haqi toʻlovlari, shuningdek, boshqa xarajatlar toʻlovlari Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan tariflar boʻyicha aholiga xizmatlar koʻrsatish munosabati bilan shaharda yoʻlovchilarni muntazam tashish bilan band boʻlgan tashuvchilar koʻradigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom boʻyicha qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorning 7-bandidagi qoʻshimcha xarajatlarni inobatga olib, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Toshkent metropoliteni” AJ Chora-tadbirlar rejasidagi loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Transport vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Toshkent metropoliteni” AJ, Toshkent shahar hokimligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda metropolitenning kengayishini inobatga olgan holda 2027 — 2030-yillarda metropoliten uchun talab etiladigan metro vagonlari harakat tarkiblari boʻyicha takliflarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida zarur texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Toshkent metropoliteni” AJ 2028-yil yakuniga qadar qoʻshimcha mablagʻlar manbalarini shakllantirish hamda “Toshkent metropoliteni” AJni moliyaviy sogʻlomlashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) metropolitenda reklama va media faoliyatini rivojlantirish, platforma va vagonlarda raqamli ekranlar oʻrnatish maqsadida xususiy media kompaniyalariga reklama maydonlarini auksion orqali ijaraga berish choralarini koʻrsin. Bunda ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar toʻliq “Toshkent metropoliteni” AJ tasarrufida qoladi va metropolitenni rivojlantirish uchun yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) metro bekatlariga kirish joylarida hamda bekatdan-bekatga oʻtish yoʻlaklarida yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlagan holda vending apparatlari va kichik koʻchma savdo obyektlarini joylashtirish choralarini koʻrsin. Bunda ushbu koʻchma obyektlarni joylashtirish va foydalanish huquqi auksion savdolari orqali tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) metro stansiyalari oldida avtoturargohlarni tashkil qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi “Park & Ride” tizimini yoʻlga qoʻysin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) avtoturargohdan foydalanganlarga chiptadan chegirmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) avtoturargoh toʻlovini metro chiptasi orqali qoplash mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) xususiy tadbirkorlarga metropoliten tonnel va bekatlarida auksion orqali ijara asosida xavfsiz faoliyat turlari bilan shugʻullanishga ruxsat bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) metropolitenga tegishli boʻsh turgan bino va xonalarni kovorking markazi va kichik ofis sifatida foydalanish uchun xususiy tadbirkorlarga auksion savdolari orqali ijaraga berish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Transport vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va “Toshkent metropoliteni” AJ bilan birgalikda 2027-yil 1-aprelga qadar, zarur hollarda, xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda Toshkent shahrining yirik megapolis shahar sifatida barqaror rivojlanayotgani hamda Toshkent shahrining bosh rejasini inobatga olib, 2027 — 2035-yillarda Toshkent metropolitenini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda ishlab chiqiladigan strategiya loyihasida quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) metropoliten tarmoqlarini ikki barobarga kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yoʻlovchi tashish hajmini 2,5 barobarga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Toshkent metropoliteni” AJning iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ekologik barqaror, energiya tejamkor va xavfsiz transport tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) metropoliten daromadlarining qoʻshimcha manbalarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) yoʻlovchilar uchun qulayliklar va servis sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) xavfsizlik tizimlarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Toshkent metropoliteni” AJ Toshkent viloyati hokimligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamiyat faoliyatining kengayishi va yangi harakatdagi tarkiblarni xarid qilish choralari koʻrilayotganligi munosabati bilan Toshkent viloyati hududidan “Toshkent metropoliteni” AJga elektrodepo qurilishi uchun zarur boʻlgan yer maydonini aniqlagan holda Transport vazirligiga doimiy foydalanish uchun ajratish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Toshkent metropoliteni” AJ Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar metropolitendan foydalanish uchun xorijiy turistlarga qulayliklar yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Transport vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” AJ va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda xorijiy tajribani oʻrgangan holda 2027-yil 1-yanvardan boshlab metropolitendan foydalanishda yoʻlkira haqini toʻlashning yangicha tizimini joriy etish yuzasidan takliflarni olti oy muddatda “Toshkent metropoliteni” AJ kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda yoʻlkira haqini toʻlashning yangicha tizimini joriy etishda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) masofaga qarab toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) aholi toifalariga imtiyozlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) abonementlar (kunlik, haftalik, oylik) tizimini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida “Toshkent metropoliteni” AJga 2029-yil 1-yanvarga qadar “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili asosida salohiyatli yetkazib beruvchilarning takliflarini va (yoki) ofertalarini oʻrganib, metropoliten ehtiyojlari uchun zarur boʻladigan asbob-uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlar xaridini amalga oshirishga ruxsat berilsin. Bunda tuzilgan shartnomalar “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-191-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-maydagi PQ-191-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent metropoliteni” AJni transformatsiya qilish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, yoʻlovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼullar

I. “Toshkent metropoliteni” AJ va uning korxonalarida korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish

1.

“Toshkent metropoliteni” AJ joriy holatini texnik jihatdan baholash uchun texnik audit oʻtkazish.

1. “Toshkent metropoliteni” AJ joriy holatini texnik auditdan oʻtkazish uchun metropoliten mablagʻlari hisobidan tender orqali malakali kompaniyalarni jalb etish.

2026-yil sentabr

Transport vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” AJ

2. Malakali kompaniyalarni tanlab olish va shartnoma imzolash.

2026-yil oktabr

3. Texnik audit oʻtkazish.

2027-yil fevral

2.

Transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun professional tashkilotni jalb etish.

“Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarni transformatsiya qilish jarayonlariga hamrohlik qilish va ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borish hamda zamonaviy korporativ boshqaruvni joriy etish uchun Jamiyat hisobidan nufuzli xalqaro konsalting tashkilotlarini jalb qilish.

2026-yil iyul

Transport vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” AJ

3.

“Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tuzish va auditdan oʻtkazish.

1. Mahalliy va xalqaro konsalting tashkilotlarini jalb qilish.

2026-yil dekabr

Transport vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” AJ

2. “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq yuritish va eʼlon qilish boʻyicha grafik va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2027-yil yanvar

3. Auditorlik kompaniyalarini jalb qilish.

2027-yil dekabr

4. “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik kompaniyalari tomonidan tashqi auditdan oʻtkazish.

2028-yil fevral

4.

“Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarda boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy qilish.

1. Mahalliy va xalqaro konsalting tashkilotlarni jalb qilgan holda “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning boshqaruv tizimlarini tahlil qilish.

2026-yil dekabr

Transport vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” AJ

2. “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar kesimida ISO, ERP va boshqaruvning boshqa zamonaviy tizimlarini joriy qilish grafigi va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2027-yil yanvar

3. ISO, ERP va boshqaruvning boshqa zamonaviy tizimlarini joriy qilish.

2027-yil iyun

5.

“Toshkent metropoliteni” AJ raisining moliya va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga yuqori malakali va xorijiy tajribaga ega nomzodni tayinlash.

1. “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruv raisining moliya va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga nomzodga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Transport vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” AJ

2. Xedxanter tashkilotlar va xalqaro qidiruv tizimi platformalari orqali xorijiy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha tanlov eʼlon qilish.

2026-yil avgust

3. Tanlov yakunlariga koʻra yuqori malakali va xorijiy tajribaga ega mutaxassisni jalb etish.

2026-yil dekabr

6.

“Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruvi tarkibini xorijiy tajribaga ega aʼzolar bilan toʻldirish.

1. Jalb qilinadigan mutaxassislarga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Transport vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” AJ

2. Xedxanter tashkilotlar va xalqaro qidiruv tizimi platformalari orqali xorijiy mutaxassislarni (jumladan, vatandoshlarni) jalb etish boʻyicha tanlov eʼlon qilish.

2026-yil avgust

3. “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruvi tarkibiga xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

2027-yil yanvar

4. “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruvining kamida 2 nafar rahbar xodimini malakali xalqaro mutaxassislar orasidan toʻldirish.

2027-yil dekabr

7.

Metro poyezdlarining texnik harakat xavfsizligini taʼminlash, sohada rentabellik darajasini oshirish hamda temir yoʻl xoʻjaligini joriy saqlash boʻyicha xorij tajribasini oʻrganish.

1. Sohaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzasidan rentabellik darajasini oshirish, ilgʻor xorij tajribasini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

“Toshkent metropoliteni” AJ,

Transport vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Toshkent davlat transport universiteti

2. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tegishli vazirlik va idoralarning masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etish.

2026-yil oktabr

3. Oʻrganish natijalariga koʻra sohaning rentabellik darajasini oshirish boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

II. Metropoliten infratuzilmasini rivojlantirish

8.

Toshkent shahrining bosh rejasi va rivojlantirish dasturlariga muvofiq “Mingoʻrik — Chilonzor buyum bozori” metropoliten liniyasini barpo etish loyihasining loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqish. Bunda loyiha quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

a) birinchi bosqichda — “Mingoʻrik-Janubiy vokzal” yoʻnalishi (6,5 km);

b) ikkinchi bosqichda — “Janubiy vokzal-Chilonzor buyum bozori” yoʻnalishi (5,5 km).

1. “Mingoʻrik” bekatidan “Chilonzor buyum bozori” hududiga qadar metro yoʻlini barpo etish boʻyicha loyiha oldi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

“Toshkent metropoliteni” AJ,

Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

2. Ishlab chiqilgan loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil fevral

9.

Metropoliten harakat tarkibiga sifatli texnik xizmat koʻrsatish uchun elektrodepo majmuasini qurish boʻyicha texnik topshiriq va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

1. Metropoliten harakat tarkibiga sifatli texnik xizmat koʻrsatish uchun elektrodepo majmuasini qurish boʻyicha texnik topshiriq va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 2026-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida hisob-kitoblarga muvofiq tegishli mablagʻlarni ajratish.

2026-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” AJ

2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2027-yil fevral

“Toshkent metropoliteni” AJ

3. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil aprel

“Toshkent metropoliteni” AJ,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

III. Yoʻlovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash

10.

Yerosti tonnellarining texnik va gidrogeologik holatini oʻrganib borish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish.

1. Yerosti tonnellarining texnik va gidrogeologik holati boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 2026-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida tegishli mablagʻlarni ajratish.

2026-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” AJ

2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.

2027-yil fevral

“Toshkent metropoliteni” AJ,

Transport vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

3. Ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun 2027-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida mablagʻ ajratish.

2027-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Toshkent metropoliteni” AJ

4. Tender tanlovlari asosida pudrat tashkilotini tanlab olish.

2027-yil iyun

“Toshkent metropoliteni” AJ

5. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, jumladan:

2027-yil dekabr

“Toshkent metropoliteni” AJ

a) “Mustaqillik maydoni” — “Amir Temur xiyoboni” metro bekatlari oraligʻi — 1200 m;

2027-yil avgust

b) “Pushkin” — “Buyuk ipak yoʻli” metro bekatlari oraligʻi — 800 m;

2027-yil oktabr

v) “Minor” — “Bodomzor” metro bekatlari oraligʻi — 1200 m.

2027-yil dekabr

11.

Metropoliten hududlarini qoʻriqlash va xavfsizlik tizimini takomillashtirish, jumladan, “Oʻzbekiston” va “Chilonzor” deposi hududini zamonaviy qoʻriqlash texnik vositalari va videokuzatuv tizimi toʻplami bilan jihozlash.

1. “Oʻzbekiston” va “Chilonzor” deposi hududini zamonaviy qoʻriqlash texnik vositalari va videokuzatuv tizimi toʻplami bilan jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.

2026-yil iyul

“Toshkent metropoliteni” AJ,

Transport vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

2. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil oktabr

3. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Toshkent shahar mahalliy budjetidan tegishli mablagʻlarni ajratish.

2026-yil oktabr

4. Oʻzbekiston” va “Chilonzor” deposi hududini zamonaviy qoʻriqlash texnik vositalari va videokuzatuv tizimi toʻplami bilan jihozlash boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish.

2026-yil dekabr

5. “Oʻzbekiston” va “Chilonzor” deposi hududini zamonaviy qoʻriqlash texnik vositalari va videokuzatuv tizimi toʻplami bilan jihozlash.

