11.04.2026 yildagi PQ-135-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar soha uchun yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, agrar taʼlim tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, oʻquv jarayoniga ilgʻor taʼlim texnologiyalarini joriy etish, taʼlim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek, agrar sohani barqaror rivojlantirish, ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar 2030-yilga qadar Toshkent davlat agrar universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitetning xalqaro nufuzini oshirish hamda xalqaro reyting tashkilotlarining top-500 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritishga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitetda taʼlim, boshqaruv va xizmatlar koʻrsatish jarayonlarini sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishdan olinadigan mablagʻlar hajmini 3 baravarga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) xalqaro hamkorlikda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar sonini 3 baravarga, qoʻshma taʼlim dasturlari sonini 20 taga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim dasturlari sonini 4 baravarga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) oʻquv-ilmiy laboratoriyalar sonini 20 foizga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Agrar taʼlimning uzviyligini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agrar sohadagi taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida 1-ilovaga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Agrar taʼlim-ishlab chiqarish kooperatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Agrar taʼlim kooperatsiyasi) tashkil etilsin hamda uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) roʻyxati 3-ilovada keltirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari (keyingi oʻrinlarda — maktablar) Agrar taʼlim kooperatsiyasining umumiy oʻrta taʼlim muassasalari sifatida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab maktablarning 1 tadan 7 — 11 sinflarida tabiiy fanlar chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi (E. Karimova) bilan birgalikda uch oy muddatda maktablarning tabiiy fanlar boʻyicha variativ oʻquv rejasini ishlab chiqsin hamda 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab taʼlim jarayonlariga joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Agrar taʼlim kooperatsiyasi tarkibidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori turuvchi vazirlik va idoralari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali professor-oʻqituvchi va mutaxassislarini Universitetga biriktirilgan texnikumlar va Universitetning tegishli kafedralariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) har yili Universitetga biriktirilgan texnikumlar oʻquvchilari va pedagoglari hamda Universitetning talabalari va pedagoglarini ilmiy-tadqiqot muassasalariga stajirovka va amaliyot oʻtashga jalb qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Agrar taʼlim kooperatsiyasi tarkibidagi taʼlim muassasalarining yuqori sinf oʻquvchilari va talabalarini kasbga yoʻnaltirish maqsadida “dala kunlari”ni tashkil etib, qishloq xoʻjaligi sohasidagi oʻquv-tajriba xoʻjaliklari, ilgʻor oziq-ovqat texnologiyalari va agrotexnologiyalar bilan tanishtirib borishni yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agrar taʼlim kooperatsiyasi faoliyatini boshqarish maqsadida jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi Agrar taʼlim-ishlab chiqarish kooperatsiyasi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tuzilsin hamda uning tarkibi va asosiy vazifalari 4 va 4a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan loyiha ofislari (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofislari) tashkil etilsin va Loyiha ofislari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 5-ilovada keltirilgan obyektlarga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) asosiy vazifalari va ular tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning ustuvor yoʻnalishlari 5a va 5b-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining erkin qoldiq mablagʻlari hamda har chorak yakunlari boʻyicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan Loyiha ofislari faoliyatini tashkil etish maqsadida Universitetga 17,1 mlrd soʻm ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Loyiha ofislari xodimlarining lavozim maoshiga 100 foiz miqdorda ustama haq toʻlash tartibi joriy etilsin. Bunda ustama haqning 50 foizi Loyiha ofislari joylashgan hududning mahalliy budjeti, qolgan 50 foizi esa Universitetga respublika budjetidan maqsadli tarzda ajratiladigan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Loyiha ofislari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) hududlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida har chorakda kamida bir marotaba ilmiy yondashuv asosida sohadagi muammolar va “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash hamda istiqbolli loyihalarni muhokama qilish va ularni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan ilmiy-amaliy uchrashuvlarni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) hududlarning qishloq xoʻjaligi sohasidagi muammolari yechimiga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqsin va hududga biriktirilgan tijorat banklari hamda xususiy sektor koʻmagida soha yoʻnalishidan kelib chiqib, ilmiy-amaliy loyihalarni moliyalashtirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Universitet olimlari va tadqiqotchilarining ilmiy daraja olish uchun tayyorlanadigan dissertatsiya tadqiqotlari hududlardagi muammolardan kelib chiqib amalga oshirilishini tashkillashtirish va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) hududlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari brendini yaratish, qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish hamda ilgʻor loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va keng targʻib qilish boʻyicha yetakchi tadbirkorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan Universitet rektori, Loyiha ofislari hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hududlarda 9-bandda nazarda tutilgan masalalar boʻyicha muntazam ravishda ilmiy-amaliy uchrashuvlarni oʻtkazish reja-grafigini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Toshkent traktor zavodi” MCHJning Universitet bilan “Toshkent traktor zavodi” MCHJning uzviy hamkorligini taʼminlash, kelgusida sohaga amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida Universitetning “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish” va “Agromuhandislik” taʼlim yoʻnalishlari oʻquv jarayonlarini “Toshkent traktor zavodi” MCHJ hududida amalga oshirish haqidagi taklifi maʼqullansin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ushbu taʼlim yoʻnalishlarida “Toshkent traktor zavodi” MCHJ bilan hamkorlikda dual taʼlim dasturi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Toshkent traktor zavodi” MCHJning muhandislaridan biri tegishli fakultet dekani oʻrinbosari sifatida oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ushbu taʼlim yoʻnalishi talabalari belgilangan tartibda transport va ish haqi bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Universitetda oʻquv jarayonlarini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) agrar oliy taʼlim muassasalarida 6-ilovada roʻyxati keltirilgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi. Bunda oʻquv jarayonlarida nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 1-kursda — 60 foiz nazariy va 40 foiz amaliy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 2-kursda — 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 3-kursda — 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy boʻlishi nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) talabalarning amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va sohalarning xususiyatidan kelib chiqib, Universitetning yuqori kurslarida oʻqish nazariy taʼlimdan ajralgan holda 4 oy muddatga uzluksiz dual taʼlim (talabalar amaliyoti) asosida quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) agronomiya taʼlim yoʻnalishidagi talabalar “Yangi agronom” tizimi asosida kadrlar tayyorlash doirasida sifatli urugʻ va nav, zamonaviy agrotexnologiya yordamida hosildorlikni oshirish, paxta va gʻalla yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, suv tejovchi texnologiyalarni, qishloq xoʻjaligi texnikalarini boshqarish, dronlardan foydalanishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) oʻsimliklarni himoya qilish va karantin taʼlim yoʻnalishidagi talabalar ekinlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, oʻsimliklarni himoya qiluvchi preparatlar ishlab chiqarish va sotishda, biolaboratoriyalarda va boshqa karantin koʻriklarida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish taʼlim yoʻnalishidagi talabalar oʻrmon xoʻjaliklari, milliy bogʻlar va qoʻriqxonalar, landshaft dizayn, dendrologiya va yashil hududlarni loyihalash, parvarishlash hamda manzarali oʻsimliklar assortimentini tanlash va joriy etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) agrokimyo va tuproqshunoslik taʼlim yoʻnalishidagi talabalar tuproqlar va ozuqa moddalar tahlili, oziqlantirish rejimlarini ishlab chiqish, oziqlantirish jarayonlarida, agrolaboratoriyalarda, oʻgʻitlar ishlab chiqarish va sotishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Universitet tomonidan belgilanadigan mos taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqqan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 1-kurs bitiruvchilariga “A”, “V”, “S” va “D” toifalaridagi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 2-kurs bitiruvchilariga (“A”, “V”, “S” va “D” toifasidagi traktorchi-mashinist guvohnomasi mavjud) “E” va “F” toifalaridagi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi belgilangan tartibda beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) mazkur bandning “v” kichik bandida nazarda tutilmagan taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarga traktorchi-mashinist guvohnomasini olish boʻyicha pulli oʻquv kurslari yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Universitet tomonidan belgilanadigan mos taʼlim yoʻnalishlarining 3-kurs talabalari qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun dronlardan foydalanish boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalarga oʻrgatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Universitet rektoriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ilm-fan, sport, madaniyat sohalarida va xalqaro miqyosida oʻtkaziladigan tadbirlarda erishgan alohida yutuqlari uchun doktorantlar, magistrantlar va talabalarni Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitet hamda Loyiha ofislariga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Transport vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Universitetga uchuvchisiz uchish apparatlarini respublika hududiga olib kirish, saqlash va ulardan ilmiy tadqiqot, amaliyot va mutaxassislarni oʻqitish maqsadlarida foydalanish uchun ruxsat berish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekiston fermerlari kengashi hamda tizimida ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda muntazam ravishda Universitetga amaliy tajribalari bilan talabalarni tanishtirish boʻyicha yuqori hosildorlikka erishgan fermerlar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali xodimlarini jalb qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Agromuhandislik taʼlimini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda faoliyati Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Universitetning Agromuhandislar maktabini tashkil etsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Agromuhandislar