Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.09.1998 yildagi 404-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

XALQ XO‘JALIGIDA O‘ZARO HISOB-KITOBLARNI YaXShILASh VA KORXONALAR AYLANMA MABLAG‘LARINING SAQLANIShINI TA’MINLASh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq xo‘jaligida to‘lov intizomini ta’minlash, korxonalar aylanma mablag‘larini saqlash va to‘ldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-ilovaga muvofiq vazirliklar va idoralar korxonalarning aylanma mablag‘larini (ishlab chiqarish zaxiralarini, tayyor mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlari qoldiqlarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarishlarini) va o‘rnatilmagan asbob-uskunalarini 1998-yil 1-oktabrdagi holatiga ko‘ra qayta ro‘yxatdan o‘tkazsinlar, uning natijalarini 1998-yilning 9 oyi bo‘yicha buxgalteriya hisobotida albatta aks ettirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasarruflaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha qayta ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuqorida qayd etilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq konsernlari, korporatsiyalari, uyushmalari va xolding kompaniyalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aylanma mablag‘lar va o‘rnatilmagan asbob-uskunalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish 2-ilovaga* muvofiq tarmoq ekspert komissiyalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tarmoq ekspert komissiyalari 1-ilovaga muvofiq vazirliklar va idoralar bo‘yicha aylanma mablag‘larni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini 1998-yil 1-dekabrgacha umumlashtirsinlar hamda aylanma mablag‘larning haqiqiy ahvoli to‘g‘risidagi takliflarni, ularni to‘ldirish manbalari, shu jumladan, budjetdan qarzlar bo‘yicha penyalarni va korxonalarga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli vujudga kelgan bank kreditlari uchun to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan foizlarni hisobdan chiqarish hisobiga to‘ldirish haqidagi takliflar bilan birga, Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazish davomida aniqlangan ishlab chiqarishda foydalanilmagan yoki ortiqcha ishlab chiqarish zaxiralarini, yarim tayyor mahsulotlarni, o‘rnatilmagan asbob-uskunalarni sotsinlar, sotishdan olingan tushumni aylanma mablag‘larni to‘ldirishga maqsadli yo‘naltirsinlar. Nazarda tutilsinki, ko‘rsatib o‘tilgan resurslarni sotish pulini 100 foiz oldindan to‘latish yoki kreditorlik qarzlarni to‘lash, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblamaslik, tushumni daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilish shartlari bilan sotiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlari 1998-yil 31-dekabrgacha qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Joriy yilda, Hukumatning ilgari qabul qilingan qarorlariga binoan “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekyengilsanoat” uyushmalari, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minot-tuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi va “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi tizimidagi korxonalar aylanma mablag‘lari respublika budjetidan to‘ldirilganligi, shuningdek boshqa bir qator idoralarning korxonalariga moliyaviy yordam ko‘rsatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimidagi issiqlik bilan ta’minlash korxonalariga o‘zaro qarzlarni hisoblash yo‘li bilan 3,5 mlrd so‘m miqdorida aylanma mablag‘lar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tizimidagi korxonalarga don narxlaridagi tafovut hamda o‘zaro qarzlarni hisoblash hisobiga 7,5 mlrd so‘m miqdorida aylanma mablag‘lar berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga aylanma mablag‘larni saqlamaganlik, to‘lov muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlar mavjudligi, buxgalteriya hisobi qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha tuzatishlar kiritish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar, shuningdek ushbu qonun buzishlar muntazam ravishda sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik choralari ko‘rilishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qo‘yilsinki, quyi soliq organlari rahbarlari korxonalar tomonidan mahsulotni pulini oldindan to‘latmasdan yoxud to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzlar mavjud bo‘lgani holda sotganlik (ishlarni bajarganlik, xizmatlar ko‘rsatganlik) yuzasidan jazolar qo‘llamaganlik, huquqni muhofaza qilish organlariga berish uchun tegishli materiallarni rasmiylashtirmaganlik uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan darajada javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
404-son

Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 22-sentabrdagi 404-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aylanma mablag‘lari ro‘yxat qilinadigan (inventarizatsiya) xalq xo‘jalik tarmoqlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxati

1. Energetika vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zbekneftegaz” milliy korporatsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zavtosanoat” uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zmashsanoat” uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat qo‘mitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zsuvqurilish” davlat konserni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Eg‘moytamakisanoat” uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “O‘zbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati