29.04.2026 yildagi 211-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun taqdim etilgan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini (keyingi oʻrinlarda — yagona reyestr) shakllantirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona reyestrni yangilab borish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona reyestrni shakllantirish va yangilab borishda yagona reyestr operatori hamda davlat organlarining huquqlari va majburiyatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, yagona reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.mf.uz” platformasidagi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan reyestrni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilish orqali yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi 2026-yil 1-sentabrga qadar “subsidiya.mf.uz” platformasidagi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan reyestrni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-apreldagi 211-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini (keyingi oʻrinlarda — yagona reyestr) shakllantirish hamda yangilab borish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yagona reyestr Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 11-dekabrdagi 784-son qaroriga 2-ilovada koʻrsatilgan imtiyozlar va preferensiyalar asosida mazkur ilovadagi masʼul vazirlik hamda idoralar tomonidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yagona reyestr quyidagi maqsadlarda shakllantiriladi va yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy etilgan imtiyozlar va preferensiyalarning elektron bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozlar va preferensiyalar haqidagi maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan, davlat tomonidan taqdim etiladigan mavjud imtiyozlar va preferensiyalar haqida qulay shaklda va dolzarb maʼlumotlarni taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yagona reyestr davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi hamda boshqa tillarga tarjima qilingan yoki qisqartirilgan versiyalarga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi yagona reyestr operatori hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyoz va preferensiyalar haqidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.mf.uz” platformasida shakllantiriladi hamda oʻzaro integratsiya orqali YIDXPda bepul taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yagona reyestr ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda yagona reyestr operatori tomonidan shakllantiriladi hamda yangilab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestr ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalardagi shakllarga muvofiq yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yagona reyestrni shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat organlari va tashkilotlari imtiyozlar va preferensiyalar haqidagi maʼlumotlarni “subsidiya.mf.uz” platformasiga kiritish imkoniyatini olish (ruxsat) uchun masʼul xodimlar haqidagi maʼlumotlarni (F.I.O., lavozimi, JSHSHIR, telefon raqami) yagona reyestr operatoriga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda masʼul xodimlar oʻzgarganda, davlat organlari va tashkilotlari ruxsatni bekor qilish boʻyicha yagona reyestr operatoriga rasmiy xabar yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yagona reyestr operatori davlat organlari va tashkilotlarining murojaatiga asosan masʼul xodimlarga imtiyoz va preferensiyalar haqidagi maʼlumotlarni “subsidiya.mf.uz” platformasiga kiritish imkoniyatini (ruxsat) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat organlari va tashkilotlari masʼul xodimlar oʻzgargani haqida rasmiy xabar yuborganda, ushbu xodimlarga “subsidiya.mf.uz” platformasiga kirish imkoniyati bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat organlari va tashkilotlari xatlovdan oʻtkazish asosida tadbirkorlik subyektlariga taqdim etishga oʻzi masʼul boʻlgan imtiyozlar va preferensiyalar hamda ular haqidagi quyidagi maʼlumotlarni “subsidiya.mf.uz” platformasidagi reyestrga joylashtiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozning (preferensiyaning) nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozning (preferensiyaning) turi (bojxona hamda soliq imtiyozlari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozni (preferensiyani) taqdim etish belgilangan normativ-huquqiy hujjat nomi, raqami, sanasi va havolasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozning (preferensiyaning) amal qilish muddati (maʼlum sana yoki doimiy);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etish doirasi (alohida, umumiy);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etish tartibi (reglament yoki nizomga havola);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozni (preferensiyani) taqdim etish va monitoring qilish boʻyicha axborot tizimi (nomi, havolasi (URL);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyoz (preferensiya) taqdim etiladigan sohalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyoz (preferensiya) taqdim etiladigan subyektlarning iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi boʻyicha faoliyat turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyoz (preferensiya) oluvchi subyekt toifasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining toifasi (kichik, oʻrta yoki yirik biznes);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozni (preferensiyani) taqdim etish shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozdan (preferensiyadan) maqsadsiz foydalanganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari, uni qoʻllovchi organ, javobgarlik belgilangan normativ-huquqiy hujjat nomi, raqami, sanasi va havolasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozni (preferensiyani) taqdim etish uchun masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar maʼlumotlari (nomi, masʼullar bilan bogʻlanish maʼlumotlari, telefon raqami, elektron pochta manzili).