Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Milliy eksport qiluvchilarni sugʻurtalashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 477-sonli “Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, milliy eksport qiluvchilarni sarmoya, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlarida sugʻurtalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
toʻlovni kechiktirish shartlarida amalga oshirilayotgan hamda birinchi darajali banklarning toʻlov majburiyatlari bilan taʼminlanmagan eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish ilovaga muvofiq tartibga binoan amalga oshiriladi.
2. Toʻlov kechiktirilishini nazarda tutuvchi eksport kontraktlari boʻyicha siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qoplamasi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan eksport qiluvchilar va tijorat banklariga sugʻurta tashkilotlari tomonidan beriladi.
Eksport yuk tashishlarni sugʻurta qilish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va “Inmeterms” xalqaro qoidalariga muvofiq sugʻurta qilish huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 21-aprel,
167-son
Sarmoya, tovarlar va xizmatlarni eksport qiluvchilarga sugʻurta qoplamasi berish
TARTIBI
I. Umumiy qoidalar
Mazkur Tartib eksport kontraktlarini sugʻurta qilish, shuningdek sarmoya, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlarida davlatning va milliy eksport qiluvchilarning manfaatlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan himoya qilish maqsadida eksport kontraktlari boʻyicha tijorat banklarining kreditlariga sugʻurta qoplamasi berish tartibini belgilab beradi.
1. Sugʻurta qoplamasi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan eksport qiluvchilarga (keyingi oʻrinlarda “eksport qiluvchi” deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan tijorat banklariga faqat kelib chiqqan mamlakati Oʻzbekiston boʻlgan mahsulotlarni eksport qilish (lizing ham shu jumlaga kiradi) bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tijorat tashkilotlari hisoblangan va eksport kontraktlarini sugʻurta qilish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar sugʻurta tashkilotlari deb eʼtirof etiladi.
Moliya vazirligi polislardan vakolatli banklar tomonidan eksport-import operatsiyalariga xizmat koʻrsatishda foydalanish uchun siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sugʻurta qilishga polislar berishga vakil qilingan sugʻurtalovchilar roʻyxatini belgilaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Eksport kontraktlarini sugʻurta qilish tavakkalchiliklarning quyidagi guruhi qoplanishini taʼminlaydi:
Siyosiy tavakkalchiliklar — xorijiy hamkor mamlakatida uning tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlari bajarilishiga toʻliq yoki qisman toʻsqinlik qiluvchi siyosiy va makroiqtisodiy vaziyat noqulay oʻzgarishi bilan bogʻliq tavakkalchiliklar, ular eksport kontraktlari bajarilishi va investitsiya loyihalari amalga oshirilishi bilan bogʻliq tavakkalchiliklarga boʻlinadi.
Eksport kontraktlari bajarilishi bilan bogʻliq siyosiy tavakkalchiliklarga quyidagilar kiradi:
import yoki eksportga embargo joriy qilish;
xorijiy hamkor mamlakatidagi eʼlon qilingan yoki eʼlon qilinmagan urushlar, fuqarolar gʻalayonlari, inqiloblar, terroristik harakatlar, sabotaj;
xorijiy hamkor mamlakati hukumatining tuzilgan kontrakt shartlari umuman yoki uning qismlari bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi xatti-harakatlari, shu jumladan Oʻzbekistonga nisbatan kamsituvchi tusdagi yangi qonun hujjatlari joriy etilishi;
xorijiy hamkor mamlakatida konvertatsiya qilinadigan valyuta yetishmasligi tufayli transfert kechiktirilishi, Oʻzbekiston bilan xorijiy hamkor mamlakati oʻrtasidagi toʻlovlarni cheklab qoʻyuvchi xorijiy hamkor mamlakatining Oʻzbekistonga tashqi qarziga xizmat koʻrsatishga moratoriy eʼlon qilinishi.
Investitsiya loyihalari amalga oshirilishi bilan bogʻliq siyosiy tavakkalchiliklarga quyidagilar kiradi:
mulkning ekspropriatsiya qilinishi, shuningdek xorijiy hamkor mamlakatida qabul qilingan mulk yoki ulardan olinadigan daromad ustidan nazorat qilish yoʻqotilishiga olib keladigan har qanday qonun hujjatlari yoki maʼmuriy choralar, xorijiy hamkor mamlakati hukumati tomonidan oʻz hududida iqtisodiy faoliyatni tartibga solish maqsadida joriy etiladigan umumiy qoʻllaniladigan kamsitmaydigan tusdagi choralardan tashqari;
xorijiy hamkor mamlakatidagi eʼlon qilingan yoki eʼlon qilinmagan urushlar, fuqarolar gʻalayonlari, inqiloblar, terroristik harakatlar, sabotaj.
