ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Amalga oshirish shakli | Masʼul ijrochilar |
1. | Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatishda tibbiyot tashkilotlari uchun litsenziyalash va sifat nazoratini amalga oshirishning yagona talablarini oʻrnatish. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: tibbiyot tashkilotlarining tibbiy faoliyatini nazorat qilish, huquqbuzarlik xavfi darajasini baholash, “sirli mijoz” va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish; litsenziya talablarini qayta koʻrib chiqish, davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yagona talab va shartlarni joriy etish. | 2026-yil iyun | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi, Adliya vazirligi |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil iyul | ||||
3. Tibbiyot sohasining rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda litsenziyalanadigan tibbiy faoliyatning kichik turlarini qayta koʻrib chiqib, yangilangan roʻyxatni hamda har bir faoliyatning kichik turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, tibbiy texnikaga boʻlgan eng kam talablar roʻyxatini tasdiqlash. Bunda tibbiy ixtisosliklar turlari 255 taga yetkazilishini nazarda tutish. | 2026-yil oktabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi | |||
2. | Tibbiy faoliyat uchun litsenziya berish bilan bogʻliq tartib-taomillarni takomillashtirish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan litsenziyalash bilan bogʻliq funksiyalar amalga oshirilishini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil oktabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi |
3. | Hududlardagi davlat tibbiyot muassasalarini tibbiy faoliyat uchun litsenziya talab va shartlariga moslashtirish choralarini koʻrish. | 1. Hududlar va tuman (shahar)lar darajasidagi davlat tibbiyot muassasalarini ularning tibbiy faoliyat uchun litsenziya talab va shartlariga muvofiqligi boʻyicha xatlovdan oʻtkazish grafigini tasdiqlash va uning asosida har bir muassasa kesimida oʻrganishlar oʻtkazish. | 2027-yil aprel | Amaliy chora-tadbirlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2. Xatlov natijasiga asosan tibbiyot muassasalarini 2030-yil yakuniga qadar tuman (shahar) kesimida litsenziya talab va shartlariga moslashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda tibbiyot muassasalari faoliyatini litsenziyalash uchun talab etiladigan mablagʻlarni hisoblash, aniq moliyaviy manbalarni va masʼullarni belgilash. | 2027-yil iyun | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |||
4. | Tibbiyot tashkilotlarini bosqichma-bosqich milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 1. Statsionar davlat tibbiyot muassasalarini milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish hamda akkreditatsiya talablariga muvofiqligi boʻyicha xatlovdan oʻtkazish. | 2027-yil aprel | Amaliy chora-tadbirlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi |
2. Xatlov natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish orqali davlat tibbiyot muassasalarini, moliyaviy manbalarini inobatga olgan holda, 2035-yilga qadar bosqichma-bosqich milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2027-yil oktabr | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | |||
5. | Tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini, shuningdek, litsenziya talab va shartlariga amal qilinishini yagona elektron axborot tizimi orqali nazorat qilish. | 1. Tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini hamda litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini elektron axborot tizimi orqali nazorat qilish boʻyicha “Tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish. | 2026-yil noyabr | Amaliy chora-tadbirlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kadastr agentligi, Bojxona qoʻmitasi |
2. “Tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish” axborot tizimini: (a) barcha tibbiyot tashkilotlari axborot tizimlari hamda boshqa elektron platformalar bilan integratsiya qilish choralarini koʻrish; (b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz), Yagona taʼlim xizmatlari portali (my.edu.uz), Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz), Raqamli sogʻliqni saqlash platformasi (e-health.uz, dmed.e-health.uz), Davlat kadastrlari yagona tizimi (sap.kadastr.uz, davreyestr.kadastr.uz), “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi (singlewindow.uz), Muvofiqlikni baholash va sertifikatlashtirish boʻyicha yagona elektron reyestr (conformity.uz), Davlat xaridlari maxsus axborot portali (xarid.uzex.uz), Elektron tender platformasi (etender.uzex.uz) hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining axborot tizimiga (e-metrologiya.uz) integratsiya qilish. | 2026-yil dekabr | ||||
6. | Markaz tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish. | 1. Markaz faoliyatini jahon standartlariga muvofiqlashtirish, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb etish. | 2026-yil iyun | Amaliy chora-tadbirlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Markaz tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil avgust | ||||
7. | Markazning faoliyatini samarali tashkil etish. | 1. Markaz hamda uning hududiy filiallari faoliyatini zarur moddiy-texnika bazasi, shu jumladan, navbatchi avtotransport vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2026-yil iyul | Amaliy chora-tadbirlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi |
2. Markazning tuzilmasini, funksiya va vazifalarini, huquq va majburiyatlarini belgilash boʻyicha nizomni tasdiqlash. Bunda: (a) Markazda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha nazorat tizimini tashkil etishni nazarda tutish; (b) Markaz xodimlarini KPI asosida ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilash; (v) tibbiyot tashkilotlari faoliyatini monitoring qiluvchi xodimlar uchun munosib ish haqi toʻlovlarini belgilash koʻzda tutiladi. 3. Markaz va uning hududiy filiallarini malakali kadrlar bilan toʻldirish. | 2026-yil iyun | ||||
