13.04.2026 yildagi PQ-136-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy logistika infrastrukturasiga ega milliy elektron tijorat makonini shakllantirish, iqtisodiyotda xufiyona aylanma ulushini kamaytirish hamda bozor ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026 — 2030-yillarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) elektron tijorat aylanmasini 30 trln soʻmga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 7,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) umumiy qiymati 300 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ayrim turdagi tovarlarni import qilishda yagona bojxona toʻlovini joriy etish orqali tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Bond ombori faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-iyulga qadar huquqiy eksperiment (keyingi oʻrinlarda — eksperiment) tariqasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan jismoniy shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun moʻljallangan tovarlarni maxsus elektron savdo platformalari orqali chakana sotish uchun ularni vaqtincha saqlashga moʻljallangan yangi turdagi erkin ombor — bond ombori faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq eksperiment doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bond ombori erkin ombor faoliyatini litsenziyalash tartibi asosida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bond omboridan tovarlarni sotish Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan yuritiladigan Maxsus elektron savdo platformalari reyestriga kiritilgan maxsus elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) bond omboriga tovarlar erkin ombor bojxona rejimiga muvofiq joylashtiriladi hamda ushbu tovarlarni jismoniy shaxslarning shaxsiy ehtiyoji uchun chakana sotishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) bond omboridan jismoniy shaxslarning shaxsiy ehtiyoji uchun sotiladigan tovarlar joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) bond omboriga joylashtirilgan tovarlarni joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida jismoniy shaxslarga chiqarishda muvofiqlikni baholash, sanitariya va veterinariya nazorati choralari qoʻllanmaydi. Bunda tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va veterinariya sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha javobgarlik bond omborlari operatorlari zimmasiga yuklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan tovarlar bond omboriga joylashtirilganda aktivlarni repatriatsiya qilish talabi bajarilgan deb hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) respublika hududidan bond omboriga maxsus elektron savdo platformalari orqali chakana sotish uchun moʻljallangan tovarlarni joylashtirishga ruxsat etilmaydi (bundan respublika hududidan tashqariga olib chiqish uchun moʻljallangan tovarlar mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, bond omborlaridan tovarlarni maxsus elektron savdo platformalari orqali jismoniy shaxslarga sotishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 1-ilovada keltirilgan tovarlar joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida jismoniy shaxslarga chiqarilganda bojsiz olib kirish normalari tatbiq etilmagan holda amaldagi bojxona toʻlovlari oʻrniga ularning sotish qiymatidan 5 foiz miqdorida yagona bojxona toʻlovi undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2-ilovada keltirilgan tovarlar joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida jismoniy shaxslarga chiqarilganda bojsiz olib kirish normalari tatbiq etilmagan holda ularning sotish qiymatidan qoʻshilgan qiymat soligʻi va 3 foiz miqdorida bojxona boji undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 1- va 2-ilovada keltirilgan tovarlarni sotish vaqtida ularning sotish qiymati deklaratsiyalash vaqtidagi bojxona qiymatidan past boʻlganda, yagona bojxona toʻlovi yoki bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi bojxona qiymati miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 1- va 2-ilovaga muvofiq roʻyxatlarga kiritilmagan boshqa turdagi tovarlar jismoniy shaxslarning shaxsiy ehtiyoji uchun sotilganda, tovarlarning bojsiz olib kirish normasi qoʻllanmagan holda amaldagi umumbelgilangan bojxona toʻlovlari undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) bond omborlariga olib kirilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlarning hisobi boshqa faoliyat turlaridan alohida yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) 1- va 2-ilovalarda keltirilgan tovarlarni respublika hududida jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish boʻyicha aylanma qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) bond omboriga olib kirilib, respublika hududida jismoniy shaxslarga chakana sotilgan tovarlar boʻyicha xaridor tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi ularni budjetga oʻtkazib beruvchi shaxsda hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bojxona qoʻmitasi Soliq qoʻmitasi, bond ombori va maxsus elektron savdo platformasi operatorlari bilan birgalikda oʻzaro axborot hamkorligi orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) jismoniy shaxslarga sotilgan tovarlarning keyinchalik qayta sotilishi holatlarini aniqlash maqsadida ularning aylanmasi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tovarlarni tijorat maqsadlarida qayta sotish holatlari aniqlangan taqdirda, bojxona toʻlovlarini umumbelgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilib, undirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bond ombori hududida bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida Bojxona qoʻmitasi raisiga bojxona organlari xodimlarining umumiy cheklangan shtat birliklaridan tashqari yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzgan holda qoʻshimcha ofitser va serjantlar tarkibi shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin. Bunda qoʻshimcha kiritilgan shtat birliklaridagi xodimlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bojxona organlari xodimlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan pul va oziq-ovqat taʼminoti, kompensatsiyalar, ijtimoiy himoya qilish, moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari hamda ushbu toʻlovlar bilan bogʻliq soliqlar, shuningdek, formali kiyim-bosh bilan bogʻliq xarajatlar shartnoma tuzilgan yuridik shaxslar tomonidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ijtimoiy himoya choralari amaldagi qonunchilikka muvofiq bojxona organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan tartibda qoʻllanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) pensiya taʼminoti Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda dorixona va dorixonalar tarmoqlarida elektron savdo platformalari orqali onlayn savdoni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) har bir dorixonada onlayn buyurtmalarni tarqatish punkti boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) kuryerlik xizmati (maxsus haroratni talab qiluvchi dorilarni termokonteynerda tashish, dori oʻramini ochishni taqiqlash) uchun aniq talablarni ishlab chiqish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Bojxona qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda bond omborlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan birgalikda 2028-yil 1-iyunga qadar eksperiment natijalari asosida mazkur qarorda nazarda tutilgan tartibni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov, Soliq qoʻmitasi raisi F.J. Pulatov hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D.R. Li belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 13-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-136-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-apreldagi PQ-136-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron savdo platformalari orqali realizatsiya qilishda 5 foiz miqdorida yagona bojxona toʻlovi toʻlanishi belgilangan tovarlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tovar nomi