Tijorat tavakkalchiliklari. Bu — xorijiy hamkorning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli bilan bevosita bogʻliq boʻlgan hamda uning isbot qilingan toʻlovga qodir emasligi yoki bankrotligi bilan va kontrakt boʻyicha uning tomonidan qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar bajarilishi mumkin emasligi bilan ifodalanadi.
II. Eksport kontraktlariga sugʻurta qoplamasi berish tartiboti
4. Siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish.
Bank kreditlarini jalb qilmasdan toʻlovni toʻliq (yoki qisman) kechiktirish shartlarida amalga oshiriladigan eksport kontrakti boʻyicha sugʻurta qoplamasi olish uchun eksport qiluvchi sugʻurta tashkilotiga:
ariza — soʻrovnoma;
eksport kontraktining asl nusxasini va nusxasini;
Oldingi tahrirga qarang.
eksport kontraktini amalga oshirishdagi tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib sugʻurta tashkiloti kontrakt majburiyatlarini bajarish boʻyicha xorijiy xaridorning javob tariqasidagi kafolatini yoki kafolatini talab etishga haqlidir.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
eksport kontrakti qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans toʻlovi olinganligi toʻgʻrisida bankning (eksport qiluvchining vakolatli bankining) maʼlumotnomasi nusxasini taqdim etadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan kontraktlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi (A-ilova — eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish sxemasi)*.
* Ilova berilmaydi.
Berilgan sugʻurta qoplamasi sugʻurta tashkiloti tomonidan tasdiqlangan standart polis koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Sugʻurta haqini toʻlash shartlari sugʻurtalanuvchi bilan sugʻurta tashkiloti oʻrtasida tuziladigan yakka tartibdagi bitimda qayd etiladi.
Sugʻurta tashkilotining sugʻurta polisi boʻyicha majburiyatlari sugʻurta haqi uning joriy schyotiga tushgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Sugʻurta tovoni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror eʼtirozni oʻrganish hamda sugʻurta voqeasini va uning sababini hamda yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xulosa asosida qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Eksport kontraktlari boʻyicha tijorat banklarining kreditlariga sugʻurta qoplamasi berish tartiboti
5. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan tijorat banklari va (yoki) eksport qiluvchilar tomonidan eksportga kredit berishning xalqaro amaliyotiga muvofiq shartlarda va muddatlarga beriladigan kreditlar sugʻurta bilan taʼminlanadi, xususan:
xorijiy hamkor (xaridor) tomonidan kontrakt qiymatining kamida 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovi toʻlanganda, basharti kredit bir yildan ortiq davrga berilsa;
kreditdan foydalanishning 5 yilgacha (imtiyozli davr chiqarib tashlangan holda) boʻlgan, tovarlarning ayrim turlari boʻyicha 12 yilgacha boʻlgan eng koʻp muddatiga rioya qilinganda;
eksport kontrakti bajarilgandan keyin kredit boʻyicha asosiy qarz kreditning toʻlanmagan summasiga qoʻshilgan foizlar bilan bir vaqtda toʻlangan holda kamida har olti oyda izchil teng toʻlovlarda qaytarilganda.
6. Eksport va kredit talablariga yon bosish faqat sugʻurta tashkiloti bilan yozma kelishuvga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Kompensatsiya yoki qarshi bitishuv tuzilgan taqdirda eksport va import kontraktlari mutlaqo bir-biridan ajratilishi va bir-biriga bogʻliq boʻlmasligi kerak.
7. Tijorat banklarining eksport qiluvchilarga toʻlovni kechiktirish bilan bogʻliq boʻlmagan kontraktlar uchun beriladigan kreditlari sugʻurta qilinmaydi.
8. Tijorat banklarining eksport kontraktlari boʻyicha kreditlari mahsulot yetkazib beruvchining krediti va xaridorga beriladigan kredit sifatida berilishi mumkin.
Mahsulot yetkazib beruvchining krediti — kredit eksport qiluvchi tomonidan yetkazib berilgan texnologiya, tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni kechiktirish koʻrinishida Xaridorga beriladi.
Eksport qiluvchi sugʻurtalanuvchi, eksport qiluvchi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli tijorat banki benefitsiar (naf koʻruvchi) boʻladi.