8. | Markazning hududiy filiallarini zarur joy bilan taʼminlash. | Markazning hududiy filiallarini joy bilan taʼminlash va ularni tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini koʻrish. | 2026-yil iyun | Amaliy chora-tadbirlar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
9. | Markazning Sogʻliqni saqlashda sifat boʻyicha xalqaro jamiyati (ISQua) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash. | 1. Markazni 2028-yil yakuniga qadar ISQua xalqaro tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. | 2026-yil iyul | Amaliy chora-tadbirlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi |
2. Markazini xalqaro ISQua tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 2026 — 2028-yillar | ||||
10. | Tibbiy faoliyatni litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiyot standartlari boʻyicha mustaqil ekspertlar maktabini yaratish. | Tibbiy faoliyatni litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiyot standartlari boʻyicha ekspertlar hamda mustaqil ekspertlarni tayyorlash tizimini yaratish. Bunda Markaz xodimlari va tibbiyot tashkilotlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlarini tayyorlash, tegishli oʻquv qurollari bilan taʼminlash orqali simulyatsion markazni tashkil etish nazarda tutiladi. | 2027-yil aprel | Amaliy chora-tadbirlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi |
11. | Tibbiy faoliyatni litsenziyalashda qoʻllanadigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini qayta koʻrib chiqish. | Tibbiy faoliyatni litsenziyalashda qoʻllanadigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini qayta koʻrib chiqish doirasida: (a) davolash-profilaktika tashkilotlarining yertoʻlalaridan ilgʻor xavfsizlik usullari va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda keng foydalanish imkonini beruvchi talablarni ishlab chiqish; (b) somatik va terapevtik yoʻnalishlarda bitta koʻrik xonasidan ikki yoki undan ortiq tibbiy ixtisosliklar doirasida oldindan tasdiqlangan grafik boʻyicha foydalanishga ruxsat berish. | 2026-yil dekabr | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi |
12. | Farmakologik va dori vositalari hamda tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qoʻyiladigan talab va shartlarni ishlab chiqish. | 1. Farmakologik va dori vositalari hamda tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibini qayta qoʻrib chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: (a) nodavlat tibbiyot tashkilotlariga farmakologik va dori vositalari hamda tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazishga ruxsat berish; (b) klinik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlarining klinik bazalarga qoʻyiladigan talab va shartlarni belgilash. | 2026-yil avgust | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi |
2. Klinik bazalar roʻyxatini shakllantirish. | Belgilangan muddatlarda | ||||
13. | Tibbiy faoliyatni litsenziyalashda qoʻllanadigan qoidalar, normalar va normativlarni takomillashtirish. | 1. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan yuritiladigan birlamchi tibbiy hujjatlarni tasdiqlash va Sogʻliqni saqlash vazirligiga statistika maʼlumotlarini taqdim etish tartibini ishlab chiqish. | 2026-yil oktabr | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi, Adliya vazirligi |
2. Tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasini takomillashtirish. Bunda kosmetologiya yoʻnalishidagi tibbiy xizmatlarni xalqaro tajriba asosida tartibga solish boʻyicha taklifni ishlab chiqish. | 2026-yil oktabr | ||||
3. Tibbiy ixtisoslashuvning litsenziyalanadigan turlari boʻyicha shifokorlar lavozimini egallashi mumkin boʻlgan tibbiy mutaxassisliklar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish va yangi tahrirda tasdiqlash. | 2026-yil dekabr | ||||
4. Tibbiy xizmatlar reyestrini ishlab chiqib, unda oliy tibbiy maʼlumotga hamda oʻrta tibbiy maʼlumotga ega xodimlar va tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan xodimlar tomonidan ularni qayta tayyorlash orqali amalga oshirilishi mumkin boʻlgan tibbiy xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash. | 2026-yil dekabr | ||||
14. | Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini joriy qilish doirasida oilaviy poliklinikalar bino-inshootlariga qoʻyiladigan talablarni qayta koʻrib chiqish. | 1. Oilaviy poliklinika bino-inshootlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida roʻyxatdan oʻtkazish. | 2026-yil iyul | Amaliy chora-tadbirlar | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2. Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida oilaviy poliklinika bino-inshootlarining namunaviy loyihalari asosida qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash ishlarini tashkil qilib borish. | 2027-yildan boshlab | ||||
15. | Sogʻliqni saqlash tizimidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazish. | 1. Sogʻliqni saqlash tizimidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazish reja-jadvalini hamda vazirlikdagi va idoralararo ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash. | 2026-yil may | Amaliy chora-tadbirlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi |
2. Sogʻliqni saqlash tizimidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini bosqichma-bosqich reja-jadvalga muvofiq xatlovdan oʻtkazib borish. | 2026-yil yakuniga qadar | ||||
3. Xatlov natijalarini bosqichma-bosqich tahlil qilib borish va tibbiyot muassasalarini tashkil etishni rejalashtirish tizimini isloh qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borish. | Reja-jadvalga muvofiq |