Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 13.05.1998 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 20.06.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, umumtaʼlim maktablarining oʻqitish dasturlarini isloh qilish, toʻqqiz yillik umumiy oʻrta taʼlimning sifat jihatidan yangi tizimini yaratish, uning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan davomiyligini va uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, umumiy oʻrta taʼlimning (maktabning 1 — 9-sinflari) taʼlim dasturlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning muntazam bilim olishini, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirishni, asosiy oʻquv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarda mehnat koʻnikmalari, mustaqil ijodiy fikrlash, kasb tanlashga va atrof-olamga ongli munosabatni hosil qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy va umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashni, oʻz Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 — 9 sinflar oʻquv dasturlarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridagi oʻqitish dasturlari bilan oʻzaro uzviy bogʻlanishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 1-avgustga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartini ishlab chiqsin, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlash sifati va taʼlim mazmuniga talablarni belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni tayyorlash uchun maqbul boʻlgan zarur oʻquv fanlarini, taʼlim dasturlarini va oʻquv soatlari hajmlarini shakllantirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabni bitiruvchilarga nisbatan malaka talablarini belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasasi (maktab) faoliyatini baholash tartibini ishlab chiqishni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-1999 oʻquv yili davomida — umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartini sinovdan oʻtkazishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 1-iyulga qadar — sinov natijalarini hisobga olgan holda umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartini puxta ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-2000 oʻquv yilidan boshlab — umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartini umumtaʼlim maktabida oʻqitish dasturlari bilan birgalikda joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 1-sentabrga qadar — umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartini ishlab chiqish bilan bir paytda uning asosida umumtaʼlim maktablari uchun tajriba oʻquv dasturlari ishlab chiqilishini taʼminlasin. Bunda 10-11-sinflar oʻquv yuklamalari va dasturlarining tegishli ravishda 5 — 9 sinflar oʻquv dasturlariga, shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari dasturlariga oʻtkazilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-1999 oʻquv yili mobaynida — koʻrsatib oʻtilgan oʻquv dasturlarini umumtaʼlim maktablarida tajriba tariqasida sinab koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 1-iyulgacha — tajriba oʻquv dasturlarini joriy etishni tajriba tariqasida sinab koʻrish yakunlarini hisobga olgan holda xalq taʼlimi tizimi pedagoglari, mutaxassislari va rahbarlarining xulosalarini umumlashtirsin va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tajriba oʻquv dasturlari ishlab chiqilishi va ularning sinab koʻrilishi ustidan nazoratni taʼminlash, shuningdek, kiritilgan takliflarni umumlashtirish maqsadida 2-ilovaga* muvofiq Respublika komissiyasi va maxsus ishchi guruhlari tashkil etilsin. Komissiyaga va ishchi guruhlariga ona tili, adabiyot, tarix, matematika, fizika, kimyo, biologiya va boshqa fanlar boʻyicha oʻquv dasturlari tayyorlash, shuningdek, ularning respublikada tajriba tariqasida sinab koʻrilishi uchun javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ham shunday komissiyalar tuzilsin. Komissiyalarga malakali pedagoglar va mutaxassislarni ishga jalb qilishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi tadbirlar ish rejasini tayyorlasin hamda tajriba oʻtkazish jarayonida, oʻtkazilgan tajribaning toʻplangan natijalarini, fanlar boʻyicha maxsus ishchi guruhlari va hududiy komissiyalar takliflarini hisobga olgan holda, 1999-yil 1-avgustgacha 1 — 9 sinflar uchun maktab darsliklarini tayyorlash dastur-topshiriqlarini ishlab chiqishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Darsliklarni tayyorlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va Davlat matbuot qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta maktablarda yangi oʻqitish dasturlari va uslublari boʻyicha maxsus kurslarni ishlab chiqsin va ularni 1999-2000 oʻquv yilidan boshlab pedagogika institutlari va universitetlarining talabalarini tayyorlash dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat test markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 1-avgustga qadar — taʼlim muassasalarini, umumiy oʻrta taʼlim rahbar xodimlarini va pedagog kadrlarini davriy ravishda attestatsiyadan oʻtkazib turish tartibini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 1-sentabriga qadar — 5 — 9-sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-1999 oʻquv yili mobaynida — 5 — 9-sinflar bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyadan oʻtkazishning test usullarini tajriba tekshiruvidan oʻtkazsinlar va ularning 1999-2000 oʻquv yilidan boshlab joriy qilinishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 1-avgustga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablarning malakali pedagog kadrlar, oʻquv-uslubiy adabiyotlar va