“Mahsulot yetkazib beruvchining krediti” turi boʻyicha sugʻurta qoplamasi berish kuyidagi izchillikda amalga oshiriladi (B-ilova — eksport kontraktlari yuzasidan “mahsulot yetkazib beruvchining krediti” turi boʻyicha tijorat banklarining kreditini sugʻurta qilish sxemasi)*:
* Ilova berilmaydi.
eksport qiluvchi bilan xorijiy xaridor oʻrtasida eksport kontrakti shartlarining kelishilishi;
vakolatli tijorat bankiga va sugʻurta tashkilotiga ariza va zarur hujjatlar turkumini taqdim etish;
arizaning vakolatli tijorat bankida va sugʻurta tashkiloti tomonidan koʻrib chiqilishi, loyihani mablagʻ bilan taʼminlash maqsadga muvofiqligi va sugʻurta qoplamasi berish (yoki rad etish) imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosa asosida qaror qabul qilish;
eksport qiluvchi tomonidan xorijiy xaridor bilan mahsulot yetkazib berish yuzasidan kontrakt tuzilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
eksport kontraktini amalga oshirishdagi tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib sugʻurta tashkiloti xorijiy xaridor tomonidan eksport qiluvchiga yoki sugʻurta tashkilotiga kontrakt majburiyatlari bajarilishi boʻyicha kafolat yoki kafillik taqdim etilishini talab etishga haqlidir.
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
vakolatli tijorat banki bilan eksport qiluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi tuzilishi va mablagʻ bilan taʼminlash boshlanishi;
eksport qiluvchi tomonidan xorijiy hamkorning majburiyatlari bajarilishi boʻyicha talablar huquqining sugʻurta tashkilotiga berilishi, sugʻurta haqi toʻlanishi, sugʻurta tashkilotidan sugʻurta polisi olinishi;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit bir yildan ortiq muddatga berilgan taqdirda xorijiy xaridor tomonidan kontrakt qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans toʻlanishi;
tuzilgan kontrakt shartlariga muvofiq eksport qiluvchi tomonidan xorijiy xaridorga mahsulot yetkazib berilishi. Qarz majburiyatlarining Oʻzbekistonning vakolatli tijorat bankida hisobga olinishi;
eksport kontrakti boʻyicha yetkazib berilgan mahsulot uchun xorijiy xaridor tomonidan eksport qiluvchiga haq toʻlanishi;
eksport qiluvchi tomonidan kreditning vakolatli tijorat bankiga qaytarilishi;
sugʻurta voqeasi yuz bergan taqdirda:
a) eksport qiluvchi yoki vakolatli tijorat banki sugʻurta voqeasi yuz berganligi toʻgʻrisida sugʻurta tashkilotiga xabardor qiladi;
b) eksport qiluvchi yoki vakolatli tijorat banki sugʻurta tashkilotiga zararlar boʻyicha regress huquqiga koʻra talabnoma beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) sugʻurta tashkiloti eʼtirozni oʻrganib chiqadi va sugʻurta tovoni toʻlash yoki uni berishni rad etish haqida asoslangan qaror qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) xaridorning kafili yoki kafillikka oʻtuvchi yoki xorijiy xaridor kontrakt boʻyicha qarzni sugʻurta tashkiloti foydasiga toʻlaydi.
(8-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sugʻurta tashkiloti va oʻzbekistonlik eksport qiluvchi sugʻurta zarari qaytarilishi chora-tadbirlarini koʻradi (sugʻurta tashkiloti tomonidan toʻlangan sugʻurta qoplamasi summasiga muqobil boʻlgan nobudgarchilikni qoplash).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq yangi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Xaridorga beriladigan kredit” — kredit amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan tijorat banki tomonidan, kreditni keyinchalik xorijiy xaridorga qayta moliyalash uchun xorijiy xaridor bankiga — Qarz oluvchiga yoxud eksport kontrakti haqini toʻlash uchun toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy xaridorga — Qarz oluvchiga beriladi.
(8-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — vakolatli tijorat banki sugʻurtalanuvchi boʻladi.
Sugʻurta qoplamasi berish quyidagi izchillikda amalga oshiriladi (V-ilova — eksport kontraktlari yuzasidan “xaridorga beriladigan kredit” turi boʻyicha tijorat banklari kreditlarini sugʻurta qilish sxemasi)*:
* Ilova berilmaydi.
