01.04.2026 yildagi PQ-120-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng asosiy sharti va garovidir. Bu hal qiluvchi omillar davlatning xalqaro huquq subyekti sifatida dunyo hamjamiyatida munosib oʻrin egallashi, xalqning tinch va farovon hayotini taʼminlash, uning barcha manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bizning milliy mustaqilligimiz mard va matonatli xalqimizning qatʼiy irodasi, istiqlol yoʻlida kurashgan fidoyi ajdodlarimiz orzu-umidlarining roʻyobi boʻlib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu ishlarimizning mustahkam asosi, kelajak avlodlarimiz uchun bezavol yetkazishimiz shart boʻlgan buyuk va muqaddas qadriyatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi gʻoyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini oʻzida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yoʻlimiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, koʻp millatli jamiyatimizda doʻstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va anʼanalarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, uning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish, mintaqada yaxshi qoʻshnichilikni rivojlantirish hamda Vatanimizning xalqaro obroʻ-eʼtiborini oshirishda mustahkam tayanch boʻlib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy istiqlolimizning davlatchiligimiz tarixi, hozirgi va kelajak hayotimiz uchun beqiyos ahamiyatini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini Yangi Oʻzbekistonning bugungi ulkan salohiyati va jahon maydonidagi nufuziga muvofiq yuksak darajada, munosib nishonlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan gʻoyaviy-badiiy konsepsiya va dastur 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika komissiyasi (A. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mustaqillikning 35 yilligini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat va tuman (shahar) markazlarida, barcha mahallalar, qishloq va ovullarda, shuningdek, vazirlik va idoralar tizimida munosib nishonlash maqsadida konsepsiyaning mazmuni va asosiy yoʻnalishlariga muvofiq chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va ijro etishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Yangi Oʻzbekistondagi amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yuzaga kelgan ulkan imkoniyat va yutuqlarni keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror surʼatlarda jadal rivojlanib borayotganligi natijasida fuqarolarimizning turmush farovonligi ortib borayotganligini koʻrsatib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) yurtimizning tinchligi va chegaralar daxlsizligini taʼminlashga xizmat qiluvchi mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi islohotlarni yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) istiqlol tufayli milliy qadriyatlar, davlatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan, mahalla tizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan yutuq va natijalar ahamiyatini taʼkidlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) nuroniylar, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam manfaatlarini taʼminlashga, yoshlarning “Yangi Oʻzbekistonning bunyodkorlari” sifatida bilim va kasb egallashlari, tadbirkorlik tashabbuslari va isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishga zarur sharoitlar yaratilganligiga urgʻu qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) millatlararo doʻstlik va dinlararo bagʻrikenglik muhitini saqlash va kuchaytirishni barcha fuqarolarning muqaddas burchi sifatida targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vii) bayram tadbirlariga barcha yoshlar, ijtimoiy va etnik guruhlar hamda vatandoshlarning faol jalb etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ilm-fan, taʼlim, madaniyat, adabiyot va sanʼat namoyandalari, sportchilar, jamoatchilik vakillaridan iborat badiiy-ijodiy guruhlar tuzish hamda ular ishtirokida aprel — sentabr oylari davomida respublika boʻylab keng koʻlamdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va ijtimoiy loyihalarni oʻz ichiga olgan “Mustaqillik toʻyi” (festivali) tadbirlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Toshkent shahrida oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik koʻrishda taniqli ssenarist va rejissorlar, shoir va yozuvchilar, xonanda va bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) mustaqillikning 35 yilligi arafasida mamlakatimizning yirik sanoat, madaniyat, taʼlim va sport muassasalarining tantanali ochilish marosimlarini yuqori saviyada tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Madaniyat vazirligi Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha masʼul tashkilot hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 2026-yil 1-iyunga qadar milliy mustaqillik va suverenitet gʻoyalarini, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari qiyofasini oʻzida aks ettirgan “Vatan fidoyilari” ramziy monumentining eskiz loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu monument Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman va shaharlarda 2026 — 2030-yillarda barpo etilayotgan umummilliy birdamlik bogʻlarining markaziy qismida oʻrnatilishi hisobga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti tadqiqotlari instituti, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning natijalari va erishilgan yutuqlarga bagʻishlangan “Mustaqillik zafarnomasi” maxsus kitob-albomini tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 2026-yil aprel oyidan ijtimoiy tarmoqlarda #Mustaqillik35, #Uzb35 xeshteglari ostida targʻibot aksiyalarini (fleshmoblar, podkastlar, viktorina va boshqalar) boshlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi 2026-yil aprel oyidan boshlab “35 yillik Istiqlol yilnomasi” ruknida mustaqilligimizning tarixiy bosqichlari, erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlarini yorituvchi turkum hujjatli filmlar, koʻrsatuvlar tayyorlash va telekanallarda namoyish etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Adliya vazirligi hamda Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining 2026-yil avgust oyida Toshkent shahrida “Mustaqil Oʻzbekiston — 35 yillik taraqqiyot yoʻli: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita “Vatandoshlar” jamoat fondi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Tashqi ishlar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda 2026-yil avgust-sentabr oylarida xorijdagi vatandoshlar va oʻzbek diasporasi vakillari ishtirokida “Mustaqil Oʻzbekiston — gʻururim, iftixorim” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaziy bank 2026-yil 1-sentabrga qadar “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik oltin tangasini zarb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Transport vazirligi 2026-yil 1-mayga qadar tegishlicha yangi tashkil etilgan mahallalardan hamda temir yoʻl stansiyalaridan biriga “Mustaqillikning 35 yilligi” nomini berish boʻyicha takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda homiylik mablagʻlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Toshkent shahrida — Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligiga yurtimiz mustaqilligi, Yangi Oʻzbekistonning rivojlanish yoʻli va xalqimizning birdamligi haqida turkum materiallar tayyorlash va tarqatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Respublika komissiyasi mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish, zarur hollarda, qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-120-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ-120-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini nishonlashning gʻoyaviy-badiiy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Muqaddima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami (keyingi oʻrinlarda — Mustaqillik bayrami)ning gʻoyaviy-badiiy mazmunini kuchaytirishga, shu orqali mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish, istiqlol gʻoyalarini aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish, fuqarolarda Vatan taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik hamda masʼuliyat tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Konsepsiyaning maqsad va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konsepsiya maqsad va vazifalari Mustaqillik bayramini munosib nishonlash, uning gʻoyaviy mazmunini boyitish va keng jamoatchilik oʻrtasida samarali targʻibot ishlarini tashkil etishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik bayramining bosh gʻoyasi — “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yarataylik!”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu gʻoya jamiyatda milliy birdamlik va fuqarolik hamjihatligini kuchaytirish, turli millat va elat vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmat, bagʻrikenglik va ijtimoiy hamkorlik muhitini shakllantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va yuksak fuqarolik masʼuliyati ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarning tiklanishi, mintaqaviy yakdillik va global hamkorlikdagi yutuqlarni ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Mustaqillik bayramining bosh gʻoyasini keng jamoatchilikka yetkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahondagi geosiyosiy vaziyat va mamlakatimizning maʼnaviy-gʻoyaviy moʻljallaridan kelib chiqib, Mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan targʻibot va madaniy-maʼrifiy tadbirlarning syujet va ssenariylarida quyidagi gʻoyalar aks etishi maqsadga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Oʻzbekiston suveren taraqqiyot yoʻlidan ildam va ogʻishmay borayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahondagi tinchlik inqirozi sharoitida mustaqillik — milliy oʻzlik va davlatchilik asosi ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Oʻzbekistondagi keng koʻlamli islohotlar Uchinchi Renessans yaratuvchilarini yuzaga chiqarishga qaratilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Oʻzbekistonning global siyosatning subyekti sifatidagi roli mustahkamlanib borayotganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yangi Oʻzbekiston suveren taraqqiyot yoʻlidan ildam va ogʻishmay borayotganligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur gʻoya quyidagi vosita va shakllarda yetkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir islohot “Inson qadri uchun” gʻoyasiga tayangan holda amalga oshirilayotganligi yuzasidan ochiq muloqotlar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy islohotlarning insonlar taqdirida aks etayotganligiga oid infografikalar, taqdimotlar, qiyosiy tahliliy hujjatli filmlar yaratish va namoyish etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlar natijasida hayoti oʻzgargan fuqarolar ishtirokida media loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar kesimida “Kecha va bugun” formatida taqdimotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari, raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam targʻibot kampaniyasini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jahondagi tinchlik inqirozi sharoitida mustaqillik — milliy oʻzlik va davlatchilik asosi ekanligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur gʻoya quyidagi vosita va shakllarda yetkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy qadriyat va anʼanalarni asrab-avaylash, davlatchilik tamoyillarini targʻib qilish, maʼrifiy va huquqiy savodxonlikni oshirish, milliy birlik va fuqarolik hamjihatligini mustahkamlash har qachongidan muhim ahamiyat kasb etishini milliy festivallar, xalq sayillari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, “Uch avlod” uchrashuvlari, koʻrgazmalar, tanlovlar, forumlar orqali keng jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurtimizning tinchligi va chegaralari daxlsizligini taʼminlashga xizmat qiluvchi mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi islohotlarni koʻcha yurishlari, filmlar, reportajlar, ruhlantiruvchi roliklar, koʻrgazmali chiqishlar orqali namoyish etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oilaviy bayramlari oʻtkaziladigan joylarni, mahallalarda fuqarolarning xonadonlarini, tadbirkorlik subyektlari binolari va ularga tutash boʻlgan hududlarni davlat bayrogʻi bilan bezashni targʻib etish va shart-sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yangi Oʻzbekistondagi keng koʻlamli islohotlar Uchinchi renessans yaratuvchilarini yuzaga chiqarishga qaratilganligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur gʻoya quyidagi vosita va shakllarda yetkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilayotganligi, ularning erishayotgan yutuqlari millatimiz qalbida iftixor va fidoyilik tuygʻusini shakllantirayotganligi tufayli yoshlarni keng jamoatchilikka Uchinchi renessans bunyodkorlari sifatida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar va ijtimoiy faol qatlamlar oʻrtasida integratsiyani kengaytirish, ularning maʼnaviy-maʼrifiy va intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan interaktiv treninglar, onlayn kurslar va mahorat darslari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablari va oliy taʼlim muassasalari Yangi Oʻzbekistonning Uchinchi renesans yaratuvchilari qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi ilmiy-ommabop, sport, novatorlik hamda volontyorlik loyihalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim muassasalarida davlat ramzlarini yosh avlod ongida mustahkamlash maqsadida bayroq va gerbni chizish, madhiya kuylash, vatanni ardoqlash ruhidagi multiplikatsion asarlar namoyishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab oʻquvchilarining yozgi taʼtilini mazmunli tashkil etish boʻyicha dasturlarda mustaqillikka bagʻishlangan viktorinalar, koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalarini tashkil etish, vatanparvarlik gʻoyalarini tarannum etuvchi konsert dasturlari va badiiy kechalar uyushtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yangi Oʻzbekistonning global siyosatning subyekti sifatidagi roli mustahkamlanib borayotganligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur gʻoya quyidagi vosita va shakllarda yetkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
millatlararo hamkorlik, birdamlik va bagʻrikenglik muhitini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli millat va diniy konfessiya vakillarining ijtimoiy hamjihatlik va doʻstlik tajribalarini media va sanʼat orqali keng jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy va hujjatli filmlar, animatsiyalar, podkastlar va ijodiy loyihalar orqali tinchlik gʻoyalarini targʻib qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Mustaqillik bayramining gʻoyaviy taʼsirini oshirish uchun quyidagi ramzdan foydalanish maqsadga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy bayrogʻimiz ranglari aks etgan, Humo qushi silueti bilan uygʻunlashtirilgan “35” raqamidan asosiy ramz sifatida foydalanish tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ramz quyidagi vosita va shakllarda yetkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-iyundan — 1-oktabrga qadar “35” raqami ramzidan barcha davlat, nodavlat telekanallar, bosma nashrlar va LED ekranlarda leybl sifatida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillikning 35 yilligi haqida sheʼr va qoʻshiqlar tanlovini tashkil qilish, televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayram tadbirlari ishtirokchilari koʻksiga “35” raqami ramzini taqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayram munosabati bilan shahar va qishloqlardagi guzarlar, davlat tashkilotlari binolari, markaziy koʻchalar, xiyobonlar va istirohat bogʻlarini bezatishda “35” raqami ramzidan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Mustaqillik bayramining gʻoyaviy taʼsirini oshirish uchun quyidagi shiorlardan foydalanish tavsiya etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vatan manfaati — xalq manfaati!”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(aholi vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar, muloqotlarda foydalanish tavsiya etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi Oʻzbekiston — ezgu maqsad, yangi harakat!”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(tuman (shahar)lardagi istirohat bogʻlarida oʻtkaziladigan umummilliy xalq sayillarida foydalanish tavsiya etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi Oʻzbekiston — Uchinchi Renessans sari!”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Mustaqillik bayramini tarannum etuvchi ijodiy tanlovlar, fleshmoblar oʻtkazishda, qisqa metrajli filmlar va videokontentlar tayyorlashda foydalanish tavsiya etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mustaqillik — 35 yillik sharafli yoʻl!”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Markaziy Osiyo xalqlarining birligini mustahkamlashga qaratilgan mintaqaviy yakdillikka oid tadbirlar hamda xorijdagi vatandoshlar bilan oʻtkaziladigan Mustaqillik bayrami tadbirlarida foydalanish tavsiya etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir Vatan — bir taqdir!”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(bayram arafasida tashkil etiladigan oʻzaro yordam, ijtimoiy koʻmak va mehr-muruvvat aksiyalarida foydalanish tavsiya etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona xalq, yagona Vatan, yagona maqsad!”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(milliy qadriyatlarni tiklash va yosh avlodga yetkazishga bagʻishlangan madaniy tadbir va aksiyalarda foydalanish tavsiya etiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mustaqil Oʻzbekiston — gʻururim, iftixorim!”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xorijdagi vatandoshlar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etishda foydalanish tavsiya etiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ-120-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda targʻibot-tashviqot chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

