Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2019 09.11.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 524
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Asosiy shartlari, 09.11.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 524
Kuchga kirish sanasi
09.11.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

1998-yil 26-mart

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki

1998-yil 26-mart

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT QISQA MUDDATLI OBLIGATSIYALARINI ChIQARIShNING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1198 yil 9-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 524]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Asosiy shartlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 26-avgustdagi 367-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 524-2, 26.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur shartlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-martdagi 119-sonli Qaroriga asosan ishlab chiqilgan va davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining (bundan buyon matnda Obligatsiyalar deb yuritiladi) chiqarilishi va muomalada boʻlishini tartibga soladi. Obligatsiyalarning emitenti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblanadi. Obligatsiyalarning joylashtirilishi va toʻlovlarining amalga oshirilishi Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi nomidan va hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Obligatsiyalar emissiyasi muntazam ravishda alohida chiqarilishlar shaklida amalga oshiriladi. Har bir chiqarilish, qoida tariqasida, oyiga bir marotaba amalga oshiriladi. Obligatsiyalar bir yilgacha boʻlgan muddatga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Obligatsiyalarning nominal bahosi 1000 (ming) soʻmni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuridik shaxslar obligatsiyalarning egalari boʻlishi mumkin. Obligatsiyalarning har bir chiqarilishi uchun ularning boʻlajak egalari boʻyicha cheklovlar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obligatsiya egasi toʻlovi amalga oshirilgan obligatsiyalar qiymatiga teng summadagi keyingi chiqarilish obligatsiyalarini sotib olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Obligatsiyalar toʻlovi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan va hisobidan Markaziy bank tomonidan vakolatli tashkilotlarga (bundan buyon matnda Dilerlar deb yuritiladi) obligatsiyalarning nominal qiymatini naqd pulsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Dilerlar obligatsiyalar toʻlovini ularning egalariga, tuzilgan shartnomalarga muvofiq obligatsiyalarni toʻlash paytida ularning nominal qiymatini naqd pulsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Obligatsiyalardan olingan daromad xarid bahosi bilan sotish bahosi (yoki toʻlov bahosi) oʻrtasidagi farq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Obligatsiyalar maxsus qogʻoz blanklari shaklida tayyorlanmaydi. Obligatsiyalarning har bir chiqarilishi maxsus Global sertifikat koʻrinishida, ikkita asl nusxada rasmiylashtiriladi, ulardan bittasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida, ikkinchisi esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi. Obligatsiyalarga egalik qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi savdo tizimida obligatsiyaga egalik qilish huquqi va uni saqlash boʻyicha ochilgan tegishli hisobvaraqqa (bundan buyon matnlarda “depo” hisobvaragʻi) kirim yozuvi kiritilishi bilan yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalar chiqarilishiga xizmat koʻrsatish boʻyicha bosh agent hisoblanadi. U Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, ushbu Asosiy shartlarda belgilanmagan obligatsiyalarni joylashtirish va muomalada boʻlish masalalarini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Obligatsiyalarni joylashtirish, muomalada boʻlishi va soʻndirish, kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda obligatsiya egalari hisobini yuritish va ular bilan hisob-kitob qilish Oʻzbekiston Respublikasi Valyuta birjasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diler Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan obligatsiyalar bozorida dilerlik vazifasini bajarish boʻyicha shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Obligatsiyalarni chiqarishga doir qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Obligatsiyalar chiqarish uchun qaror qabul qilishda uning chegaraviy miqdori, joylashtirish sanasi va boʻlajak egalariga qoʻyiladigan cheklovlar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Asosiy shartlarning 10-bandida koʻrsatilgan obligatsiyalarning keyingi chiqarilishiga doir maʼlumotlar ularni joylashtirish boshlanishidan kamida 7 kundan kam boʻlmagan muddatda eʼlon qilinadi. Chiqarishga moʻljallangan obligatsiyalar miqdorining kamida 20 foizi sotilgan taqdirda chiqarilish amalga oshgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarni ikkilamchi bozorda sotib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi obligatsiyalarni ikkilamchi bozorda qayta sotib olish operatsiyasini amalga oshirishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-martdagi 6/1-son (roʻyxat raqami 524-1, 2016-yil 8-aprel) qaroriga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan