O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZBEKTEATR” IJODIY-IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ–2778-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida” 1998-yil 26-martdagi PF-1980-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi to‘g‘risidagi nizom, uning tarkibiga kiruvchi muassasalar va badiiy jamoalar ro‘yxati, birlashma direksiyasining shtat jadvali va tuzilmasi 1, 2, 3, 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasiga:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlardan dramaturglar va rejissorlar tayyorlash ikki yillik kurslarini tashkil etish yuzasidan ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;
uch oy muddatda “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tizimiga kiruvchi muassasalar va badiiy jamoalarning tuzilmasi hamda nizomlarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Artmadad” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish tartibini ishlab chiqib tasdiqlash;
“O‘zbekiston Milliy teatri”, “Akademik teatr” maqomlari berish haqidagi nizomlarni tayyorlash va ularni uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasining mol-mulki bo‘yicha vorisi hisoblanadi;
uyushma uchun qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari hamda uyushma a’zolari uchun belgilangan imtiyozlar “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tarkibidagi Teatr ijodkarlari uyushmasi a’zolari uchun ham saqlanib qoladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorida belgilangan imtiyozlar “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasiga joriy etiladi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyuldagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 31-son, 375-modda)
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori birlashma boshqaruvining raisi hisoblanadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 190-sonli qarori tahririda)
Bosh direktor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning o‘rinbosarlari esa Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tayinlanadi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 192-modda)
4. “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnalining shtat jadvali va tuzilmasi 5, 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Jurnal tahririyati “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi markaziy apparati joylashgan Toshkent shahar, Hamza ko‘chasi, 49-uyga joylashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining yarim yillik hisoboti yakunlariga ko‘ra “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tasarrufiga o‘tgan tashkilotlar asosiy fondlari va mulklarini o‘z balansidan birlashma balansiga tekin o‘tkazsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga kiruvchi teatr tashkilotlari va muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini saqlab qolsin;
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi markaziy apparati va “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ ajratsin;
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasining markaziy apparati hamda “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali tahririyatiga xizmat ko‘rsatish uchun ikkita yengil avtomobilga limit ajratsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Madaniyat ishlari vazirligi “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tasarrufidagi teatr tashkilotlarining binolarini ta’mirlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 1999-2000-yillarda mablag‘ ajratishni rejalashtirsinlar.
8. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi uchun ajratilgan limitga muvofiq transport xizmati ko‘rsatishni ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasining “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali, ilmiy-tadqiqot, reklama va boshqa nashrlarini chop etishda yordam ko‘rsatsin.
10. O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi uchun shahar va hukumat telefon aloqalarini belgilangan tartibda o‘rnatishni ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkilotlarining ijodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, milliy teatr yutuqlarini keng targ‘ib etishga yo‘naltirilgan o‘zaro gastrol almashuvlarini tashkil etish uchun bevosita amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 22-may,
223-son
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1.“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zbekteatr” birlashmasi deb ataladi) teatr, teatr-studiyalar jamoalarini va alohida ijodkorlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi mustaqil muassasa hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 192-modda)
2. “O‘zbekteatr” birlashmasi tarkibiga davlat teatrlari bilan bir qatorda, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga bo‘ysunishlaridan qati nazar, ijodiy jamoalar va alohida ijodkorlar ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “O‘zbekteatr” birlashmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyruqlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 192-modda)
4. “O‘zbekteatr” birlashmasi alohida mulkka egalik qiluvchi yuridik shaxs hisoblanib, bank muassasalarida o‘zining hisob-kitob, valyuta schyotlariga, o‘z muhri va boshqa ramziy ashyolariga ega bo‘ladi. O‘z nomidan mamlakatimizdagi va xorijdagi hamkorlar bilan turli shartnoma va bitimlar tuzishi, mulkiy va mulkiy bo‘lmagan huquqlar hamda majburiyatlar olishi, sud organlarida da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
5. “O‘zbekteatr” birlashmasining manzili: Toshkent shahar, Hamza ko‘chasi, 49, 51-uylar.
II. “O‘zbekteatr” birlashmasining maqsadi va vazifalari
6. “O‘zbekteatr” birlashmasi milliy teatr san’atining boy an’analari va yutuqlarini asrab-avaylash va rivojlantirish, kishilarning ma’naviy kamolotida teatr san’atining o‘rnini yuksaltirish, zamon talablari darajasidagi sahna asarlari yaratish, ularda milliy an’analarimizni ulug‘lash orqali umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etish, jahon teatr san’ati sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan unumli foydalanish, ijodkorlarni iqtisodiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun kuch va mablag‘larni birlashtirish maqsadida tashkil etildi.
