20.04.2026 yildagi PQ-148-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2030strategiyasini 2026-2027-yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning 24-fevral kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PF-66-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2030” strategiyasida qayd etilgan asosiy vazifalar ijrosini tashkil etish, shuningdek, yoshlar bandligini taʼminlash va ularning mehnat bozoriga kirib kelishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 20 ming nafar yoshlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) har yili 20 ming nafar yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2030” strategiyasini 2026-2027-yillarda amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni 2026-2027-yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2030-yilga qadar 20 ming nafar yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitishga moʻljallangan Yoshlar ishlari agentligining “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini ishga tushirish, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mahalliy va xorijiy ekspertlar (konsultantlar) hamda xususiy sektor bilan shartnoma asosida hamkorlik qilinadi, “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida oʻqitish uchun yoshlar saralab olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida biznes loyihasini ishlab chiqish, sotuvga chiqish va bozorni kengaytirish kabi yoʻnalishlarni qamrab oluvchi tadbirkorlik asoslari boʻyicha bilimlar berib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) yoshlar loyihalariga mentorlik va konsultativ xizmatlar koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) loyiha yakunida yoshlarning bilimlari sinovdan oʻtkazilib, ijobiy oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan eng yaxshi 1 ming nafar yoshlarga Yoshlar ishlari agentligining sertifikati beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sertifikatga ega boʻlgan yoshlarga Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 500 baravarigacha miqdorda Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga ssuda ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Jamgʻarmadan moliyaviy koʻmak olgan yosh tadbirkorlar faoliyatidagi muammolari va masalalarini hal qilishga koʻmaklashuvchi Yoshlar biznes maslahatchilari guruhini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yil 1-avgustdan boshlab tuman fermerlari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan boshligʻi yoshlar boʻlgan yangi tashkil etilgan fermer xoʻjaliklariga aʼzolik badallari toʻlanganligi hamda paxta va gʻalla yetishtirishidan qatʼi nazar 2 yil davomida bepul xizmat koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yil 1-iyuldan boshlab Jamgʻarma tomonidan budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida yoshlar tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (elektr energiyasi, ichimlik suvi va oqova suv tarmogʻi) ulash bilan bogʻliq davlat xizmatlari xarajatlarining koʻpi bilan BHMning 10 baravarigacha boʻlgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishini ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilish jarayonlarida yagona yondashuvni taʼminlash boʻyicha quyidagi tartiblar joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) suhbat bosqichida beriladigan savollar (topshiriqlar) davlat organining rasmiy veb-saytida kamida bir oy oldin eʼlon qilinadi, bir oy oldin eʼlon qilinmagan savollarni nomzodlarga berish taqiqlanadi, bundan yangi tashkil etilgan davlat organlari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ichki tanlovlar oʻtkazilmaydigan hamda tanlovlarni oʻtkazishda nomzodlarga nisbatan umumiy yoki maxsus ish stajiga oid talablar belgilanmaydigan lavozimlar roʻyxati hamda tanlovlarni oʻtkazishda nomzodlarga nisbatan koʻpi bilan 2 yil umumiy yoki maxsus ish stajiga oid talablar qoʻyiladigan lavozimlar roʻyxati belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining ishsiz yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasblarga oʻqitish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisidagi quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan hamda zamonaviy kasblar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Reyestrga kiritilgan kasblarga oʻqigan yoshlarning kasbiy koʻnikmalarini baholash — milliy sertifikatsiyalash tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) zamonaviy kasblar boʻyicha milliy sertifikat olgan quyidagi toifadagi yoshlarning xarajatlarini “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish tizimini yoʻlga qoʻyish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan davlat taʼminotidagi oilalar va kambagʻal oilalarning farzandlariga oʻqish va imtihon xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning farzandlariga imtihon topshirish xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu banddan kelib chiqib, tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yoshlar ishlari agentligi 2026-yil 1-oktabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) yiliga 20 ming nafar yoshlarni nodavlat qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi subyektlar bilan hamkorlikda zamonaviy kasblarga oʻqitish boʻyicha “Kelajak kasblari” dasturini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Kasbiy taʼlim agentligi bilan birgalikda har bir tuman (shahar)da texnikum va nodavlat qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar ustaxona-laboratoriyalarini tashkil etsin. Buning uchun kasb-hunar ustaxona-laboratoriyasini tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorga Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida BHMning 1 200 baravarigacha miqdorda 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida innovatsiyalarni rivojlantirish hamda texnikum oʻquvchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yildan boshlab tijoratlashtirish salohiyati yuqori boʻlgan startap loyihalar asosida yangi mahsulotlar va texnika-texnologiyalarni yaratish uchun davlat texnikumlari huzurida “spin-off” korxonalarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini 5 yil muddat davomida xususiylashtirish man etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) tegishli muassasalarning boʻsh turgan bino va inshootlaridagi maydonlar 5 yildan ortiq boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) mazkur bandning “a” kichik bandi “ii” xatboshisida nazarda tutilgan huquqlardan korxonalarning asosiy faoliyat yoʻnalishidan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “spin-off” korxonalariga texnikum oʻquvchilarining startap loyihalarini amalga oshirish uchun Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 1 milliard soʻmgacha grant ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kasbiy taʼlim agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida bittadan texnikumlarda “spin-off” korxonasini namunali qilib ishga tushirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ikki oy muddatda mazkur “spin-off” korxonalari tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yoshlar ishlari agentligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga Strategiyada belgilangan vazifalarni 2026-2027-yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qaror doirasida amalga oshiriladigan ishlarni keng yoritib borish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-148-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PQ-148-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni 2026-2027-yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ustuvor yoʻnalishlar, maqsadlar va vazifalar

Amalga oshirish mexanizmlari

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning mehnatga oid qonuniy huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish orqali salohiyatli yosh kadrlarni qoʻllab-quvvatlash

1.

Ish beruvchilar va ishsiz yoshlarni oʻzaro bogʻlovchi, yoshlarning bandlik darajasini aniqlash va monitoring qilish imkoniyatlariga ega elektron platformani ishlab chiqish.

1. Elektron platforma loyihasini ishlab chiqish, texnik faoliyat asoslarini shakllantirish.

2026-yil iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va homiylar mablagʻlari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Elektron platforma orqali mehnat bozorini tahlil qilish, talab yuqori boʻlgan kasb va ish turlarini aniqlash, hududlarda oʻrtacha ish haqi miqdorlarini aniqlab borish mexanizmlarini ishlab chiqish.

3. Elektron platformada kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha nazariy va amaliy onlayn oʻquv dasturlarini joriy etish.

2026-yil iyul

4. Elektron platformani axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq tegishli ekspertizalardan oʻtkazish.

2026-yil iyul — dekabr

5. Elektron platformani davlat boshqaruv organlarining zarur axborot tizimlari bilan integratsiya qilish va doimiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2027-yil yanvar

2.

Yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini ishga tushirish.

1. “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Konsepsiyada tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni 3 oygacha oʻqitish, oʻqitish xarajatlari uchun subsidiya ajratish, sertifikatga ega boʻlgan yoshlarga ssuda ajratish tartiblarini belgilash.

2026-yil may

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Yoshlar ishlari agentligi,

Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi,

Savdo-sanoat palatasi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyun

3.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida yoshlar tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (elektr energiyasi, ichimlik suvi va oqova suv tarmogʻi) ulanish bilan bogʻliq davlat xizmatlari xarajatlarini qoplab berish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

qoplab berish tartibini yangi tashkil etilganiga 6 oydan oshmagan va taʼsischisi (ulushi kamida 50 foiz boʻlgan) hamda rahbari 30 yoshdan oshmagan yoshlar boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etish;

elektr energiyasi, ichimlik suvi va oqova suv tarmogʻiga ulanish bilan bogʻliq davlat xizmatlari xarajatlarining koʻpi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha boʻlgan qismini qoplab berish.

2026-yil may

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Yoshlar ishlari agentligi,

Energetika vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyun

4.

Ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan hamda qoʻllab-quvvatlanadigan yoshlar toifasini qayta koʻrib chiqish.

1. Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan, biroq qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlovga muhtoj yoshlarni reyestrga kiritish mezonlarini ishlab chiqish.

2026-yil may

-

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kasbiy taʼlim agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2. Reyestrga kiritilgan yoshlarga ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish tartibini belgilash.

2026-yil iyun

3. Belgilangan tartib asosida yoshlarni Yoshlar ishlari agentligi reyestriga kiritib borish.

2026-2027-yillar davomida

5.

Qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini xabardor qilish tartibida amalga oshirishning talab va shartlarini soddalashtirish.

1. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qaroriga yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun quyidagi oʻzgartirishlarni kiritish:

davlat muassasalari binolarida faoliyat olib borganda yongʻin xavfsizligi va sanitariya organlari xulosalarini olish majburiyati bino tegishli boʻlgan davlat muassasalari zimmasiga yuklatish;

xonalar maydoni hamda uni jihozlashga oid talablarni yengillashtirish;

oʻquv rejasi va dasturi Maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqish talabini bekor qilish.

2026-yil may

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Adliya vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyun

6.

Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash boʻyicha tanlov oʻtkazishni takomillashtirish.

1. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash boʻyicha tanlov oʻtkazishni takomillashtirishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

suhbat bosqichida beriladigan savollar (topshiriqlar)ni davlat organining rasmiy veb-saytida kamida bir oy oldin eʼlon qilish, bir oy oldin eʼlon qilinmagan savollarni nomzodlarga berishni taqiqlash, bundan yangi tashkil etilgan davlat organlari mustasno;

ichki tanlovlar oʻtkazilmaydigan hamda tanlovlarni oʻtkazishda nomzodlarga nisbatan umumiy yoki maxsus ish stajiga oid talablar belgilanmaydigan lavozimlar roʻyxati hamda tanlovlarni oʻtkazishda nomzodlarga nisbatan koʻpi bilan 2 yil umumiy yoki maxsus ish stajiga oid talablar qoʻyiladigan lavozimlar roʻyxatini belgilash.

2026-yil may

-

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Adliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyun

7.

“Tashabbuskor qizlar maktabi” loyihasini budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda ishga tushirish va amalga oshirish.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirishga masʼullarni belgilash.

2. Loyihada quyidagilarni amalga oshirish:

loyihani har bir tuman (shahar) doirasida oʻtkazish hamda unga 16 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan qizlarni jalb etish;

loyihada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish hamda ishtirok etishni bepul tarzda amalga oshirish;

loyiha doirasida xotin-qizlarning huquqlari, sogʻlom turmush tarzi, oilaviy qadriyatlar, kasb tanlash, ilm-fan, xorijiy tillar kabi oʻquvlarni tashkil etish.

2026-yil iyundan boshlab

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari,

mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

8.

Xalqaro darajada va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon tizimlarini joriy etishni qoʻllab-quvvatlash.

Xususiy sektor tomonidan xalqaro darajada va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon tizimlarini joriy etish boʻyicha mexanizmlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

imtihonlarni Oʻzbekistonda joriy etish xarajatlarini qoplab berish;

ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlariga xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon xarajatlari uchun subsidiya ajratish;

tartibli migratsiyaga chiqib ketadigan yoshlarning xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon xarajatlarini qoplab berish nazarda tutiladi.

2026-yil avgust

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi,

Kasbiy taʼlim agentligi,

Migratsiya agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Savdo-sanoat palatasi

9.

Ishsiz yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasblarga oʻqitish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasblar reyestrini shakllantirish;

reyestr asosida oʻqib, bitirgan yoshlarning kasbiy koʻnikmalarini baholash boʻyicha milliy sertifikatsiyalash tizimini joriy etish;

zamonaviy kasblar boʻyicha milliy sertifikat olgan yoshlarning xarajatlarini qoplab berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil iyun

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Kasbiy taʼlim agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyul

10.

Texnikum oʻquvchilariga “Work and travel” xalqaro dasturlari orqali ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun ssuda ajratish tartibini ishlab chiqish.

1. “Work and travel” xalqaro dasturlari orqali ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borish va kelish bilan bogʻliq xarajatlar uchun ssuda ajratish tartibini texnikum oʻquvchilariga nisbatan tatbiq etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil iyun

-

Kasbiy taʼlim agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyul

11.

Xorijda ishlash istagini bildirgan yoshlarni xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasiga yuborish bilan bogʻliq byurokratik jarayonlarni liberallashtirish choralarini koʻrish.

1. Mehnat migratsiyasiga yuborish bilan bogʻliq jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil iyun

Migratsiya agentligiga 2026-2027-yillarda Davlat budjetidan rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida

Migratsiya agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Xorijga chiqish istagini bildirgan yoshlar roʻyxatini shakllantirish.

2026-2027-yillar davomida

3. Shakllantirilgan roʻyxat asosida ularning malaka va koʻnikmalarini oshirish, kasbga oʻqitish.

Har chorakda

4. Belgilangan tartibda tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi orqali imtiyozli mikroqarz, chegirma chiptalari, sugʻurta subsidiyalari orqali moliyaviy ragʻbatlantirish.

Har chorakda

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining voyaga yetmaganlarga oid mehnat munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini undagi voyaga yetmaganlarning mehnat huquqini muhofaza qilish boʻyicha masalalar yuzasidan, shu jumladan, xalqaro talab va standartlarni inobatga olgan holda takomillashtirish boʻyicha taklif qishlab chiqish.

2026-yil iyun

-

Adliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Bolalar ombudsmani,

Savdo-sanoat palatasi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Sohaga oid qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish.

2026-yil iyul

3. Tegishli hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil avgust

13.

Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda xoʻjalik birlashmalarining yosh xodimlari oʻrtasida “Yilning eng faol yosh xodimi” koʻrik-tanlovini oʻtkazib borish.

1. Tanlovning tashkiliy qoʻmitasini tuzish va nizomini ishlab chiqish.

2026-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

2. Tanlovning hududiy va saralash bosqichini oʻtkazish.

3. Respublika miqyosida gʻoliblarni ragʻbatlantirish va OAV orqali yoritish.

2026-yil may — dekabr

14.

Kreativ yondashuv asosida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Huquqiy hudud” mobil ilovasini ishga tushirish.

1. Mobil ilova loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

Ijrochilar mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Mobil ilovani yaratishga qaratilgan yoshlar jamoasini shakllantirish.

2026-yil noyabr

3. Mobil ilovani yaratish va yoshlar oʻrtasida mobil ilovaning taqdimotini oʻtkazish.

2026-yil dekabr

II. Iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, “IT”, xorijiy tillarga oʻqitish, kitobxonlikka va sportga keng jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish

15.

Hududlarda “Yoshlik — hayotning baxtli va oltin davri” shiori asosida “Hayot fest” yoshlar festivalini oʻtkazib borish.

1. Festival konsepsiyasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Festival doirasida quyidagi tadbirlarni oʻtkazish:

festivalni ekologik texnologiyalar asosida tashkil etish;

festivalning asosiy mehmoni sifatida xalqaro darajadagi mega yulduzlarni, elektro-musiqa guruhlarini taklif etish;

festival doirasida milliy raqslar, qoʻshiq va musiqa tanlovlarini oʻtkazish;

gastro-festival (milliy taomlar, dehqonchilik mahsulotlari), milliy liboslar hamda hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etish;

ART-maydon (graffiti, zamonaviy raqslar, interaktiv oʻyinlar va master-klasslar) tashkil etish;

eko-faollikni targʻib qilish (“zero waste”, tabiiy kosmetika, ekoodatlar boʻyicha seminarlar).

