1-ILOVA
T/r | Hududlar nomi | Foydalanishga kiritiladigan yer uchastkalari | Biriktirilgan masʼullar |
| |||
Jami (gektar) | Oʻzlashtirish | Holatini tiklash | |||||
Respublika | Mahalliy |
| |||||
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 70 000 | 70 000 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Abduzuxurov), Suv xoʻjaligi vazirligi (R. Raximov) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
| |
2. | Andijon viloyati | 6 000 | 6 000 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Suv xoʻjaligi vazirligi (U. Sheraliyev) | Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmonov) |
| |
3. | Buxoro viloyati | 78 931 | 8 931 | 70 000 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Q. Yuldashev), Suv xoʻjaligi vazirligi (R. Qarshiyev) | Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov) |
|
4. | Jizzax viloyati | 35 578 | 25 578 | 10 000 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Abduzuxurov), Suv xoʻjaligi vazirligi (M. Karimov) | Jizzax viloyati hokimligi (U. Mustafoyev) |
|
5. | Qashqadaryo viloyati | 269 372 | 209 372 | 60 000 | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Z. Ishpoʻlatov) | Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) |
|
6. | Navoiy viloyati | 358 087 | 8 087 | 350 000 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Q. Yuldashev), Suv xoʻjaligi vazirligi (R. Qarshiyev) | Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov) |
|
7. | Namangan viloyati | 555 | 555 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Shukurov), Suv xoʻjaligi vazirligi (U. Sheraliyev) | Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazzoqov) |
| |
8. | Samarqand viloyati | 46 752 | 16 752 | 30 000 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Q. Yuldashev), Suv xoʻjaligi vazirligi (R. Qarshiyev) | Samarqand viloyati hokimligi (A. Boboyev) |
|
9. | Surxondaryo viloyati | 54 560 | 24 560 | 30 000 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) | Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) |
|
10. | Sirdaryo viloyati | 1 653 | 1 653 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Q. Yuldashev), Suv xoʻjaligi vazirligi (M. Karimov) | Sirdaryo viloyati hokimligi (E. Turdimov) |
| |
11. | Toshkent viloyati | 10 622 | 10 622 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Shukurov), Suv xoʻjaligi vazirligi (M. Karimov) | Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) |
| |
12. | Fargʻona viloyati | 6 004 | 6 004 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Shukurov), Suv xoʻjaligi vazirligi (U. Sheraliyev) | Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov) |
| |
Jami | 938 114 | 318 114 | 620 000 | * * * |
| ||
2-ILOVA
gektar | |||||||||||||||||||
T/r | Hududlar nomi | Foydalanishga kiritiladigan yerlar | shundan yillar kesimida | ||||||||||||||||
2026-yil | 2027-yil | 2028-yil | 2029-yil | 2030-yil | |||||||||||||||
Jami | Oʻzlashtirish hisobiga | Holatini tiklash hisobiga | Jami | Oʻzlashtirish hisobiga | Holatini tiklash hisobiga | Jami | Oʻzlashtirish hisobiga | Holatini tiklash hisobiga | Jami | Oʻzlashtirish hisobiga | Holatini tiklash hisobiga | Jami | Oʻzlashtirish hisobiga | Holatini tiklash hisobiga | Jami | Oʻzlashtirish hisobiga | Holatini tiklash hisobiga | ||
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 70 000 | 70 000 | 8 400 | 8400 | 12 600 | 12600 | 15 400 | 15400 | 17 500 | 17500 | 16 100 | 16100 | ||||||
2. | Andijon viloyati | 6 000 | 6 000 | 1 217 | 1 217 | 1 300 | 1 300 | 1 100 | 1 100 | 1 083 | 1 083 | 1 300 | 1 300 | ||||||
3. | Buxoro viloyati | 78 931 | 8 931 | 70 000 | 13 700 | 5 300 | 8 400 | 13 700 | 1 100 | 12 600 | 16 531 | 1 131 | 15 400 | 18 300 | 800 | 17 500 | 16 700 | 600 | 16 100 |
4. | Jizzax viloyati | 35 578 | 25 578 | 10 000 | 25 040 | 23 840 | 1 200 | 3 538 | 1 738 | 1 800 | 2 200 | 2 200 | 2 500 | 2 500 | 2 300 | 2 300 | |||
5. | Qashqadaryo viloyati | 269 372 | 209 372 | 60 000 | 28 673 | 21 473 | 7 200 | 58 800 | 48 000 | 10 800 | 60 312 | 47 112 | 13 200 | 60 980 | 45 980 | 15 000 | 60 607 | 46 807 | 13 800 |
6. | Navoiy viloyati | 358 087 | 8 087 | 350 000 | 50 087 | 8 087 | 42 000 | 63 000 | 63 000 | 77 000 | 77 000 | 87 500 | 87 500 | 80 500 | 80 500 | ||||
7. | Namangan viloyati | 555 | 555 | 555 | 555 | ||||||||||||||
8. | Samarqand viloyati | 46 752 | 16 752 | 30 000 | 20 352 | 16 752 | 3 600 | 5 400 | 5 400 | 6 600 | 6 600 | 7 500 | 7 500 | 6 900 | 6 900 | ||||
9. | Surxondaryo viloyati | 54 560 | 24 560 | 30 000 | 11 203 | 7 603 | 3 600 | 9 800 | 4 400 | 5 400 | 10 900 | 4 300 | 6 600 | 11 700 | 4 200 | 7 500 | 10 957 | 4 057 | 6 900 |
10. | Sirdaryo viloyati | 1 653 | 1 653 | 1 653 | 1 653 | ||||||||||||||
11. | Toshkent viloyati | 10 622 | 10 622 | 10 622 | 10 622 | ||||||||||||||
12. | Fargʻona viloyati | 6 004 | 6 004 | 1 684 | 1 684 | 1 400 | 1 400 | 1 200 | 1 200 | 1 100 | 1 100 | 620 | 620 | ||||||
Jami | 938 114 | 318 114 | 620 000 | 173 186 | 98 786 | 74 400 | 169 538 | 57 938 | 111 600 | 191 243 | 54 843 | 136 400 | 208 163 | 53 163 | 155 000 | 195 984 | 53 384 | 142 600 | |
