1-ILOVA
T/r | Hududlar nomi | Maqsadli ko‘rsatkich nomi | 2026-yilda | 2027-yilda | 2028-yilda | 2029-yilda | 2030-yilda |
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish | 2 | 3.8 | 5.5 | 6.8 | 8 |
2. | Andijon viloyati | 2.5 | 5 | 7.5 | 9 | 10.5 | |
3. | Buxoro viloyati | 2.5 | 5 | 7.5 | 9 | 10.5 | |
4. | Jizzax viloyati | 2 | 3.8 | 5.5 | 6.8 | 8.0 | |
5. | Qashqadaryo viloyati | 2.5 | 5 | 7.5 | 9 | 10.5 | |
6. | Navoiy viloyati | 2.5 | 5 | 7.5 | 9 | 10.5 | |
7. | Namangan viloyati | 2 | 3.8 | 5.5 | 6.8 | 8 | |
8. | Samarqand viloyati | 2 | 3.8 | 5.5 | 6.8 | 8 | |
9. | Sirdaryo viloyati | 2 | 3.8 | 5.5 | 6.8 | 8 | |
10. | Surxondaryo viloyati | 2 | 3.8 | 5.5 | 6.8 | 8 | |
11. | Toshkent viloyati | 3 | 6 | 9 | 11.5 | 13 | |
12. | Farg‘ona viloyati | 2.5 | 5 | 7.5 | 9 | 10.5 | |
13. | Xorazm viloyati | 2 | 3.8 | 5.5 | 6.8 | 8 | |
14. | Toshkent shahri | 3.5 | 7.0 | 10 | 12.5 | 14 | |
15. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Yalpi ichki mahsulot birligida issiqxona gazlari emissiyasini 2010-yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan qisqartirish, % | 10 | 15 | 20 | 25 | 30 |
16. | Andijon viloyati | 10 | 15 | 20 | 25 | 35 | |
17. | Buxoro viloyati | 10 | 15 | 20 | 25 | 35 | |
18. | Jizzax viloyati | 10 | 15 | 20 | 25 | 35 | |
19. | Qashqadaryo viloyati | 15 | 20 | 25 | 35 | 40 | |
20. | Navoiy viloyati | 15 | 20 | 25 | 35 | 40 | |
21. | Namangan viloyati | 10 | 15 | 20 | 25 | 35 | |
22. | Samarqand viloyati | 10 | 15 | 20 | 25 | 35 | |
23. | Sirdaryo viloyati | 10 | 15 | 20 | 25 | 35 | |
24. | Surxondaryo viloyati | 10 | 15 | 20 | 25 | 35 | |
25. | Toshkent viloyati | 15 | 20 | 25 | 35 | 40 | |
26. | Farg‘ona viloyati | 10 | 15 | 20 | 25 | 35 | |
27. | Xorazm viloyati | 10 | 15 | 20 | 25 | 30 | |
28. | Toshkent shahri | 15 | 20 | 25 | 35 | 40 | |
29. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi I va II toifadagi sanoat korxonalarida chang va gazni tozalash qurilmalarini o‘rnatish hamda modernizatsiya qilish, % | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 |
30. | Andijon viloyati | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
31. | Buxoro viloyati | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
32. | Jizzax viloyati | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
33. | Qashqadaryo viloyati | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
34. | Navoiy viloyati | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
35. | Namangan viloyati | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
36. | Samarqand viloyati | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
37. | Sirdaryo viloyati | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
38. | Surxondaryo viloyati | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
39. | Toshkent viloyati | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
40. | Farg‘ona viloyati | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
41. | Xorazm viloyati | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
42. | Toshkent shahri | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 | |
43. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Sanoat obyektlaridan chiqadigan tashlamalarni ushlab qolish ulushini, % | 10 | 17 | 22 | 26 | 28 |
44. | Andijon viloyati | 12 | 20 | 27 | 31 | 34 | |
45. | Buxoro viloyati | 11 | 19 | 26 | 29 | 33 | |
46. | Jizzax viloyati | 9 | 16 | 21 | 24 | 27 | |
47. | Qashqadaryo viloyati | 12 | 20 | 27 | 32 | 34 | |
48. | Navoiy viloyati | 13 | 22 | 29 | 33 | 38 | |
49. | Namangan viloyati | 11 | 18 | 24 | 28 | 30 | |
50. | Samarqand viloyati | 11 | 18 | 24 | 28 | 30 | |
51. | Sirdaryo viloyati | 9 | 16 | 21 | 24 | 26 | |
52. | Surxondaryo viloyati | 9 | 16 | 21 | 24 | 26 | |
53. | Toshkent viloyati | 13 | 23 | 30 | 35 | 38 | |
54. | Farg‘ona viloyati | 12 | 21 | 28 | 32 | 35 | |
55. | Xorazm viloyati | 10 | 17 | 22 | 26 | 28 | |
56. | Toshkent shahri | 14 | 24 | 32 | 37 | 40 | |
57. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | PM2,5 bo‘yicha milliy me’yorlardan oshish kuzatilgan kunlar sonini kamaytirish, % | 4 | 9 | 13 | 17 | 20 |
58. | Andijon viloyati | 6 | 13 | 18 | 24 | 28 | |
59. | Buxoro viloyati | 4 | 10 | 14 | 19 | 22 | |
60. | Jizzax viloyati | 4 | 8 | 12 | 15 | 18 | |
61. | Qashqadaryo viloyati | 5 | 11 | 16 | 20 | 24 | |
62. | Navoiy viloyati | 5 | 11 | 16 | 20 | 24 | |
63. | Namangan viloyati | 6 | 13 | 18 | 24 | 28 | |
64. | Samarqand viloyati | 5 | 12 | 17 | 22 | 26 | |
65. | Sirdaryo viloyati | 3 | 7 | 10 | 14 | 16 | |
66. | Surxondaryo viloyati | 4 | 10 | 14 | 19 | 22 | |
67. | Toshkent viloyati | 6 | 14 | 21 | 27 | 32 | |
68. | Farg‘ona viloyati | 6 | 14 | 20 | 26 | 30 | |
69. | Xorazm viloyati | 4 | 9 | 13 | 17 | 20 | |
70. | Toshkent shahri | 7 | 16 | 23 | 30 | 35 | |
71. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Transport vositalaridan atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmini 10 foizga qisqartirish | 1 | 2.5 | 4.5 | 7 | 10 |
72. | Andijon viloyati | 1.5 | 3.5 | 5.5 | 8 | 10 | |
73. | Buxoro viloyati | 1.2 | 3 | 5 | 7.5 | 10 | |
74. | Jizzax viloyati | 1 | 2,5 | 4,5 | 7 | 10 | |
75. | Qashqadaryo viloyati | 1,3 | 3,2 | 5,2 | 7,8 | 10 | |
76. | Navoiy viloyati | 1,2 | 3 | 5 | 7,5 | 10 | |
77. | Namangan viloyati | 1,5 | 3,5 | 5,5 | 8 | 10 | |
78. | Samarqand viloyati | 1,3 | 3,2 | 5,2 | 7,8 | 10 | |
79. | Sirdaryo viloyati | 1 | 2,3 | 4,2 | 6,8 | 10 | |
80. | Surxondaryo viloyati | 1 | 2,5 | 4,5 | 7 | 10 | |
81. | Toshkent viloyati | 1,8 | 4 | 6,5 | 8,7 | 10 | |
82. | Farg‘ona viloyati | 1,6 | 3,7 | 5,8 | 8,2 | 10 | |
83. | Xorazm viloyati | 1 | 2,5 | 4,5 | 7 | 10 | |
84. | Toshkent shahri | 2 | 4,5 | 7 | 9 | 10 |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish muddati | Moliyalashtirish manbai | Ijro uchun mas’ullar |
I. Energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ekologik islohotlarni amalga oshirish | ||||
1. | Toshkent shahri va unga Toshkent viloyatining tutash hududlarida joylashgan ko‘mir bilan ishlaydigan ijtimoiy obyektlarni elektr energiya orqali issiq suv bilan ta’minlash va isitish tizimlarini joriy etish. | 2026-2027-yillar davomida | Xo‘jalik subyektlari mablag‘lari | Energetika vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi |
2. | Toshkent shahri va unga Toshkent viloyatining tutash hududlarida joylashgan va ko‘mir bilan ishlaydigan sanoat korxonalarida: (a) turg‘un ustuvor manbalariga 95 foiz samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish; (b) turg‘un ustuvor manbalari (tutun chiquvchi quvurlarga) tashlanmalarining miqdorini aniqlovchi datchik va avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatish va Ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish; (v) har bir korxonada sanitariya muhofazasi zonalarida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatish va Ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish. | 2026-yil 1-dekabr | Xo‘jalik subyektlari mablag‘lari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi, Bosh prokuratura, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Ekologiya qo‘mitasi |
3. | Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga tutash hududlardagi issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalarida: | Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari | Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Veolia energy Tashkent” MCHJ, Energetika vazirligi, Bosh prokuratura, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Ekologiya qo‘mitasi | |
(a) turg‘un ustuvor manbalari (tutun chiquvchi quvurlarga) tashlanmalarining miqdorini aniqlovchi datchik va avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatish va Ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish; | 2026-yil 1-sentabr | |||
(b) har bir korxonada sanitariya muhofazasi zonalarida fon monitoringini amalga oshirish uchun atmosfera havosining ustuvor shamol yo‘nalishlari va hududiy xususiyatlardan kelib chiqib, kamida 1 ta avtomatik monitoring stansiyasini o‘rnatish. | 2026-yil 15-sentabr | |||
4. | Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga tutash hududlardagi tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha I va II toifadagi korxonalarda: (a) turg‘un ustuvor manbalariga 95 foiz samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish; (b) turg‘un ustuvor manbalari (tutun chiquvchi quvurlarga) tashlanmalarining miqdorini aniqlovchi datchik va avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatish va Ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish; (v) har bir korxonada sanitariya muhofazasi zonalarida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatish va Ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish; (g) lokal suv tozalash inshootlarini o‘rnatish bo‘yicha moliyalashtirish manbalari aks etgan holda yarim yilga mo‘ljallangan manzilli dasturni qabul qilish. | 2026-yil 1-noyabr | Xo‘jalik subyektlari mablag‘lari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzAssets” AJ, Energetika vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi |
5. | 1. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda qisman mazut yoqilg‘isida faoliyat olib boruvchi 1-son energoblokning chang-gaz tozalash uskunasini qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish. | 2026-yil 1-iyul | O‘z mablag‘lari | Energetika vazirligi |
2. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda qisman mazut yoqilg‘isida faoliyat olib boruvchi 2-son energoblokni 1-blok uchun o‘rnatilgan chang-gaz tozalash uskunalariga ulash choralarini ko‘rish. | 2026-yil 1-aprel | O‘z mablag‘lari | ||
3. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda mazut yoqilg‘isida faoliyat olib boruvchi 7-son energobloklarni konservatsiya qilish. | 2026-yil 1-iyul | |||
4. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda qisman mazut yoqilg‘isida faoliyat olib boruvchi 9, 10-son energobloklarni filtr uskunalari bilan jihozlash. | 2026-yil 1-dekabr | O‘z mablag‘lari (loyiha-smeta hujjatlariga asosan) | ||
5. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda qisman mazut yoqilg‘isida faoliyat olib boruvchi 8-son energoblokni konservatsiya qilish. | 2026-yil 1-dekabr | |||
6. Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda qisman mazut yoqilg‘isida faoliyat olib boruvchi 11-12-son energobloklarni filtr uskunalari bilan jihozlash. | 2027-yil 1-dekabr | O‘z mablag‘lari, davlat budjeti | ||
7. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda qisman mazut yoqilg‘isida faoliyat olib boruvchi 3, 4, 5-6-son energobloklarni konservatsiya qilish. Bunda mazkur ishlarni jadallashtirish maqsadida ta’minotchilar bilan loyihalash va qurish ishlarini bir vaqtda olib borishga ruxsat berish. | 2028-yil 1-dekabr | |||
6. | 1. “Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJda ko‘mir yoqilg‘isida faoliyat olib boruvchi 2-son energoblokda 2 ta filtrni ta’mirlash ishlarini yakunlash. | 2026-yil 1-oktabr | Ijrochi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar | Energetika vazirligi |
2. “Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJda ko‘mir yoqilg‘isida faoliyat olib boruvchi 5-son energoblokda 2 ta chang-gaz tozalash elektr filtrlarni mukammal ta’mirlash. | 2026-yil 1-oktabr | |||
3. “Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJda ko‘mir yoqilg‘isida faoliyat olib boruvchi 1, 4-son energobloklarda filtrlarni mukammal ta’mirlash. | 2026-yil 1-oktabr | |||
7. | “Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ Angren shahrida issiqlik ta’minotini yangidan tashkil etish bo‘yicha (shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida) aniq hisob-kitoblar bilan takliflar kiritish. Bunda markaziy qozonxonani qurishni “Angren IES” AJ hududida tashkil etish, “Angren IES” eski qozonxonasidan shahar issiqlik ta’minoti uchun ishlatishdan voz kechishni, yangi qozonxonada ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasini shahar issiqlik ta’minoti uchun ishlatishni nazarda tutish. | 2027-yil 1-fevral | Mablag‘ talab etilmaydi | Energetika vazirligi, “Issiqlik ta’minoti” AJ, Toshkent viloyati hokimligi |
8. | Toshkent shahridagi atrof tabiiy muhitga va insonlar sog‘ligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan korxonalarni shahar hududidan tashqariga ko‘chirish masalasini o‘rganish va xulosa berish. Bunda: | 2026-2027-yillar | Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari | Ekologiya qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi |
(a) atrof tabiiy muhitga va insonlar sog‘ligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan korxonalar faoliyatini o‘rganish; | 2026-yil 1-noyabr | |||
(b) Toshkent viloyatining aholi istiqomat qilmaydigan va sanoatga ixtisoslashgan hududlardan yer maydoni ajratish; | 2026-yil 1-dekabr | |||
(v) mazkur korxonalarni ko‘chirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish nazarda tutiladi. | 2027-yil 1-yanvar | |||
9. | Sanoat zonalari hududida “yashil belbog‘”lar yaratish. | 2026-yil 1-dekabrga qadar | Korxonalar mablag‘lari | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
10. | Toshkent shahri va unga tutash hududlarda issiqxona xo‘jaliklari joylashgan hududlarda geotermal isitish tizimlarini joriy etish imkoniyatlari bo‘yicha yer uchastkalari va yerosti suv zaxiralari, yerosti suvlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish masalasini chuqur tahlil qilish va taklif kiritish. | Ikki oy muddatda | Mablag‘ talab etilmaydi | Energetika vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi |
II. Qurilish sohasida atmosfera havosini muhofaza qilish va ekologik talablarni kuchaytirish | ||||
11. | Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish obyektlaridan hamda Yangi Toshkent shahri qurilishi natijasida shakllanadigan qurilish chiqindilarini to‘plash, olib chiqib ketish va qayta ishlash investitsiya loyihasini xorijiy investorlarni jalb qilgan holda amalga oshirish. | 2026-yil 1-dekabr | Mablag‘ talab etilmaydi | Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya qo‘mitasi |
12. | Qurilish ishlari natijasida havo ifloslanishini kamaytirish hamda obyektlar qurilishida chang-to‘zonlarning oldini olish bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining vakolatlarini kengaytirish. Bunda: (a) qurilish va buzish ishlari natijasida yuzaga keladigan chang ifloslanishining oldini olish bo‘yicha qoidalarni ishlab chiqish; (b) obyektlar qurilishining tegishli bosqichlarda chang ko‘tarilishining oldini olish bo‘yicha tadbirlar (fasad to‘rlari, chiqindi quvurlari, chiqindi bilan ishlash tizimi, va h.k.) joriy etilmaganligi yuzasidan inspeksiya tomonidan ta’sirchan chora ko‘rish vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha taklif tayyorlash; (v) qoidalarni tasdiqlash va takliflarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish; (g) hujjat loyihasini ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil 1-dekabr | Mablag‘ talab etilmaydi | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Ekologiya qo‘mitasi |
13. | Obyektlar bo‘yicha (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) loyiha-smeta va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizasidan o‘tkazishda majburiy ravishda ekologik ekspertiza xulosasini taqdim etish talabini joriy etish. Bunda mazkur xulosalarni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali taqdim etilishini ko‘zda tutish. | 2026-yil 1-noyabr | Mablag‘ talab etilmaydi | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi |
14. | Toshkent shahrining yoz-kuz mavsumida asosiy yo‘l chetlariga suv sepish va qum-changni yig‘ish uchun havo harorati quruq va issiq paytlarda ertalab soat 6.00 da va kechki payt 18.30 da haftada 3 kun muntazam reja-grafik asosida maxsus texnikalarni jalb qilgan holda shahar tumanlarning markaziy ko‘chalari, Toshkent halqa yo‘llarida suv sepish tajribasini tiklash (yog‘ingarchilik, sovuq va qorli kunlar bundan mustasno). | 2026-yil 1-aprel | Mablag‘ talab etilmaydi | Toshkent shahar hokimligi |
15. | Ariqlar tizimini tiklash. Bunda umumiy uzunligi 61,3 km bo‘lgan ariqlarni qurish (tiklash): (a) Yagona shahar ariq tizimi operatorini yaratish; (b) ariq tizimini raqamlashtirish, Istanbul shahri misolida “Smart Canal System” monitoring tizimini joriy etish; (v) “pay-per-km” modeli bo‘yicha ariqlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha DXSH loyihasini sinov tariqasida joriy etish; (g) suvdan qayta foydalanish tizimini yaratish, texnik suvni qayta ishlash va undan ko‘chalarni yuvish uchun, sug‘orish, favvoralar hamda bog‘lar va yashil hududlarni sug‘orish uchun ariq suvlaridan qayta foydalanish bo‘yicha DXSH tajriba loyihasini amalga oshirish. | 1-bosqich 2026-2027-yillar | Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari | Toshkent shahar hokimligi, Kadastr agentligi, Ekologiya qo‘mitasi, “O‘zsuvloyiha” AJ |
