Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 15.07.1998 yildagi 300-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FERMER XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”, “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARINI AMALGA OShIRISh MUDDATLARI VA ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda dehqon va fermer xo‘jaliklarining ahamiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 1-oktabrgacha barcha tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon (fermer) xo‘jaliklarini ularning Yer kodeksiga, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalari va normalariga muvofiqligini xatlab chiqsinlar hamda ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda har bir tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon (fermer) xo‘jaliklari boshliqlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ushbu xo‘jaliklarni fermer xo‘jaliklari sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish hamda faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar tuzsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya o‘tkazuvchi komissiyalar fermer xo‘jaliklari boshliqlarining yuqori hosil olish uchun ilg‘or agrotexnika usullarini qo‘llash, urug‘lik, o‘g‘itlar va suv resurslaridan samarali foydalanish, chorva mollari va parrandalar mahsuldorligini oshirish bo‘yicha yuksak bilim va malakaga ega ekanliklariga e’tiborni qaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish Tartibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi dehqon (fermer) xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklari sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida 1998-yil 1-oktabrgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi fermer xo‘jaliklarini xatlovdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra statistika hisobotiga tegishli aniqliklar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 15-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
300-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 15-iyuldagi 300-sonli qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Tartib faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish mexanizmini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar xo‘jalik boshlig‘ining qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruviga yoxud boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ish beruvchisi (ma’muriyati)ga hamda tuman hokimiga yozma murojaatiga asosan yuridik shaxs tashkil etgan yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda ushbu xo‘jaliklar a’zolarining qarori bilan ixtiyoriylik asosida dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartiriladi. Arizada so‘ralayotgan yer uchastkasining joylashgan manzili, maydoni, dehqon xo‘jaligining tarkibi hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanishning yo‘nalishlari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) boshqaruvi faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani umumiy majlis muhokamasiga kiritadi, umumiy majlis bu xususda tegishli qaror qabul qiladi. Boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yuqori boshqaruv organi, ish beruvchisi (ma’muriyati) tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) umumiy majlisining yoki boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi va tashkiloti yuqori boshqaruv organining, ish beruvchisi (ma’muriyati)ning qarori asosida tuman hokimi faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish bo‘yicha tuman komissiyasining xulosasini inobatga olgan holda faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish uchun tuman hokimining qarori bilan hokimligi huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish bo‘yicha komissiya tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga tuman hokimligi, yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish Komissiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman vakilligi, tuman iqtisodiyot va statistika bo‘limi, soliq xizmati, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) hamda posyolka, qishloq va ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari kiradilar.
(5-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish bo‘yicha komissiya besh kun muddatda shaxsiy yordamchi xo‘jalik egasining murojaatini ko‘rib chiqadi. Bunda Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasidan unumli foydalanilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mulk solig‘i to‘lanishi holatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya etilishiga e’tibor beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jalikni dehqon xo‘jaligiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi tegishli taklifni hokimga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman hokimining faoliyat ko‘rsatib turgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarori tuman moliya, bank, soliq va boshqa tuzilmalari uchun majburiy hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jalik a’zolari qonunda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda dehqon xo‘jaligining manfaatlarini ifoda etuvchi xo‘jalik boshlig‘ini saylaydilar. Xo‘jalik boshlig‘i yoki xo‘jalikning muomalaga layoqatli a’zolaridan birining nomiga yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi rasmiylashtiriladi.