OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASINING
QARORI
Kapital qurilishda ikki bosqichli tanlov savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 24-yanvarda 1303-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-sonli “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Kapital qurilishda ikki bosqichli tanlov savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi A. TOXTAYEV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-dekabr,
10-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 45-modda; 2011-y., 3-son, 26-modda; 2013-y., 43-son, 575-modda)