maktabida taʼlim olish uchun Universitetning akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan 1-kursni tamomlagan talabalari tanlov asosida saralanadi va amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Agromuhandislar maktabi yoʻnalishiga mos ishlab chiqarish tashkilotlari belgilanib, ularning texnik va texnologik rivojlanishini taʼminlash maqsadida hamkorlikda sunʼiy intellektga asoslangan zamonaviy laboratoriya tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Agromuhandislar maktabida ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan muammolar portfeli asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Agromuhandislar maktabi qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga robototexnika, dron va boshqa qurilmalar yordamida yerlardan samarali foydalanish, tuproq tahlillarini amalga oshirish, ekinlarni parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Agromuhandislar maktabida amalga oshiriladigan amaliy va innovatsion loyihalarni ishlab chiqarish tashkilotlari va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda birgalikda moliyalashtirish tizimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Agromuhandislar maktabi hamda yirik ishlab chiqarish tashkilotlari bilan quyidagi yoʻnalishlarda samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻysin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ishlab chiqarish tashkilotlari muammolari asosida qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) iqtidorli talabalar va yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mazkur qarorning 12-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan dual taʼlim asosida 4 oy muddatga uzluksiz amaliyotni oʻtaydigan talabalarni yashash joyi va sharoiti bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Talabalarning amaliy koʻnikmalarini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yoshlar ishlari agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yangi agronomlarni tayyorlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda —Jamgʻarma) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yoshlar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni moliyalashtirish maqsadida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 4 mlrd soʻm ajratish hamda Oʻzbekiston yosh fermerlar kengashi tomonidan “Yosh fermerlar savdo maktabi” loyihasini amalga oshirish. Bunda mazkur loyiha doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Agromuhandislar maktabi va “kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tomonidan yangi agrotexnologiyalar yordamida serdaromad ekinlar ekib, katta daromad topayotgan yoshlar tajribasi ommalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) qishloq xoʻjaligi yer maydonlari ajratilgan yoshlarga yetishtirgan mahsulotini qadoqlash, brending, ichki hamda tashqi bozorlarda sotish, onlayn savdo platformalarida ishlash oʻrgatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yoshlar ishlari agentligi bir oy muddatda Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 6 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar Jamgʻarmani shakllantirish uchun ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Universitet talabalarini agrar sohada amaliy bilimlarga ega boʻlgan mutaxassis sifatida tayyorlash maqsadida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “kelajak fermerlari” tashabbusi joriy etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Toshkent viloyati hududidan unumdorligi past, oʻzlashtirilmagan yerlardan 200 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ijara huquqi asosida Universitetga oʻquv-ilmiy tajriba xoʻjaligini tashkil etish uchun ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitetning tegishli taʼlim yoʻnalishlarining 5 nafar 2-kurs talabalaridan iborat boʻlgan “kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “kelajak fermerlari” eksperimental jamoalariga 10 sotixdan yer uchastkalari talabalar Universitetni bitirguniga qadar biriktirib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) yer uchastkalari “kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tomonidan oʻzlashtiriladi hamda ushbu yer uchastkalarida ular tomonidan erkin tanlanadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Bunda yer uchastkalarini oʻzlashtirish bilan bogʻliq barcha tadbirlar uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan har yili bir yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida foizsiz ssuda ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) yer uchastkalarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar “kelajak fermerlari” eksperimental jamoalarida qoladi. Bunda ushbu daromadlar dehqon xoʻjaligida mahsulot yetishtirishdan olingan daromadlar deb eʼtirof etiladi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) “kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarga uslubiy rahbarlik qilish maqsadida Universitet professor-oʻqituvchilari ilmiy rahbar sifatida biriktiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) “kelajak fermerlari” eksperimental jamoalaridagi talabalarni kursdan kursga oʻtkazish hamda Universitetni bitirganidan soʻng oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat — diplom berishda ularning amaliy natijalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Universitetga ajratilgan va “kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tomonidan oʻzlashtirilgan yer uchastkalari ularni oʻzlashtirgan talabalar Universitetni bitirganlaridan soʻng Toshkent viloyati hokimligi zaxirasiga qaytariladi hamda ular elektron onlayn auksion savdolarida sotiladi. Bunda yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 100 foizi Universitetga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Universitet tomonidan agroxizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining Universitet tuzilmasida konsalting xizmatlari hamda tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga zamonaviy agroxizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi Agroxizmatlar departamentini (keyingi oʻrinlarda — departament) tashkil etish va departament tomonidan 7-ilovaga muvofiq agroxizmatlar koʻrsatish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolarga konsalting xizmatlari va zamonaviy agroxizmatlar koʻrsatishda departament:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitet olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy va innovatsion ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishda (tijoratlashtirishga) koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Universitetning tegishli taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarini mehnat shartnomasi asosida ishga oladi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) fermer va dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalariga agroxizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida koll-markaz va raqamli agroxizmatlar platformasini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) zamonaviy mobil laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hamda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi bilan qishloq xoʻjaligi sohasida loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik oʻrnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Agrar oliy taʼlim muassasalarida innovatsiya va startap ekotizimini muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Agrar sohada yoshlarning yangi gʻoya va innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari yoshlari uchun startap ekotizimini shakllantirish maqsadida belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026/2027 oʻquv yili yakuniga qadar Universitetning tadqiqot va ishlanmalar markazini (R&D center) oʻz ichiga olgan agroinnovatsiya xabi faoliyati “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bilan hamkorlikda tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) agrar va ishlab chiqarish sohalaridagi innovatsion texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish maqsadida Universitetning oʻquv-ilmiy tajriba xoʻjaligi negizida agroinnovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan agrotexnopark tashkil etiladi. Bunda agrotexnoparkning moddiy-texnika bazasini shakllantirish uchun zarur boʻlgan texnika va jihozlarni xarid qilish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ikki oy muddatda mazkur qarorning 19-bandida nazarda tutilgan maqsadlar uchun Toshkent viloyatining unumdorligi past boʻlgan 200 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida Universitetga ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tashabbusini doimiy ravishda amalga oshirish maqsadida Universitet ehtiyojidan kelib chiqqan holda qoʻshimcha oʻzlashtirilmagan yer uchastkalarini ajratish boʻyicha takliflarni kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda Loyiha ofislariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tajriba xoʻjaliklarini tashkil etish maqsadida hududlar zaxirasida turgan 20 gektargacha boʻlgan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida Universitetga ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Universitet foydalanishida boʻlgan Qibray tumani “Oybek” MFY Yuksalish koʻchasida joylashgan 1,2 gektar yer maydonida davlat-xususiy sheriklik asosida “in vitro” sharoitida mevali va manzarali daraxtlar payvandtaglari va koʻchatlarini yetishtirish uchun zamonaviy laboratoriya, issiqxona va koʻchatxonalar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. 2026-2027-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini xalqaro talablar asosida yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy hamda mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda Universitetda 9-ilovaga muvofiq asosiy vazifalarni amalga oshiradigan yuridik shaxs maqomisiz Transformatsiya markazini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2030-yilga qadar Universitetni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining top-500 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro grant mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Toshkent davlat agrar universitetining taʼlim va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorning 10-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Universitetning kuzatuv kengashi (I. Abdurahmonov) uch oy muddatda Transformatsiya markazi tomonidan ishlab chiqiladigan Universitetning xalqaro taʼlim standartlariga muvofiqlashtirilgan taʼlim dasturlari va Universitetni nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining top-500 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish strategiyasini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda 2026/2027 oʻquv yilida Universitetning Ekofiziologik tadqiqotlar ilmiy laboratoriyasi “ISO/IEC 17025:2017” xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Universitetning ilmiy laboratoriya xodimlarini oʻqitish, malakasini oshirish, sertifikatlash va laboratoriyani xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda unda xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlarini jalb etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 11-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Qaror ijrosini tashkil qilish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abdurahmonov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari I.T. Siradjev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 11-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-135-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar taʼlim-ishlab chiqarish kooperatsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Agrar taʼlim-ishlab chiqarish kooperatsiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Kadastr agentligi,