2026-2027-yillarda avgust-sentabr oylarida

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari,

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida, homiylik mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Yoshlar ishlari agentligi,

Madaniyat vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Yoz oylarida yoshlarni madaniy, jismoniy va maʼrifiy jihatdan rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarni ommalashtirish boʻyicha Toshkent shahar tajribasi asosidagi “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda doimiy oʻtkazib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2026-yil may

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari,

Madaniyat vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha doirasida quyidagi tadbirlarni oʻtkazish:

konsert-tomosha va madaniy tadbirlarni oʻtkazish;

muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, ijodkorlar, olimlar, jurnalist va blogerlar ishtirokida master-klasslarni tashkil etish;

mavsumiy va doimiy ish oʻrinlari boʻyicha mehnat yarmarkalarini oʻtkazish;

nodavlat qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi oʻquv markazlari koʻrgazmalarini tashkil etish hamda yoshlarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish;

“Orzu” bolalar ijodiyot festivalini oʻtkazish;

band boʻlmagan yosh xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga bepul oʻqitish;

tashabbusli volontyorlik loyihalarini amalga oshirish va eng yaxshi volontyorlarni taqdirlash.

Har yili iyul — sentabr oylarida

17.

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida “Yoshlar oyligi”ni tashkil etish.

1. Festivalning chora-tadbirlar rejasi va konsepsiyasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2026-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Sport vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

2. Reja asosida tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.

3. Tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etgan yoshlarni ragʻbatlantirish va tadbirlarni OAVda yoritish.

2026-yil iyun

18.

Ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning madaniyat sohasidagi imkoniyatlarini amalda sinab koʻrish uchun “Milliy karaoke” loyihasini qoʻllab-quvvatlash.

1. Yoshlarga qoʻshiqchilik sohasidagi iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan “Milliy karaoke” loyihasini takomillashtirish.

2026-yil may

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Yoshlar ishlari agentligi,

Madaniyat vazirligi

2. Loyiha doirasida ishlab chiqilgan qoʻshiqlarni ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa “YouTube” axborot tarmogʻi orqali keng targʻib qilish.

2026-2027-yillar davomida

19.

Yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan intellektual oʻyinlar hamda televizion shou-dasturlarni ommalashtirish choralarini koʻrish.

1. Shou-dasturlar reja-grafigini ishlab chiqish.

2026-yil may

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Zakovat”, “Munozara”, “Kibersport” musobaqalari va boshqa televizion loyihalarni tashkil etish.

3. Ushbu loyihalar orqali mahalla va taʼlim muassasa yoshlarini qamrab olish choralarini koʻrish.

2026-2027-yillar davomida

20.

Nodavlat qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish maqsadida Oʻquv markazlari uyushmasini tashkil etish.

1. Quyidagilarni inobatga olgan holda Oʻquv markazlari uyushmasini tashkil etish:

nodavlat qoʻshimcha taʼlim xizmatlari bozorini tizimli rivojlantirish, oʻquv markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ular oʻrtasida samarali hamkorlik, ochiqlik va sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish hamda ularning manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish;

qoʻshimcha taʼlim xizmatlari sifati, mazmuni va samaradorligini oshirishga qaratilgan yagona yondashuv, standart va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etishga koʻmaklashish;

oʻquv markazlarida zamonaviy taʼlim dasturlari, innovatsion pedagogik texnologiyalar va raqamli taʼlim yechimlarini joriy etish, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba va amaliyotlarni oʻrganish va tatbiq etishni qoʻllab-quvvatlash;

oʻquv markazlari rahbarlari va pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tizimli tashabbuslarni amalga oshirish;

yoshlarni, ayniqsa ishsiz va ijtimoiy ehtiyojmand qatlam vakillarini talab yuqori boʻlgan ilm-fan, kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun qoʻshimcha taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish hamda davlat organlari, taʼlim muassasalari, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish.

2. Uyushmani davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2026-yil iyun

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida, homiylar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

21.

Bolalarning mantiqiy va aqliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Kubik-Rubik” boʻyicha “Smart kids” musobaqasi hamda mental arifmetika turnirini tashkil qilish.

1. Tanlov nizomini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2026-yil may

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida, Oʻzbekiston bolalar tashkiloti mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston bolalar tashkiloti

2. Tanlov haqida ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon berish va ishtirokchilarni elektron roʻyxatdan oʻtkazish.

3. Tanlovni reja asosida yuqori saviyada tashkil etish va OAV larda keng yoritish.

2026-yil iyun

22.

Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻrtasida “Sport ligalari”ni oʻtkazish.

1. Sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qoʻshma qarorni tasdiqlash.

2026-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Kasbiy taʼlim agentligi,

Sport vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi

2. Musobaqalarni 3 bosqichda yuqori saviyada tashkil etish hamda OAVlarida keng yoritish.

2026-yil sentabr — noyabr

23.

Mahalladagi yoshlar yetakchilari oʻrtasida “Yetakchilar spartakiadasi — 2026” musobaqalarini budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida tashkil etish.