didaktik materiallar, oʻqitishning texnik va axborot vositalari bilan taʼminlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim tizimi taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini tayyorlashni, oʻquvchilar uchun zarur sanitariya-maishiy va ijtimoiy sharoitlar yaratilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, “Ustoz” jamgʻarmasi oʻqitishning ilgʻor usullarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqayotgan va ulardan foydalanayotgan umumiy oʻrta va oliy taʼlimning ilgʻor taʼlim muassasalari negizida umumiy oʻrta maktablar oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etsinlar va ularning muntazam ishlashini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda maktab oʻquvchilarini har yili tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni, sanitariya va maktab gigiyenasi normalariga, oʻquv-tarbiyaviy jarayonning sogʻlomlashtirish yoʻnalishiga rioya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 13-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
13-maydagi 203-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Umumiy oʻrta taʼlim “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Oʻqish muddati 9 yil boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim (maktabning I — IX sinflari) majburiy hisoblanadi. U boshlangʻich taʼlimni (I—IV sinflar) qamrab oladi hamda uzluksiz taʼlim tizimining mustaqil turi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq taʼlimning ushbu turi maqsadlari va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, psixologik-pedagogik, uslubiy, moddiy-texnikaviy va sanitariya-maishiy shart-sharoitlar yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi (maktab) yuridik shaxs hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.5. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga, mazkur Nizomga muvofiq ishlab chiqiladi, umumiy oʻrta taʼlimni boshqarish vakolatiga ega boʻlgan davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumiy oʻrta taʼlimning maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalash hamda shaxsning taʼlim olish huquqini roʻyobga chiqarish umumiy oʻrta taʼlimning maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim bilimlar zarur hajmiga asos soladi, oʻquvchilarda tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba koʻnikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasb yoʻnalishini va taʼlimning keyingi bosiqichini tanlashga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Umumiy oʻrta taʼlimning vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini taʼminlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy oʻquv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarda mehnat koʻnikmalarini, ijodiy mustaqil fikrlashni, kasb tanlashga va atrof-olamga ongli munosabatni hosil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida oʻquvchilarda yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, oʻz Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning uzluksizligini va izchilligini, maktab oʻquv dasturlarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridagi oʻquv dasturlari bilan uzviy oʻzaro bogʻlanishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Umumiy oʻrta taʼlim quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich taʼlim (I — IV sinflar), umumiy oʻrta taʼlim (I — IX sinflar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshlangʻich taʼlim oʻqish, yozish, sanash, oʻquv faoliyatining asosiy malaka va koʻnikmalari, ijodiy fikrlash xislatlari, oʻzini-oʻzi nazorat qilish oʻquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush tarzi asoslari egallab olinishini taʼminlashga daʼvat etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshlangʻich maktabda oʻquv-tarbiyaviy faoliyatni bolalarning qobiliyatiga bogʻliq ravishda tabaqalashtirishga davlat taʼlim standarti doirasida oʻqitish jarayoni mazmuni va usullarining xilma-xilligi; oʻquv topshiriqlarini bolalarning individual imkoniyatlariga moslashtirish; tenglashtirish sinflari va guruhlari tashkil etish hisobiga erishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshlangʻich maktab oʻquv fanlari mazmuni maktablarning turli xillariga va oʻqitish shart-sharoitlariga nisbatan moslashuvchan boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muntazam bilimlar olinishini, keng dunyoqarash hamda ijodiy mustaqil fikrlash shakllantirilishini, oʻquvchi shaxsi qaror topishini, uning qiziqishlari va ijtimoiy oʻzini-oʻzi aniqlab olish qobiliyatlari rivojlantirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Umumiy oʻrta taʼlim mazmuni majburiy va qoʻshimcha komponentlardan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy komponent davlat taʼlim standarti bilan belgilanadi va oʻquvchilarni tayyorlashning oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puxta oʻrganish va kasb egallash uchun yetarli boʻlgan zarur darajasini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha komponent oʻquvchining ehtiyojlari va qobiliyatlaridan, maktabning moddiy-texnika va kadrlar bilan taʼminlanganligidan kelib chiqib belgilanadi. Qoʻshimcha oʻquv yuklamalari hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan normativlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Oʻquv fanlari va umumiy taʼlim dasturlari roʻyxati umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabning oʻquv-tarbiyaviy ishi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bazaviy oʻquv rejasi va umumiy oʻrta taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladi. Ular:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standarti doirasida oʻqitiladigan fanlar boʻyicha zamonaviy bilimlar olinishi va oʻzlashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