16. | Yangi quriladigan bino va inshootlarni (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) loyihalashtirishda ularga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashirish (shu jumladan vertikal ko‘kalamzorlashtirish) (daraxt, buta, boshqa o‘simlik va nihollarni ekish) maydonlarining kamida tartibini ishlab chiqish. | 2026-yil 1-oktabr | Mablag‘ talab etilmaydi | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi |
17. | Sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini qo‘llash. Bunda: (a) xorijiy tajribani o‘rgangan holda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini tegishli tartibda bosqichma-bosqich joriy qilish; (b) birinchi bosqichda poytaxtning atmosfera havosini yaxshilash maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida namlik past bo‘lgan hududga kerakli asbob-uskunalarni o‘rnatish. | 2027-yil 1-oktabr | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari | Ekologiya qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi |
18. | Poytaxtning drenaj tizimini yo‘lga qo‘yish rejasini amalga oshirish. Bunda: (a) 150 kilometr yopiq drenaj tizimini barpo etish yer usti oqimlarini sug‘orishga, shu jumladan, tutash hududlarga yo‘naltirish; (b) 197 kilometr kanal va kollektorlarni ta’mirlash. | 2026-yil 1-sentabr | Mablag‘ talab etilmaydi | Toshkent shahar hokimligi, “O‘zsuvloyiha” AJ, mahalla fuqarolar yig‘inlari |
19. | 1. Ko‘p-kvartirali uylarning tomlarini bazalt qoplamasi bilan qoplash bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish va quruvchi kompaniyalar orasida targ‘ibot qilish. | Ikki oy muddatda | Boshqaruv kompaniyalari mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Ko‘p-kvartirali uylarning tomlarini bazalt qoplamasi bilan qoplash bo‘yicha har bir hududda kamida ikkita ko‘p kvartirali uylarda eksperiment o‘tkazish. | Uch oy muddatda | |||
3. Yangi qurilayotgan ko‘p kvartirali uylarning tomlarini bazalt qoplamasi bilan qoplash tartibini shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka va texnik jihatdan tartib soluvchi normativ hujjatlarga joriy qilish. | 2026-yil iyul | |||
4. Hududlardagi “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi mavjud ko‘p kvartirali uylarning tomlarini bazalt qoplamalari bilan to‘liq qoplash bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish. | 2026-yil avgust | |||
III. Transport tizimini ekologik jihatdan takomillashtirish | ||||
20. | Toshkent shahrida avtotransport vositalarining atmosfera havosiga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish. Bunda: (a) shahar ko‘chalari va turarjoy massivlarida velosiped infratuzilmasini, jumladan, alohida velosiped yo‘laklarini bosqichma-bosqich kengaytirish hamda velosiped to‘xtash joylarini tashkil qilish; (b) shahar aholisi zichligi yuqori bo‘lgan hududlarda transport oqimini optimallashtirish maqsadida katta hajmli va yuk tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositalari harakatini belgilangan vaqt intervallarida cheklash yoki tartibga solish; (v) Toshkent shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirishga doir amaldagi hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish asosida 2035-yilgacha mo‘ljallangan kompleks “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, jamoat transportini ustuvor yo‘nalish sifatida rivojlantirish, ekologik toza transport turlari ulushini oshirish. | 2026-yil ikkinchi yarim yilligidan boshlab | Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari | Toshkent shahar hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi |
21. | Yo‘lovchilarga qulay, sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti harakat tarkibini zamonaviy 200 dona elektrobuslar bilan yangilash. Bunda: (a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat kafolatini taqdim etish; (b) avtobuslarni joylashtirish uchun yo‘nalishlar tarmog‘ini belgilash; (v) avtobuslarni zaryadlash qurilmalarini o‘rnatish; (g) avtobuslarni avtosaroylar o‘rtasida taqsimlash va yo‘nalishlarga joylashtirish. | 2026-2027-yillar | Davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar | Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi |
22. | Toshkent viloyatidan poytaxtga kunlik qatnovchi 275 ming nafar yo‘lovchilarga qulaylik yaratish va Toshkent shahar yo‘nalishlar tarmog‘ini aholi va yangi turarjoy obyektlaridan kelib chiqqan holda kengaytirish maqsadida 1 ming dona yangi avtobuslar xarid qilish. Bunda: (a) avtobuslarni xarid qilish uchun kreditlarni jalb qilish mexanizmini joriy qilish; (b) salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilish; (v) yangi yo‘nalishlar tarmog‘ini ishlab chiqish; (g) avtobus xaridlarini amalga oshirish va yo‘nalishlarga biriktirish. | 2026-yil 1-dekabr | Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari | Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
IV. Tabiiy changning oldini olishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar | ||||
23. | 1. Jahon bankining “O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash” loyihasi doirasida respublikaga ajratilayotgan mablag‘larning bir qismini Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘” barpo etish loyihasiga yo‘naltirish va kelgusida ushbu mablag‘larni Toshkent shahri mahalliy budjetiga qaytarish orqali bitimga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Jahon banki bilan muzokaralar o‘tkazish. 2. Muzokaralar ijobiy bo‘lganda: | 2026-yil 1-may | “O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash” loyihasi va Toshkent shahri mahalliy budjeti mablag‘lari | Ekologiya qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi |
(a) Toshkent shahri atrofi hamda Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati hududlarida “yashil belbog‘” barpo etish bo‘yicha yer maydonlarini aniqlash; (b) aniqlangan yer maydonlarda “yashil belbog‘” barpo etish bo‘yicha xulosalar asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; (v) loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va buta turlarini tanlash, daraxt va butalar sonini aniqlash va ekish sxemalarini belgilash; (g) Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish bo‘yicha Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining yer ajratish bo‘yicha qarorlarini qabul qilish. | Kelishuv asosida | Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘rmon agentligi | ||
24. | Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti va unga tutash bo‘lgan 250 gektar yer maydonida dendrologiya bog‘ini tashkil qilish. Bunda: | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari | Toshkent shahar hokimligi, Fanlar akademiyasi, Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon agentligi | |
(a) Toshkent shahar hokimligi tomonidan, zarurat bo‘lganda, tegishli yer uchastkalari toifasini o‘zgartirish, ularni o‘rnatilgan tartibda tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish va Ekologiya qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida o‘tkazib berish; | 2026-yil 1-aprel | |||
(b) Ekologiya qo‘mitasi tomonidan hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va butalar turlarini tanlash, daraxt va butalar sonini aniqlash hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish; (v) ishlab chiqilgan loyiha asosida dendrologiya bog‘ini tashkil qilish ishlarini boshlash. | Tegishli hudud Ekologiya qo‘mitasiga o‘tkazib berilgandan so‘ng bir oy muddatda | |||
25. | Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy mahallasi Bog‘iston ko‘chasi Toshkent shahri onkologiya shifoxonasi o‘rnidagi 4,36 gektar yer maydonida yashil jamoat parkini tashkil qilish. Bunda: | Qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar | Toshkent shahar hokimligi, Fanlar akademiyasi, Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi | |
(a) Toshkent shahar hokimligi tomonidan zarurat bo‘lganda tegishli yer uchastkalari toifasini o‘zgartirish, ularni o‘rnatilgan tartibda tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish va Ekologiya qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida o‘tkazib berish; | 2026-yil 1-aprel | |||
(b) Ekologiya qo‘mitasi tomonidan hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va butalar turlarini tanlash, daraxt va butalar sonini aniqlash hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish; | Tegishli hudud Ekologiya qo‘mitasiga o‘tkandan so‘ng bir oy muddatda | Ekologiya qo‘mitasi | ||
(v) ishlab chiqilgan loyiha asosida yashil jamoatchilik parkini tashkil qilish ishlarini boshlash. | 2026-yil 1-maydan boshlab | Ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon agentligi | ||
26. | Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) qarshisidagi hamda Toshkent va Qibray tumanlariga tegishli 83 gektar yer maydonida dendrologiya bog‘ini tashkil qilish. Bunda: | |||
(a) Toshkent viloyati hokimligi 65 gektar yer uchastkalarini o‘rnatilgan tartibda Ekologiya qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida o‘tkazib berish; | 2026-yil 1-may | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi | |
(b) Toshkent shahar hokimligi uning huzuridagi “Manzarali Bog‘dorchilik va Gulchilik” MCHJga tegishli 18 gektar yer uchastkalarini o‘rnatilgan tartibda Ekologiya qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida o‘tkazib berish; | 2026-yil 1-may | Toshkent shahar hokimligi | ||
(v) dendrologiya bog‘i maydonini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 25 gektar yer uchastkalarini ajratish choralarini ko‘rish; | 2026-yil 1-avgust | Toshkent viloyati hokimligi | ||
(g) tashabbus sifatida dendrologiya bog‘ida vazirlik va idoralarning uchastkalarini tashkil etish va ular tomonidan bog‘ yaratilishini moliyalashtirish; | 2026-yil aprel | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Geologiya va tog‘-kon sanoati vazirligi va Raqamli texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
(d) ishlab chiqilgan loyiha asosida dendrologiya bog‘ini tashkil qilish ishlarini boshlash. | 2026-yil may | Ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon agentligi | ||
27. | Tajriba-sinov tariqasida mamlakatimizning barcha hududlarida daraxt barglarini yig‘ish, ularni biologik usulda chiritish (kompostlash) orqali olingan organik moddalardan tuproq unumdorligini oshirish, namlikni saqlash hamda o‘simliklarning sog‘lom o‘sishini ta’minlash maqsadida kompost va mulchalash usulidan foydalanish tizimini joriy etish. | 2026-yil 1-dekabrga qadar | Mablag‘ talab etilmaydi | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
28. | Transchegaraviy ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida chegara hududida maslahat uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha Qozog‘iston Hukumati bilan muzokaralar tashkil etish. | 2026-yil 1-iyul | Mablag‘ talab etilmaydi | Tashqi ishlar vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi |
V. Monitoring va nazorat tizimi | ||||
29. | Respublikaning barcha hududlarida o‘rnatilishi rejalashtirilgan atmosfera havosi ifloslanishining fon monitoringi uchun o‘rnatiladigan 347 ta avtomatlashtirilgan stansiyani zarur bo‘lgan kommunikatsiya tarmoqlari va boshqa turdagi barcha vositalar bilan ta’minlash. | 2026-2027-yillar mobaynida | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari | Ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
30. | Toshkent viloyati va shahri uchun 5 ta mobil tahliliy laboratoriya xarid qilish. Bunda: (a) mobil laboratoriyalarni xarid qilish loyihasini ishlab chiqish. (b) Toshkent shahar tahliliy laboratoriyasi uchun 3 dona va Toshkent viloyati tahliliy laboratoriyasi uchun 2 dona mobil laboratoriyalarni xarid qilish. | 2026-yil 1-sentabr | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari | Ekologiya qo‘mitasi |
31. | Havo sifatini o‘lchovchi ko‘p funksiyali, zamonaviy va universal 25 dona maxsus uskunani (testo) belgilangan tartibda sotib olish. | Ikki oy muddatda | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari | Ekologiya qo‘mitasi |
32. | 1. Toshkent shahridagi atmosfera havosi surunkali ifloslanishiga sabab bo‘lib kelayotgan I va II toifadagi yirik korxonalar xatlovini tashkil etish. 2. Xatlov natijalari yuzasidan atmosfera havosini doimiy ifloslantirib kelayotgan yirik sanoat korxonalariga 71 ta avtomatik monitoring stansiyalarini va filtr sotib olish. | 2026-yil 1-iyul | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari | Ekologiya qo‘mitasi |