7. Quyidagilar “O‘zbekteatr” birlashmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘zbek xalqining asrlar davomida avloddan-avlodga noyob meros sifatida o‘tib kelayotgan teatr va tomosha san’ati an’analarini boyitish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga nisbatan ehtirom hislarini oshirish;
mamlakatimizdagi mavjud teatrlar yo‘nalishlarini belgilash, yangi badiiy jamoalar tuzish, boy an’analarga tayangan holda jahon andozalari darajasidagi zamonaviy milliy teatr san’ati maktabini yaratish;
o‘z tarkibidagi ijodiy jamoalarning tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnika masalalarini hal etish, ularni zamonaviy texnika vositalari, zarur ashyolar bilan ta’minlash;
O‘zbekiston teatr san’atini mamlakatimizda va chet ellarda targ‘ib etish, gastrol faoliyatini uyushtirish va muvofiqlashtirish;
milliy va xalqaro teatr festivallarida ishtirok etish hamda ularni tashkil etish.
o‘z tarkibidagi ijodiy jamoalar repertuarini shakllantirish;
aholining teatr san’atiga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar olib borish;
mamlakatimizdagi va chet ellardagi muassasalar bilan madaniy, ilmiy-ijodiy, iqtisodiy hamkorlik qilish yuzasidan o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish, qo‘shma korxonalar tashkil etish;
teatr san’ati sohasida malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;
“O‘zbekteatr” birlashmasi tarkibidagi muassasalar faoliyatiga rahbarlik qilishning zamonaviy tizimini yaratish, tashabbuskorlikni rag‘batlantirishning samarali usullarini joriy etish.
III. “O‘zbekteatr” birlashmasining huquqlari
8. “O‘zbekteatr” birlashmasi:
O‘zbekistonda o‘z milliy va xorijiy valyutalar hisob raqamiga ega bo‘lgan bo‘limlar ochadi;
alohida xizmat ko‘rsatgan san’atkorlarni, mutaxassislarni Davlat mukofotlari va Faxriy unvonlarga tavsiya etadi;
respublika va xalqaro miqyosda gastrol safarlari uyushtiradi;
teatr san’atini rivojlantirish, ijodiy jamoalar va ijodkorlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etadi;
madaniy tadbirlar uchun chiptalar narxining cheklangan eng yuqori va eng past darajasini tegishli tartibda belgilaydi;
Nizomda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida korxonalar hamda qo‘shma korxonalar ochadi;
marketing, menejment, tijorat va reklama sohasida xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi;
audio-video dasturlarini yozish, ko‘paytirish va sotish shoxobchalarini tegishli tartibda ochadi;
dolzarb mavzularda yangi sahna asarlari yaratishga buyurtma beradi va ularni sotib oladi;
YUNESKO huzuridagi xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar ijodiy jamoalari bilan hamkorlik qiladi.
IV. “O‘zbekteatr” birlashmasining mablag‘lari
9. Ular:
budjet ajratmalari hamda boshqa markazlashtirilgan mablag‘lar;
ishlab chiqarish, xo‘jalik, moliya, tijorat faoliyatidan tushgan daromadlar;
o‘z tarkibidagi xo‘jalik hisobida bo‘lgan tashkilot, korxona va muassasalarning foydasidan ajratmalar va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil topadi.
10. “O‘zbekteatr” birlashmasi qonun hujjatlarida belgilangan: tartibda o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk va mablag‘lardan o‘z qatnashchilari manfaatlari yo‘lida foydalanadi, mamlakat hududida va tashqarisida har qanday ko‘char va ko‘chmas mulkni qurishi va rekonstruksiya qilishi, sotib olishi, ijaraga olishi va ijaraga berishi mumkin.
11. “O‘zbekteatr” birlashmasi tarkibiga kiruvchi barcha muassasa va tashkilotlar mustaqil balansga ega bo‘ladi hamda birlashmaning yig‘ma balansini tashkil etadi.
12. “O‘zbekteatr” birlashmasi davlat korxonalari uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha buxgalterlik hisobini tashkil etadi.
V. “O‘zbekteatr” birlashmasi qatnashchilari, ularning huquq va majburiyatlari
13. “O‘zbekteatr” birlashmasi Nizomi va boshqa ta’sis hujjatlarini tan oluvchi, yuridik yoki jismoniy shaxslar hisoblanuvchi madaniyat va san’at muassasalari, ishlab chiqarish korxonalar va birlashmalar “O‘zbekteatr” birlashmasi qatnashchisi bo‘lishi mumkin.
14. Qatnashchi tashkilotlar huquqlari:
o‘z faoliyatini yuridik shaxs sifatida mustaqil yuritish;
“O‘zbekteatr” birlashmasi va uning tarkibidagi muassasalar xizmatidan shartnoma asosida foydalanish;
qo‘shma faoliyat hujjatlarida “O‘zbekteatr” birlashmasi emblemasini qo‘llash;
tuzilgan shartnomalarda belgilangan majburiyatlarni saqlagan holda kamida olti oy oldin “O‘zbekteatr” birlashmasi rahbariyatini xabardor qilib uning tarkibidan chiqish.