1. Spartakiada oʻtkazish boʻyicha nizom ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Yoshlar ishlari agentligi,

Sport vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

2. Musobaqalarning tuman (shahar) bosqichlarini oʻtkazish.

2026-yil iyul — noyabr

3. Musobaqaning yakuniy bosqichini oʻtkazish, gʻoliblarni ragʻbatlantirish va OAV orqali yoritish.

2026-yil dekabr

III. Yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik gʻoyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish

24.

Tarbiyasi ogʻir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik loyihalari bilan sogʻlomlashtirishga qaratilgan “Jasorat maktabi” harbiy-sport sogʻlomlashtirish oʻquv yigʻinlarini tashkil etish.

1. Oʻquv-yigʻinlarning reja-grafiklarini ishlab chiqish.

2. Oʻquv-yigʻinlar ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil may

Hududiy va mahalliy hokimliklar mablagʻlari

Mudofaa vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3. Oʻquv-yigʻinlarni tashkil etish va OAVda keng yoritish.

Reja asosida

25.

“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida turli millat vakillari boʻlgan yoshlar ishtirokida “Turli millatlar — yagona fuqaroviy oʻzlik” mavzusida konferensiya tashkil etish.

1. “Turli millatlar — yagona fuqaroviy oʻzlik” mavzusida tashkil etiladigan konferensiyada yoshlar ishtirokini taʼminlash.

2. Ishtirok etgan yoshlarni ragʻbatlantirish.

2026-yil noyabr

Millatlararo munosabatlar qoʻmitasi mablagʻlari

Millatlararo munosabatlar qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Madaniyat vazirligi

26.

Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyati darajasini yuksaltirish, xalqaro darajadagi loyihalarda ishtirok etishi uchun tayyorlash maqsadida barcha hudud va tuman (shahar)larda “Adolat” debat guruhlarini tashkil etish.

1. “Adolat” debat guruhlarini tashkil etish boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Har bir hudud va tuman-shaharlarda debat koordinatorlari saylovini oʻtkazish va debatlar tashkil etish.

Reja asosida

27.

Aholi gavjum joylar, xiyobon va dam olish maskanlarida “Adolat sayli” huquqiy aksiyasini oʻtkazish.

1. Huquqiy sayil oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Loyiha va tadbirlarni tashkil etish hamda faol ishtirok etgan yoshlarni ragʻbatlantirish va OAVda yoritish.

Reja asosida

28.

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Yosh oilalar forumlari”ni tashkil etish.

1. Forum konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish.

2026-yil may

Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Forumni yuqori saviyada tashkil etish va unga psixolog, sotsiolog olimlar va mutaxassislarni jalb etish.

3. Forum natijasida yosh oilalar uchun uslubiy qoʻllanma tayyorlab, tarqatish.

Reja asosida

29.

Jamiyatga kirib kelayotgan yosh avlod vakillariga taʼlim va tarbiya berish maqsadida “Yangi oilaviy tarbiya konsepsiyasi”ni ishlab chiqish choralarini koʻrish.

1. “Yangi oilaviy tarbiya konsepsiya”si va uslubiy materiallarni ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

2. Soha vakillari, mahalla faollari uchun seminar-treninglar tashkil etish.

3. Konsepsiya asosida media kontent tayyorlash va ularni ommalashtirish.

Reja asosida

30.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Harbiy vatanparvarlik spartakiadasi”ni tashkil etish.

1. Tegishli vazirlik idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Harbiy vatanparvarlik spartakiadasi”ni oʻtkazish tartibi boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,

Ichki ishlar vazirligi,

Oliy sud,

Milliy gvardiya,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Spartakiadani oʻtkazish yuzasidan qoʻshma qaror ishlab chiqib, tasdiqlash.

2026-yil iyun

3. Harbiy vatanparvarlik spartakiadasi”ni tashkil etish.

2026-2027-yillar davomida

31.

Yoshlar oʻrtasida harbiy sport musobaqalari oʻtkazilishini ommalashtirish, ularni mard, jasur va har tomonlama sogʻlom boʻlishiga qaratilgan “Shijoat va gʻayrat” harbiy-sport musobaqasini tashkil etish.

1. Musobaqani oʻtkazish tartibi va dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Dastur asosida musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish.

2026-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Sport vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

3. Musobaqaning respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash.

4. Musobaqa jarayonini OAVda yoritish.

2026-2027-yillar davomida

32.

Turli millatlarning “Yagona Vatan va umumiy kelajak sari” gʻoyasi asosida hamjihatlik, umummilliy birdamlikni targʻib qiluvchi badiiy asarlar asosida “Doʻstlik adabiyoti haftaligi” hamda “Vatanimiz Oʻzbekiston” badiiy kechasini tashkil etish.

1. Haftalik rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

2. Tadbirlarni taniqli yozuvchilar va shoirlar ishtirokida tashkil etish.

Reja asosida

33.

Yoshlar orasida adolat, jasorat, vatanparvarlik va maʼnaviy yuksak qadriyatlarni targʻib qilish, jamiyatdagi muammolarga nisbatan faol fuqarolik pozitsiyasi shakllanishiga hissa qoʻshish maqsadida teleseriallarni suratga olish.

1. Ssenariy loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil iyun

Ijrochilar mablagʻlari

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Mutolaa va tahlillar asosida obrazlar va dialoglar yaratish.

3. Teleserialni tasvirga olish.

4. Teleserialni ijtimoiy tarmoqlar orqali ommalashtirish.

Reja asosida

34.

“Kun mavzusi” nomli yoshlarbop videopodkast tasvirga olish va keng namoyish etish.

1. Podkast oʻtkaziladigan joy va kunni aniqlash.

2. Yoshlarni qiziqtirayotgan zamonaviy mavzularda podkast tayyorlash va namoyish etish.

2026-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Yoshlar ishlari agentligi

3. Zamonaviy mavzularda tayyorlangan podkastlarni turli platformalarda ommalashtirish.

Reja asosida

35.

Qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish kabi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada yutuqlarga erishgan hamda boshqa yoshlarga namuna boʻladigan yoshlar faoliyatini keng yoritish va ommalashtirish.

1. Ijtimoiy tarmoqlarda qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish kabi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada yutuqlarga erishgan yoshlar haqida kontentlar tayyorlash boʻyicha media-rejani tasdiqlash.

2026-yil iyun

-

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

2. Yoshlar qamrovi yuqori boʻlgan ijtimoiy tarmoqlarda kontentlarni yoritib borish.

Media-reja asosida

36.

“Yurt qahramonlari” rukni ostida tarixiy qahramonlarning ibratli siymosi orqali umummilliy qadriyatlarni ilgari surish.

1. Tariximizdagi umummilliy qadriyatlarga mos siymolar roʻyxati va har bir qahramon tavsifini maqsadli shakllantirish.

2026-yil iyun

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Milliy arxeologiya markazi

2. Zamonaviy targʻibot formatlarida media mahsulotlar ishlab chiqish va ommalashtirish.

2026-2027-yillar

37.

Yoshlarda anʼanaviy va zamonaviy qadriyatlar uygʻunligini taʼminlash.

1. Yoshlarda anʼanaviy va zamonaviy qadriyatlar muvozanati masalasini oʻrganish boʻyicha ekspertlar guruhini tuzish.

2026-yil iyun

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti,

Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti,

Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

2. Kontekstual adaptatsiya, integrativ, dialog va muloqot, qadriyatlar iyerarxiyasi, madaniy gibridlik nazariyalarini ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarda qoʻllash boʻyicha sotsiologik tadqiqot dasturini ishlab chiqish.

2026-yil iyul-avgust

3. Sotsiologik tadqiqotni oʻtkazish va ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2026-yil sentabr — dekabr

4. Jamiyatda anʼanaviy va zamonaviy qadriyatlar uygʻunligini taʼminlash boʻyicha ishlar natijadorligini tahlil etish.

2026-2027-yillar

38.

Yoshlar ongida turli millat, din va madaniyatlarni tushunish, oʻzaro sogʻlom muloqot muhitini yaratish boʻyicha “Madaniyatlararo muloqot” media-kampaniyasini yoʻlga qoʻyish.

1. Media kampaniyani yoʻlga qoʻyish boʻyicha ijodiy guruh shakllantirish.

2026-yil iyun

Ijrochilar mablagʻlari

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

2. Media kampaniya dasturini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

3. Dasturga media mahsulotlar tayyorlash va ommalashtirish.

2026-2027-yillar

39.

Yoshlarning internetdan foydalanish madaniyati va savodxonligini oshirish, kiber bulling taʼsiridan himoyalashga qaratilgan “Xavfsiz internet” konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirish.

2. Internet maydonidagi mafkuraviy axloqiy xavflarni aniqlash.

2026-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Ichki ishlar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

3. Konsepsiyani ishlab chiqish va hayotga joriy etish.

4. Gʻoyaviy mafkuraviy targʻibot usullari va vositalarini yaratish.

2026-yil iyun

5. Sunʼiy intellekt chat-botlari orqali yoshlarga maslahat va oʻquv materiallari taqdim etishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil dekabr

IV. Taʼlimning barcha bosqichida yoshlarning sifatli taʼlim olishini taʼminlash, hududlarda inklyuziv taʼlim rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish

40.

Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida “Talaba Fest” festivali hamda “Talaba EXPO” kasblar koʻrgazmasini tashkil etish.

1. Festival va koʻrgazmani tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan ishchi guruhni shakllantirish, dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil may

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari,

Ijrochilar mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

“Oʻzmilliy bank” AJ,

Yoshlar ishlari agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Sport vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Bunda viloyatlar va Toshkent shahridagi oliy taʼlim tashkilotlari talabalari ishtirokini nazarda tutish.

2. Oliy taʼlim tashkilotlarida targʻibot ishlarini olib borish.

2026-yil may-iyun

3. Dastur asosida tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

4. Tadbir jarayonlarini OAV orqali keng yoritish.

2026-2027-yillar

41.

“Gen AI” milliy sunʼiy intellekt dasturini amalga oshirish.

1. Dastur loyihasini ishlab chiqish.

2. Sunʼiy intellekt sohasida yetakchi kompaniyalarda yoshlarni amaliyot oʻtashlari boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

3. Amaliyot oʻtab kelgan yoshlarni “AI combinator” intensiv akseleratsiya dasturiga jalb qilish orqali yangi loyihalarni ishlab chiqish.

2026-2027-yillar davomida

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

42.

