21.04.2026 yildagi PQ-150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sanʼat sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sanʼat sohasida boshqaruvni takomillashtirish, loyihaviy va natijaga qaratilgan moliyalashtirish tizimini joriy etish, sohada xususiy sektorning ishtirokini oshirish hamda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) madaniyat va sanʼat sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish, tashkiliy tuzilmalarni maqbullashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sohada natijaga yoʻnaltirilgan moliyalashtirish tizimini joriy etish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish va xususiy sektorni jalb etish orqali xizmat koʻrsatish sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mediamakonda milliy kontentlarni koʻpaytirish hamda sunʼiy intellekt platformalarida oʻzbek milliy madaniyati toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Madaniyat markazlarini transformatsiya qilish va ijodiy jamoalar faoliyatini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlari quyidagi shakllarda transformatsiya qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlari faoliyati nomoddiy madaniy merosni targʻib qilish, havaskorlik sanʼatini rivojlantirish, shuningdek, texnologiya, muhandislik, hunarmandchilik va boshqa yangi yoʻnalishlarda yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tuman (shahar) hokimliklari tizimiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) resurslardan oqilona foydalanish uchun samarasiz madaniyat markazlari faoliyati maqbullashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) madaniyat markazlari tugatilishi natijasida maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobidan 2026-yil 1-iyuldan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati boʻlimidagi Andijon yoshlar simfonik orkestri uchun 50 ta shtat birligi ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Madaniyat vazirligi tizimida 50 ta shtat birligidan iborat “Tumor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasi tashkil etiladi. Bunda ansambl xodimlariga Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash tartibi tatbiq etiladi va mehnatga haq toʻlash shartlarining eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari 1,7 koeffitsiyentga oshirilgan holda qoʻllanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) madaniyat markazlarida yangi lavozimlar, shu jumladan, direktor lavozimi joriy qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) madaniyat vaziriga hududiy va idoraviy mansub tashkilotlarning tuzilmalari va shtatlar jadvaliga xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat madaniyat muassasalarining mol-mulkini sotishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi hamda madaniyat markazlarining faoliyatini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Boshqaruv tizimini takomillashtirish va natijaga qaratilgan moliyalashtirishni joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — madaniyat boʻlimlari) rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralari Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) har bir madaniyat boʻlimi rahbari uchun yillik eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) majburiy tarzda belgilash hamda natijasi asosida ragʻbatlantirish yoki lavozimiga loyiqligini qayta koʻrib chiqish tizimi yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) madaniyat boʻlimlari Madaniyat vazirligi tomonidan yuritiladigan reyting natijalari asosida ragʻbatlantiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) reyting 2027-yildan boshlab har yilning yakuni boʻyicha yuritiladi hamda unda madaniy tadbirlarga aholi qamrovi va milliy qadriyatlarni asrash bilan bogʻliq koʻrsatkichlarga ustuvorlik beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) reytingda eng yuqori oʻrinni egallagan madaniyat boʻlimlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) ragʻbatlantirish uchun ajratiladigan mablagʻlarni madaniyat boʻlimi va tuman (shahar)dagi boshqa madaniyat tashkilotlariga quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltirishga ruxsat beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80 foizi — moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, zarur jihozlarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — rahbar va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish hamda xodimlarni malaka oshirish va tajriba almashish uchun mahalliy va xorijiy safarlarga yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2027-yil 1-yanvardan boshlab Madaniyat vazirligi tizim tashkilotlarining mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan barcha xarajatlarini respublika budjetidan moliyalashtirish tizimi yoʻlga qoʻyilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Madaniyat vazirligining respublika budjetidan moliyalashtirilayotgan tizim tashkilotlari va hududiy madaniyat organlari toʻgʻridan-toʻgʻri Madaniyat vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) darajasida moliyalashtirilayotgan Madaniyat vazirligining tizim tashkilotlarining barcha xarajatlari hududiy madaniyat organlari orqali moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Madaniyat taʼlimi muassasalarini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi Respublika musiqa va sanʼat texnikumi, Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk texnikumi hamda Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari faoliyati 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Respublika musiqa va sanʼat texnikumi hamda Respublika estrada va sirk texnikumida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 2 yillik boshlangʻich kasbiy taʼlim, 6 oydan 2 yilgacha boʻlgan muddatda oʻrta kasbiy taʼlim hamda kamida 2 yillik oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida oʻqitish tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) bakalavriat taʼlim dasturlari bilan integratsiyalashtirilgan “2+2” dasturlari asosida oʻqitishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Madaniyat