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestrga imtiyoz va preferensiyalar haqidagi boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yagona reyestrga kiritiladigan imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq va ishonchli boʻlishi kerak. Ushbu maʼlumotlarda noaniqlik, qisqartma va xatolar boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yagona reyestrga imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yagona reyestrga maʼlumotlar kiritilgandan keyin yagona reyestr operatori ushbu maʼlumotlarni bir hafta muddatda koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar operator tomonidan yagona reyestrda tasdiqlangandan soʻng, avtomatik tarzda YIDXPdagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalar boʻlimida koʻrinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ushbu Nizom talablari buzilgan holda notoʻgʻri rasmiylashtirilgan yoki boshqa xato va kamchiliklar mavjud boʻlgan maʼlumotlar yagona reyestrga kiritilgan taqdirda, yagona reyestr operatori bir hafta muddatda, rad etishning asoslangan sabablarini koʻrsatgan holda, maʼlumotlarni yagona reyestrda tasdiqlashni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari ish jarayonida aniqlangan xatolik va kamchiliklarni uch ish kuni mobaynida bartaraf etadi hamda imtiyoz yoki preferensiya toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni yagona reyestrga takroran kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yagona reyestrni yangilab borish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Imtiyoz yoki preferensiyalarga oid ushbu Nizomning 10-bandida qayd etilgan maʼlumotlar yuzasidan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek, yangi turdagi imtiyoz yoki preferensiya joriy etilganda, davlat organlari va tashkilotlari tegishli normativ-huquqiy hujjat rasmiy eʼlon qilingan sanadan boshlab bir hafta muddatda, asoslarni koʻrsatgan holda yagona reyestrga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yagona reyestrga yangi turdagi imtiyoz yoki preferensiya, shuningdek, tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha maʼlumotlar kiritilgandan keyin yagona reyestr operatori ushbu maʼlumotlarni bir hafta muddatda koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yagona reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda, kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning sanasi hamda mohiyati toʻgʻrisida tegishli belgi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi turdagi imtiyoz yoki preferensiya toʻgʻrisidagi, shuningdek, tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha maʼlumotlar yagona reyestr operatori tomonidan tasdiqlangandan soʻng avtomatik tarzda YIDXPda Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyoz va preferensiyalar boʻlimidagi maʼlumotlar ham oʻzgaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Imtiyoz yoki preferensiya bekor qilingan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari tegishli normativ-huquqiy hujjat rasmiy eʼlon qilingan sanadan boshlab bir hafta muddatda, asoslarni koʻrsatib, ushbu imtiyoz yoki preferensiyani yagona reyestrdan chiqarish zarurligi toʻgʻrisida yagona reyestr operatorini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yagona reyestr operatori imtiyoz yoki preferensiya bekor qilingani sababli uni yagona reyestrdan chiqarish zarurligi toʻgʻrisida davlat organlari va tashkilotlari kiritgan maʼlumotlarni bir hafta muddatda koʻrib chiqib, imtiyoz yoki preferensiyani yagona reyestrdan chiqarishni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyoz yoki preferensiya yagona reyestrdan chiqarilganda, u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq chiqarib tashlanmasdan ushbu imtiyoz yoki preferensiya bekor qilingani, shuningdek, uning bekor qilingan sanasi hamda asosi toʻgʻrisida tegishli belgi kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyoz yoki preferensiyalarni yagona reyestrdan chiqarib tashlash yagona reyestr operatori tomonidan tasdiqlangandan soʻng avtomatik tarzda YIDXPdagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalar boʻlimidagi maʼlumotlar ham oʻzgaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yagona reyestrni yangilash haqidagi maʼlumotlarda notoʻgʻri yoki boshqa xato va kamchiliklar mavjud boʻlganda, ushbu Nizom 13-bandining birinchi xatboshisida belgilangan tartibda yagona reyestrni yangilashni tasdiqlash rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yagona reyestr operatori hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yagona reyestr operatori imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisida notoʻgʻri, shuningdek, xato va kamchiliklari mavjud maʼlumotlarni yagona reyestrda tasdiqlamaydi hamda ularni qayta ishlash (toʻldirish yoki tuzatish) uchun davlat organlari va tashkilotlariga asosli xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yagona reyestr operatori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritilgan imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona reyestrda tasdiqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni shakllantirish hamda yuritish uchun davlat organlari va tashkilotlarining yagona reyestrdan foydalana olishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona reyestrda tasdiqlashdan oldin ularning toʻliqligi hamda ishonchliligini tekshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona reyestrdagi imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning YIDXPga uzatilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat organlari va tashkilotlari yagona reyestrni shakllantirish va yuritish boʻyicha takliflar berish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat organlari va tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona reyestrga imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisidagi ishonchli hamda toʻliq maʼlumotlar kiritilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi turdagi imtiyoz va preferensiyalar joriy etilganda, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir hafta muddatda yagona reyestrga kiritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyoz yoki preferensiyani taqdim etish bilan bogʻliq nizom yoki reglamentga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan yoki bekor qilingan taqdirda, yagona reyestrda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzgartirishi va qoʻshimcha kiritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat sirlari yoki qonun bilan himoya qilinadigan boshqa sirlarning oshkor boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni yagona reyestrga kiritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yagona reyestrga kiritiladigan imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻliqligi hamda ishonchliligi uchun javobgarlik davlat organlari va tashkilotlarining tegishli rahbarlari zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari

Imtiyoz va preferensiyalar haqidagi maʼlumotlarni “subsidiya.mf.uz” platformasiga kiritish imkoniyatini olish (ruxsat) uchun masʼul xodimlar haqidagi maʼlumotlarni (F.I.O., lavozimi, JSHSHIR, telefon raqami) yagona reyestr operatoriga taqdim etadi.

Masʼul xodimlar oʻzgarganda ruxsatni bekor qilish uchun yagona reyestr operatoriga rasmiy xabar yuboradi.

Zarur hollarda

2-bosqich

Yagona reyestr operatori

Masʼul xodimlarga imtiyozlar va preferensiyalar haqidagi maʼlumotlarni “subsidiya.mf.uz” platformasiga kiritish imkoniyatini (ruxsat) taqdim etadi.

Bir hafta muddatda

Davlat organlari va tashkilotlari masʼul xodimlar oʻzgargani haqida rasmiy xabar yuborganda, ushbu xodimlarga “subsidiya.mf.uz” platformasiga kirish imkoniyatini bekor qiladi.

Bir kun muddatda

3-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari

Yangi turdagi imtiyoz yoki preferensiyalar joriy etilganda, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar masʼul xodim tomonidan “subsidiya.mf.uz” platformasiga kiritiladi.

Bir hafta muddatda

4-bosqich

Yagona reyestr operatori

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritilgan imtiyozlar va preferensiyalar haqidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqib, tasdiqlaydi yoki asoslangan sabablarini koʻrsatgan holda, maʼlumotlarni tasdiqlashni rad etadi.

Bir hafta muddatda

5-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari

Yagona reyestr operatori tomonidan maʼlumotlarni tasdiqlash rad etilganda, davlat organlari va tashkilotlari xatolik va kamchiliklarni bartaraf etadi hamda imtiyoz yoki preferensiya toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni yagona reyestrga takroran kiritadi.