TIF TN kodi

1.

8508 tovar pozitsiyasidagi changyutgichlardan tashqari elektr dvigatel oʻrnatilgan maishiy elektromexanik mashinalar

(mikser, sharbat chiqargich va boshqalar)

8509400000,

8509800000

2.

Elektr isitkichli va elektrotermik moslamalar

(sochlarni quritish uskunasi, elektr choynaklar, multipishirgichlar, elektrdazmol va boshqalar)

8516310001,

8516310009,

8516320000,

8516797000,

8516400000

3.

Smartfonlar

8517130000

4.

Noutbuk va planshetlar

8471300000

5.

Korpusga oʻrnatilgan yoki oʻrnatilmagan radiokarnaylar; ovozni takrorlovchi boshqa uskunalar

8518210000,

8518220000,

8519814500

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-apreldagi PQ-136-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron savdo platformalari orqali realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi va 3 foiz miqdorida bojxona boji toʻlanishi belgilangan tovarlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tovar nomi

TIF TN kodi

1.

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan kostumlar, komplektlar, pidjaklar, blayzerlar, shimlar, lyamkali va koʻkrakka taqiladigan qismli kombinezonlar, bridji va shortilar (choʻmilish kiyimidan tashqari)

6103

2.

Ayollar yoki qizlar uchun mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan kostumlar, komplektlar, jaketlar, blayzerlar, koʻylaklar, yubkalar, yubka-shimlar, shimlar, koʻkrakka taqiladigan qismli va lyamkali kombinezonlar, bridji va shortilar (choʻmilish kiyimidan tashqari)

6104

3.

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan koʻylaklar

6105

4.

Ayollar yoki qizlar uchun mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan bluzkalar, bluzalar va bluzonlar

6106

5.

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan kalsonlar, trusilar, tungi koʻylaklar, pijamalar, choʻmilish xalatlari, uy xalatlari va shu kabi buyumlar

6107

6.