2027-yil aprel

12.

Metropoliten bekatlarida yoʻlovchilarning xavfsizlik darajasini oshirish va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Shahriston” metro bekati platformalarida tajriba-sinov tariqasida zamonaviy talablarga javob beradigan oynali himoya toʻsiqlarini (Platform screen doors) oʻrnatish.

1. Oynali himoya toʻsiqlarini (Platform screen doors) oʻrnatish boʻyicha 2026-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida tegishli mablagʻlarni ajratish.

2026-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Oynali himoya toʻsiqlarini oʻrnatish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

“Toshkent metropoliteni” AJ

3. Oynali himoya toʻsiqlarini oʻrnatish.

2027-yil mart

“Toshkent metropoliteni” AJ

13.

“Toshkent metropoliteni” AJ ichki telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish va yangi xizmatlarni joriy etish orqali qoʻshimcha daromadlar tushumini oshirish.

1. “Toshkent metropoliteni” AJ ichki telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish va yangi xizmatlarni joriy etish orqali qoʻshimcha daromad olish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

“Toshkent metropoliteni” AJ,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Oʻzbektelekom” AK

2. Ishlab chiqilgan takliflarni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-maydagi PQ-191-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 2026 — 2028-yillarda metropolitenda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda fuqaro muhofazasi obyektlari texnik bazasini mustahkamlashga oid
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Oʻlchov birligi

Miqdori

Ijro muddati

2026-yilda

I. Asosiy uzellar, agregatlar, ehtiyot qismlar va materiallar, metropoliten vagonlarini kapital hamda joriy taʼmirlash uchun jihozlarni xarid qilish

1.

81-765 — 81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun akkumulyator xarid qilish.

dona

150

2026-yil oktabr

2.

“81-714 — 81-717” rusumli harakat tarkibi uchun gʻildirak juftligi oʻqini xarid qilish.

dona

50

2026-yil noyabr

II. Yoʻl va tonnel inshooti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

3.

Rels tashuvchi arava xarid qilish.

dona

15

2026-yil dekabr

III. Elektr taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

4.

“AVM-10 (1000A)” va “AVM-15 (1600A)” avtomatlarni xarid qilish.

dona

38

2026-yil oktabr

5.

“DL-161-200” rusumli lavinali diodlarni xarid qilish.

dona

1 824

2026-yil noyabr

6.

“TRSZP-1600/10/0,67/0,67” rusumli tortuvchi transformator xarid qilish.

dona

2

2026-yil dekabr

7.

Yerosti “BNS VEM-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.

dona

100

IV. Elektromexanika taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

8.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi tonnel suv quvurlari va fitinglarini almashtirish uchun yangilarini xarid qilish (089x4 mm GOST R 56594).

m

5 000

2026-yil dekabr

2027-yilda

I. Asosiy uzellar, agregatlar, ehtiyot qismlar va materiallar, metropoliten vagonlarini kapital hamda joriy taʼmirlash uchun jihozlarni xarid qilish

9.

81-765-81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun yigʻilgan gʻildirak juftliklarini xarid qilish.

dona

30

2027-yil mart

10.

“81-765/766/767” rusumli vagon gʻildirak juftini yuvuvchi “MM704” rusumli mashina xarid qilish.

dona

1

2027-yil avgust

11.

Metropoliten xoʻjalik ishlarini amalga oshirish uchun AGM (kranli) motodrezinasini xarid qilish.

dona

3

2027-yil sentabr

12.

Vagonlarni taʼmirlash uchun 30 tonnalik mobil gidravlik koʻtarish moslamasini xarid qilish.

toʻplam

1

13.

Elektropnevmatik ventillarni tekshirish uchun stend xarid qilish.

dona

1

2027-yil oktabr

14.

Bosim rele datchiklarini va bosim signallarini tekshirish uchun stend xarid qilish.

dona

1

15.

Tok qabul qiluvchi pnevmatik havo yoʻllarini tekshirish uchun stend xarid qilish.

dona

1

2027-yil noyabr

16.

Mashinistlarni amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida maxsus trenajyor xarid qilish.

dona

1

17.