vazirligi bilan oʻquv reja va dasturlari kelishiladi hamda vazirlik kadrlar buyurtmachisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) oʻquvchilar musiqa yoʻnalishida 5-sinfdan hamda raqs, teatr, xalq ijodiyoti, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarida 9-sinfdan boshlab qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) maktab-internatlar uchun belgilangan amaldagi normalar tatbiq etiladi, jumladan, maktab oʻquvchilarining taʼlim olish va yashash xarajatlari toʻliq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, ularni ovqatlantirish xarajatlari Davlat budjeti hamda ota-onalar toʻlovi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning bitiruvchilariga bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2030-yil 1-yanvarga qadar tajriba tariqasida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi madaniyat obyektlarida davlat tashabbuskorlari tomonidan umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlmagan loyihalarni davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sherikka berishning 1-ilovaga muvofiq soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2028-yil 1-avgustga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan bolalar musiqa va sanʼat maktabi faoliyatini yuritishning quyidagi davlat-xususiy sheriklik shakli joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bolalar musiqa va sanʼat maktablari uchun nazarda tutilgan Davlat budjetidan mablagʻlar xususiy sherikka subsidiya koʻrinishida ajratib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xususiy sherik uchun taʼlim sifati, oʻquv jarayoni, oʻquvchilar soni va davomati, oʻqituvchi va oʻquvchilarning yutuqlari boʻyicha eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) belgilanadi va koʻrsatkichlarga qarab qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat sherigi tomonidan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari ijrosi monitoring qilib boriladi, talablar bajarilmasa, shartnoma qayta koʻrib chiqiladi yoki bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2026-yil 1-iyuldan boshlab tajriba tariqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan “Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasteri investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, investitsiya loyihasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2-ilovaga muvofiq loyihalarni amalga oshirish tadbirlari belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) investorlarni tanlab olishning asosiy mezonlari loyihani amalga oshirish muddati, shuningdek, taklif etiladigan kapital qoʻyilmalar va investitsiyalar miqdori hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2026-yil 1-avgustdan boshlab sohada nodavlat va xususiy sektor ishtirokini kuchaytirish boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda grantlar ajratish tizimi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) teatr, sirk, musiqa, raqs, nomoddiy madaniy meros, kino va animatsiya hamda madaniyat taʼlimi sohasidagi loyihalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) adabiy asarlar yaratish, madaniyat sohasida inklyuzivlik va ijtimoiy yoʻnalishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) startap va ijodiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) innovatsiyalar, sunʼiy intellekt va raqamlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Madaniyat vazirligi 2026-yil 1-avgustga qadar eʼlon qilinadigan loyihalar uchun “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimi doirasida qoʻshimcha “madaniyatgrant.uz” platformasini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Madaniyat vazirligiga ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 2026-yil iyuldan boshlab nodavlat teatr va teatr-studiyalariga davlat buyurtmasi uchun ajratilayotgan mablagʻlarga qoʻshimcha Davlat budjetidan 20 milliard soʻm ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, sohadagi xususiy sektor ulushini kengaytirish hamda nodavlat madaniyat tashkilotlarining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) nodavlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard soʻmgacha boʻlgan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) nodavlat madaniyat tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki oʻzining bino va inshootlarida madaniyat va sanʼat faoliyatini yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga mazkur faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan kommunal xarajatlarining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) yangi nodavlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida har bir hududdan maqbul yer uchastkalari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolariga mulk yoki ijara huquqi asosida chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 2026-yil 1-maydan boshlab Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Madaniyat vazirligi hamda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga ijodiy mahsulotlar yaratish, sohada sunʼiy intellektni rivojlantirish, musiqa cholgʻulari, ovoz yozish va kuchaytirgich uskunalar, yoritish moslamalari hamda sahna liboslarini xarid qilish bilan bogʻliq tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridini davlat xaridlarining “taklif soʻrovi” tartib-taomili asosida amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Madaniyat vazirligi hamda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi quyidagi maqsadlar uchun 2026 — 2030-yillarda 1 trillion soʻm miqdordagi mablagʻ ajratilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yangi yoʻnalishlarda tashkil qilinadigan madaniyat markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 120 milliard soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Madaniyat vazirligi faoliyatiga koʻmaklashish va yangi loyihalarni tashkil etish uchun 50 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻni respublika budjetining 2026-yil birinchi chorak yakunlari boʻyicha daromadlar prognozining orttirib bajarilgan qismi hisobidan Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga ajratsin, shuningdek, Madaniyat vazirligining hisob-kitobiga asosan zarur mablagʻlarni 2027-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun 2026 — 2030-yillarda jami 830 milliard soʻm, shundan 2026-yilda 100 milliard soʻm, 2027-yildan boshlab har yili Davlat budjeti hisobidan bosqichma-bosqich ajratib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Madaniyat va sanʼat sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini ragʻbatlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha binolar qurish rejalashtirilgan ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikki hafta muddatda madaniyat markazlari faoliyatini transformatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish va maqbullashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yuritishni va boshqaruvini xususiy sherikka berish va madaniyat mehmonxonasini tashkil qilishni bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida amalga oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 21-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-150-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-150-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sheriklarga berishning soddalashtirilgan tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sheriklarga berishning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Madaniyat obyektlari boʻyicha dastlabki moliyaviy hisob-kitoblar tayyorlanishi sharti bilan loyihani baholash hujjatini ishlab chiqish talablari bekor qilinadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) xususiy sherik madaniyat obyektlarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga asosan loyiha-smeta hujjatlarini vakolatli organga toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xususiy sherikka berilgan bino va inshootlar ekspluatatsiyasini amalga oshirishda tabiiy gaz, elektr energiyasi, sovuq suv va isitish tizimini yetkazib beruvchi korxonalar bilan bitim amal qilinadigan davr mobaynida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) xususiy sherik madaniyat obyektlarida ushbu faoliyat turlari bilan birgalikda davlat sherigining asosiy faoliyat turiga xalaqit bermagan holda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga asosan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) davlat sherigi tashabbusi bilan bir bosqichli tender eʼlon qilingan muddatda talabgor bir nafarni tashkil qilsa, taklif bildirgan talabgor bilan oʻn kun muddatda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolanadi. Bunda talabgorlar ikki va undan ortiq boʻlgan hollarda gʻolib Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Madaniyat obyektlarida xususiy sherik tomonidan yangi barpo etilgan, rekonstruksiya qilingan bino va inshootlarning tegishli qismlariga nisbatan tumanlar va shaharlar toifasidan kelib chiqib, quyidagi bandga muvofiq mulk huquqi rasmiylashtiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) xususiy sherik tomonidan yangi barpo etilgan, rekonstruksiya qilingan madaniyat obyektlari boʻyicha har bir obyektga alohida yondashuv asosida ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasiga muvofiq tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muddati yakunlangandan soʻng xususiy sherikka tegishli obyektlar quyidagi qismlarda mulk huquqi bilan oʻtkazib beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 1-toifadagi tuman va shaharlarda — 20 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 2-toifadagi tuman va shaharlarda — 30 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 3-toifadagi tuman va shaharlarda — 40 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) 4 va 5-toifalardagi tumanlarda — 50 foizi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu kichik bandga muvofiq tegishli hujjatlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Madaniyat vazirligining talabnomalariga asosan rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat sherigi tomonidan dastlabki va qayta eʼlonga joylashtirilgan hamda faoliyat koʻrsatmayotgan madaniyat obyektlari boʻyicha talabgorlardan takliflar kelib tushmagan taqdirda, ushbu obyektlar bir oy muddatda elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi, foydalanishda boʻlgan obyektlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining soddalashtirilgan tartibi doirasida xususiy sherikni tanlash va loyihani amalga oshirish ushbu tartibga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Madaniyat obyektlarini qurish, taʼmirlash hamda jihozlash sharti bilan xususiy sherikka taklifni taqdim etishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) madaniyat obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlar xususiy sherik tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) madaniyat muassasalari xodimlarining (xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar, shuningdek, xususiy sherik tomonidan jalb qilingan xodimlar bundan mustasno) ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Madaniyat obyektlari faoliyatini xususiy sherikka boshqaruvga berishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) madaniyat obyektlari faoliyatini saqlash va ulardan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlar xususiy sherik hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) madaniyat obyektlarida toʻgaraklarda ishtirok etadigan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlariga, shuningdek, kamida 3 ta milliy toʻgaraklar ishtirokchilariga toʻlovlar ularning sonidan kelib chiqib, Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu band qoidalari boshqa madaniyat obyektlarini xususiy sherikka boshqaruvga berishga ham joriy qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha moliyaviy majburiyatlar hisobini doimiy yuritadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sheriklarga berishning soddalashtirilgan tartibiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining soddalashtirilgan tartibi doirasida xususiy sherikni tanlash va loyihani amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddati

1-bosqich

Davlat sherigi

Iqtisodiy va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, dastlabki baholash tartibi asosida loyihalarni tanlaydi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Davlat sherigi

DXSH loyihasining konsepsiyasi, dastlabki moliyaviy hisob-kitoblar, tender hujjatlari va DXSH toʻgʻrisidagi bitimni alohida yondashuv asosida ishlab chiqadi.

Zaruratga koʻra

3-bosqich

Davlat sherigi

Tender hujjatlari va DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasini, zaruratga koʻra, vakolatli organga kelishishga kiritadi.

5 kun

4-bosqich

Vakolatli davlat organi

(Iqtisodiyot va moliya vazirligi)

Tender hujjatlari va DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasini kelishadi va davlat sherigiga qaytaradi.

5 kun

5-bosqich

Davlat sherigi

Davlat sherigi tomonidan tender hujjatlari va DXSH toʻgʻrisidagi bitim loyihasini tasdiqlaydi va rasmiy veb-saytlarda tender eʼlon qiladi.

30 kundan kam boʻlmagan muddatda

6-bosqich

Tender komissiyasi

Tender oʻtkazish jarayonida talabgorlarning texnik va tijorat (moliyaviy) takliflarini koʻrib chiqadi hamda baholaydi.

10 kun

7-bosqich

Davlat sherigi va tender gʻolibi yoki zaxiradagi gʻolib

Tender natijalari boʻyicha aniqlangan tender gʻolibi yoki zaxiradagi gʻolib bilan DXSH toʻgʻrisidagi bitimni imzolaydi va loyihani amalga oshirishni boshlaydi.

10 kun

8-bosqich

Vakolatli davlat organi

DXSH toʻgʻrisidagi bitim, DXSH loyihasi konsepsiyasini reyestrga kiritadi va roʻyxatdan oʻtkazadi.

3 kun

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-150-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasteri investitsiya loyihasini amalga oshirish tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi “Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasteri investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) konsepsiyasi hamda binolarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniyat vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha belgilangan tartibda auksion savdolarini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda auksion savdolariga Madaniyat vazirligi tizimidagi obyektlar (oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari, davlat teatrlaridan tashqari) chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida quyidagilarni oʻz ichiga olgan “mehmonxona — restoran — savdo doʻkoni — madaniyat muassasasi” oʻzaro integratsiyalashgan tizim orqali turistlar uchun kompleks xizmat koʻrsatadigan yangi turdagi milliy majmua barpo etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) milliy uslubda zamonaviy mehmonxona va restoran, turistlar uchun milliy mahsulotlarni yasash boʻyicha mahorat darslari tashkil etish hamda ushbu mahsulotlarni realizatsiya qilishga moʻljallangan savdo doʻkoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xalq qoʻshiqlari, anʼanaviy raqs, teatr, kuylar ijro etiladigan hamda kinofilmlar namoyish etishga moʻljallangan tomosha zali, mahorat darslari, musiqa cholgʻu ijrochiligi va madaniy uchrashuvlar uchun moʻljallangan madaniyat markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) kulolchilik, zardoʻzlik, kandakorlik kabi hunarmandchilik sanʼatini koʻrsatadigan milliy hunarmandchilik ustaxonasi, mahalliy va chet ellik rassomlarning asarlari namoyish etiladigan tasviriy sanʼat galereyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan obyekt quyidagicha tasarruf etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) investor tomonidan quriladigan obyektlar kamida yigirma besh yil asosiy faoliyatini saqlab qoladi hamda loyiha muddati tugagandan soʻng mehmonxona va restoran investorga mulk huquqi asosida beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) savdo doʻkoni, tomosha zali, madaniyat markazi, tasviriy sanʼat galereyasi, milliy hunarmandchilik ustaxonasi (umumiy obyektning 40 foizigacha qismi) Madaniyat vazirligi tasarrufida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda mehmonxona va restoranni Investorga mulk huquqi asosida oʻtkazib berish boʻyicha namunaviy talabnoma loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda talabnoma asosida investorga mehmonxona va restoran mulk huquqi asosida oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiya loyihasi binolariga zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini olib kelish ushbu loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan shartnomada belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, ichimlik suvi va oqova suv hamda aloqa qismi boʻyicha tegishliligiga koʻra “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investorning tashabbusi bilan kelishuv bekor qilingan taqdirda, uning investitsiya loyihasini amalga oshirishga sarflagan xarajatlari qoplanmaydi, qurilishi tugallanmagan obyekt davlat mulkiga oʻtkaziladi va ushbu qarorga muvofiq investorlar qaytadan qidirib topiladi va tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tijorat banklariga investorlarga investitsiya loyihasi obyekti doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida qoʻshimcha obyektlar qurish uchun 10 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davr bilan tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda kreditlar berish tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investitsiya loyihasi doirasida foydalanishga topshiriladigan obyektlarda faoliyat olib boruvchi xodimlar Madaniyat vazirligi hamda Turizm qoʻmitasi tomonidan oʻqitiladi va malakasi oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-150-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sanʼat sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini ragʻbatlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Madaniyat vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarini bir vaqtda respublika budjetidan markazlashgan tartibda moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish uchun “UzAsbo” dasturiy majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

