O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Qarori
TASDIQLANGAN MAHALLIYLAShTIRISh DASTURI LOYIHALARI AMALGA OShIRILAYOTGAN KORXONALAR TOMONIDAN SOLIQ VA BOJXONA IMTIYOZLARINI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2006-yil 18-avgust, 75, 2006-36, 01-02/8-16-sonli “Tasdiqlangan mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1619, 24.08.2006-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 23-fevralda 1315-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son “2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini bajarish yuzasidan qaror qilamiz:
1. Tasdiqlangan mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi haqida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-fevral,
28-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi D. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-fevral,
2004-19-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-fevral,
01-02/8-13-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 100-modda)