1.

Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan Toshkent shahridagi asosiy bayram tadbiriga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman (shahar)lar, mahallalar, qishloq va ovullarda, vazirlik va idoralar tizimida bayram tadbirlariga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish.

Respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari,

mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Yurtimizning tinchligi va chegaralar daxlsizligini taʼminlashga xizmat qiluvchi mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi islohotlarni koʻcha yurishlari, filmlar, reportajlar, ruhlantiruvchi roliklar, koʻrgazmali chiqishlar orqali namoyish etishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari

Mudofaa vazirligi,

Milliy gvardiya,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

3.

Taʼlim muassasalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqish va amalga oshirish:

maktabgacha taʼlim muassasalarida bayroq va gerbni chizish, madhiya kuylash, Vatanni ardoqlash ruhidagi multiplikatsion asarlar namoyishini tashkil etish;

umumtaʼlim maktablari va oliy oʻquv yurtlarida Yangi Oʻzbekistonning Uchinchi renesans yaratuvchilari qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi ilmiy-ommabop, sport, novatorlik hamda volontyorlik loyihalarini tashkil etish;

oʻquvchilarning yozgi taʼtilini mazmunli tashkil etish boʻyicha dasturlarda mustaqillikka bagʻishlangan viktorinalar, koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalarini tashkil etish, vatanparvarlik gʻoyalarini tarannum etuvchi konsert dasturlari va badiiy kechalar uyushtirish.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

4.