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,

Oʻzbekiston fermerlari kengashi,

Agroklasterlar va fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, qadoqlash, saqlash va logistikasi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari,

“Mirzachoʻl” klasteri, “Global textile” klasteri, “Leo Garden” MCHJ,

“Safia Cafe & Bakery” MCHJ, “Agro Light Business” MCHJ va b.)

Agrar taʼlim-ishlab chiqarish kooperatsiyasi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining tuzilmasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari

Toshkent davlat agrar universiteti

Toshkent davlat agrar universitetiga biriktirilgan texnikumlar

(9 ta)

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti,

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti

Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi akademik litsey

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi biriktirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari

(13 ta)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar taʼlim-ishlab chiqarish kooperatsiyasining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Agrar taʼlim-ishlab chiqarish kooperatsiyasining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) agrar taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash orqali agrar sohada kasbiy va oliy taʼlim yoʻnalishlarining kasbiy standart va malaka talablarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) taʼlim tashkilotlari dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash, oʻquv jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribani, jumladan zamonaviy taʼlim dasturlari va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) taʼlim va ilm-fan oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish, oʻquvchi va talabalarni bevosita ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish hamda taʼlim dasturlarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) umumiy oʻrta, kasbiy va oliy taʼlimning oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda takliflar berish, ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarni oʻrganish natijalari boʻyicha ishlab chiqarish korxonalariga ilmiy yechimlar topish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) yetakchi xorijiy oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda agrar soha va tarmoqlarda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga toʻgʻridan-toʻgʻri tatbiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda ularning oʻquv markazlarini, qoʻshma taʼlim dasturlarini, professor-oʻqituvchilarning stajirovkalarini tashkil etish hamda talabalarning akademik almashinuvini yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) biriktirilgan kasbiy taʼlim tashkilotlariga taʼlim sifatini oshirish maqsadida oʻquv-uslubiy hamda moddiy-texnik jihatdan yordam koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar taʼlim-ishlab chiqarish kooperatsiyasining umumiy oʻrta taʼlim muassasalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Maktab joylashgan manzil

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri 3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

2.

Andijon viloyati

Andijon viloyati Andijon tumani 47-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

3.

Buxoro viloyati

Buxoro viloyati Buxoro shahri 7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

4.

Jizzax viloyati

Jizzax viloyati Sh. Rashidov tumani 13-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

5.

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

6.

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati Karmana tumani 19-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

7.

Namangan viloyati

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

8.

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 38-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

9.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

10.

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati Termiz shahri 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

11.

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati Qibray tumani 25-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona viloyati Fargʻona shahri 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

13.

Xorazm viloyati

Xorazm viloyati Urganch tumani 47-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar taʼlim-ishlab chiqarish kooperatsiyasi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

2.

I.Yu. Abdurahmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari

3.

U.Sh. Xusainov

Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b.

4.

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

5.

E.G. Karimova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

6.

B.G. Yuldashev

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori

7.

D.A. Vaxabov

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

8.

A.A. Xaitov

Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi

9.

E.A. Kaxorov

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

10.

B.A. Mamatkulov

“BMB Holding” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi

11.

M.M. Razzoqov

“Fergana Global Textile” paxta-toʻqimachilik klasteri rahbari

12.

K.A. Mirzamaxmudov

“Ifoda Agro Kimyo Himoya” qoʻshma korxonasi rahbari

13.

S.E. Mirzaxmedov

“Safia Cafe & Bakery” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari

14.

B.G. Boymatov

“Leo Garden” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari

15.

G.S. Ismailova

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori

16.

N.N. Oblomuradov

Toshkent davlat agrar universiteti rektori, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
4a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar taʼlim-ishlab chiqarish kooperatsiyasi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Agrar taʼlim-ishlab chiqarish kooperatsiyasi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Agrar taʼlim kooperatsiyasining ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro aloqalarni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Agrar taʼlim kooperatsiyasi faoliyati rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, uning uzoq va oʻrta muddatli strategik dasturlarini tasdiqlash hamda amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Agrar taʼlim kooperatsiyasi oldiga qoʻyilgan vazifalar ijrosiga erishish holati boʻyicha kooperatsiya ishtirokchilari faoliyatini oʻrganish hamda ularning axborotini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Agrar taʼlim kooperatsiyasining moddiy-texnik, oʻquv-uslubiy bazasini mustahkamlash, shu jumladan, uning aʼzolarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va jihozlari, oʻquv-laboratoriya uskunalari hamda oʻquv-uslubiy adabiyotlar bilan taʼminlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Agrar taʼlim kooperatsiyasi faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash uchun jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi Toshkent davlat agrar universiteti loyiha ofislarining joylashish manzillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Loyiha ofisi va uning hududiy vakolatxonalari

Joylashtiriladigan tashkilot nomi va manzili

1.

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati Qibray tumani “Oybek” MFY Universitet koʻchasi 2-uy

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi agroxizmatlar markazi, Nukus shahri P. Seytov koʻchasi 1a-uy

3.

Andijon viloyati

Andijon viloyati agroxizmatlar markazi, Andijon tumani “Daryoboʻyi” MFY Oliygoh koʻchasi 1-uy

4.

Buxoro viloyati

Buxoro viloyati agroxizmatlar markazi, Buxoro shahri B. Naqshband koʻchasi 297/1-uy

5.

Jizzax viloyati

Jizzax viloyati agroxizmatlar markazi, Sharof Rashidov tumani “Yangiobod” QFY Paxtakor koʻchasi

6.

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati agroxizmatlar markazi, Qarshi shahri Beshkent yoʻli

7.

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati agroxizmatlar markazi, Karmana tumani “Doʻrmon” MFY Yangihayot koʻchasi 1a-uy

8.

Namangan viloyati

Namangan viloyati agroxizmatlar markazi, Toʻraqoʻrgʻon tumani “Toshkent” MFY Chust koʻchasi 28-uy

9.

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati agroxizmatlar markazi, Oqdaryo tumani “Dahbed” MFY Amir Temur koʻchasi 216-uy

10.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyati agroxizmatlar markazi, Boyovut tumani “Anorzor” MFY Ilk bahor koʻchasi 16-uy

11.

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati agroxizmatlar markazi, Termiz shahri “Alisher Navoiy” MFY Abdulla Oripov koʻchasi 4-a uy

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona viloyati agroxizmatlar markazi, Fargʻona shahri Al-Fargʻoniy koʻchasi 64-uy

13.

Xorazm viloyati

Xorazm viloyati agroxizmatlar markazi, Urganch tumani “Xojiboylar” MFY Turkmanlar koʻchasi 57/1-uy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
5a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat agrar universiteti loyiha ofislarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ASOSIY VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Toshkent davlat agrar universiteti loyiha ofislari faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda hududlarning mavjud muammolari hamda oʻsish nuqtalarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mavjud muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy, innovatsion va investitsion loyihalarni tegishli ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) shakllantirilgan loyihalarni mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan moliyalashtirish manbalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari va ixtisoslashuviga mos keladigan, Universitet olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy va innovatsion ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) hududlarda koʻrgazmali dala seminarlarini tashkil etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va qadoqlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari rahbar va xodimlarini qayta tayyorlash, malakasini oshirishni nazarda tutuvchi oʻquv kurslarini tashkil etish, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga stajirovkalarga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) hududlarda “yangi agronom” taʼlim tizimini joriy etish, ilgʻor xoʻjaliklar va ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda dual taʼlimni rivojlantirish, talabalarning amaliyotlarini tashkil etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) resurs tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va intensiv usulda mahsulot yetishtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash bilan bogʻliq istiqbolli loyihalar va takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasiga raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt yechimlarini joriy etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) jalb etilgan xorijiy ekspertlar va konsultantlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
5b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat agrar universiteti loyiha ofislari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTUVOR YOʻNALISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Ustuvor yoʻnalishlar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

yem-xashak (tariq, amarant, kinoa, sorgo), moyli (kunjut, maxsar) oʻsimliklarning kam suv talab qiladigan, shoʻrga chidamli mahalliy navlarini yaratish hamda xorijiy navlarni introduksiya qilish

chorvachilik loyihalarini amalga oshirish

sholining kam suv talab qiladigan navlarini rivojlantirish

intensiv akvakultura texnologiyalarini joriy etish

2.

Andijon viloyati

golubika va malina koʻchatchilik xoʻjaliklarini tashkil etish

mahalliy F1 duragaylar asosida sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish

intensiv baliqchilik loyihalarini amalga oshirish

chufa (yer bodomi) oʻsimligini yetishtirish

3.

Buxoro viloyati

sanoatlashgan bogʻlar va uzumzorlar barpo etish

chorvachilik loyihalarini amalga oshirish

shoʻrlanishga va qurgʻoqchilikka chidamli ekinlar hamda yem-xashak (tariq, amarant, kinoa, sorgo) yetishtirish

aeroponika usulida vertikal sabzavot ekinlarini yetishtirish

4.

Jizzax viloyati

kartoshka urugʻchiligini va kartoshka yetishtirishni tashkil etish

urugʻ mevali bogʻlarni kengaytirish, lalmi tarvuz navlarini koʻpaytirish va yetishtirish

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida shoʻrga chidamli boʻlgan intensiv baliqchilikni rivojlantirish

qoʻychilik va tuyachilikni rivojlantirish

5.

Navoiy viloyati

chorvachilik loyihalarini amalga oshirish, kam suv talab qiladigan yem-xashak ekinlarini yetishtirish

intensiv baliqchilik loyihalarini amalga oshirish

sabzavot va dukkakli ekinlarni yetishtirishni kengaytirish

issiqxona xoʻjaliklarida vertikal dehqonchilik loyihalarini amalga oshirish

6.

Namangan viloyati

aeroponika usulida vertikal sabzavot ekinlarini yetishtirish loyihalarini amalga oshirish

gul koʻchatchiligini rivojlantirish

pomidor, bodring va shirin qalampirning F1 mahalliy duragaylari urugʻchiligini rivojlantirish

gilos va oʻrik plantatsiyalarini yaratish, intensiv baliqchilikni rivojlantirish

7.

Samarqand viloyati

kartoshka urugʻchiligini va yetishtirishni tashkil etish

sanoatlashgan usulda bogʻlar va tokzorlar barpo etish loyihalarini amalga oshirish

meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) va qadoqlash loyihalarini amalga oshirish

chorvachilik loyihalarini amalga oshirish

8.

Sirdaryo viloyati

anor yetishtirish va koʻchatchilikni tashkil etish

sholining yangi navlarini (basmati) yetishtirish

poliz ekinlarining kam suv talab qiladigan navlarini rivojlantirish

intensiv baliqchilik loyihalarini amalga oshirish

9.

Surxondaryo viloyati

xurmo, kivi va zaytun plantatsiyalarini yaratish

issiqxonalarda limon, apelsin, mandarin va banan yetishtirish

ertagi sabzavotlar (piyoz, kartoshka, karam) yetishtirish

chorvachilik loyihalarini amalga oshirish

10.

Toshkent viloyati

golubika, malina, maymunjon plantatsiyalari va koʻchatchiligini tashkil etish

sanoatlashgan bogʻlar va uzumzorlar barpo etish

kartoshka urugʻchiligini va yetishtirishni tashkil etish

rozmarin oʻsimligini koʻpaytirish

intensiv baliqchilik loyihalarini amalga oshirish

sholining yangi navlarini yetishtirish

sabzavot va poliz (qovun, tarvuz, qovoq, qand lavlagi) ekinlarini yetishtirish va qayta ishlash

11.