Ehtiyojmand oila farzandlarini oʻquv kurslarida oʻqitish boʻyicha “Qoʻqon universiteti tajribasi”ni ommalashtirish.

1. Ehtiyojmand oilalar farzandlarini zamonaviy kasblar (dasturlash, sunʼiy intellekt, robototexnika, IT va boshqalar)ga bepul oʻqitish maqsadida oliy taʼlim tashkilotlarida yuridik maqomga ega boʻlmagan oʻquv markazlarni tashkil etish.

Bunda oliygohlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan:

oʻquv markazini tashkil etish va faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlari;

yoshlarni oʻqitish uchun jalb qilinadigan oʻqituvchilarning oylik ish haqi xarajatlarini qoplashga ruxsat beriladi.

2026-yil iyun

Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

2. Tartibni tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyul

V. Mamlakatda xavfsizlik va salomatlik, ekologik barqarorlikni taʼminlash, yoshlarning gʻoya, taklif va tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, yoshlar jamoat tashkilotlari hamda volontyorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash

43.

Yoshlarning sogʻligʻini yaxshilash hamda tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.

1. Yoshlarning ruhiy sogʻligʻini yaxshilashda tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar oʻtkazish va bu borada xorijiy tajribani oʻrganish.

2026-yil iyul

Ijrochilar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha yoshlarning salomatligini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2026-2027-yillar

44.

Yoshlarning ruhiy salomatligi barqarorligini taʼminlash hamda depressiya bilan bogʻliq salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Yoshlarga psixologik koʻmak markazini tashkil etish.

2026-yil iyun

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston psixologlar uyushmasi

2. Markaz tomonidan quyidagilarni amalga oshirish:

eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilib, har kuni 24 soat rejimda faoliyat olib boradigan “psixologik yordam” qoʻngʻiroq liniyasini tashkil etish;

yoshlarning ruhiy holatini yaxshilash, oilaviy hayotga tayyorlash, ajrim yoqasidagi yosh oilalar va huquqbuzarlikka moyil yoshlarga psixologik koʻmak berish;

sud yoki FHDY boʻlimiga nikohdan ajratish uchun ariza bergan taraflarni yarashtirish choralarini koʻrish.

3. Yoshlarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish maqsadida media va axborot mahsulotlari tayyorlashda oʻz joniga qasd qilish holatlarini yoshlar ruhiyatiga salbiy taʼsir qiluvchi usul va shaklda yoritmaslik (usuli va tafsilotlarini yoritmaslik, hodisani “qahramonlik” yoki boshqa taqlid qilishga mos tarzda koʻrsatmaslik, shov-shuvli holatga aylantirmaslik kabi) yuzasidan etika qoidalarini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

4. Tegishli sohalarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻz joniga qasd qilishni oldini olishga qaratilgan “Axborot kampaniyasi”ni olib borish (ruhiy kasalliklarga stigmani (salbiy munosabat, “tamgʻalash”)ni kamaytirish, odamlardan yordam soʻrashni oʻrgatish kabilarni inobatga olgan holda).

2026-yil avgust

45.

Yoshlar oʻrtasida erta nikoh va erta tugʻruq holatlarini kamaytirish, reproduktiv salomatlik boʻyicha bilim va tibbiy madaniyatni oshirish.

1. Erta nikoh va erta tugʻruqning tibbiy-ijtimoiy salbiy oqibatlari boʻyicha aholi oʻrtasida muntazam targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish.

2. Oʻsmirlar va yoshlar uchun reproduktiv salomatlik boʻyicha oʻquv-maʼrifiy dasturlar, seminar va treninglar oʻtkazish.

3. Tibbiyot xodimlari, psixologlar va pedagoglar uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.

2026-2027-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

46.

Milliy tibbiyot tizimida innovatsion gʻoyalarni joriy etish, tibbiyot sohasida yosh liderlarni shakllantirishga qaratilgan “Tibbiyot novatorlari” loyihasini ishga tushirish.

1. Loyihani ishlab chiquvchi ishchi guruhni shakllantirish.

2026-yil may

Sogʻliqni saqlash vazirligi mablagʻlari hamda Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2026-yil may-iyun

3. Loyihani amaliyotga joriy etish.

Reja asosida

47.

Yoshlarni orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning tibbiy bilim va koʻnikmalarini oshirish, aholini profilaktika jarayonlariga faol ishtirokini taʼminlash maqsadida “Salomatlik volontyorlari harakati” tashabbusini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshiruvchi ishchi guruhni shakllantirish.

2026-yil may

Ijrochilar mablagʻlari doirasida

Yoshlar ishlari agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2026-yil may-iyun

3. Loyihani hududlarda samarali amalga oshirish.

Reja asosida

48.

Yoshlarning ijtimoiy faolligini davlat tomonidan ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.

1. Ijtimoiy faol yoshlarni davlat tashkilotlarida pullik asosda stajirovkalarni oʻtash tartibini, bunda stajirovkani davlat fuqarolik xizmatida mansab pillapoyalarida koʻtarishda inobatga olish tizimini ishlab chiqish.

2026-yil may

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyun

49.

Faol va iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida “Biz birgamiz” shiori ostida budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida volontyorlar forumini tashkil etish.

