Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2026 03.03.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1320
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 03.03.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1320
Kuchga kirish sanasi
13.03.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2026
Hujjat 13.03.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 3-martda 1320-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-fevraldagi 54-sonli “Alkogolli va tamaki mahsulotlariga aksiz markalarining yangi namunalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitalari qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilinayotgan “Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-22-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari S. NASIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
03-02/8-14-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 11-fevraldagi 31, 2004-22, 03-02/8-14-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-505-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 45-son, 440-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisida”gi 285-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1996-y., 8-son, 24-modda) muvofiq alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan muddatlarda amalga kiritiladi va har 2 yilda yangilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amal qilish muddati tugagan aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli va tamaki mahsulotlari markalanmagan hisoblanadi hamda ular belgilangan tartibda olib qoʻyilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan paytdan boshlab eski namunadagi aksiz markalarini xarid qilish va ularga buyurtmalarni joylashtirishga doir buyurtmanomalarni qabul qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eski namunadagi aksiz markali alkogolli va tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotishga mazkur Nizomning 5 va 10-bandlari talablarini hisobga olgan holda yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab toʻqqiz oy mobaynida ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yangi namunadagi aksiz markalari belgilangan tartibda ishlab chiqaruvchilar va importchilarning nomi yozilgan kod raqamlari bilan birga buyurtiriladi, alkogolli mahsulot uchun aksiz markalarida esa ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi va isteʼmol idishining litrdagi hajmi ham koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Eski namunadagi aksiz markalarini yoʻqotish boʻyicha xarajatlarni eski namunadagi aksiz markalari yoki ular bilan markalangan mahsulotga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MAMLAKATIMIZDA ISHLAB CHIQARILGAN ALKOGOLLI VA TAMAKI MAHSULOTLARIGA YANGI NAMUNADAGI AKSIZ MARKALARINI JORIY ETISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilganidan keyin alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan mahsulotlarni sotishni eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashidan besh oy oldin toʻxtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Alkogolli va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kunda va eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan mahsulot qoldiqlari, shuningdek foydalanilmagan eski namunadagi aksiz markalarining qoldiqlari inventarizatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishlab chiqaruvchi korxonalarda eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli va tamaki mahsulotlari mavjud boʻlganda, eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda tayyor mahsulot qoldiqlari yangi namunadagi aksiz markalari yangidan yopishtirilib, tovarlardan eski namunadagi aksiz markalari olib tashlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tovarlardan olib tashlangan aksiz markalari va eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda qayd etilgan, foydalanilmagan eski namunadagi aksiz markalarining qoldiqlari korxonada tashkil etiladigan komissiya tomonidan kuydirish yoʻli bilan yoʻq qilinishi kerak, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Inventarizatsiyani oʻtkazish komissiyasiga soliq va moliya organlarining vakillari, ishlab chiqaruvchi korxonalarning xodimlari (maʼmuriyat vakillari, aksiz markalar uchun masʼul shaxslar, buxgalteriya xodimi) kiritiladi. Komissiya tarkibi korxona rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Inventarizatsiyalash (mazkur Nizomga ilovaga binoan dalolatnoma — roʻyxat shaklida rasmiylashtiriladi) natijalari aksiz markalarini hisobga olish maʼlumotlari bilan solishtiriladi. Aksiz markalari kamomadi uchun mazkur korxona rahbariyati va moddiy javobgar shaxs qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya inventarizatsiyalash toʻgʻri, oʻz vaqtida va belgilangan tartibga rioya qilgan holda oʻtkazilishi, shuningdek aksiz markalari toʻliq hajmda yoʻq qilinishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. OLIB KIRILADIGAN ALKOGOLLI VA TAMAKI MAHSULOTLARIGA YANGI NAMUNADAGI AKSIZ MARKALARINING JORIY ETILISHI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi namunadagi aksiz markalarining joriy etilishi bilan uning hududiga eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli va tamaki mahsulotlarini olib kirish eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga besh oy qolganda toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Eski namunadagi ishlatilmagan aksiz markalarining qoldiqlari ular inventarizatsiya qilinganidan keyin tarkibida bojxona, moliya organlari va importchilarning vakillari boʻlgan komissiya tomonidan yoʻq qilinishi (kuydirish yoʻli bilan) kerak. Eski namunadagi aksiz markalarining ishlatilmagan qoldiqlarini importchi tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashidan besh oy oldin eksportchidan qabul qilib olishi kerak. Talab qilib olingan eski namunadagi aksiz markalari tarkibida bojxona, moliya organlari va importchilarning vakillari boʻlgan komissiya tomonidan yoʻq qilinadi (kuydirish yoʻli bilan). Eski namunadagi aksiz markalarining yoʻq qilinishi toʻgʻrisida tegishli dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya tarkibi aksiz markalarini yoʻq qilish joyidagi hududiy bojxona organi rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya inventarizatsiyalash toʻgʻri, oʻz vaqtida va belgilangan tartibga rioya qilgan holda oʻtkazilishi, shuningdek aksiz markalari toʻliq hajmda yoʻq qilinishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. SAVDO SOHASIDA SOTILADIGAN ALKOGOLLI VA TAMAKI MAHSULOTLARI UCHUN YANGI NAMUNADAGI AKSIZ MARKALARINING JORIY ETILISHI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab savdo tashkilotlari, shu jumladan ulgurji savdoni amalga oshiruvchilari, ushbu tovarlarni ishlab beruvchi korxonalardan ham yangi, ham eski namunalardagi aksiz markalari bilan birga xarid qiladilar. Savdo tashkilotlari tomonidan eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarning xarid qilinishi eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolganda toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Savdo tashkilotlari eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududida eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishning belgilangan muddati tugashiga qadar sota oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishning belgilangan muddati tugaydigan kunda savdo tashkilotlari eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli va tamaki mahsulotlarining qoldiqlarini inventarizatsiyalashni oʻtkazadilar (uning natijalari mazkur Nizomga ilovaga koʻra dalolatnoma — roʻyxat shaklida rasmiylashtiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Inventarizatsiyani oʻtkazish uchun savdo tashkilotlarida soliq va moliya organlarining vakillari, savdo tashkilotlarining masʼul xodimlaridan (rahbar, moddiy javobgar shaxs, buxgalteriya xodimi) komissiya tashkil etiladi, u mazkur savdo tashkiloti rahbariyatining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya inventarizatsiyalash toʻgʻri, oʻz vaqtida va belgilangan tartibga rioya qilgan holda oʻtkazilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Inventarizatsiya qilish paytida savdo tashkilotlarida boʻlgan, amal qilish muddati oʻtib ketgan aksiz markalari bilan markalangan alkogolli va tamaki mahsulotlari qonunchilikka muvofiq olib qoʻyilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. “AGROBANK” OATB MINTAQAVIY BOʻLINMALARIDA AKSIZ MARKALARINI YOʻQ QILISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Agrobank” OATBning mintaqaviy boʻlinmalari yangi namunadagi aksiz markalari joriy qilinishidan bir kun oldin importchilarga eski namunadagi aksiz markalari berishni toʻxtatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Agrobank” OATB mintaqaviy boʻlinmalarida mavjud boʻlgan eski namunadagi aksiz markalari qoldiqlari boʻyicha inventarizatsiya tarkibida soliq va moliya organlari, aksiz markalari tegishli boʻlgan ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilarning vakillari hamda tegishli bankning masʼul xodimlari (rahbariyati, buxgalteriya xodimi va aksiz markalari uchun moddiy javobgar shaxsi) boʻlgan komissiya tomonidan oʻtkaziladi va oʻsha kuni markalar (ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun moʻljallanganlaridan tashqari) yoʻq qilinadi (kuydirish yoʻli bilan), bu haqda komissiya tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrobank” OATBning mintaqaviy boʻlinmalarida ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun moʻljallangan eski namunadagi aksiz markalarining qoldiqlari boʻyicha soliq va moliya organlari, ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari va tegishli bankning masʼul xodimlari (rahbariyat, buxgalteriya xodimi va aksiz markalari uchun moddiy jihatdan masʼul boʻlgan javobgar shaxs) tarkibidagi komissiya tomonidan eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan tovarlarni sotishga ruxsat etilgan muddatning tugashiga qadar besh oy oldin inventarizatsiya oʻtkazilib, shu kunning oʻzida markalar yondirish yoʻli bilan yoʻq qilinadi, bu haqda komissiya tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Eski namunadagi aksiz markalarini inventarizatsiyalash yakunlari hisob boʻyicha tekshiriladi. Inventarizatsiyalash chogʻida belgilangan aksiz markalarining kamomadi uchun mazkur bank rahbariyati (moddiy javobgar shaxs) qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiya inventarizatsiyalash toʻgʻri, oʻz vaqtida va belgilangan tartibga rioya qilgan holda oʻtkazilishi, shuningdek aksiz markalari toʻliq hajmda yoʻq qilinishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. “Agrobank” OATB mintaqaviy boʻlinmalarining inventarizatsiyalashdan keyin yoʻq qilingan eski namunadagi aksiz markalarini yetkazib berish va saqlash boʻyicha xarajatlari boʻlinmalarning oʻz mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. YAKUNIY QOIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Nizom AT “Paxta bank” bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AT “Paxta bank” raisi K. TOSHMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 20-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eski namunadagi aksiz markalari yopishtirilgan aksizlanadigan tovarlarning qoldiqlarini inventarizatsiyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DALOLATNOMA-ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎Korxona, tashkilot nomi:____________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎Manzil: _________________________________________________________________
‎Bank rekvizitlari:_________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎Komissiya raisi___________________________________________________________
‎Komissiya aʼzolari:________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎200___y. “_____” _________________________________________________________

‎Boshlandi: _________________ soatda,tugallandi: _________________ soatda.

T/r

Tovar nomi‎

Aksiz markalaridagi kod raqami

Miqdori (pachka, shisha)‎

Birlik uchun narx (soʻm)

Kiymati(soʻm)‎

Izoh‎

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

11.‎

12.‎

13.‎

14.‎

15.‎

Jami‎



‎‎‎Komissiya raisi
‎Komissiya aʼzolari



‎Imzolar:‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 110-modda; 2007-y., 4-6-son, 49-modda; 2009-y., 13-son, 149-modda; 2011-y., 12-13-son, 126-modda; 2013-y., 12-son, 159-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)