Fargʻona viloyati

sanoatlashgan bogʻlar va uzumzorlar barpo etish, mevali va manzarali daraxtlar koʻchatchilik xoʻjaliklarini tashkil etish

dorivor oʻsimliklarni (zanjabil, topinambur, naʼmatak va boshqalar) yetishtirish va qayta ishlash

meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) va qadoqlash, kartoshka urugʻchiligini va yetishtirishni tashkil etish

12.

Xorazm viloyati

sholining kam suv talab qiladigan navlarini yetishtirish

intensiv baliqchilik loyihalarini amalga oshirish

sanoatlashgan olma va nok bogʻlarini barpo etish

sabzavot va poliz (qovun, tarvuz, qovoq, qand lavlagi) ekinlarini yetishtirish va qayta ishlash

13.

Qashqadaryo viloyati

chorvachilik loyihalarini amalga oshirish, kam suv talab qiladigan yem-xashak ekinlarini yetishtirish

tezpishar poliz (tarvuz) ekinlarini yetishtirish

kartoshka urugʻchiligini va yetishtirishni tashkil etish

anorchilik plantatsiyalari, sanoatlashgan usulda mevali bogʻlarni tashkil etish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: qishloq xoʻjaligi vaziriga, zarur hollarda, loyihalarning ustuvor yoʻnalishlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab agrar oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladigan taʼlim yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi shifri va nomi

1.

60810300 — Tuproq bonitirovkasi va yer degradatsiyasi

2.

60810200 — Agrokimyo va tuproqshunoslik

3.

60811000 — Meva-sabzavotchilik va uzumchilik

4.

60810900 — Ipakchilik va tutchilik

5.

60820100 — Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish

6.

60830100 — Suv bioresurslari va akvakultura

7.

60811100 — Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agroxizmatlar departamenti tomonidan koʻrsatiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIZMATLAR TURLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agroxizmatlar departamenti tomonidan quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida resurs tejamkor texnologiyalar, sunʼiy intellekt va raqamli yechimlar asosida ilgʻor agrotexnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “SOIL DOCTOR” — Tuproq diagnostikasi, oʻsimlik va oʻgʻitlar tahlillarini, tuproq unumdorligini oshirish, GIS xizmatini joriy etish hamda oʻsimliklarning hosildorligini oshirishga qaratilgan kompleks xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) oʻsimliklar klinikasi xizmatini tashkil etish, bunda oʻsimliklar kasalliklari va zararkunandalarini aniqlash, tashxis qoʻyish hamda uygʻunlashgan himoya tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) zamonaviy “aqlli” bogʻlar, tokzorlar, issiqxonalar, tutchilik, koʻchatchilik va gulchilik plantatsiyalarini loyihalashtirish va barpo qilish rejasini tuzish hamda ularni “tayyor holda barpo etish” tamoyili asosida tashabbuskorlarga berish tartibida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) onlayn agrokonsalting xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish, payvandtag va koʻchatlar yetishtirish, koʻchatlarni ekish va hosildorlikni oshirish boʻyicha “bogʻ taqvimi”ni tuzib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) chorva va uy hayvonlarini klinik koʻrikdan oʻtkazish, ularning yuqumli kasalliklari profilaktikasi, kasalliklar tashxisi, mobil va sunʼiy urugʻlantirish va embrion koʻchirish laboratoriyasi, zamonaviy veterinariya diagnostikasi (UTT, rentgen, MRT, KT, MSKT) texnologiyalari asosidagi kompleks xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, quritish, qayta ishlash va qadoqlash, shuningdek, ularning sifati, xavfsizligini taʼminlash kabi boshqa konsalting va zamonaviy xizmatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-2027-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini xalqaro talablar asosida yanada takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Universitetda taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, taʼlim sifatini oshirish, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish

1.

Universitetning 3 ta taʼlim yoʻnalishini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim yoʻnalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.

2026-yil II chorak

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida taʼlim sifatni taʼminlash boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish.

2026-yil III chorak

3. Moslashtirilgan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2026-yil IV chorak

2.

Universitetda xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar reytingining top-500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari ulushini oshirish.

1. Oʻquv va ilmiy jarayonga top-500 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlaridan pedagoglarni jalb qilish.

2. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun shart-sharoitlar yaratish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarini begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Universitet

(Oblomuradov)

3.

Agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlarida chet tillarini oʻqitishning yangi va zamonaviy tizimini joriy etish.

1. Talabalarni chet tillarini bilish darajasiga qarab akademik guruhlarga ajratish hamda ingliz tilini agrar sohaga yoʻnaltirilgan tarzda (Agricultural English) oʻqitishni yoʻlga qoʻyish.

2. Chet tili auditoriyalarini zamonaviy talablar asosida jihozlash (“Smart classroom”, elektron doska) hamda zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

Universitet

(Oblomuradov)

4.

Agrar taʼlim tizimida “HECI” (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination) global chaqirigʻiga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturini taʼlim jarayoniga tatbiq etish.

1. Universitetda “HECI” global chaqirigʻiga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturi va adabiyotini ishlab chiqish.

2. “HECI” global chaqirigʻi yangi oʻquv dasturini oʻqitish boʻyicha malakali trenerlarni tayyorlash.

3. Taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv rejalariga “HECI” global chaqiriqlarini oʻrganish va targʻib etish boʻyicha fan kiritish.

2026/2027 oʻquv yili

Mablagʻ talab etilmaydi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

(Abdurahmonov),

Universitet

(Oblomuradov)

5.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda Agrar taʼlim kooperatsiyasiga biriktirilgan 13 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1 tadan (7 — 11-sinf) sinfini tabiiy fanlarni chuqurlashtirgan holda oʻqitishni yoʻlga qoʻyish.

1. Maktablarning tabiiy fanlar boʻyicha variativ oʻquv rejasini ishlab chiqish.

2026-yil II chorak

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Karimova),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Tabiiy fanlardan malakali pedagoglar bilan taʼminlash.

3. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab oʻquv jarayonini tashkil etish.

2026-yil III chorak

4. Maktablarda universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan mahorat darslari oʻtilishini tashkil etish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab doimiy

6.

Agrar taʼlim kooperatsiyasining umumiy oʻrta taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining Tabiiy fanlarni oʻqitish xonalarini taʼmirlash.

2. Tabiiy fanlar oʻquv xonalarini zamonaviy mebel va jihozlar, oʻquv laboratoriya asbob-uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia vositalari bilan taʼminlash.

2026-yil III chorak

Mahalliy budjet mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tabiiy fanlarga ixtisoslashgan oʻquv laboratoriyalarini tashkil etish.

2026-yil III chorak

7.

Universitet talabalariga qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun kurslarini tashkil etish

1. Oʻquv kurslarining oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil III chorak

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

(Vaxobov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

(Abdurahmonov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Oʻquv xonalarini zamonaviy mebel va jihozlar, stendlar, asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va multimedia vositalari bilan taʼminlash.

2026-yil III chorak

3. Oʻquv kurslarini tashkil etish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

8.

Qishloq xoʻjaligi xodimlari va Universitet talabalarining qishloq xoʻjaligi maqsadlarida dronlardan foydalanish borasidagi amaliy va nazariy koʻnikmalarini shakllantirish.