“UzAsbo” dasturiy majmuasiga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish boʻyicha zarur choralar koʻrish.

2027-yil yanvar

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

“Tumor” davlat raqs ansambli faoliyatini yoʻlga qoʻyish, musiqa cholgʻulari, ovoz kuchaytirish moslamalari, yoritish uskunalari, sahna liboslari va boshqa zarur anjomlarni Davlat budjetidan xarid qilish hamda Toshkent shahridan ansambl uchun maqbul bino ajratish.

1. Ansambl faoliyatini tashkil etish uchun Toshkent shahridan maqbul joy ajratish.

2026-yil iyul

Madaniyat vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Ansambl uchun zarur vositalar roʻyxatini shakllantirish hamda xarid qilish.

2026-yil avgust — oktabr

3. Ansambl faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

2026-yil noyabr

3.

Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyatini yuritish va boshqaruvga beriladigan bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibini belgilash.

Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyatini yuritish va boshqaruvga beriladigan bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, bolalar musiqa va sanʼat maktablari roʻyxati Madaniyat vazirligi tomonidan aniqlanadi.

2026-yil iyun

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4.

“Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasteri investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investorlarni auksion savdolari asosida aniqlash boʻyicha belgilangan tartibda zarur choralar koʻrish.

Loyihani amalga oshirish boʻyicha belgilangan tartibda auksion savdolarini tashkil qilish.

2026-yil sentabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

“Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasteri investitsiya loyihasi konsepsiyasini tasdiqlash.

Bunda loyihaning investitsiya shartlari asosida amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi namunaviy kelishuv loyihasi ishlab chiqilishini taʼminlash.

1. “Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasteri investitsiya loyihasi konsepsiyasini har bir hudud boʻyicha ishlab chiqish.

2. Loyiha konsepsiyasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihaning investitsiya shartlari asosida amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi namunaviy kelishuv loyihasini ishlab chiqish.

4. Loyiha konsepsiyasini tasdiqlash.

2026-yil sentabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Madaniyat vazirligi

6.

Konsepsiya va texnik topshiriqlar asosida “Madaniyat mehmonxonasi” binolarining namunaviy loyihalarini tasdiqlash.

1. Loyiha konsepsiyasi va texnik topshiriqlar asosida “Madaniyat mehmonxonasi” binolarining namunaviy loyihalarini har bir hudud boʻyicha ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil sentabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Madaniyat vazirligi

2. Namunaviy loyihalar asosida loyihalar amalga oshirilishini taʼminlash.

2026 — 2028-yillar

7.

“Madaniyat mehmonxonasi” madaniy klasteri investitsiya loyihasini amalga oshirgan investorga mehmonxona va restoranni mulk huquqi asosida oʻtkazib berish.

Mehmonxona va restoranni investorga mulk huquqi asosida oʻtkazib berish boʻyicha namunaviy talabnoma loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ikki oy muddatda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Madaniyat vazirligi

8.

Mehmonxonalarda milliylikni targʻib etishni ommalashtirish.

1. Ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Mehmonxonalarda milliylikdan foydalanish boʻyicha amaliy qoʻllanmalar tayyorlash va ularni joriy etish boʻyicha tavsiyalar berish.

2026-yil sentabr

Turizm qoʻmitasi,

Madaniyat vazirligi

9.

DXSH va investitsiya loyihalari doirasida binolarga zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini olib kelish, ushbu loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan shartnomada belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, ichimlik suvi va oqova suv hamda aloqa qismi boʻyicha tegishliligiga koʻra “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirish.

1. Investitsiya obyekti boʻyicha muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ehtiyojni aniqlash va tegishli tashkilotlardan texnik shartlarni olish.

2. “Oʻzbekenergo”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzsuvtaʼminot” va “Oʻzbektelekom” bilan kelishilgan holda tashqi tarmoqlarni tortish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlari boʻyicha qoʻshma ish grafigini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish.

2026-yildan boshlab reja asosida

“Oʻzbekenergo” AJ,

“Oʻztransgaz” AJ,

“Oʻzbektelekom” AK,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

Madaniyat vazirligi

10.

Tijorat banklari tomonidan investorlarga investitsiya loyihasi obyekti doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida qoʻshimcha obyektlar qurish uchun 10 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davr bilan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda kreditlar berish.

1. Investorlar tomonidan taqdim etilgan investitsiya loyihalari asosida qoʻshimcha obyektlar qurishni moliyalashtirish uchun kreditlar berish.

2. Kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat oʻrnatish.

2026-yildan boshlab soʻrovga koʻra

Markaziy bank

11.

Madaniyat va sanʼat sohasida grant ajratish tartibini tasdiqlash.

Bunda tanlov eʼlonlari, arizalarni qabul qilish va baholash jarayonlarini nazarda tutuvchi “madaniyatgrant.uz” yagona elektron platformasini ishga tushirishni nazarda tutish.

1. Madaniyat va sanʼat sohasida grant ajratish tartibini tasdiqlashga qaratilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

Madaniyat vazirligi

2. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini tasdiqlash.

2026-yil oktabr

12.

Nodavlat madaniyat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilash.

1. Nodavlat madaniyat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash tartibini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Loyihani belgilangan tartibda tasdiqlash.

2026-yil oktabr

13.

Yangi nodavlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida har bir hududdan maqbul yer uchastkalarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolariga mulk yoki ijara huquqi asosida chiqarish hamda nodavlat madaniyat tashkilotlari uchun homiylik xayriyalarini yoʻnaltirgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish.

1. Yangi qurilgan massivlarda demografik oʻsish, aholi joylashuvi va zichligini hisobga olgan holda kelgusi yillarda yangi nodavlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida har bir hududdan maqbul yer uchastkalarini aniqlash.

2. Aniqlangan yer uchastkalarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolariga mulk yoki ijara huquqi asosida chiqarish.

3. Nodavlat madaniyat tashkilotlari uchun binolar qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun homiylik xayriyalarini yoʻnaltirgan tadbirkorlik subyektlari rahbarlarini davlat mukofotlariga tavsiya etish.

Har yili

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat vazirligi

14.

Tayyorlanadigan va import qilinadigan uskunalar hamda moddiy jismlar roʻyxati, shuningdek, yigʻiladigan haq stavkalari, uni yigʻish shartlari va tartibini tasdiqlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

Madaniyat vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil oktabr

3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil noyabr

15.

Madaniyat va sanʼat sohasida raqamli boshqaruvga oʻtish, ommaviy-madaniy va konsert tomosha tadbirlarida sunʼiy intellekt va yangi texnologiyalardan keng foydalanish ishlarini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Vazirlik va idoralarning masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzish, xorijiy tajribani oʻrganish yuzasidan xizmat safariga yuborish hamda asoslantirilgan takliflar tayyorlash.

2026-yil sentabr

Madaniyat vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Takliflar asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

3. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil noyabr

4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

16.

