Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Qarori
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3647-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 3-mh-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 08/270-son qarori (roʻyxat raqami 3647, 2025-yil 14-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3647/0613-son) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. KARIMOVA
Toshkent sh.,
2026-yil 19-mart,
3647-son
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-mart,
15-q/q-son
Kelishildi:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2026-yil 18-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 19-martdagi 3647-son hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 6-martdagi 15-q/q-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-banddagi “hududiy kasbiy koʻnikmalar markaziga” va “kirish qismiga osib qoʻyiladi” degan soʻzlar tegishli ravishda “hududdagi tegishli kasbiy taʼlim tashkilotiga” va “eʼlonlar taxtasiga joylashtiriladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 5-bandning uchinchi xatboshisidagi va 18-banddagi “kasbiy koʻnikmalar markazi” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 12-banddagi “kasbiy taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovaning uchinchi xatboshisidagi “kasbiy koʻnikmalar markazi” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA

”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3647-1/0312-son)