Umumqoʻshin himoya toʻplami (OZK) xarid qilish.

toʻplam

100

18.

Ortiqcha havo bosimidan himoya qiluvchi va orqaga qaytaruvchi klapanlarni tekshirish uchun stend xarid qilish.

dona

1

2027-yil dekabr

19.

81-765-81-766 “Moskva” rusumli vagon gʻildirak chap va oʻng disklarini (yaxlit tortilgan) xarid qilish.

dona

100

20.

“81-765.5” va “81-766.5” rusumidagi vagonlar uchun yigʻilgan oʻqli reduktor xarid qilish.

dona

10

21.

Metropoliten lokal tarmogʻini qurish va server tizimini takomillashtirish.

tizim

1

22.

Metro vagonlari gʻildirak juftliklarini relsosti charxlash dastgohini xarid qilish.

dona

1

23.

81-765-81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun sovitish tizimini xarid qilish.

toʻplam

20

II. Signallashtirish, aloqa xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

24.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” elektrodeposida eskirgan signal va strelkalar markazlashuvi tizimini mikroprotsessorli tizimiga (MPS) almashtirish uchun tizim xarid qilish.

tizim

2

2027-yil dekabr

III. Yoʻl va tonnel inshooti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

25.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” elektrodeposi hududidagi strelkali oʻtkazgichlardagi yaroqsiz holga kelgan yogʻoch bruslarni temir beton bruslarga almashtirish.

toʻplam

10

2027-yil avgust

26.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishi bekatlari aylanma yoʻllari uchun “R-50” rusumli 1/9 markali strelkali oʻtkazgichlariga kesib oʻtuvchi xarid qilish.

dona

30

27.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishining harakat tarkiblari aylanishi uchun moʻljallangan yoʻllardagi “R-50” rusumli 1/9 markali strelkali oʻtkazgichlari uchun ramali relsni chap egri oʻtkir uchligi bilan birga hamda ramali relsni oʻng egri oʻtkir uchligi bilan birga xarid qilish.

dona

55

2027-yil oktabr

28.

Zamonaviy “Yoʻl oʻlchovchi vagon” xarid qilish.

dona

1

2027-yil noyabr

29.

“Chilonzor” elektrodeposi uchun “R-50” rusumli 1/5 markali strelka oʻtkazgichlarini xarid qilish.

toʻplam

15

30.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishida harakat tarkiblarining aylanishi uchun moʻljallangan yoʻlga “R-50” rusumli 1/9 markali strelka oʻtkazgichlarini xarid qilish.

toʻplam

16

31.

“Chilonzor” yoʻnalishlari bekatlari uchun kirish-chiqish eshiklarini xarid qilish.

m2

842

32.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi muddatini oʻtab boʻlgan relslarni almashtirish uchun “R-50” rusumidagi relslarni xarid qilish.

tonna

2 000

2027-yil dekabr

33.

Yerosti metro tonnelarining texnik va gidrogeologik holatini mukammal instrumental oʻrganish.

km

73,2

IV. Elektr taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

34.

“400/10/0,4” va “250/10/0,23” rusumli kuchlanish transformatorini xarid qilish.

dona

6

2027-yil fevral

35.

Akkumulyator batareyalari uchun “ZPU-2” rusumli zaryadlovchi qurilma xarid qilish va oʻrnatish.

dona

29

2027-yil aprel

36.

Yerosti “BNS VEM-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.

dona

109

2027-yil may

37.

Yerosti “BNS VBCH-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.

dona

37

2027-yil iyun

38.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” elektrodeposida “VMPP-10” va “VPMP-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.

dona

14

2027-yil iyul

39.

Avtomobil bazasida “KAEL-5” mobil laboratoriyasini xarid qilish.

toʻplam

1

2027-yil avgust

40.

“AVM-10 (1000A)” va “AVM-15 (1600A)” avtomatlarni xarid qilish.

dona

38

2027-yil sentabr

41.

“DL-161-200” rusumli lavinali diodlarni xarid qilish.

dona

1 824

2027-yil oktabr

42.