Markaziy koʻchalar, xiyobonlar, istirohat bogʻlari, bozorlar, yirik savdo markazlari, mahallalar, shuningdek, vazirliklar, idoralar va ularning hududiy tuzilmalari binolarini Mustaqillik bayrami shukuhi, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tarannum etuvchi tasviriy targʻibot vositalari va milliy bezaklar bilan bezatish.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari,

homiylik xayriyalari

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi,

vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Temir yoʻl vokzallari, aeroportlar, shaharlararo harakatlanuvchi avtobuslar va jamoat transportlarini “35 yillik sharafli yoʻl” gʻoyasi ostida mustaqillikni tarannum etuvchi milliy va zamonaviy bezaklar bilan bezash.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Transport vazirligi,

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ,

“Temiryoʻlekspress” AJ,

“Uzbekistan Airways” AJ,

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Toshkent metropoliteni” DUK

6.

Hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “35 yilga — 35 koʻchat” aksiyasini tashkil etish.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Mustaqillik va suverenitet gʻoyalarini, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi “Vatan fidoyilari” monumentining eskiz loyihasini tayyorlash.

Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar,

homiylik xayriyalari

Badiiy akademiya,

Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Vatanparvarlik ruhidagi yoshlarbop “Vatan” qoʻshiqlar toʻplamini yaratish.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Madaniyat vazirligi

9.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillari, ijtimoiy koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ezgulik karvoni” xayriya aksiyasini oʻtkazish.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Madaniyat vazirligi,

Sport vazirligi

10.

Har bir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning natijalari va erishilgan yutuqlarga bagʻishlangan “Mustaqillik zafarnomasi” maxsus kitob-albomini tayyorlash.

Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar,

homiylik xayriyalari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti tadqiqotlari instituti,

“Yuksalish” umummilliy harakati,

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

11.

Toshkent shahrida “Mustaqil Oʻzbekiston — 35 yillik taraqqiyot yoʻli: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati,

Adliya vazirligi,

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti,

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

12.

Hududlarda arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil etish.

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari va homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

“Mustaqillikning 35 yilligi” oltin esdalik tangasini zarb etish.

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar

Markaziy bank

14.

Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari orqali abonentlarga “Mustaqillikning 35 yilligi muborak boʻlsin!” matnli SMS-tabriklar joʻnatish.

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

15.

Yangi tashkil etilgan mahallalardan biriga hamda temir yoʻl stansiyalaridan biriga “Mustaqillikning 35 yilligi” nomini berish boʻyicha taklif tayyorlash.

-

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Transport vazirligi

16.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Mustaqillik toʻyi” (festivali) tadbirlarini oʻtkazish.

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari va homiylik mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Madaniyat vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi,

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

“Ayol qadri ulugʻlangan yurt” shiori ostida hududlarda bayram festivallarini tashkil etish.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

“Mustaqillikning 35 yillik shukuhi” mavzusida ijodkor ayollar bayram kechalarini tashkil etish.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Xorijdagi vatandoshlar va oʻzbek diasporasi vakillari ishtirokida “Mustaqil Oʻzbekiston — gʻururim, iftixorim” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita,

“Vatandoshlar” jamoat fondi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi

20.

Haftaning shanba va yakshanba kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi istirohat bogʻlarida umummilliy xalq sayillarini oʻtkazish.

Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Madaniyat vazirligi,

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

21.

Hududlar, ayniqsa, mahallalarda sportning turli yoʻnalishlari va milliy xalq oʻyinlari boʻyicha “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalarini oʻtkazish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar va homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Sport vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

22.

Respublikaning taniqli ijodkorlari ishtirokida vatanga muhabbatni tarannum etuvchi “Soʻz” madaniy-maʼrifiy loyihasini amalga oshirish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar va homiylik xayriyalari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Madaniyat vazirligi,

Yozuvchilar uyushmasi

23.

“Adabiy doʻstlik — abadiy doʻstlik” shiori ostida yurtimizda istiqomat qiluvchi turli millat ijodkorlari ishtirokida “Doʻrmon bahori” anʼanaviy xalqaro adabiy forumini oʻtkazish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar va homiylik xayriyalari

Yozuvchilar uyushmasi,

Jurnalistlar uyushmasi,

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

24.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz besh yilligiga bagʻishlab:

“Yangi Oʻzbekiston taronasi” nomli nazm va navo kechalari;

“Bir Vatan — turli millat ohangida” nomli eng yaxshi qoʻshiqlar tanlovi;

“Sharafli yoʻl” mavzusida yosh jurnalistlar va blogerlar oʻrtasida ijodiy videoroliklar tanlovi;

#MustaqilOʻzbekiston xeshtegi ostida qisqa metrajli filmlar va videokontentlar tanlovini oʻtkazish.

Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,

Jurnalistlar uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Kinematografiya agentligi,

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

25.

Milliy filmlar orqali aholida shukronalik kayfiyatini oshirish va vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish maqsadida hududlarda “Mustaqillik kinokarvoni” tadbirlarini oʻtkazish.

Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar,

homiylik xayriyalari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Kinematografiya agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi

26.

Aholi gavjum maskanlar va jamoat joylarida “Vatan simfoniyasi” fleshmoblarini oʻtkazish.

Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar,

homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

27.

Tashkilotlar, idoralar va taʼlim muassasalarida “Mustaqillik soati” oʻquvlarini tashkil etish.

Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

28.

Respublikadagi barcha teatrlarda shukronalik va vatanparvarlik ruhini beruvchi eng yaxshi spektakllar namoyishini tashkil etish.

Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

29.

Mustaqillikni tarannum etuvchi milliy kontentlar tayyorlash va media platformalarga joylashtirish.

Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar

OAV uchun kontent tayyorlash markazi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

vazirlik va idoralar

30.

“35 yillik mustaqillik yilnomasi” ruknida mustaqilligimizning tarixiy bosqichlari, erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlarini yorituvchi turkum hujjatli filmlar, koʻrsatuvlar tayyorlash va telekanallarda namoyish etish.

Budjetdan ajratilgan va budjetdan tashqari mablagʻlar

Kinematografiya agentligi,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston milliy media birlashmasi

31.

Fuqarolarning xonadonlari, oilaviy bayramlar oʻtkaziladigan joylari, mahallalar, tadbirkorlik subyektlari binolari va ularga tutash boʻlgan hududlarni davlat bayrogʻi bilan bezashni targʻib etish va shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrish.

Mablagʻ talab etilmaydi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Savdo-sanoat palatasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ-120-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

2.

G. Umerova

Prezident Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari

3.

X. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri

4.

R. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

5.

Z. Maxkamova

Bosh vazir oʻrinbosari

6.

O. Nazarbekov

madaniyat vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari

7.

Sh. Umurzakov

Toshkent shahar hokimi

8.

B. Kurbanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

9.

N. Yoʻldoshev

Bosh prokuror

10.

A. Tashkulov

adliya vaziri

11.

E. Karimova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

12.

K. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

13.

A. Ikramov

sport vaziri

14.

B. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

15.

A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

16.

Sh. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

17.

B. Saidov

tashqi ishlar vaziri

18.

Sh. Xalmuxamedov

mudofaa vaziri

19.

A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

20.

A. Ikramov

favqulodda vaziyatlar vaziri

21.

B. Tashmatov

Milliy gvardiya qoʻmondoni

22.

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

23.

K. Kuranbayev

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi

24.

Q. Rafiqov

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi

25.

Sh. Ayupov

Fanlar akademiyasi prezidenti

26.

Q. Sariyev

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita raisi

27.

S. Toshboyev

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

28.

A. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

29.

A. Djurabayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

30.

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

31.

A. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

32.

O. Hasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

33.

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

34.

S. Turdiyev

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi

35.

Sh. Rizayev

Kinematografiya agentligi bosh direktori v.b.

36.

R. Abdullayev

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

37.

O. Tojiyev

Oʻzbekiston milliy media birlashmasi raisi

38.

Sh. Oripov

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b.

39.

N. Xoliqnazarov

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi

40.

B. Xasanov

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi

41.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

42.

B. Sayomov

Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi

43.

S. Bobojonov

Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi

44.

F. Qosimov

Vazirlar Mahkamasi departament mudiri, Respublika komissiyasi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2026-y., 07/26/120/0302-son)