15. “O‘zbekteatr” birlashmasi qatnashchilari:
mazkur Nizomga rioya qilishga;
“O‘zbekteatr” birlashmasining boshqa qatnashchilari bilan tuzilgan qo‘shma faoliyat shartlarini bajarishga majburdirlar.
16. Qatnashchi tashkilotlar:
“O‘zbekteatr” birlashmasi yoki uning qatnashchilari bilan tuzilgan shartnomalarni bajarmaganligi uchun ushbu shartnomalarda va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda javob beradi;
“O‘zbekteatr” birlashmasi to‘g‘risidagi nizom qoidalariga rioya qilmaganligi uchun “O‘zbekteatr” birlashmasi tarkibidan chiqarilishi mumkin.
VI. Teatr ijodkorlari uyushmasi
17. “O‘zbekteatr” birlashmasi tizimida Teatr ijodkorlari uyushmasi faoliyat ko‘rsatadi.
18. Teatr ijodkorlari uyushmasi o‘z faoliyatini umumiy yig‘ilishda qabul qilingan va “O‘zbekteatr” birlashmasi bosh direktori tasdiqlagan Nizom asosida olib boradi.
VII. “O‘zbekteatr” birlashmasining boshqaruv tizimi
19. “O‘zbekteatr” birlashmasiga Bosh direktor rahbarlik qiladi. Bosh direktor rahbarligidagi Boshqaruv uning tasarruf etuvchi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Bosh direktor Vazirlar Mahkamasi tomonidan, uning o‘rinbosarlari esa Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tayinlanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 192-modda)
21. Bosh direktor “O‘zbekteatr” birlashmasi Boshqaruvi va Teatr ijodkorlari uyushmasining raisi hisoblanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 190-sonli qarori tahririda)
22. Bosh direktor o‘z vakolati doirasida “O‘zbekteatr” birlashmasi Boshqaruvi va uning tasarrufidagi muassasalar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va boshqa ma’muriy hujjatlarni chiqaradi.
23. Bosh direktor “O‘zbekteatr” birlashmasi xodimlarini mustaqil ravishda ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi hamda uning tarkibidagi barcha muassasalar rahbarlari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi. Muassasa rahbarlari o‘z navbatida o‘z xodimlari bilan alohida-alohida shartnomalar tuzadilar.
VIII. “O‘zbekteatr” birlashmasini tugatish
24. “O‘zbekteatr” birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilishi, qayta tuzilishi yoki boshqa ijodiy tashkilotlar bilan birlashtirilishi mumkin.
O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
RO‘YXATI
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri
O‘zbek Milliy akademik drama teatri
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri
O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri
O‘zbekiston davlat drama teatri
O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri
O‘zbekiston davlat satira teatri
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
O‘zbekiston davlat qo‘g‘irchoq teatri
O‘zbekiston davlat yoshlar teatri
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri
Andijon viloyati musiqali drama teatri
Andijon viloyati yoshlar teatri
Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Jizzax viloyati musiqali drama teatri
Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Namangan viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati rus drama teatri
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri
Farg‘ona viloyati rus drama teatri
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri
Qo‘qon shahar musiqali drama teatri
Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri
“Diydor” rejissorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi
“Artmadad” maxsus jamg‘armasi
“Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali tahririyati
Teatr ijodkorlari uyushmasi
Aktyorlar uyi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyuldagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 31-son, 375-modda)
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish
birlashmasi direksiyasi
birlashmasi direksiyasi
ShTAT JADVALI
| Nomi | Soni |
| Bosh direktor | 1 |
| Bosh direktor o‘rinbosari | 2 |
| Kadrlar bo‘limi | 1 |
| Yuridik xizmat | 1 |
| Teatrlar ijodiy faoliyatini muvofiqlashtirish va shakllantirish boshqarmasi | 4 |
| Iqtisodiyot, moliyalashtirish,hisob-kitob va moddiy-texnik ta’minot boshqarmasi | 4 |
| Axborot, reklama va tijorat bo‘limi | 3 |
| Jami | 16 |
“O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi
TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
22-maydagi 223-son qaroriga
5-ILOVA
22-maydagi 223-son qaroriga
5-ILOVA
Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama
jurnali tahririyati
jurnali tahririyati
ShTAT JADVALI
|
T/r |
Nomi |
Soni |
|
1. |
Bosh muharrir |
1 |
|
2. |
Bosh muharrir o‘rinbosari |
1 |
|
3. |
Mas’ul kotib |
1 |
|
4. |
Bo‘lim muharriri |
2 |
|
5. |
Rassom |
1 |
|
6. |
Fotograf |
1 |
|
7. |
Texnik muha�rir |
1 |
|
8. |
Korrektor |
1 |
| |
Jami |
9 |
“Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama
jurnali tahririyati
jurnali tahririyati
TUZILMASI