integratsiya qilingan oʻquv kurslari ishlab chiqilishi va joriy etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tili va chet tillarni, gumanitar-ijtimoiy va estetik turkumdagi fanlarni oʻrganishning roli va ahamiyatini kuchaytirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning iqtisodiy, huquqiy, ekologik, sanitariya-gigiyena maʼlumotini takomillashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi axborot va pedagogik texnologiyalar yaratilishini va ulardan foydalanishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni kasbga yoʻllashni va ularni kasb-hunar oʻrgangungacha tayyorlashni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Bolalarni umumtaʼlim maktabiga qabul qilish tibbiy-psixologiya-pedagogika komissiyasining tavsiyanomalari boʻyicha 6-7 yoshdan amalga oshiriladi. Maktablarda har yili mutaxassislar jalb qilingan holda oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va psixologik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar va oʻsmirlarni oʻqitish maxsus (yordamchi) maktablarda, shuningdek sanatoriy-internat turidagi maktablarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Umumiy oʻrta taʼlim kunduzgi oʻqish shaklida amalga oshiriladi. Darsning, oʻquv choragi va oʻquv yilining davom etish muddati, kunlar va haftalar boʻyicha darslar jadvali, oʻquvchilarning sinflarda oʻquv yuklamasi va sinflarning toʻldirilishi hamda oʻquv-tarbiya jarayonini maqbullashtirishning boshqa masalalari umumiy oʻrta taʼlim davlat standartiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Maktablarda iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish va oʻqitish boʻyicha aniq maqsadli ishlar amalga oshiriladi. Ular uchun maxsus (shu jumladan mualliflik) oʻquv dasturlari ishlab chiqiladi hamda ularga qoʻshimcha ilmiy-uslubiy adabiyotlar beriladi. Iqtidorli va isteʼdodli bolalar taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishning yakka tartibdagi jadvaliga ega boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarning qobiliyatlari va isteʼdodlarini rivojlantirish uchun fanlarni chuqur oʻrganish yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sinflar hamda maktablar tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. Oʻquvchilar bilimi sifatini va oʻqitish natijalarining davlat taʼlim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni taʼminlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini oʻtkazish nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy nazorat — soʻrovlar, kollokviumlar, seminarlar, kontrol ishlar, testlar tarzida oʻquvchilarning bilimlari, malaka va koʻnikmalari muntazam nazorat qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oraliq nazorat — chorak tamom boʻlganda va oʻquv dasturining tegishli boʻlimi tugallangandan keyin oʻquvchilarning bilimlari, malaka va koʻnikmalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U imtihonlar, testlar, sinovlar va malakaga doir ishlar shaklida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosqichli nazorat — oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va oʻquvchini navbatdagi sinfga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy nazorat — oʻqish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi shaklida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.5. Umumiy taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standarti doirasida mustaqil oʻzlashtirgan oʻquvchilarga, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Eksternat toʻgʻrisida nizom asosida, eksternat tartibida attestatsiyadan oʻtish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6. Oʻquvchilar tibbiyot komissiyasining va maktab pedagogika kengashining xulosasi asosida yakuniy attestatsiyadan ozod etilishi mumkin. Attestatsiyadan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy attestatsiyaning belgilangan tartibidan istisnolar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchilarni sinfdan-sinfga va bir taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.7. Maktabni bitiruvchilarga yakuniy test attestatsiyasi natijalari, oʻquvchining reytingi, taʼlim fanlari roʻyxati, ular boʻyicha dars soatlari soni va baholar koʻrsatilgan holda davlat namunasidagi attestat, alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli attestat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli attestat 5 — 9-sinflarda oʻqish davrida oʻzlashtirish (reyting) boʻyicha faqat aʼlo koʻrsatkichlarga ega boʻlgan bitiruvchilarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.8. Umumiy taʼlim muassasalari fan, oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim va ishlab chiqarish muassasalari bilan mustahkam aloqada ish olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularning oʻzaro hamkorligi olimlar, ishlab chiqarish vakillari, madaniyat arboblarini taʼlim jarayonini yuritish uchun jalb etish, kasbga yoʻllash ishlari, lektoriylar, tanlovlar, seminarlar, ekskursiyalar tashkil qilish yoʻli bilan hamda boshqa shakllarda taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.9. Oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, oʻz Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish boʻyicha maktablarning ota-onalar, oilalar, mahalla qoʻmitalari, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi boʻlinmalari, jamoat tashkilotlari va jamgʻarmalar bilan mustahkam oʻzaro hamkorligi amalga oshiriladi.