2a-ILOVA
gektar | ||||
T/r | Hududlar nomi | Foydalanishga kiritiladigan yer maydoni | shundan, suv manbalari boʻyicha | |
Yer usti sugʻorish tizimi orqali | Yer osti suvlaridan foydalanish orqali | |||
1. | Buxoro viloyati | 931 | 931 |
|
2. | Jizzax viloyati | 4 469 | 588 | 3 881 |
3. | Qashqadaryo viloyati | 2 397 | 60 | 2 337 |
4. | Navoiy viloyati | 1 450 |
| 1 450 |
5. | Samarqand viloyati | 2 139 | 2 131 | 8 |
6. | Sirdaryo viloyati | 166 | 166 |
|
7. | Toshkent viloyati | 66 | 66 |
|
Jami | 11 617 | 3 941 | 7 677 | |
2b-ILOVA
T/r | Ilmiy-tadqiqot muassasalari | Oʻsimlik qoplamasi tiklanadigan yaylovlar | Shundan, yillar kesimida | ||
2026-yil | 2027-yil | 2028-yil | |||
Jami | 3 000 | 800 | 1 100 | 1 100 | |
1. | Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti | 400 | 100 | 150 | 150 |
2. | Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi | 400 | 100 | 150 | 150 |
3. | Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti | 400 | 100 | 150 | 150 |
4. | Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti | 400 | 100 | 150 | 150 |
5. | “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti | 300 | 100 | 100 | 100 |
6. | Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti | 300 | 100 | 100 | 100 |
7. | Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti | 200 | 50 | 75 | 75 |
8. | Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti | 200 | 50 | 75 | 75 |
9. | Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi | 200 | 50 | 75 | 75 |
10. | Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti | 200 | 50 | 75 | 75 |
3-ILOVA
T/r | Hududlar nomi | Tumanlar nomi | Barpo etiladigan sanoatlashgan bogʻ va uzumzorlar maydoni, ga | Shundan, yillar kesimida | Shundan | |||
2026-yilda | 2027-yilda | 2028-yilda | bogʻ, ga | uzumzor, ga | ||||
1. | Andijon viloyati | Asaka, Qoʻrgʻontepa | 300 | 100 | 150 | 50 | 200 | 100 |
2. | Jizzax viloyati | Baxmal, Zarbdor, Forish, Gʻallaorol | 300 | 200 | 100 | 100 | 200 | |
3. | Qashqadaryo viloyati | Yakkabogʻ, Shahrisabz | 400 | 150 | 200 | 50 | 300 | 100 |
4. | Navoiy viloyati | Navbahor, Xatirchi, Qiziltepa | 300 | 95 | 205 | 130 | 170 | |
5. | Namangan viloyati | Pop, Toʻraqoʻrgʻon | 300 | 19 | 138 | 143 | 300 | |
6. | Samarqand viloyati | Bulungʻur | 463 | 100 | 363 | 463 | ||
7. | Surxondaryo viloyati | Oltinsoy | 327 | 127 | 200 | 50 | 277 | |
8. | Toshkent viloyati | Parkent | 443 | 443 | 443 | |||
9. | Fargʻona viloyati | Quva | 300 | 50 | 100 | 150 | 300 | |
Jami | 3 133 | 519 | 1 010 | 1 604 | 1 843 | 1 289 | ||
4-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, hududga biriktirilgan masʼullar | 1. Lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritish dasturini tasdiqlaydi. 2. Dasturdagi yer uchastkalari boʻyicha yer tuzish loyihasi va texnik iqtisodiy asos ishlab chiqish boʻyicha “E-ijara” AT orqali “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga buyurtma beradi. | Kelgusi yil uchun har yili oktabrda (2026-yil uchun may oyida) | |||
2-bosqich | “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti | 1. Buyurtmaga muvofiq yer uchastkalari boʻyicha yer tuzish loyihasi va texnik iqtisodiy asos loyihasini ishlab chiqadi. 2. Yer tuzish loyihasi va texnik iqtisodiy asos loyihasini kelishish uchun “E-ijara” AT orqali Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga yuboradi. Bunda qoʻshimcha ravishda quyidagilar bilan kelishiladi: irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini bajarish orqali foydalanishga kiritish boʻyicha — Suv xoʻjaligi vazirligi; yer osti suvlaridan foydalanish hisobiga foydalanishga kiritish boʻyicha — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi; yer tekislash va agrotexnik tadbirlarni bajarish orqali foydalanishga kiritish boʻyicha — Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi | 10 ish kunida | |||
3-bosqich | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, vakolat doirasida: Suv xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi | Yer tuzish loyihasi va texnik-iqtisodiy asosni “E-ijara” AT orqali kelishadi. Bunda: irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash tadbirlari Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi; yer osti suvlariga tik quduqlar burgʻilash ishlari Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan, nasos agregatlarini oʻrnatish ishlari Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi; yer uchastkalarini tekislash, ekin ekishga tayyorlash, ekish va agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi tomonidan belgilanadi; yer uchastkalariga biriktirilgan chorva mollari soni, oʻsimlik qoplamasi miqdori kabi koʻrsatkichlar inobatga olinadi. | 5 ish kunida | |||
4-bosqich | “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti | Yer tuzish loyihasi va texnik-iqtisodiy asosni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda hududga biriktirilgan masʼullarga “E-ijara” AT orqali tasdiqlash uchun yuboradi. | 3 ish kunida | |||