Madaniyat vazirligi tomonidan madaniyat va sanʼat yoʻnalishida sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Nodavlat notijorat tashkilotlar bilan doimiy hamkorlikda samarali ishlarni amalga oshirish.

2026-yildan doimiy

Madaniyat vazirligi

17.

Har bir hududning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, madaniy xilma-xilligini ochib beruvchi turli materiallar tayyorlash boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlarga buyurtma berib borish.

1. Har bir hududning oʻziga xos madaniy xilma-xilligi hamda xususiyatlarini aniqlash.

2. Buyurtmaning moliyalashtirish manbasiga aniqlik kiritish.

Har yili yanvar oyi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3. Materiallar tayyorlash yuzasidan buyurtma berish hamda shartnoma imzolash.

Har yili kamida 2 marotaba

18.

Toshkent shahridagi “Aviasozlar” madaniyat saroyini Madaniyat vazirligi tizimiga oʻtkazish hamda “Xalqlar doʻstligi” saroyi, “Aviasozlar” madaniyat saroyi va “Turkiston” sanʼat saroyini rekonstruksiya qilish va moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

1. Toshkent shahridagi madaniyat saroylarini rekonstruksiya qilishni 2028 — 2030-yillardagi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish boʻyicha taklif tayyorlash.

2027-yil dekabr

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Madaniy meros agentligi

2. Dasturga asosan rekonstruksiya hamda moddiy-texnika bazasini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish.

Belgilangan muddatlarda

19.

Qarorning 4-ilovasiga muvofiq rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha binolar qurish rejalashtirilgan ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablarini 2027 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish hamda qurish va jihozlash ishlarini amalga oshirish.

Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablarini 2027 — 2029-yillar uchun tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

2027-2028-yillar

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

20.

Tuman (shahar) hokimliklari tizimida yangi tashkil etiladigan hamda Madaniyat vazirligi tizimidagi binosi mavjud boʻlmagan madaniyat markazlari uchun yangi bino qurish ishlarini 2027-yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish hamda qurish va jihozlash ishlarini amalga oshirish.

1. Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda mos yer ajratish choralarini koʻrish.

2026-yil avgust

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Madaniyat markazlarini 2027-yil va kelgusi yillar uchun tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish choralarini koʻrish.

2026-yil dekabr

3. Qurilish ishlarini amalga oshirish hamda foydalanishga topshirish.

2027-yil va kelgusi yillar

21.

Tuman (shahar) hokimliklari tizimida yangi tashkil etiladigan madaniyat markazlari binolarining qurilish ishlari yakuniga yetkazilgunga qadar, ularni vaqtincha boshqa binolarga joylashtirish va toʻliq faoliyat olib borishini taʼminlash.

Qurilish ishlari yakuniga qadar madaniyat markazlarini yaqin hududdagi binoga vaqtincha barcha sharoitlarni inobatga olgan holda joylashtirish.

Reja-grafikka asosan

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat vazirligi

22.

Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarga ajratilayotgan budjet mablagʻlari samaradorligini oshirish yuzasidan doimiy monitoringni yoʻlga qoʻyish.

1. Madaniyat vazirligi tizimida qisqartirilayotgan shtat birligi hisobidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparatiga 1 ta shtat birligi ajratish.

2. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirish kiritish.

2027-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi

23.

2027-yil 1-yanvardan boshlab markazlashgan tartibdagi moliyalashtirish tizimiga oʻtish munosabati bilan Madaniyat vazirligi tuzilmasida amaldagi shtat birliklari doirasida vazirlik markaziy apparati hamda hududiy madaniyat boshqarmalarining moliyaviy yoʻnalishdagi boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish.

1. Madaniyat vazirligi markaziy apparati moliya yoʻnalishidagi boʻlinmalarga qoʻshimcha 10 ta shtat birligi ajratish.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari moliyaviy yoʻnalishidagi boʻlinmalariga yana 4 tadan shtat birligi ajratish.

3. Madaniyat vazirligi markaziy apparati hamda hududiy madaniyat boshqarmalarining amaldagi tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish.

2027-yil yanvar

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

24.

Madaniyat sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish hujjatlarining namunaviy shakllarini ishlab chiqish.

1. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning namunaviy shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish hujjatlarini vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

Bir oy muddatda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi

25.

Madaniyat obyektlari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish tartibini belgilash.

Madaniyat obyektlari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish tartibini belgilash. Bunda quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

madaniyat obyektlarida xususiy sherik tomonidan tashkil etilgan toʻgaraklarda ishtirok etadigan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun hamda 3 tadan koʻp boʻlmagan milliy toʻgaraklar ishtirokchilariga toʻlovlarni ularning sonidan kelib chiqib, Davlat budjeti hisobidan qoplab berish.

Ikki oy muddatda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi

26.

Madaniyat obyektlarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tender komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

1. Madaniyat sohasiga oid alohida tender komissiyasi tarkibini shakllantirish.

Bir hafta muddatda

Madaniyat vazirligi

2. Tender komissiyasi tarkibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Ikki oy muddatda

27.

Madaniyat obyektlarini xususiy sherikka mulk huquqi asosida oʻtkazib berish.

Madaniyat obyektlarida xususiy sherik tomonidan yangidan barpo etilgan, rekonstruksiya qilingan binolarni tumanlar (shaharlar) toifasidan kelib chiqib, xususiy sherikka mulk huquqi asosida oʻtkazib berish boʻyicha namunaviy talabnoma loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ikki oy muddatda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Madaniyat vazirligi

28.

Qarorda belgilangan vazifalar va taklif etilgan tashabbuslarni amalga oshirish hamda madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish, soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hudud miqyosida namuna ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish.

Namangan viloyati misolida qarorda belgilangan vazifalar va taklif etilgan tashabbuslarni amalga oshirish hamda madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish, soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha taqdimot tayyorlash.

2026-yil 5-may

Namangan viloyati hokimligi,

Madaniyat vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-150-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha binolar qurish rejalashtirilgan ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maktab nomi

Amalga oshiriladigan ishlar

Maktablarga biriktirilgan oliy taʼlim tashkiloti nomi

2027-yil

1.

R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi

Oʻquv binosi, yotoqxona binosi, oshxona binosi hamda konsert zallarini kapital taʼmirlash.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

2.

V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi

Oʻquv binosi, yotoqxona binosi, oshxona binosi hamda konsert zallarini kapital taʼmirlash.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

3.

Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

1. Oʻquv binosini qurish.

2. Yotoqxona binosini qurish.

3. Oshxona binosini qurish.

Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti

2028-yil

4.

Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi

1. Yotoqxona binosini qurish.

2. Oshxona binosini qurish.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

5.

Ellikqalʼa ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

1. Yotoqxona binosini qurish.

2. Oshxona binosini qurish.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

6.

Qarshi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

1. Qoʻshimcha oʻquv binosini qurish.

2. Yotoqxona binosini qurish.

3. Oshxona binosini qurish.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

7.

Qarshi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi

1. Oʻquv binosini qurish.

2. Yotoqxona binosini qurish.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

8.

Bekobod ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

1. Yotoqxona binosini qurish.

2. Oshxona binosini qurish.

3. Konsert zalini qurish.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

9.

Jizzax ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

1. Yotoqxona binosini qurish.

2. Oshxona binosini qurish.

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti

10.

Guliston ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

1. Yotoqxona binosini qurish.

2. Oshxona binosini qurish.

3. Konsert zalini qurish.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

2029-yil

11.

Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi

Oʻquv binosini rekonstruksiya qilish.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

12.

Namangan ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

1. Yotoqxona binosini qurish.

2. Oshxona binosini qurish.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

13.

Namangan ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi

1. Oshxona binosini qurish.

2. Yotoqxona binosini mukammal taʼmirlash.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

14.

Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

Oshxona binosini qurish.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

15.

Termiz ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

Oshxona binosini qurish.

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti

16.

Urganch ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

1. Yotoqxona binosini qurish.

2. Oshxona binosini qurish.

Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti

17.

Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

1. Yotoqxona binosini qurish.

2. Oshxona binosini qurish.

3. Oʻquv binosini mukammal taʼmirlash.

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti

18.

Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi

1. Yotoqxona binosini qurish.

2. Oshxona binosini qurish.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: qurilayotgan bino va inshootlar maktablar sigʻimidan kelib chiqib loyihalashtiriladi va quriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 07/26/150/0406-son)