(4.9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Tegishli maʼlumotga, kasb-kor tayyorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadirlar. Sud hukmi bilan pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish taqiqlangan shaxslar bu ishga qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar tomonidan pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb-kor sifatini raqobatbardoshli darajada saqlab turish taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagoglar tarkibi oʻqitish yoʻnalishlari (tabiiy-matematika, gumanitar, ijtimoiy va boshqa fanlar) boʻyicha uslubiy seksiyalarga birlashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining oʻquv-pedagogik yuklamasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining (oʻquv fanlari va soatlari boʻyicha) vazifasini vaqtinchalik bajarib turish tartibi, xodimlarining sinfdan tashqari faoliyatini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tegishli meʼyoriy hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. Maktab maʼmuriyati oʻqituvchilar, murabbiylarning obroʻ-eʼtiborini va ijtimoiy maqomini, ularning masʼuliyati va kasb mahoratini oshirish boʻyicha aniq yoʻnalishli ishlarni amalga oshiradi. Ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, yangi (shu jumladan mualliflik) oʻquv dasturlari, darsliklar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagoglar va oʻquvchilarning munosabatlari hamkorlik, demokratiya, oʻzaro hurmat, shaxsning oʻz qadr-qimmatini bilishini eʼtirof etish pedagogikasi asosida quriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.5. Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi maktab oʻquvchilariga hamda ota-onalarga psixologik-pedagogik maslahatlar beradi, ularda oʻzining kelgusidagi taʼlim va kasb-hunar yoʻlini oqilona tanlashni shakllantirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi maktabning pedagogik kengashi bilan birgalikda, attestatsiya yakunlariga koʻra, 9-sinflarning bitiruvchilariga oʻqishni akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida davom ettirish toʻgʻrisida asoslangan tavsiyalar beradi.
(5.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Umumiy oʻrta taʼlimni boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, xalq taʼlimi viloyat boshqarmalari, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish shahar va tuman boʻlimlari umumiy oʻrta taʼlimni boshqarishning vakolatli organlari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, xalq taʼlimi viloyat boshqarmalari, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish shahar va tuman boʻlimlari ikki tomonlama — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, shahar, tuman hokimliklariga boʻysunadilar.
(6.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.2. Maktabga bevosita rahbarlik taʼlimni boshqarishning yuqori organi tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli boʻlmagan taʼlim muassasalarida esa — muassis tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim qatnashchilarining lavozim huquqlari va majburiyatlari, ularning boshqaruv vakolatlari va funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, tegishli meʼyoriy hujjatlari, taʼlim muassasasi Ustavi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va maktab Ustaviga muvofiq ish olib boruvchi vasiylar, ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari, ishbilarmon doiralar, jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalarning vakillari va homiylarni oʻz ichiga oluvchi jamoatchilik boshqaruvi organlari (vasiylik kengashlari) tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.4. Maktabda pedagogika kengashi tashkil etiladi, u pedagog xodimlar, ota-onalar, vasiylar, homiylarni birlashtiruvchi hamda oʻquv-tarbiya jarayoni tashkil etilishi va uning takomillashuviga koʻmaklashuvchi kollegial organ hisoblanadi. Pedogogika kengashi funksiyasi maktab Ustavi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.5. Mulkchilik shakllaridan va boʻysunishidan qatʼi nazar, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiya qilish Davlat test markazi huzuridagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.6. Davlatga qarashli boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi u davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.7. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi attestatsiya natijalariga koʻra davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mablagʻ bilan taʼminlash va moddiy-texnika taʼminoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va maktab Ustavi bilan taqiqlanmagan shartnomalarni bajarishdan va boshqa xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan mablagʻlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ehsonlari va maqsadli badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining moddiy-texnika taʼminoti va kadrlar bilan taʼminlanishi belgilangan normativlarga muvofiq ehtiyojlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xalqaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlimning boshqarish organlari va ularning taʼlim muassasalari xalqaro hamkorlikni pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning tajriba oʻrganishi va malaka oshirishi, progressiv xalqaro jamgʻarmalar va tashkilotlarning grantlarini olish sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.