1. Agrodronlarni boshqarishni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

2. Oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga tegishli nusxadagi sertifikatlarni berish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Mablagʻ talab etilmaydi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Universitet (Oblomuradov)

II. Ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni ilmga yoʻnaltirish

9.

Universitetda qishloq xoʻjaligi ilm-fani yutuqlari doimiy koʻrgazmasini tashkil etish.

1. Qishloq xoʻjaligi ilm-fani yutuqlari doimiy koʻrgazmasini tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash.

2027-yil I chorak

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari grantlari,

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi,

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Qishloq xoʻjaligi ilm-fani yutuqlari doimiy koʻrgazmasining moddiy-texnika bazasini (kommunikatsiya vositalari, jihozlar, koʻrgazma fondining ashyo va kolleksiyalari, boshqalar) boyitish.

Doimiy

3. Qishloq xoʻjaligi ilm-fani yutuqlari doimiy koʻrgazmasida davra suhbatlari, agrar soha yetakchilari bilan uchrashuvlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etib borish.

Doimiy

10.

Talabalarning nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash, oʻquv-ilmiy jarayonlarini koʻrgazmali vositalar bilan boyitish.

1. Respublika hududlarida tarqalgan tuproqning asosiy genetik guruhlarini oʻrganish va tizimlashtirish boʻyicha “Tuproq-agronomik” laboratoriyasini tashkil etish.

2026-yil noyabr

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Oʻsimliklar himoyasi va hasharotlar kolleksiyasi (insektariy)ni tashkil etish.

2027-yil aprel

3. Daraxt va butalarning gerbariy fondini tashkil etish va xalqaro bazalarga joylashtirish.

2027-yil may

4. Agrar sohaga oid noyob va yoʻqolib borayotgan ekinlarning oʻsimliklar genbankini yaratish.

2027-yil noyabr

11.

Universitetda barqarorlik va ekologik samaradorlik koʻrsatkichlarini koʻtarish boʻyicha “Yashil kampus” loyihasini amalga oshirish.

1. “Yashil kampus” loyihasini amalga oshirishda yashil ekinzorlar maydonini kengaytirish, energiya tejamkorligiga erishish, chiqindilarni yigʻish, suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish, transport vositalari harakatini tartibga solish ishlarini oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2026-yil II chorak

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Ekologiya milliy qoʻmitasi

(Qudratov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

(Muxitdinov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. “Yashil kampus” loyihasini ommalashtirish maqsadida tavsiyanomalar ishlab chiqish, reja asosida oʻquv seminarlar va anjumanlar tashkil etish.

2026-yil II chorak

3. Doimiy ravishda agrar soha boʻyicha milliy va xalqaro kunlar doirasida talaba-yoshlar uchun respublika darajasida ekofestivallar, xayriya aksiyalari va tanlovlar oʻtkazib borish hamda natijalarini tahlil qilish.

2026-yildan boshlab kalendar reja asosida

12.

Universitet rahbar va pedagog xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida doktorantura tizimini takomillashtirish.

1. Top-500 talikdagi xorijiy universitetlar bilan qoʻshma ilmiy rahbarlik (So-supervisor) asosida dissertatsiya himoyalarini tashkil qilish.

2. “Joint PhD Program” dasturlarini joriy qilish.

3. Doktorantlarga ilmiy tadqiqot metodologiyasi, statistik tahlillar va dissertatsiya yozish hamda chet tillarini oʻqitish boʻyicha maxsus kurslar tashkil qilish.

2026 — 2030-yillar davomida

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

(Oblomuradov)

13.

Agrar sohada ilmiy hamkorlikni kengaytirish, xalqaro ilmiy bazalarda indeksatsiya qilinadigan maqolalar koʻlamini oshirish choralarini koʻrish.

1. “Central Asian Journal of Agriculture and Forestry” elektron ilmiy jurnalini tashkil etish.

2026-yil 1-avgust

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ekspertlarini jurnalning tahrir hayʼati aʼzoligiga jalb qilish.

2026-yil 1-sentabr

3. Jurnalga ingliz tilida ilmiy maqolalarni qabul qilishni tashkil qilish, Markaziy Osiyo davlatlarining oliy taʼlim va ilmiy muassasalari bilan ilmiy nashriyot faoliyati yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2026-2027-yillar

14.

Agrar sohada amalga oshiriladigan ratsionalizatorlik takliflari, startap loyihalar va innovatsion biznes gʻoyalarni moliyalashtirish.

1. Universitetda “Kelajakka qadam” markazi faoliyatini kengaytirish.

Doimiy

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

“Oʻzmilliybank”AJ

(Mirsoatov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Agrar sohada amalga oshiriladigan ratsionalizatorlik takliflari, startap loyihalar va innovatsion biznes gʻoyalarni koʻrib chiqish va amaliyotga tatbiq etishga koʻmaklashish.

Yil davomida

3. Agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining “Talaba Expo” innovatsion gʻoyalar koʻrgazmasini tashkil etish.

Doimiy

4. Ratsionalizatorlik takliflari, startap loyihalar va biznes gʻoyalarni innovatsion hududlar va yoshlar texnoparklariga yoʻnaltirish.

Doimiy

15.

Universitet talabalariga xorijiy davlatlarda taʼlim olish imkoniyatlari haqida targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

1. Doimiy ravishda Universitetda talabalarga xorijiy davlatlarda taʼlim olish imkoniyatlari haqida targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

(Ismailova),

Universitet

(Oblomuradov)

2. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan qishloq xoʻjaligi sohasiga ajratilgan kvotalarni toʻldirish choralarini koʻrib borish.

Doimiy

III. Oʻquv-ilmiy tajriba xoʻjaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish

16.

Universitet oʻquv-ilmiy tajriba xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

1. Oʻquv-ilmiy tajriba xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish uchun mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

2026-yil III chorak

BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) grantlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlarining tajribasini oʻrganish va konsepsiya loyihasini muhokama qilish.

2026-yil 1-noyabr

3. Konsepsiyani tasdiqlash.

2026-yil 1-dekabr

17.

Agromuhandislar maktabini tashkil etish.

1. Agromuhandislar maktabi loyihasini ishlab chiqish.

2026 yil II chorak

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

“Agrobank” ATB

(Kaxorov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Agromuhandislar maktabini joylashtirish uchun universitetning oʻquv-ilmiy tajriba xoʻjaligi hududidagi sobiq isitish qozonxonasi oʻrnida 0,15 gektar maydonda yengil konstruksiyali bino va inshootlarni qurish.

2027 yil II chorak

3. Oʻquv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishini hamda tasdiqlanishini taʼminlash.

2026 yil III chorak

4. Agromuhandislar maktabini zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari, ishlab chiqarish texnologiyalari va jihozlari bilan taʼminlash.

2026 yil III chorak

18.

Oʻquv-ilmiy tajriba xoʻjaligini qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan jihozlash.

Oʻquv-ilmiy tajriba xoʻjaligiga jami 5 038,2 mln soʻm boʻlgan quyidagi texnikalarni sotib olish:

4 ta turdagi traktorlar;

1 ta paxta terish mashinasi va 2 ta turdagi kombayn;

6 ta turli texnika va jihozlar (seyalka, yer tekislagich, oʻgʻitlash mashinasi, dron, texnik xizmat koʻrsatish jihozlari, 5D/3D printer).

