11.09.1998 yildagi 392-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TENNISNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish, tennis klublarining faoliyat koʻrsatishi uchun huquqiy kafolatlarni yaratish hamda ularning tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining Tennisni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston tennis federatsiyasi huzurida amalga oshirishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Oʻzbekiston tennis federatsiyasining ilovaga muvofiq tashkiliy tuzilmasi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, tennis klublari tennis harakati tizimida asosiy boʻgʻin hisoblanadi hamda respublikada tennisni yanada rivojlantirish klub asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi Oʻzbekiston tennis federatsiyasi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1999-yil 1-yanvargacha tennis stadionlari va sport komplekslari negizida tennis klublari tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston tennis federatsiyasi uning Ustaviga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro olimpiya harakatining ajralmas qismi kabi tennisni rivojlantirishni muvofiqlashtiradi, xalqaro tennis maydonida Oʻzbekistonni ifodalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tennisni rivojlantirish, tennis tadbirlarining moddiy asosini taʼminlash maqsadida korxonalar tashkil etish uchun mablagʻlar jalb qiladi va ularni taqsimlaydi, tennis klublariga ularni asbob-uskunalar, jihozlar, moliyaviy mablagʻlar bilan taʼminlashda koʻmaklashadi, ajratiladigan mablagʻlar, asbob-uskunalar, jihozlar, koʻchmas mulk obyektlari samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarni musobaqalarda qatnashishlari uchun yuborishda tennis klublariga koʻmaklashadi, maslahat va uslubiy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida tennis toʻgʻrisida keng axborot beradi va uni targʻib qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, federatsiya va uning tarkibiy boʻlinmalari aʼzolik va homiylik badallari, boshqa mablagʻlar, oʻz xoʻjalik faoliyati, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa daromadlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston tennis federatsiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda jahon tajribasini, mavjud va qurilayotgan tennis bazalari va stadionlar haqidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida ulardan foydalanishni takomillashtirish yuzasidan uch oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tennis federatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 1999/2000 oʻquv yilidan boshlab maktablarda kichik tennisni joriy etish va yanada rivojlantirish xalqaro loyihasi asosida tennisni maktab oʻquvchilarini jismoniy tarbiyalash dasturiga kiritish boʻyicha eksperiment oʻtkazish yuzasidan ikki oy muddatda taklif tayyorlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi oʻquv yurtlariga qabul qilish davlat komissiyasi, 1999-yildan boshlab yuqori malakali trener-oʻqituvchilarni tayyorlash maqsadida tennis boʻlimi uchun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga har yili belgilangan kvotadan ortiqcha 20 ta oʻrin ajratsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat sport qoʻmitasi va Tennis federatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda klublar, sportchilar va trenerlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida tennis klublari uchun kontrakt tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida bir oy muddatda taklif tayyorlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat sport qoʻmitasi va Tennis federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekistonda bolalar bilan ishlaydigan trenerlarni tayyorlash boʻyicha tennis maktabini tashkil etish toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar. Buning uchun xorijiy mamlakatlar kuchlari va tajribasi jalb qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat sport qoʻmitasi va Tennis federatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda eng yaxshi xalqaro maktablar va tennis markazlarida istiqbolli tennischilar, trenerlar va hakamlarning tajriba orttirishini tashkil etish dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston tennis federatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda mahalliy resurslardan foydalanishni hisobga olgan holda tennis uchun asbob-uskunalar, jihozlar, sport kiyimlarini ishlab chiqarish boʻyicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish yuzasidan uch oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston tennis federatsiyasiga va federatsiya tomonidan tashkil etiladigan korxonalarga 5 yil muddatga Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-avgustdagi 414-son qarorining 7-bandida tennis klublari uchun belgilangan soliq imtiyozlari joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tennis federatsiyasi va federatsiya tomonidan tashkil etiladigan korxonalar import qilinadigan asbob-uskunalar, jihozlar, anjomlar, boshqa mol-mulk va xizmatlar boʻyicha import bojlaridan va yigʻimlaridan, aksiz soligʻidan, qoʻshilgan qiymat soligʻidan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻshab qoladigan mablagʻlar tennisni rivojlantirishga yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Toshkent shahar hokimligi Federatsiyaning ofisini joylashtirish uchun Ulyanov 1-tor koʻchasi, 14-uydagi binoni ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Federatsiyani aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. A. Azizxoʻjayev va Oʻzbekiston tennis federatsiyasi prezidenti R. R. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 11-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
392-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
11-sentabrdagi 392-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tennis federatsiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish