Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Koʻksaroy qarorgohi” davlat muassasasi hududida barpo etilgan “Buxoro majmuasi”ni saqlash, boshqarish va hududini obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Xorijiy delegatsiyalar va oliy martabali mehmonlarni kutib olish hamda ular ishtirokidagi tadbirlarni yuqori darajada oʻtkazish, shuningdek, “Koʻksaroy qarorgohi” davlat muassasasi hududida zamonaviy va anʼanaviy arxitektura yechimlari asosida barpo etilgan “Buxoro majmuasi”ni saqlash, boshqarish hamda uning hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2025-yilning 15-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvida ishtirok etgan oliy darajadagi mehmonlar poytaxtimizda barpo etilgan yangi meʼmoriy komplekslar, xususan, “Buxoro majmuasi”da (keyingi oʻrinlarda — majmua) oʻtkazilgan milliy koʻrgazmalar bilan tanishtirilgani va tegishli tadbirlar oʻtkazilgani;
oʻtkazilgan milliy koʻrgazmalar doirasida namoyish etish uchun joylashtirilgan madaniy boyliklar, shu jumladan, qimmatbaho ashyo va eksponatlar, oʻtgan asrlarda yasalgan tilla, kumush taqinchoqlar, chinnivorlar va qurollar namunalari, turli kashta, doʻppi, qorakoʻl, soʻzana, shoyi mato va gilamlar, yogʻoch oʻymakorligi, keramika, zargarlik namunalari va boshqa kompozitsiyalar (keyingi oʻrinlarda — madaniy ashyolar) kelgusida boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi rasmiy qabul va tadbirlar uchun majmuada qoldirilgani;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat koʻrsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-martdagi 231-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat koʻrsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) faoliyati yoʻlga qoʻyilgani hamda uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangani;
majmua va unda tashkil etilgan koʻrgazma jihozlariga xizmat koʻrsatish, madaniy ashyolarni saqlash maqsadida “Koʻksaroy qarorgohi” davlat muassasasi tuzilmasida 10 ta shtat birligidan iborat “Buxoro majmuasi” boʻlimi tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Koʻksaroy qarorgohi” davlat muassasasiga majmuani saqlash boʻyicha quyidagi vazifalar yuklansin:
majmuani shaharsozlik hamda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlash, undan foydalanish ishlarini oʻz vaqtida tashkil etish hamda sifatli bajarish;
majmuani madaniy, siyosiy va boshqa tadbirlarga, xorijiy mehmonlar hamda delegatsiyalar tashrifiga tayyorlash uchun bezatish;
majmuada mavjud madaniy ashyolarni ularning tarixiy, madaniy, badiiy ahamiyatidan kelib chiqib asrash hamda soz holatda saqlash, muddatidan oldin eskirishi va yemirilishining oldini olish tadbirlarini tashkil etish.
3. Madaniy meros agentligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir yilda kamida bir marta yuqori malakali soha mutaxassislarini jalb etgan holda, “Buxoro majmuasi”da saqlanayotgan madaniy ashyolarning muzeyshunoslik talablariga muvofiq but saqlanishi va asrash ishlarining toʻgʻri tashkil etilishi boʻyicha begʻaraz uslubiy tavsiyalar va amaliy yordam koʻrsatib borsin.
4. Belgilansinki, “Buxoro majmuasi” boʻlimi faoliyati va uni saqlash xarajatlari:
Davlat budjeti mablagʻlari;
“Koʻksaroy qarorgohi” davlat muassasasining xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Boshqarma:
2026-yilda majmuani saqlash xarajatlari “Koʻksaroy qarorgohi” davlat muassasasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin;
2027-yildan boshlab respublika budjeti parametrlarini shakllantirishda “Koʻksaroy qarorgohi” davlat muassasasiga majmuani saqlash xarajatlari uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin;
“Koʻksaroy qarorgohi” davlat muassasasining tasdiqlangan shtatlar jadvallariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat koʻrsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-martdagi 231-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-aprel,
155-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 155-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat rezidensiyalariga xizmat koʻrsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-martdagi 231-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ilovaning rus tilidagi matni qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
“STRUKTURA
Upravleniya po obslujivaniyu gosudarstvennix rezidensiy i organizatsii meropriyatiy Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Nachalnik upravleniya | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Perviy zamestitel nachalnika upravleniya | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Finansovo-ekonomicheskiy otdel 2 | Glavniy energetik | Rejimno-sekretniy otdel 2 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Otdel snabjeniya 2 | Otdel buxgalterskogo ucheta 3 | Otdel kadrovoy politiki 2 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Slujba po organizatsii ofitsialnix meropriyatiy 13 | Glavniy spetsialist po oxrane truda i texnike bezopasnosti | Glavniy yuriskonsult | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sekretariat 1 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Gruppa texnicheskoy i stroitelnoy politiki 2 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Zaveduyushiy skladom | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Gruppa po obslujivaniyu kompleksa administrativnix zdaniy 40 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Transportnaya slujba 37 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
GU “Koʻksaroy qarorgohi” | GU “Qaynarsoy qarorgohi” | GU “Doʻrmon kompleksi” | GU “Turkiston mehmonxonalar kompleksi”* | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Primechaniye. Obshaya shtatnaya chislennost rabotnikov Upravleniya i gosudarstvennix uchrejdeniy, vxodyashix v yego strukturu, — 512 yed., v tom chisle obshaya shtatnaya chislennost rabotnikov Upravleniya — 110 yed.
* Zarabotnaya plata i priravnennie k ney plateji rabotnikov GU “Turkiston mehmonxonalar kompleksi” finansiruyutsya za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta, a finansirovaniye prochix rasxodov — za schet sredstv, postupayushix ot xozyaystvennoy deyatelnosti”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/155/0332-son)