2026 yil avgust

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Universitet

(Oblomuradov)

19.

Universitet oʻquv-ilmiy tajriba xoʻjaligi hududida Asalarichilik markazini tashkil etish.

1. Asalarichilik markazini tashkil etish orqali xorijdan keltirilgan “Karpat” va “Kraina” zotli asalarilardan ona asalari olish.

2026-yil 1-avgust

Koreya Respublikasining

grant loyihasi mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

AT “Aloqabank” mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Oʻzbekiston asalarichilari uyushmasi

(Nazarov),

AT “Aloqabank”

(Irisbekova),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Mehnat bozoriga va ish beruvchilarga mos malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish.

Oʻquv jarayoni jadvali asosida

3. Asalarichilik bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik subyektlari mutaxassislari uchun koʻrgazmali oʻquv seminarlari va qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish.

2026-yil reja asosida

4. Oʻquv kurslari yakunida respublikamiz hududida tan olinadigan sertifikat berish tizimini joriy etish.

2026/2027 oʻquv yilidan

20.

Sobiq vivariy hamda oʻquv laboratoriya binolarini rekonstruksiya qilish va zamonaviy chorvachilik majmuasini, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini hamda veterinariya klinikasini tashkil qilish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2027-yil II chorak

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Chorvachilik majmuasini, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini va veterinariya klinikasi binosini rekonstruksiya qilish hamda jihozlash.

2027-yil III chorak

3. Talabalar uchun amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish va aholi uchun sifatli veterinariya xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

2028-yildan boshlab

21.

Taʼmirtalab holatdagi 1,0 gektar maydonda joylashgan eski issiqxonani rekonstruksiya qilish va uning oʻrnida zamonaviy issiqxona xoʻjaligini tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2026-yil II chorak

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

(Abdullayev),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Issiqxona xoʻjaligini rekonstruksiya qilish va jihozlash.

2026-yil III chorak

3. Issiqxona xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil IV chorak

4. Talabalar uchun amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish va aholi uchun sifatli mahsulotlar hamda koʻchatlarni yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish.

2027-yildan boshlab

IV. Universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

22.

Universitetni xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar reytingining top-500 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish.

1. “Quacquarelli Symonds” (QS) va “Times Higher Education” (THE) xalqaro reyting agentliklarining mezonlarini chuqur tahlil qilish.

2026 — 2030-yillar

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Universitetning 2030-yilga qadar xalqaro reyting (QS, THE va boshqalar) koʻrsatkichlarini yaxshilash strategiyasini ishlab chiqish.

Uch oy muddatda

23.

Top-500 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturlari sonini oshirish.

Xalqaro (QS, ARWU, THE) reytinglarning top-500 talik roʻyxatiga kirgan universitetlar bilan shartnomalar imzolash va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet (Oblomuradov)

24.

Universitetning yosh professor-oʻqituvchilari hamda doktorantlarini yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlariga amaliyot, stajirovka va malaka oshirishga yuborish.

1. Universitetda yosh professor-oʻqituvchi hamda doktorantlarning chet tillarini mukammal oʻzlashtirishi uchun oʻquv kurslarini tashkil etish.

2026-yil III chorak

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Universitet

(Oblomuradov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

2. Yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan amaliyot, stajirovka va malaka oshirish borasidagi oʻzaro hamkorlik memorandumlarini imzolash.

2026-yil II chorak

3. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan har yili maqsadli ravishda qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha yosh professor-oʻqituvchilar va doktorantlarning xorijiy stajirovka va malaka oshirish dasturlarida ishtirokini taʼminlash.

Doimiy

25.

Talaba-yoshlarni xalqaro dasturlarga jalb etish koʻlamini oshirish.

1. Agrar soha, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim oʻzgarishi va atrof-muhit muhofazasi mavzularida talabalar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari uchun qisqa muddatli kurslarni (4 — 6 hafta), Agro yozgi maktab (Agro Summer school) dasturini tashkil etish.

2026/2027 oʻquv yilidan

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

Universitetning xalqaro grantlari va budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Har oʻquv yili kamida 100 nafar talabani almashinuv dasturlari doirasida nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga yuborish.

2026/2027 oʻquv yilidan

V. Universitetda taʼlim, ilm va innovatsion faoliyatni takomillashtirish

26.

Universitetda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sunʼiy intellekt laboratoriyasini tashkil etish.

1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sunʼiy intellekt laboratoriyasi loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil III chorak

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi,

xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Laboratoriya uchun kerakli texnik uskunalarni tanlash va xarid qilish.

2027-yil II chorak

3. Laboratoriya uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqish.

2027-yil IV chorak

27.

Axborot-resurs markazi infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Axborot-resurs markazi infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2. Markaz foydalanuvchilari uchun kompleks xizmat koʻrsatuvchi “RFID” texnologiyalarini joriy qilish.

3. Xorijiy oʻquv-ilmiy axborot bazalariga ulanish va foydalanishni tashkil etish.

4. Kitobxonlar uchun oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida elektron kiosklarni joriy etish.

5. Axborot-resurs markazining kitoblar fondini yangi xorijiy va mahalliy adabiyotlar bilan boyitish.

6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi Respublika qishloq xoʻjaligi ilmiy kutubxonasini Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasiga koʻchirish.

2026-2027-yillar davomida

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Universitet (Oblomuradov)

28.

Taʼlim jarayoni samaradorligini oshirish va raqamli axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida Universitet huzurida mediamarkaz tashkil etish.

1. Universitet mediamarkazini zarur texnika va jihozlar bilan taʼminlash.

2. Taʼlim jarayonini multimedia mahsulotlari bilan boyitish va mashgʻulotlarga bosqichma-bosqich innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etish.

2026/2027 oʻquv yilidan

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

Universitetning budjetdan tashqari hamda homiylik mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Universitet (Oblomuradov)

29.

“Wikipedia” onlayn ensiklopediya tizimida agrar sohaga oid atamalar, ekin turlari va navlarining oʻzbek tilidagi kontentini boyitish.

1. “Wikipedia”da kontent yaratish boʻyicha trening, kurslar tashkil etish.

2. Talabalar, yoshlar va jamoatchilikni “Wikipedia”da agrar sohaga oid oʻzbek tilidagi kontent yaratish va boyitish jarayoniga jalb qilish.

3. Foydalanuvchilarni ragʻbatlantiruvchi dasturlar va tanlovlar tashkil etish.

2026-2027-yillar

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari,

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Universitet

(Oblomuradov)

VI. Universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

30.

Universitetda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish va jihozlash.

1. Quyidagi laboratoriyalarni tashkil etish:

oʻsimliklar karantini, fitoekspertiza va fitosanitar tahlil laboratoriyasi;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash laboratoriyasi;

qishloq xoʻjaligi elektr uskunalari montaji laboratoriyasi;

qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish laboratoriyasi;

yer tuzish, kadastr va yer monitoringi laboratoriyasi;

agrokimyoviy tahlillar laboratoriyasi;

agronomiya va agrotexnologiya laboratoriyasi;

qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholash laboratoriyasi;

biotexnologiya laboratoriyasi.