1. Forum konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2026-yil avgust

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Oʻzbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi,

tegishli vazirlik va idoralar

2. Volontyorlar uchun maxsus seminarlar va onlayn oʻquvlarni tashkil etish.

3. Hududlardan volontyorlarni jalb etish.

2026-2027-yillar davomida

VI. Yoshlarga oid davlat siyosatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, xorijdagi vatandosh-yoshlar bilan ishlash, xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish

50.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surilgan “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” tashabbusini amalga oshirish maqsadida “xalqaro yoshlar kuni” arafasida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.

1. Tadbir dasturi va konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil avgust

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida, homiylik va xayriya mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

2. Ishtirokchi davlatlarga taklifnomalarni yuborish.

2027-yil may-iyun

3. Kongressni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirish.

4. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish.

Reja asosida

51.

Turkiy davlatlar tashkiloti “Yoshlar poytaxti — 2026” loyihasini ochilish marosimi hamda loyiha doirasida Yosh liderlar va tadbirkorlar forumi va Xalqaro yoshlar festivalini budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻtkazish.

1. Tadbir dasturi va konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil may

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi doirasida, homiylik mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishtirokchi davlatlarga taklifnomalarni yuborish.

3. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish.

2026-yil may — noyabr

52.

“Junior Professional Officer” dasturi doirasida oʻzbekistonlik yosh mutaxassislarni, shuningdek, BMT Yoshlar ofisiga faol yoshlarni stajirovkaga yuborish choralarini koʻrish.

1. Yoshlarni stajirovkaga yuborish yuzasidan xalqaro tashkilotlar va BMT Yoshlar ofisi bilan muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil oktabr

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida, homiylik mablagʻlari, manfaatdor vazirlik, idora, tashkilot va tijorat banklari mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

manfaatdor vazirlik, idoralar, tashkilotlar va tijorat banklari

2. Xalqaro tashkilotlar hamda BMT Yoshlar ofisi bilan yillik kvota va yoʻnalishlarni kelishib olish.

Kelishuvga asosan

3. Dasturga yuboriluvchi yoshlar roʻyxatini shakllantirish maqsadida saralash bosqichini tashkil etish.

Kelishuvga asosan

4. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan yoshlarni xalqaro tashkilotlar, BMT Bosh qarorgohi va boshqa tuzilmalarida faoliyat yuritishlari yuzasidan choralar koʻrish.

Kelishuvga asosan

53.

Oʻzbekistonlik yoshlar va yosh mutaxassislarni UNV tashkilotining toʻliq moliyalashtirish dasturi (UNV Full Funding Program) orqali xorijiy mamlakatlardagi BMT tizimida stajirovka oʻtash dasturini ishga tushirish.

1. BMT Volontyorlar tashkiloti bilan yillik kvota va yoʻnalishlarni kelishib olish.

2026-yil iyul

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida, homiylik mablagʻlari, manfaatdor vazirlik, idora, tashkilot va tijorat banklari mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik,

idoralar, tashkilotlar va tijorat banklari

2. Dasturga yuboriluvchi yoshlar roʻyxatini shakllantirish maqsadida saralash bosqichini tashkil etish.

2026-2027-yillar davomida

3. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan yoshlarni xorijiy mamlakatlardagi BMT ofislariga yuborish yuzasidan choralar koʻrish.

Kelishuvga asosan

VII. Yoshlarning startap gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularning tadbirkorligiga koʻmaklashish

54.

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini tizimli rivojlantirish, ularni yirik biznes darajasiga olib chiqish, yangi milliy brendlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish maqsadida “Biz sombinator”, “Uzcombinator” va “Kreativ combinator” loyihalarini amalga oshirish.

1. Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar roʻyxatlarini shakllantirish.

2026-yil iyun-iyul

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida,

“Yoshlar ventures” jamgʻarmasi mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi,

“Yoshlar ventures” jamgʻarmasi

2. Ularni yirik biznes darajasiga olib chiqish boʻyicha tahlillar olib borish.

3. Yangi milliy brendlarni yaratish va xalqaro bozorlarga olib chiqishga koʻmaklashish.

2026-2027-yillar davomida

55.

Yosh tadbirkorlar, jumladan, kichik va oʻrta biznes sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar faoliyatini ommalashtirish maqsadida kontentlar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib qilish.

1. Muvaffaqiyatga erishgan yosh tadbirkorlarning yutuqqa erishish yoʻlidagi tajribalarini oʻzida aks ettiruvchi video va audiovizual kontentlar ishlab chiqish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil iyun

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida,

“Yoshlar ventures” jamgʻarmasi mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi,

“Yoshlar ventures” jamgʻarmasi

2. Ishlab chiqilgan kontentlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.

2026-2027-yillar davomida

56.

Yoshlar oʻrtasida robototexnikani ommalashtirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Robototexnika assotsiatsiyasi” faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

1. Assotsiatsiya faoliyatini rivojlantirish boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2026-yil may

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Yoshlar ishlari agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

2. Yoshlar oʻrtasida tanlov va musobaqalarni oʻtkazish.

3. Toshkent shahrida Robototexnika koʻrgazmalarini tashkil etish.

2026-2027-yillar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 07/26/148/0405-son)