eksport qiluvchi bilan xorijiy xaridor oʻrtasida mahsulot yetkazib berishga eksport kontrakti shartlarining kelishilishi;
vakolatli tijorat banki bilan xorijiy xaridor yoki xorijiy xaridor banki oʻrtasida kredit bitimi loyihasining kelishilishi;
eksport kontraktiga sugʻurta qoplamasi olish uchun vakolatli tijorat banki nomidan sugʻurta tashkilotiga ariza berilishi;
arizaning sugʻurta tashkilotida koʻrib chiqilishi va sugʻurta qoplamasini maʼqullash (rad etish) toʻgʻrisidagi xulosa asosida qaror qabul qilish;
Oʻzbekistonlik eksport qiluvchi bilan xorijiy xaridor oʻrtasida eksport kontrakti imzolanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan vakolatli tijorat banki bilan xorijiy xaridor banki yoki xorijiy xaridor oʻrtasida kredit bitimi imzolanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
kredit bitimini amalga oshirishdagi tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib sugʻurta tashkiloti qarz oluvchi tomonidan kreditor bankka yoki sugʻurta tashkilotiga kredit boʻyicha majburiyatlar bajarilishi yuzasidan kafolat yoki kafillik berilishini talab qilishga haqlidir;
(8-bandning oʻttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
vakolatli tijorat banki bilan sugʻurta tashkiloti oʻrtasida sugʻurta shartnomasi tuzilishi;
vakolatli tijorat banki tomonidan sugʻurta mukofotining toʻlanishi, sugʻurta tashkiloti tomonidan eksport krediti qoplamasining berilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
qarz oluvchi tomonidan eksport kontrakti summasining kamida 15 foizi toʻlanishi;
(8-bandning oʻttiz uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
vakolatli tijorat banki tomonidan mablagʻ bilan taʼminlash boshlanishi;
eksport kontrakti shartlariga muvofiq eksport qiluvchi tomonidan mahsulot yetkazib berilishi;
xorijiy xaridor (bank) tomonidan vakolatli tijorat bankiga kreditning toʻlanishi;
sugʻurta voqeasi yuz bergan taqdirda:
a) vakolatli tijorat banki tomonidan sugʻurta tashkilotining sugʻurta voqeasi yuz berganligi toʻgʻrisida xabardor qilinishi;
b) vakolatli tijorat banki sugʻurta tashkilotiga zararlar boʻyicha regress huquqiga koʻra talabnoma beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) sugʻurta tashkiloti tomonidan eʼtirozning oʻrganib chiqilishi va sugʻurta tovoni toʻlash yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida asoslangan qaror qabul qilinishi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) sugʻurta tashkiloti va eksport qiluvchiga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tomonidan zararning qaytarilishi chora-tadbirlari koʻrilishi (sugʻurta tashkiloti tomonidan toʻlangan sugʻurta qoplamasi summasiga muqobil boʻlgan nobudgarchiliklarni qaytarish).
(8-bandning qirq birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
IV. Sugʻurta toʻlovini toʻlash, sugʻurta tovonining miqdori va uni toʻlash
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tavakkalchiliklarni qoplash sugʻurta tashkiloti tomonidan har qanday erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sugʻurta toʻlovi (sugʻurta mukofoti) toʻlash tuzilgan sugʻurta shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari xorijiy valyutadagi sugʻurta toʻlovlarini sugʻurta tashkilotlari tomonidan xorijiy banklarda ochilgan joriy schyotlarga toʻlashlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Sugʻurta toʻlovini toʻlash xarajatlari eksport kontraktining qiymatiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Sugʻurta qoplamasi boʻyicha sugʻurta tovoni:
a) urush, inqiloblar yoki fuqarolarning gʻalayonlari boʻlgan hollarda asosiy sarmoyaga toʻgʻridan toʻgʻri ziyon yetkazilgani isbotlanganda yoki xorijiy hamkor 10 oy majburan bekor turgan taqdirda;
b) mulk ekspropriatsiya qilingan taqdirda hodisa yuz bergan sanadan 10 oydan keyin;
v) maʼmurlar tomonidan pul oʻtkazishga cheklashlar joriy etilganda 6 oy mobaynida valyutani repatriatsiya qilishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda;
g) kontrakt munosabatlariga xorijiy hamkor maʼmurlari aralashgan taqdirda maʼmurlar aralashuvi yuridik tan olingan sanadan boshlab 6 oy oʻtgandan keyin;
d) Oʻzbekistonlik investorlarga nisbatan kamsituvchi tusga ega boʻlgan yangi qonun-qoidalar joriy etilgan taqdirda joriy etilgan yangi qonun-qoidalarning kamsituvchi tusdaligi xalqaro eʼtirof etilgan sanadan boshlab 6 oydan keyin;
e) xorijiy xaridordan va (yoki) xorijiy xaridor bankidan belgilangan toʻlov kunidan boshlab 6 oy (kontrakt yoki kredit bitimida kelishilgan sana) oʻtgandan keyin kutilayotgan toʻlovlar olinmagan taqdirda;
j) xorijiy xaridor va (yoki) xorijiy xaridor banki bankrotlikka uchragan taqdirda ularning bankrotligi eʼtirof etilganligining isboti taqdim etilgandan keyin 30 kun mobaynida toʻlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Keyingi tahrirga qarang.