30.04.2026 yildagi O‘RQ-1142-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 25-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 5-fevralda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga doir yangi mexanizmlarni yaratishga, odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga va sud jarayonlarini maqbullashtirishga, maxsus iqtisodiy zonalar va sanoat zonalari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga hukumat aʼzosi hamda hokim lavozimiga nomzodlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini taqdim etish, sudlar ishini yanada maqbullashtirish, shuningdek ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlarni bajarmaslik va yerdan qonunga xilof ravishda foydalanish hollarining oldini olish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirishlar kiritilib, hukumat aʼzosi va hokim lavozimiga nomzodlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish rejasi taqdim etilishini belgilovchi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual hamda Iqtisodiy protsessual kodekslariga, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini soddalashtirilgan tartibida koʻrib chiqish uchun asos boʻluvchi daʼvoning bahosi oshirilishini, investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini bekor qilish toʻgʻrisida iqtisodiy sudlarga kiritilgan daʼvolar yuzasidan maxsus iqtisodiy zonalarning va sanoat zonalarining direksiyalari davlat bojini toʻlashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining hamda hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi masʼuliyati va hisobdorligini oshirishga, odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga, investitsiya muhiti yaxshilanishini hamda yerdan oqilona va samarali foydalanilishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 4-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 9, 537-modda; 2021-yil, № 1, 3, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda, № 10, 794-modda, № 12, 1003-modda; 2024-yil, № 8, 823-modda, № 10, 1075-modda) 2-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismdagi “istiqbolga moʻljallangan dasturini” degan soʻzlar “istiqbolga moʻljallangan dasturini hamda korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi qismdagi “istiqbolga moʻljallangan dasturini” degan soʻzlar “istiqbolga moʻljallangan dasturini hamda korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 10, 983-modda; 2023-yil, № 12, 1003-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda, № 12, 1285-modda; 2025-yil, № 4, 516-modda, № 7, 831-modda) 221-moddasining uchinchi qismi “tashkiliy-texnik choralarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini” degan soʻzlardan keyin “shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 827-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda, № 9, 1042-modda, № 10, 1153-modda) 2792-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar daʼvoning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan yuz baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa ellik baravaridan oshmasa, daʼvo arizalari boʻyicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda, № 9, 1042-modda, № 10, 1153-modda) 2032-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar daʼvoning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa — yuz baravaridan oshmasa, daʼvo arizalari boʻyicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076, 1079-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1279, 1280, 1285-moddalar; 2025-yil, № 1, 4, 6-moddalar, № 2, 188, 189, 195, 197-moddalar, № 4, 519, 520-moddalar, № 5, 648-modda, № 7, 828-modda, № 8, 968, 971-moddalar, № 10, 1153-modda) 9-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qism quyidagi mazmundagi 30-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“maxsus iqtisodiy zonalarning va sanoat zonalarining direksiyalari — investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalari bilan sudga murojaat qilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismdagi “va 29” degan soʻzlar “29 va 30” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-982-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 10, 1081-modda) 7-moddasining sakkizinchi qismidagi “tashkiliy-texnik choralarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini” degan soʻzlar “tashkiliy-texnik choralarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini hamda korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Markaziy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 5-moddasi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 30-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1142-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 03/26/1142/0440-son)