5-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, hududga biriktirilgan masʼullar | 1. Yer tuzish loyihasi va texnik-iqtisodiy asosni “E-ijara” AT orqali tasdiqlaydi. 2. Ushbu yer uchastkasini yer tuzish loyihasi va texnik-iqtisodiy asos bilan birga elektron onlayn auksion savdolariga chiqarishni tashkil qiladi. | 5 ish kunida | |||
6-bosqich | “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ | 1. Ishtirokchilar uchun “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion savdoni tashkil etadi. 2. Elektron onlayn auksion savdo gʻolibini eʼlon qiladi, bayonnoma rasmiylashtiradi va bu haqda gʻolibga xabarnoma yuboradi. | Belgilangan muddatlarda | |||
7-bosqich | Elektron onlayn auksion savdo gʻolibi va ijaraga beruvchi | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini “E-ijara” AT orqali tasdiqlaydi. | 10 ish kunida | |||
8-bosqich | Kadastr agentligi | 1. Elektron onlayn auksion savdo gʻolibining yer uchastkasiga kadastr pasportini rasmiylashtiradi. | 5 ish kunida | |||
2. Elektron onlayn auksion savdo gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi. 3. Reyestrdan koʻchirmani “E-ijara” AT orqali “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga yuboradi. | 10 kunda | |||||
9-bosqich | “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari | 1. Reyestrdan koʻchirmani elektron onlayn auksion savdo gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboradi. 2. Elektron onlayn auksion savdo gʻolibiga yer uchastkasi chegarasini koʻrsatib beradi va bu haqidagi maʼlumotni “E-ijara” ATga joylashtiradi. | Uch ish kunida | |||
10-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, hududga biriktirilgan masʼullar | 1. Yer uchastkalarida texnik-iqtisodiy asosda belgilangan vazifalar ijrosini oʻrganadi. Bunda: (a) yer uchastkasi foydalanishga kiritilganligi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi; (b) yer uchastkasi belgilangan muddatda foydalanishga kiritilmaganda yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni bekor qilish va uni keyinchalik qayta auksion savdolariga chiqarish choralari koʻriladi. | Belgilangan muddatlarda | |||
TIAni ishlab chiqishda ishtirok etgan masʼul tashkilotlar | 2. TIAda belgilangan chora-tadbirlarni bajarish lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritishga olib kelmaganda tashabbuskorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi va u tomonidan qilingan xarajatlar qoplab beriladi. |
5-ILOVA
T/r | Qoʻllab-quvvatlash turi | Miqdori |
I. Imtiyozli kredit | ||
1. | “Agrobank” ATB tomonidan yer uchastkalarini foydalanishga kiritish ishlarini moliyalashtirish uchun 10 yil muddatga 4 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada milliy valyutada kreditlar ajratish. | Har bir gektarga 20 million soʻmgacha |
2. | “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ tomonidan “Agrobank” ATBning yer uchastkalarini foydalanishga kiritish ishlarini moliyalashtirishga ajratiladigan kreditlari boʻyicha kafillik taqdim etish. | Taʼminotning 20 foizdan ortiq qismiga |
3. | “Agrobank” ATBning xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan yer uchastkalarini foydalanishga kiritish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya taqdim etish. | Milliy valyutada 14 foizdan yuqori, biroq 27 foizlik punktdan oshmagan miqdorda, xorijiy valyutada 8 foizdan yuqori, biroq 12 foizlik punktdan oshmagan miqdorda |
II. Subsidiyalar | ||
i | Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash | |
1. | Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq BHMning 50 barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratish. | BHMning 50 barobari |
ii | Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash | |
2. | Dukkakli, moyli, ozuqabop va dorivor ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | 2,5 mln soʻm (gektar) |
3. | Kartoshka, sabzavot, koʻkatlar va karam yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | 8 mln soʻm (gektar) |
4. | Poliz ekinlari yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | 1,3 mln soʻm (gektar) |
5. | Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda suv tejamkor texnologiyani joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | 8 mln soʻm (gektar) |
iii | Suv inshootlarini qurish xarajatlarining bir qismini qoplash | |
6. | Lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sugʻorish tik quduqlarini burgʻilash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish. | 100 ming (1 metr un) |
7. | Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda burgʻilangan quduq qazish va suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasi qurish xarajatlarining bir qismini qoplash. | 120 mln soʻm |
8. | Dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burgʻilanadigan quduq qazish maqsadida nasos stansiyasini qurish xarajatlarining bir qismini qoplash. | 120 mln soʻm |
9. | Yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga moliyaviy yordam berish. | 120 mln soʻm |
iv | Paxta va boshoqli don, kartoshka, meva va uzum ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash | |
10. | Boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash. | 100 mln soʻm |
11. | Boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash. | 30 mln soʻm |
12. | Kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan yer maydonlarini sugʻorishda foydalaniladigan nasos agregatlarini ishlatishda quyosh panellarini oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplash. | 50 mln soʻm 100 mln soʻm |
v | Mevali va tok koʻchatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash | |
13. | Dala chetlari va kanallar atrofidagi maydonlarga ekish xarajatlarining bir qismini qoplash. | bir koʻchatga 25 ming soʻm |
vi | Qoraqalpogʻiston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi hamda Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlarining bir qismini qoplash | |
14. | Qoraqalpogʻiston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish. | 1 mln soʻm (gektar) |
15. | Xorazm viloyatining sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari hamda sholi ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunasi uchun subsidiya ajratish. | 1 mln soʻm (gektar) |
vii | Qishloq xoʻjaligi texnikasi, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari, quyosh panellari hamda qishloq xoʻjaligi texnikasiga avtopilot uskunasini xarid qilishda kredit va lizing foizlarining bir qismini qoplash | |
16. | Agrobank tomonidan suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun ajratiladigan tijorat krediti foiz xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish. | Tijorat kreditining 14 foizdan oshgan qismi |
17. | Qishloq xoʻjaligi korxonalari, shu jumladan, chorvachilik xoʻjaliklari, fermer va dehqon xoʻjaliklarini sugʻorish uchun foydalaniladigan nasos agregatlarini muqobil energiya bilan taʼminlash maqsadida quyosh panellarini oʻrnatish uchun tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratilgan yoki kelgusida ajratiladigan tijorat kreditlarining bir qismini subsidiya sifatida qoplash. | Tijorat kreditining 14 foiz punktidan yuqori, biroq 10 foiz punktidan oshmagan qismi |
III. Soliq imtiyozlari | ||
1. | Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda suv soligʻi stavkasiga kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllash. | 0,5 |
2. | Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda suv soligʻi stavkasiga kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllash. | 0,7 |
3. | Yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yer uchastkalari (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qatʼi nazar) uchun besh yil muddatga kamaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash. | Soliq stavkasining 50 foizi |
6-ILOVA
T/r | Hududlar nomi | Texnika soni |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 4 |
2. | Andijon viloyati | 1 |
3. | Buxoro viloyati | 5 |
4. | Jizzax viloyati | 4 |
5. | Qashqadaryo viloyati* | 15 |
6. | Navoiy viloyati | 4 |
7. | Namangan viloyati | 1 |
8. | Samarqand viloyati | 5 |
9. | Surxondaryo viloyati | 5 |
10. | Sirdaryo viloyati | 1 |
11. | Toshkent viloyati | 2 |
12. | Fargʻona viloyati | 1 |
13. | Xorazm viloyati | 1 |
Jami | 49 |
7-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Masʼul ijrochilar |
1. | Togʻ va togʻoldi hududlarda yangidan foydalanishga kiritiladigan yerlarda tuproq boniteti, unumdorlik darajasi, kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash boʻyicha kompleks tuproq-agrokimyoviy tadqiqotlarni bosqichma-bosqich tashkil etish. | 1. Tadqiqot obyekti boʻlgan hududlarni tanlash va ularning geografik hamda tabiiy xususiyatlarini oʻrganish. 2. Tuproq namunalarini olish, tahlil uchun laboratoriya sharoitida kimyoviy va fizik tahlillarni bosqichma-bosqich amalga oshirish. 3. Tuproq unumdorligini baholash, bonitet ballarini aniqlash va agrokimyoviy xaritalarni tuzish. 4. Hudud boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish — qishloq xoʻjaligi ekinlari va koʻp yillik daraxtzorlar uchun eng mos tuproq tiplarini belgilash. | 2027 — 2030-yillar | Hisob-kitoblar asosida mazkur sohaga ajratilgan mablagʻlar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti |
2. | Togʻ va togʻoldi hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, relyef va suv bilan taʼminlanganlik darajasiga koʻra yongʻoqzorlar, shifobaxsh oʻsimliklar hamda boshqa koʻp yillik ekinlar uchun eng maqbul maydonlarni xaritalash. | 1. Togʻ va togʻoldi hududlarning iqlim sharoiti, relyefi xususiyatlari va suv manbalari bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish. 2. Geoaxborot tizimi (GIS) asosida ularning xaritasini tuzish. 3. Xaritalarda belgilangan yer uchastkalarining tuproq-iqlim sharoitiga mos yongʻoq mevali va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar turlarini joylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va mahalliy hokimliklarga taqdim etish. | 2026-yil iyul | Ijrochilarning mablagʻlari | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