Ayollar yoki qizlar uchun mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan ichki kiyimlar, ichki yubkalar, trusilar, pantalonlar, tungi koʻylaklar, pijamalar, penyuarlar, choʻmilish xalatlari, uy xalatlari va shu kabi buyumlar

6108

7.

Mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan yengli fufaykalar va boshqa ichdan kiyiladigan fufaykalar

6109

8.

Mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan sviterlar, puloverlar, kardiganlar, jiletlar va shu kabi buyumlar

6110

9.

Mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan sport, changʻi va choʻmilish kostumlari

6112

10.

Mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan boshqa kiyim-kechak predmetlari

6114

11.

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun paltolar, kalta paltolar, nakidkalar, plashlar, kurtkalar (shu jumladan, changʻi kurtkalari), vetrovkalar, shtormovkalar va shu kabi buyumlar (6203 tovar pozitsiyadagi buyumlardan tashqari)

6201

12.

Ayollar yoki qizlar uchun paltolar, kalta paltolar, nakidkalar, plashlar, kurtkalar (shu jumladan, changʻi kurtkalari), vetrovkalar, shtormovkalar va shu kabi buyumlar (6204 tovar pozitsiyadagi buyumlardan tashqari)

6202

13.

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun kostumlar, komplektlar, pidjaklar, blayzerlar, shimlar, lyamkali va koʻkrakka taqiladigan qismli kombinezonlar, bridji va shortilar (choʻmilish kiyimidan tashqari)

6203

14.

Ayollar yoki qizlar uchun kostumlar, komplektlar, jaketlar, blayzerlar, koʻylaklar, yubkalar, yubka-shimlar, shimlar, koʻkrakka taqiladigan qismli va lyamkali kombinezonlar, bridji va shortilar (choʻmilish kiyimidan tashqari)

6204

15.

Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun koʻylaklar

6205

16.

Ayollar yoki qizlar uchun bluzkalar, bluzalar va bluzonlar

6206

17.

Bolalar kiyimi va bolalar kiyimlari uchun jihozlar

6209

18.

Sport, changʻi va choʻmilish kostumlari; boshqa kiyim-kechak predmetlari

6211

19.

Tag va ustki qismi rezina yoki plastmassa boʻlgan boshqa poyabzal

6402

20.

Tagligi rezina, plastmassa, charm yoki kompozitsion charmdan va ustki qismi tabiiy charmdan boʻlgan poyabzal

6403

21.

Tagligi kauchuk, plastmassa, charm yoki kompozitsion charmdan va ustki qismi toʻqimachilik materialidan boʻlgan poyabzal

6404

22.

Boshqa poyabzal

6405

23.

Bir korpusda xotira qurilmalarini oʻz ichiga olgan yoki olmagan kiritish yoki chiqarish qurilmalari

8471606000,

8471607000

24.

Statik konvertorlar, elektr litiy-ionli akkumulyatorlar (quvvatlagich) hamda kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan boshqa elektr oʻtkazgichlar

850440,

850760,

854442,

854449

25.

Fonarlar

8513100000

26.

Ovoz, tasvir yoki boshqa maʼlumotlarni oʻzgartirish, uzatish, qabul qilish yoki tiklash uchun asboblar, shu jumladan, kommutatsiya qurilmalari va marshrutizatorlari

851762000

27.

Mikrofon bilan qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, shuningdek, mikrofon va bir yoki bir nechta dinamiklar toʻplamlaridan iborat quloqchinlar va telefonlar

8518302000,

8518309500

28.

Monitor va proyektorlar (televizorlardan tashqari)

8528

29.

Barcha turdagi soatlar

9101 — 9108

30.

Videooʻyinlar uchun konsol va uskunalar; ovoz yoki tasvirni yozib oluvchi yoki takrorlovchi televizion qabul qiluvchi apparatlar

9504500001,

9504500002,

9504500009

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtgan xalqaro brend va Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro brend tovarlari reyestriga kiritilgan chet el tovarlarini bond omboriga joylashtirish va maxsus elektron savdo platformalari orqali realizatsiya qilish taqiqlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/136/0350-son)