2. Ushbu laboratoriyalarni jami 5 263,7 mln soʻmga (shundan, 2 918,0 mln soʻm Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi, 2345,7 mln soʻm Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan) jihozlash.

2026-2027-yillar davomida

Davlat budjeti mablagʻlari,

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi,

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari,

Xalqaro moliya institutlari

va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari

Vazirlar Mahkamasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Abdurahmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Universitet (Oblomuradov)

31.

Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan zamonaviy agroxizmatlar koʻrsatish uchun zarur boʻlgan laboratoriya jihozlari, texnika va uskunalarni xarid qilish.

1. Laboratoriya jihozlarini xarid qilish boʻyicha Vazirlik hamda sohaga masʼul idoralar xamda Universitet mutaxassislaridan iborat tender komissiyasini tuzish.

2026-yil davomida

Qishloq xoʻjaligi sohasidagi vazirlik va idoralarning (Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya qoʻmitasi, Karantin agentligi, Oʻzagroinspeksiya) budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 5 mlrd soʻmdan, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 10 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Haydarov), Universitet

(Oblomuradov)

2. Tender komissiyasi tomonidan xarid qilinadigan texnika va jihozlar roʻyxatini shakllantirish.

2027-yil davomida

3. Tasdiqlangan roʻyxat asosida tender savdolariga eʼlon joylashtirish.

2027-2028-yillarda

4. Texnika va jihozlarni xarid qilish hamda ularni Universitetga joylashtirish.

2027-2028-yillarda

32.

Operativ boshqaruv huquqi asosida Universitet hududida joylashgan Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetini boshqa kampusga koʻchirish.

1. 2027/2028 oʻquv yiliga qadar Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti uchun yangi oʻquv kampusi qurish.

2. Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetidan boʻshagan binoga Universitet fakultet va kafedralarini joylashtirish.

2028-yil III chorak

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Universitet

(Oblomuradov)

33.

Oʻsimliklarni biologik himoya qilish ilmiy-tadqiqot markazi binosini rekonstruksiya qilish va uning negizida Ekofiziologik tadqiqotlar ilmiy laboratoriyasini tashkil etish.

1. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasiga asosan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil III chorak

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak va grantlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Toshkent davlat agrar universiteti

(Oblomuradov)

2. Loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektni moliyalashtirish manbasini belgilash.

2027-yil III chorak

3. Obyektni kapital taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) hamda jihozlash ishlarini tashkil qilish.

2027-yil IV chorak

34.

Oʻquv, maʼmuriy binolar va talabalar turarjoylariga avtomatik yongʻin signalizatsiyasi tizimlarini oʻrnatish.

1. Loyihaoldi texnik topshiriq tayyorlash.

2026-yil III chorak

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(Ikramov),

Universitet

(Oblomuradov)

2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil IV chorak

3. Ekspertiza xulosasiga asosan mablagʻ ajratish.

2027-yil I chorak

4. Obyektlarda avtomatik yongʻin signalizatsiyasi tizimlarini oʻrnatish.

2027-yil III chorak

35.

Universitet hududida joylashgan 0,50 gektar (amaldagi avtoturargoh) maydonda davlat-xususiy sheriklik asosida koʻp qavatli avtoturargohni tashkil etish loyihasini amalga oshirish.

1. Salohiyatli investorlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Xususiy sherikni tanlash va davlat-xususiy sheriklik bitimini imzolash.

2026-yil davomida

Tashabbuskor investor mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Umrzakov),

Universitet

(Oblomuradov)

4. Xususiy sherik tomonidan loyihani amalga oshirish.

2027-2028-yillar

36.

Universitetning qoʻshimcha moliyalashtirish manbasini joriy etish uchun endaument fondini tashkil etish.

Fondni tashkil etish va mablagʻlardan maqsadli foydalanish tartibini ishlab chiqish.

2026-yil III chorak

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, endaument fondining mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Universitet

(Oblomuradov)

37.

Agrar soha va tarmoqlarga oid muhim xalqaro va milliy sanalar munosabati bilan Universitetda oʻtkaziladigan tadbirlarning taqvim-rejasini tasdiqlash.

1. Taqvim-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bir oy muddatda

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Universitet

(Oblomuradov),

ilmiy-tadqiqot muassasalari

2. Taqvim-rejada belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazib borish.

Yil davomida

3. Oʻtkaziladigan tadbirlarga talabalarni keng jalb qilish.

Yil davomida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
9-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat agrar universiteti Transformatsiya markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ASOSIY VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transformatsiya markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Universitetning taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2030-yilga qadar Universitetni dunyoning eng nufuzli agrar oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish strategiyasini ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Universitet taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) oʻquv jarayoniga zamonaviy taʼlim va innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Universitet professor-oʻqituvchilarini xorijiy stajirovkalarga yuborishni tashkil etish hamda xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlaridan malakali mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Universitetning taʼlim, ilmiy-tadqiqot va axborot-kutubxona faoliyatini hamda boshqaruv jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Universitetning tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini xalqaro talablar asosida takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Universitetni rivojlantirishga oid dasturlarni amalga oshirish, monitoring qilish va natijalarini tahlil qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
10-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat agrar universitetining taʼlim va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

Universitet hududiga kirish-chiqish rejimini elektron nazorat qilish.

2026-yil III chorak

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Universitet

2.

Talabalarning davomati, emotsional holatini hamda professor-oʻqituvchilarning dars oʻtish jarayonlarini sunʼiy intellekt yordamida aniqlash va nazorat qilish imkonini beruvchi “Smart University” tizimini joriy etish.

2027-yil I chorak

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Universitet

3.

Universitetda taʼlim tizimini samarali boshqaruvchi LMS elektron taʼlim platformasini ishga tushirish.

2027-yil I chorak

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Universitet

4.

Universitetda taʼlim jarayoni uchun sifatli videomaʼruza, onlayn mediakurslar, multimedia mahsulotlari yaratish uchun zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan mediamarkaz tashkil etish.

2026/2027 oʻquv yilidan

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Universitet

5.

Talabalarning sunʼiy intellekt savodxonligini oshirish maqsadida 7 ta zamonaviy kompyuter sinfini tashkil etish.

2026-yil IV chorak

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Universitet

6.

Axborot-resurs markazida oʻquv va ilmiy adabiyotlarning elektron bazasi va katalogini yaratish hamda “E-kutubxona” platformasini ishga tushirish.

2026-yil IV chorak

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Universitet

7.

Sunʼiy intellekt asosida qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan fanlar uchun virtual laboratoriyalar tashkil etish.

2027-yil I chorak

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Universitet

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qaroriga
11-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2966-son qarorining 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“16. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Olimlar koʻchasi 62-uy manziliga joylashtirilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-465-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “aprelga” soʻzi “mayga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “barcha qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlari” soʻzlari “dala chetlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “oʻn” soʻzi “uch” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 7-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “aprelga” soʻzlari “mayga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 8-ilovaning 1 va 2-pozitsiyalari “Chora-tadbirlar” ustunidagi “aprelgacha” soʻzlari “maygacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)