“TRSZP-1600/10/0,67/0,67” rusumli tortuvchi transformator xarid qilish.

dona

2

2027-yil noyabr

43.

“APvPU” 1x240 kabelini xarid qilish.

km

12

2027-yil dekabr

44.

“PKVtO 10 150/240” hamda “PStB 10-150/240” turdagi mufta xarid qilish.

dona

120

V. Elektromexanika taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

45.

“Gʻafur Gʻulom” bekati uchun yangi, zamonaviy va energotejamkor eskalatorlar xarid qilish.

dona

3

2027-yil iyul

46.

“Chilonzor” yoʻnalishidagi yerosti suvlarini haydash uchun suvosti nasoslarini xarid qilish.

dona

15

2027-yil avgust

47.

“Chilonzor”, “Oʻzbekiston” va “Yunusobod” yoʻnalishlaridagi yerosti suvlarini chiqarish uchun nasoslarini 30 kVt, 1500 ob/min elektrodvigateli bilan xarid qilish.

dona

36

2027-yil sentabr

48.

“Chilonzor”, “Oʻzbekiston” va “Yunusobod” yoʻnalishlarida eskirgan shamollatish qurilmasini almashtirish uchun elektr tejamkor shamollatish qurilmasini xarid qilish.

dona

10

2027-yil noyabr

49.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi tonnel suv quvurlari va fitinglarini almashtirish uchun yangilarini xarid qilish (089x4 mm GOST R 56594).

m

13 000

2027-yil dekabr

50.

“Chilonzor”, “Oʻzbekiston” va “Yunusobod” yoʻnalishi birlashgan nimtortish stansiyalari shamollatish tizimini yangi konditsioner tizimiga oʻzgartirish.

dona

25

51.

“Alisher Navoiy” bekati I vestibyul uchun yangi, zamonaviy va energotejamkor eskalatorlar xarid qilish.

dona

4

2028-yilda

I. Asosiy uzellar, agregatlar, ehtiyot qismlar va materiallar, metropoliten vagonlarini kapital hamda joriy taʼmirlash uchun jihozlarni xarid qilish

52.

81-765-81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun yigʻilgan gʻildirak juftliklarini xarid qilish.

dona

20

2028-yil iyul

53.

Metrologik laboratoriya uchun koʻp maqsadli “FLUKE” kalibratorni xarid qilish.

dona

1

54.

Metropoliten xoʻjalik ishlarini amalga oshirish uchun AGM (kranli) motodrezinasini xarid qilish.

dona

3

2028-yil avgust

55.

Barcha turdagi podshipniklarni yuvuvchi “MORP-58” rusumli mashina xarid qilish.

dona

1

2028-yil sentabr

56.

Maʼnaviy eskirgan dastgohlar oʻrniga universal frezerlik, charxlash va tokarlik dastgohlarini xarid qilish.

dona

3

2028-yil oktabr

57.

Chilonzor elektrodeposida harakat tarkiblarini yuvish boʻlimidagi qurilmalarni yangilash.

toʻplam

1

2028-yil noyabr

II. Signallashtirish va aloqa xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

58.

“Yunusobod” yoʻnalishining eskirgan MRS tizimini MPS tizimiga oʻtkazish (“Mingoʻrik” — “Shahriston” bekatlari oraligʻi).

tizim

3

2028-yil noyabr

59.

“Chilonzor”, “Oʻzbekiston” va “Yunusobod” yoʻnalishlaridagi eskirgan aloqa qurilmalarini zamonaviy aloqa qurilmalariga almashtirish.

tizim

32

2028-yil dekabr

60.

Axborot uzatish tarmogʻini oʻrnatish.

tizim

32

61.

Tonnel aloqa qurilmalarini oʻrnatish.

dona

490

62.

“VOLS-24” tolali optik kabelni tortish.

km

95

63.

Raqamli turdagi aloqa tarmogʻida ishlovchi dasturiy taʼminotga ega aloqa boshqaruv pultini (soʻzlashuv va aloqa qurilmalari) xarid qilish.

dona

82

64.

Raqamli turdagi aloqa tarmogʻida ishlovchi dasturiy taʼminotga ega aloqa boshqaruv pulti (soʻzlashuv va aloqa qurilmalari) uchun konsol xarid qilish.

dona

120

65.