Uch ish kuni mobaynida

6-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari

Imtiyoz yoki preferensiyani taqdim etish bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek, imtiyoz yoki preferensiyalar bekor qilinganda, asoslarni koʻrsatib, yagona reyestrdan chiqarish zarurligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.

Bir hafta muddatda

7-bosqich

Yagona reyestr operatori

Imtiyoz yoki preferensiya toʻgʻrisidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yoki ular bekor boʻlganligi haqida kiritilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqib, tasdiqlaydi yoxud asoslangan sabablarini koʻrsatgan holda, maʼlumotlarni tasdiqlashni rad etadi.

Bir hafta muddatda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Davlat organlari va tashkilotlari ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan sanadan boshlab ikki oy muddatda oʻzlari masʼul boʻlgan amaldagi imtiyozlar va preferensiyalarni toʻliq xatlovdan oʻtkazadi hamda imtiyoz va preferensiyalar haqidagi maʼlumotlarni “subsidiya.mf.uz” platformasiga toʻliq kiritilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REESTRI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Imtiyoz turi

Imtiyoz nomi

Imtiyozni taqdim etish belgilangan normativ-huquqiy hujjat nomi, raqami, sanasi va havolasi

Taqdim etish doirasi

(alohida yoki umumiy)

Taqdim etish tartibi

(reglament yoki nizomga havola)

Imtiyozni taqdim etish va monitoring qilish boʻyicha axborot tizimi

Imtiyoz taqdim etiladigan sohalar

Imtiyoz taqdim etiladigan subyektlarning iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi boʻyicha faoliyat turi

Imtiyoz oluvchi subyekt toifasi

Imtiyozni taqdim etish shakllari

(boʻlib toʻlash, muddat berish, foizni kamaytirish va boshqalar)

Imtiyoz muddati

(qancha vaqt davomida taqdim etiladi)

Imtiyozdan maqsadsiz foydalanganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari, uni qoʻllovchi organ, javobgarlik belgilangan normativ-huquqiy hujjat nomi, raqami, sanasi va havolasi

Masʼul vazirlik va idoralar

 

Tadbirkorlik subyektlari

(kichik, oʻrta, yirik biznes)

Davlat ishtirokidagi korxonalar

Nomi

Masʼullar bilan bogʻlanish maʼlumotlari

(telefon, elektron pochta manzili)

nomi

havola

(URL)

 

1.

 

2.

 

3.

 

 

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari uchun preferensiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REESTRI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Preferensiya turi

Preferensiya nomi

Preferensiyani taqdim etish belgilangan normativ-huquqiy hujjat nomi, raqami, sanasi va havolasi

Taqdim etish doirasi

(alohida yoki umumiy)

Taqdim etish tartibi

(reglament yoki nizomga havola)

Preferensiyani taqdim etish va monitoring qilish boʻyicha axborot tizimi

Preferensiya taqdim etiladigan sohalar

Preferensiya taqdim etiladigan subyektlarning iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi boʻyicha faoliyat turi

Preferensiya oluvchi subyekt toifasi

Preferensiyani taqdim etish shakllari

(boʻlib toʻlash, muddat berish, foizni kamaytirish va boshqalar)

Preferensiya muddati

(qancha vaqt davomida taqdim etiladi)

Preferensiyadan maqsadsiz foydalanganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari, uni qoʻllovchi organ, javobgarlik belgilangan normativ-huquqiy hujjat nomi, raqami, sanasi va havolasi

Masʼul vazirlik va idoralar

nomi

havola

(URL)

Tadbirkorlik subyektlari

(kichik, oʻrta, yirik biznes)

Davlat ishtirokidagi korxonalar

Nomi

Masʼullar bilan bogʻlanish maʼlumotlari

(telefon, elektron pochta manzili)

1.

2.

3.

...

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/211/0429-son)