Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar (xorijiy eksport qiluvchilar) reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3365-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2022-yil 12-martdagi 12-son qarori (roʻyxat raqami 3365, 2022-yil 29-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2022-y., 10/22/3365/0370-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar (xorijiy eksport qiluvchilar) reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 14-aprel,
46-son
Kelishildi:
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
2026-yil 2-aprel
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 24-mart
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2026-yil 24-mart
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
2026-yil 24-mart
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
2026-yil 19-mart
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2026-yil 14-apreldagi 46-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar (xorijiy eksport qiluvchilar) reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
1. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Audit va inspeksiya jarayonlarida xorijiy davlatlarning muayyan hayvon kasalliklari boʻyicha hududlarga ajratilganligi (regionalizatsiya) shuningdek, kichik hududlar — kompartmentlar (ajratilgan xavfsizlik toifalari belgilangan zonalar) mavjudligi hisobga olinadi”.
2. 24-banddagi “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar” degan soʻzlar “Davlat organlari va tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 10/26/3365-2/0424-son)