3. | Sunʼiy suv omborlari tagidagi tuproqlarni (loyqa va choʻkmalar) ekin maydonlarida qoʻllash samaradorligini oʻrganish. | 1. Sunʼiy suv omborlari tagidagi tuproqlarni ekin maydonlarida qoʻllashning unumdorlik va hosildorlikka taʼsirini oʻrganishga qaratilgan maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihasi tanlovini eʼlon qilish va moliyalashtirish tadbirlarini amalga oshirish. | 2026-yil sentabr | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Mazkur yoʻnalishdagi maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihasi belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlash. | 2026 — 2028-yillar | ||||
3. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihasi natijalariga muvofiq tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish uchun sunʼiy suv omborlari tagidagi tuproqlardan foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan yechimlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2028-yil dekabr | ||||
4. | Yongʻoqchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari uchun davlat grantlarini joriy etish (ilmiy laboratoriyalar, amaliy sinovlar, hosildorlikni modellashtirish va boshqalar). | 1. Yongʻoqchilik sohasidagi ilmiy loyihalarni, shu jumladan, seleksiya va agrotexnologiyalar boʻyicha tadqiqotlar uchun maqsadli grantlarni qoʻllab-quvvatlash davlat dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida fundamental va amaliy ishlarni amalga oshirish uchun ixtisoslashtirilgan tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish. 3. Hosildorlikni prognoz qilish va ekinlarni iqlim oʻzgarishiga moslashtirish uchun agronomlar, biotexnologlar va iqlimshunoslarni birlashtirgan fanlararo loyihalarni qoʻllab-quvvatlash. 4. Loyihalarni tanlov asosida tanlab olish va keyinchalik davlat mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini monitoring qilish tizimini joriy etish. | Doimiy | Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
5. | Biotexnologiyalar, in vitro (mikroklonal koʻpaytirish) usullarini joriy etish, shuningdek, ekish materiallarining mahsuldorligi va barqarorligini oshirish. | 1. Biotexnologik usullarni (in vitro, mikroklonal koʻpaytirish va h.q.) joriy etish. 2. Zamonaviy koʻpaytirish va seleksiya usullari boʻyicha mutaxassislar uchun taʼlim dasturlari va amaliyotlarni tashkil etish. 3. Yongʻoq ekinlarining shoʻrlanish va iqlim stresslariga chidamli yangi navlarini yaratish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha tajriba loyihalarini qoʻllab-quvvatlash. 4. Biotexnologiyalar sohasida davlat institutlari, xususiy kompaniyalar va xalqaro tadqiqot markazlari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish. 5. Maslahat berish, sertifikatlash va kadrlarni oʻqitish funksiyalariga ega biotexnologik urugʻchilik boʻyicha kompetensiyalar markazini tashkil etish. | 2026 — 2028-yillar | Ijrochilarning mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
6. | Qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining togʻ va togʻoldi hududlari sharoitiga moslashgan yongʻoq va boshqa koʻp yillik ekinlarni yuqori sifatli ekish materiallari bilan taʼminlash. | 1. Sertifikatlangan koʻchat va payvandtaglar ishlab chiqarish boʻyicha mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni tashkil etish choralarini koʻrish. 2. Sifatni avtomatlashtirilgan nazorat qilish va ekish materialining kelib chiqishini kuzatish tizimlarini joriy etish. 3. Ekish materiallarini vaqtincha saqlash va tarqatish uchun logistika xablari va sovutish quvvatlarini yaratish. 4. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali ishlab chiqarishga investitsiyalarni jalb qilish. | 2026 — 2028-yillar | Ijrochilarning mablagʻlari | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
7. | Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini ekish materiallari bilan taʼminlash maqsadida yongʻoqchilikni rivojlantirish dasturi amalga oshirilayotgan togʻli va togʻoldi hududlardagi oʻrmon xoʻjaliklari yerlarida mintaqaviy koʻchatxonalar tarmogʻini rivojlantirish. | 1. Tuproq-iqlim sharoitlari va yongʻoq ekinlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda koʻchatzorlarni zonalashtirishning yagona sxemasini shakllantirish. 2. Pitomniklarni ekologik barqarorlik talablariga javob beradigan zamonaviy uskunalar va sugʻorish tizimi bilan taʼminlash. 3. Kichik va oʻrta koʻchatzorlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini, shu jumladan, imtiyozli kreditlash va maslahat yordami koʻrsatish tartibini ishlab chiqish. | 2026-yil dekabr | Ijrochilarning mablagʻlari | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
8. | Ekish materialining yuqori sifati hamda davlat va xalqaro talablarga muvofiqligini taʼminlash uchun uni sertifikatlash va standartlashtirish tizimini joriy etish. | 1. Xalqaro amaliyotlar (OECD, FAO va boshqalar) asosida yongʻoq ekinlari ekish materiallari sifatining milliy standartini ishlab chiqish. 2. Sertifikatlashtirish va fitosanitariya nazorati boʻyicha mustaqil akkreditatsiyadan oʻtgan markazlarni tashkil etish va mavjudlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash. 3. Sertifikatlangan ekish materiallari ishlab chiqaruvchilarning elektron reyestrini joriy etish. | 2027-yil may | Ijrochilarning mablagʻlari | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
9. | Koʻp yillik ekinlarni yetishtirish va parvarish qilish masalalarida fermer va dehqon xoʻjaliklarini texnik va uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash. | 1. Yongʻoqzorlar barpo etish va ularni parvarish qilish masalalari boʻyicha maslahat markazlari tarmogʻini tashkil etish. 2. Tajriba xoʻjaliklari bazasida oʻquv seminarlari, dala maktablari va koʻrgazmalarni muntazam oʻtkazib borish. 3. Yongʻoqchilikning ilgʻor texnologiyalari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash va tarqatish. | 2026-2027-yillar | Ijrochilarning mablagʻlari | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
10. | 3 gektargacha boʻlgan yer uchastkalarini yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan dehqon xoʻjaliklariga ijaraga berish. | 1. Yongʻoq va boshqa anʼanaviy koʻp yillik daraxtlarni yetishtirish uchun 3 gektargacha boʻlgan yer uchastkalarini yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xoʻjaligiga ijaraga berishni tashkil qilish. 2. Dehqon xoʻjaliklarining egalari uchastkadan faqat yerning maqsadli vazifasi nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun foydalanishi hamda barcha talablarga (agrotexnik tadbirlar, ijara haqini toʻlash va h.q.) amal qilishini nazarda tutish. 3. Yer uchastkalarini biriktirish mexanizmini amalga oshirish va tartib-taomillarni (buyurtmanoma berish, tanlash, shartnoma tuzish, roʻyxatdan oʻtkazish, monitoring qilish) “E-ijara” axborot tizimiga integratsiya qilish, foydalanuvchilarga oʻz shartnomalari va kadastr maʼlumotlarini elektron tarzda olish imkoniyatini berish. | 2026-yil dekabr | Ijrochilarning mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Kadastr agentligi |
11. | Noqulay iqlim sharoitlariga chidamlilikni oshirishga qaratilgan agrotexnik usullarni qoʻllash. | 1. Ekstremal ob-havo sharoitlari taʼsirini kamaytirish uchun tuproqni mulchalash, oʻsimliklarning moslashgan navlarini ekish, shamol va qordan himoya qiluvchi usullarni joriy etish. 2. Oʻsimliklarning qurgʻoqchilik, sovuq, kuchli shamol va boshqa noqulay omillarga qarshi immunitetini mustahkamlashga qaratilgan mavsumiy agrotexnik tadbirlarni, jumladan, qoʻshimcha oziqlantirish, kesish va tuproqqa ishlov berish tadbirlarini ishlab chiqish va tavsiya etish. 3. Seminarlar, amaliy mashgʻulotlar va masofaviy taʼlim platformalari orqali mahalliy fermer va dehqonlarga zamonaviy agrotexnika usullarini oʻrgatish. 4. Har bir mintaqaning iqlim sharoitlariga qarab agrotexnika usullarining samaradorligini baholash va usullarni oʻzgartirish maqsadida ularning joriy etilishini monitoring qilish. | 2026-2027-yillar | Ijrochilarning mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
12. | Tuproq eroziyasiga qarshi kurashish va tuproq strukturasini yaxshilash tadbirlarini oʻtkazish. | 1. Togʻ va togʻoldi hududlarida tuproqning unumdor qatlamini suv yuvib ketishining oldini olish uchun yonbagʻirlarni terrasalashni rejalashtirish va amalga oshirish. 2. Tuproqni barqarorlashtirish va uning unumdorligini oshirish uchun agrooʻrmonmeliorativ ekinlarni, shu jumladan, shamol va suvdan himoyalovchi polosalarni, daraxtzor va butazorlarni tashkil etish. 3. Tuproq strukturasini yaxshilash va uning nam sigʻimini oshirish uchun organik oʻgʻitlash, koʻkat oʻgʻitlash va kompostlash usullaridan foydalanish. 4. Agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida toʻgʻrilash maqsadida tuproq holatini muntazam kuzatib borish, shu jumladan, namlik, struktura va eroziyaga chidamlilikni nazorat qilish. 5. Fermer va dehqonlarga tuproqni muhofaza qilish va barqaror xoʻjalik yuritishning samarali usullarini, shu jumladan, yerlarning holatini tahlil qilishning zamonaviy texnologik vositalaridan foydalanishni oʻrgatish. | 2026-yil davomida | Ijrochilarning mablagʻlari | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti |
13. | Markaziy Osiyo tuproqlari namunalarini toʻplash va ular haqidagi maʼlumotlarni shakllantirish. | Markaziy Osiyo tuproqlari muzeyi va maʼlumot markazini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil oktabr | Ijrochilarning mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
14. | Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishning ekologik xavfsiz vositalaridan foydalanish. | 1. Ekologik barqarorlikni saqlash uchun kimyoviy pestitsidlar va insektitsidlardan foydalanishni minimallashtirgan holda oʻsimliklarni himoya qilishning biologik va integratsiyalashgan usullarini qoʻllash. 2. Mahalliy fermerlar, dehqonlar va bogʻbonlar oʻrtasida sertifikatlangan xavfsiz himoya vositalarini yetkazib berish va tarqatishni tashkil etish. 3. Texnologik vositalar, shu jumladan mobil ilovalar, sensorlar va dronlardan foydalangan holda oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklariga zamonaviy tashxis qoʻyish usullari boʻyicha fermerlarni oʻqitish va maslahat berish. 4. Oʻz vaqtida chora koʻrish va himoya tadbirlarini rejalashtirish uchun “E-ijara” axborot tizimi bilan integratsiyalashgan oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklari monitoringi tizimlarini joriy etish. 5. Oʻsimliklarni himoya qilishning biologik, mexanik va agrotexnik usullarini ularning samaradorligi va daraxtzorlarning barqarorligini oshirish uchun birgalikda qoʻllash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 2026-yil dekabr | Ijrochilarning mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi |
15. | Fermerlar uchun muntazam oʻquv dasturlari tizimini tashkil etish (vebinarlar, koʻchma seminarlar, agrar kollejlar huzuridagi “yongʻoqchilik maktablari”). | 1. Mavsumiy agrotexnik ishlar va hududlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda fermer va dehqonlarni oʻqitishning yillik rejasini ishlab chiqish. 2. Koʻp yillik daraxtlarni ekish, parvarishlash va himoya qilishning zamonaviy usullarini namoyish etish uchun masofaviy vebinarlar va onlayn kurslar, shuningdek, sayyor amaliy seminarlar oʻtkazish. 3. Agrar kollejlar va oʻquv markazlari qoshida “yongʻoqchilik maktablari”ni tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, oʻquv uchastkalarida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish orqali dehqonlarning malakasini tizimli ravishda oshirish. | 2026-yil avgust | Ijrochilarning mablagʻlari | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
16. | Oʻzbekiston hududlariga moslashtirilgan holda yongʻoq ekinlari agrotexnikasi milliy maʼlumotnomasini tayyorlash. | 1. Mamlakatning turli mintaqalarining iqlim va tuproq sharoitlarini hisobga olgan holda yongʻoq va boshqa koʻp yillik ekinlarni yetishtirishning agrotexnik usullari batafsil bayon etilgan maʼlumotnomani ishlab chiqish. 2. Maʼlumotnoma chop etilishi, fermerlar, dehqonlar va agrar muassasalar xodimlari oʻrtasida bepul tarqatilishini taʼminlash. 3. Ilmiy tadqiqotlar, yangi texnologiyalarni joriy etish va mahalliy xoʻjaliklarning amaliy tajribasini hisobga olgan holda maʼlumotnomani har 3-5 yilda yangilab turish. | 2026-yil sentabr | Ijrochilarning mablagʻlari | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
17. | Uyushmalar yoki klasterlarning buyurtmanomalari boʻyicha fermerlarni oʻqitish va texnologiyalar transferi uchun xorijiy maslahatchilarni jalb qilish. | 1. Yongʻoqchilik va koʻp yillik daraxtlar agrotexnikasi sohasida xalqaro ekspertlar va konsultantlar bilan hamkorlik reglamentini ishlab chiqish. 2. Mahalliy fermerlarga ilgʻor tajriba va yangi texnologiyalarni yetkazish uchun xorijiy mutaxassislar bilan qoʻshma sayyor seminarlar va amaliy mashgʻulotlar tashkil etish. 3. Bilimlar va texnologiyalarning tizimli transferini taʼminlash, shu jumladan, uslubiy materiallar va tavsiyalar tayyorlash. 4. Xorijiy mutaxassislar hamda intensiv bogʻdorchilikda katta tajribaga ega mahalliy agro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda mahsuldorlikni oshirish va yangi bogʻlar barpo qilish. | 2026-yil sentabr | Ijrochilarning mablagʻlari | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
18. | Yongʻoq va boshqa koʻp yillik ekinlarni dastlabki va chuqur qayta ishlash (quritish, kalibrlash, tozalash, presslash, yogʻ, pasta, un, konsentratlar va boshqalarni ishlab chiqarish) boʻyicha zamonaviy korxonalarni ishga tushirish uchun shart-sharoitlar yaratish. | 1. Yongʻoq va koʻp yillik mevali ekinlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalarni tashkil etish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish. 2. Quritish, tozalash, kalibrlash, presslash va boshqa qayta ishlash jarayonlari uchun texnologik uskunalarni olib kirish va oʻrnatishni ragʻbatlantirish. 3. Korxonalarni sertifikatlash, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish va ichki bozordagi raqobatbardoshlikni oshirish boʻyicha choralar koʻrish. | 2026-yil iyul | Ijrochilarning mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yongʻoq yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
19. | Mahsulotlarni saqlash, tashish va qadoqlash infratuzilmasini rivojlantirish. | 1. Sovutkichli omborxona va saqlash majmualarini barpo etish boʻyicha biznes-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash. 2. Mahsulotlarni qadoqlash, sortlash va saqlash uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. 3. Tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish uchun logistika yoʻnalishlarini zarur jihozlar va texnika vositalari bilan taʼminlash. 4. Saqlash va tashish jarayonlarida sifat va xavfsizlik standartlariga rioya etilishini taʼminlash. | 2026-yil davomida | Ijrochilarning mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, Yongʻoq yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
20. | Togʻ va togʻoldi, qir-adir hamda choʻl mintaqalarida lalmi-yaylov yerlarda tutzorlar barpo qilish orqali ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash. | 1. Togʻ va togʻoldi, qir-adir hamda choʻl mintaqalaridagi lalmi va yaylov yer uchastkalarida tutzorlar barpo etish imkoniyatini oʻrganish. 2. Tutzorlar barpo qilish uchun aholi xonadonlariga yaqin hududlardan yer maydonlarini tavsiya etish va manzilli roʻyxatini tasdiqlash. 3. Tutzorlar barpo etish uchun loyihalarning hudud tuproq-iqlim sharoitlariga mos texnik shartlarni ishlab chiqish va loyiha tashabbuskorlariga taqdim etish. 4. Ajratilgan yer uchastkalarida mexanizatsiyalashgan tutzorlarni tashkil etishga ustuvorlik berish, barg hosili yuqori tut navlarini ekin va sugʻorish quduqlarini burgʻilash hamda ishga tushirish. | 2026-yil davomida | Ijrochilarning mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi |
21. | Togʻ va togʻoldi, qir-adir hamda choʻl mintaqalarida lalmi-yaylov yerlarda bogʻ va uzumzorlar barpo etish imkoniyatlarini oʻrganish. | 1. Togʻ va togʻoldi, qir-adir hamda choʻl mintaqalarida lalmi-yaylov yerlarda bogʻ va uzumzorlar barpo etish boʻyicha tavsiya etilgan maydonlarni oʻrganib chiqish. Bunda rezavor mevali (malina, golubika, maymunjon, qoragʻat va qulupnay) bogʻlarni barpo etishga mos yerlarni tanlab olishga alohida eʼtibor qaratish. 2. Ushbu yerlarda bogʻ va uzumzor barpo etish hamda ularning koʻchatchiligini yoʻlga qoʻyish uchun loyihalarning hudud tuproq-iqlim sharoitlariga mos texnik shartlarini ishlab chiqish va loyiha tashabbuskorlariga taqdim etish. | 2026-yil iyun | Ijrochilarning mablagʻlari | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
22. | Baliqchilik xoʻjaliklari, ochiq koʻl va suv havzalarining yuzasida sholi yetishtirishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Suv yuzasida sholi yetishtirish tajribasi oʻtkaziladigan maydonlarni aniqlash va roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil may | Ijrochilarning mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
2. Tanlab olingan maydonda suv yuzasida sholi yetishtirish tajribasini sinovdan oʻtkazish. | 2026-yil iyun — oktabr | ||||
3. Tajriba natijalari asosida suv yuzasida sholi yetishtirishni boshqa hududlarga tatbiq etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2026-yil noyabr | ||||
4. Suv yuzasida sholi yetishtirish boʻyicha agrotexnik tadbirlarni olib borish boʻyicha ilmiy asoslangan qoʻllanma ishlab chiqish. | 2026-yil noyabr | ||||
23. | Uy sharoitida suyak xomashyosidan mineral (fosfor-kalsiyli) organik oʻgʻit tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Uy sharoitida suyak xomashyosidan mineral (fosfor-kalsiyli) organik oʻgʻit tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladigan xonadonlarning hududlar kesimida taqsimotini ishlab chiqish. | 2026-yil may | Ijrochilarning mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
2. Suyakdan organik oʻgʻit tayyorlash boʻyicha oʻquv qoʻllanma va videomateriallarni ishlab chiqib, tomorqa xoʻjaliklariga yetkazilishini taʼminlash hamda tomorqa xoʻjaliklarida amaliy dala seminarlarini tashkil etish. | 2026-yil iyun | ||||
3. Taqsimot asosida uy sharoitida suyak xomashyosidan mineral organik oʻgʻit tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil iyul | ||||
24. | Rezavor mevali ekinlarning abiotik omillarga chidamli navlarini yaratish. | 1. Rezavor mevali ekinlarning abiotik omillarga chidamli navlarini yaratish, yangi agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va ularning koʻchatini jadal koʻpaytirishga qaratilgan maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanloviga takliflar taqdim qilish. 2. Rezavor mevali ekinlar yetishtirish sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy va amaliy loyihalar ishlab chiqish boʻyicha soha olimlarini jalb qilgan holda uning yangi yuqori hosildor navlarini yaratish, ekish va ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash. 3. Ushbu qoʻllanmalar asosida agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash boʻyicha koʻrgazmali seminar va oʻquv kurslarini tashkil etish. | 2026-yil davomida | Ijrochilarning mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
25. | Respublika hududidagi shoʻrlangan va degradatsiyaga uchragan yer uchastkalarini oʻzlashtirish. | Respublika hududidagi shoʻrlangan va degradatsiyaga uchragan yer uchastkalarini bosqichma-bosqich oʻzlashtirish va qayta tiklash boʻyicha dasturni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil avgust | Ijrochilarning mablagʻlari | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
26. | Lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritish ishlarini monitoring qilish. | 1. Lalmi va yaylov yer uchastkalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ular tasdiqlangandan keyin 3 kun ichida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga taqdim etish. | Doimiy | Ijrochilarning mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
2. Lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritish ishlari texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq amalga oshirilayotganligi yuzasidan kosmik monitoring oʻtkazish va natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumot kiritish. | Har chorak | Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi |
8-ILOVA