Strelkali aloqa uchun qurilmalarni oʻrnatish.

dona

111

III. Yoʻl va tonnel inshooti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

66.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi muddatini oʻtab boʻlgan relslarni almashtirish uchun “R-50” rusumidagi relslarni xarid qilish.

tonna

1500

2028-yil iyun

67.

“Chilonzor” yoʻnalishi uchun kontakt relsi plastik qobigʻi xarid qilish.

km

30

2028-yil avgust

68.

“Oʻzbekiston” va “Chilonzor” yoʻnalishlarida harakat tarkiblari aylanishi uchun moʻljallangan yoʻllardagi “R-50” rusumli 2/9 markali strelkali oʻtkazgichlari uchun oʻtkir burchakli hamda oʻtmas burchakli kesib oʻtuvchi (krestovina) xarid qilish.

dona

40

2028-yil sentabr

69.

“Oʻzbekiston” yoʻnalishlari bekatlari uchun kirish-chiqish eshiklarini xarid qilish.

m2

558

2028-yil noyabr

IV. Elektr taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

70.

Akkumulyator batareyalari uchun “ZPU-2” rusumli zaryadlovchi qurilma xarid qilish va oʻrnatish.

dona

29

2028-yil may

71.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishlarida “RU-825V” yacheykani mikroprotsessorli turiga rekonstruksiya qilish va oʻchirgichlarni almashtirish.

yacheyka

101

2028-yil iyun

72.

Yerosti “BNS VBCH-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.

dona

37

73.

“Oʻzbekiston” yoʻnalishida masofadan boshqarish tizimini ostki tizim va releli himoya turidan mikroprotsessorli turiga rekonstruksiya qilish(xarid qilish, montaj va sozlash).

nimstansiya

11

2028-yil sentabr

74.

“AVM-10 (1000A)” va “AVM-15 (1600A)” avtomatlarni xarid qilish.

dona

38

75.

“DL-161-200” rusumli lavinali diodlarni xarid qilish.

dona

1 824

76.

Xizmat muddatini oʻtab boʻlgan “10 kV 1x70 SPE” rusumli elektr kabellarini almashtirish uchun yangi kabel sotib olish.

km

19

2028-yil oktabr

77.

Plazmali “CHPU SK 1530/25” rusumli metal kesuvchi dastgoh xarid qilish.

dona

1

78.

Yerosti “BNS VEM-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.

dona

110

79.

81-765-81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun havo kompressori xarid qilish.

dona

10

2028-yil noyabr

80.

“Chilonzor” yoʻnalishida masofadan boshqarish tizimini ostki tizim va releli himoya turidan mikroprotsessorli turiga rekonstruksiya qilish (xarid qilish, montaj va sozlash).

nimstansiya

12

2028-yil dekabr

81.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” elektrodeposida “VMPP-10” va “VPMP-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.

dona

14

V. Elektromexanika taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish

82.

“Alisher Navoiy” bekati II vestibyul uchun yangi, zamonaviy va energotejamkor eskalatorlar xarid qilish.

dona

3

2028-yil iyun

83.

Mahalliy shamollatish tizimi ventilyatorlarini almashtirish uchun oʻrtacha va kichik bosimli ventilyator xarid qilish.

dona

260

2028-yil oktabr

84.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishlarida eskirgan shamollatish qurilmasini almashtirish uchun elektr tejamkor shamollatish qurilmasini xarid qilish.

dona

8

2028-yil dekabr

85.

“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi tonnel suv quvurlari va fitinglarini almashtirish uchun yangilarini xarid qilish (089x4 mm GOST R 56594).

m

13 000

86.

Maxsus kameradagi havo tozalash filtrlarini yangisiga almashtirish.

dona

2 224

87.

Maxsus kameralar komanda punktida mahalliy aloqa va avtomat xabarlash tizimining zamonaviy markazlashgan turini oʻrnatish.

tizim

1

88.

Maxsus kameradagi yongʻinni avtomat oʻchirish tizimini yangilash.

tizim

1

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 07/26/191/0509-son)