33. | Atmosfera havosi sifatining keskin yomonlashishi holatlarida amal qilinishi lozim bo‘lgan harakatlar tartibi (algoritmi)ni ishlab chiqish, bunda: (a) havo sifati xavfli darajaga yetganda aholini SMS-xabarlar, ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar orqali tezkor ogohlantirish hamda xavf darajalari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berish tartibini joriy etish; (b) aholini himoya qilish choralari sifatida ochiq havoda bo‘lishni cheklash, ayniqsa, bolalar, keksalar va surunkali kasalliklari bor shaxslar uchun uyda qolish bo‘yicha tavsiyalar berish, ta’lim muassasalarida ochiq havo mashg‘ulotlarini vaqtincha bekor qilish, ommaviy tadbirlarni cheklash hamda zaruratga ko‘ra davlat tashkilotlarida ish rejimini o‘zgartirish yoki masofaviy shaklga o‘tkazish choralarini belgilash; (v) sanoat, energetika, qurilish va transport sohalarida tezkor ta’sir choralarini qo‘llab, jumladan, ifloslanish manbalari bo‘yicha operativ nazorat tadbirlarini o‘tkazish, energetika korxonalarida mazut yoqishni cheklash (ekstremal harorat holatlari bundan mustasno), sanoat korxonalarida tashlanmalarni vaqtincha kamaytirish yoki to‘xtatish, qurilish ishlarini cheklash, transport harakatini qisqartirish va favvoralarni ishlatish, daraxtlar va yo‘l chetlarini suv sepish orqali changni bostirish kabi choralar va boshqalarni nazarda tutish. | Bir oy muddatda | Mablag‘ talab etilmaydi | Ekologiya qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
Atmosfera havosi sifati yomonlashishi bilan bog‘liq holatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, oldini olish va oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. | 2026-yil 30-dekabr | |||
34. | Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi “Ekologik monitoring milliy markazi” davlat muassasasining (keyingi o‘rinlarda — Monitoring markazi) asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlarini yanada takomillashtirish maqsadida: xo‘jalik mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ma’muriy-boshqaruv va texnik xodimlarni jalb qilish vakolatini berish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmalari tarkibidagi laboratoriyalarni hududiy bo‘linmalar tarkibidan barcha shtat birliklari, tegishli jihozlar, mol-mulk hamda tovar-moddiy boyliklari bilan Monitoring markazi tarkibiga o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini atrof-muhit holatini modellashtirish va prognozlashtirish, kimyoviy moddalarni o‘rganish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali yanada takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. | Ikki oy muddatda | Mablag‘ talab etilmaydi | Ekologiya qo‘mitasi |
35. | “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan quyidagilarni aniqlash imkonini beruvchi tizimni yo‘lga qo‘yish: (a) yashillik qoplamining (daraxt qoplami) joriy holati; (b) daraxtlarning kislorod emissiyasi; (v) daraxt kesish holatlari; (g) ifloslantiruvchi moddalar (metan, sulfat dioksid, azot, karbon monooksid) chiqishi; (d) shahar hududidagi issiqlik chiqishi eng yuqori bo‘lgan issiq nuqtalari. | 2026-yil 1-iyul | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari | “O‘zbekkosmos” agentligi, Ekologiya qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
36. | Atmosfera havosi ifloslanishi yuqori bo‘lgan hududlarda tashlamalar cheklash tizimini joriy etish. | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari | Ekologiya qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi | |
1. Hududlarning yo‘l qo‘yiladigan antropogen yuklama me’yorini aniqlash, jami ruxsat etilgan tashlamalar hajmini belgilash, umumiy kvotani bosqichma-bosqich qisqartirish, tashlamalar kadastrini yuritish bo‘yicha ilmiy asoslangan uslubiyotlarini ishlab chiqish. | 2026-yil 1-iyul | |||
2. Atmosfera havosi ifloslanishi yuqori bo‘lgan hududlarda tashlamalar cheklash tizimini joriy qilish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. | 2026-yil 1-dekabr | |||
37. | Avtotransport vositalaridan chiqayotgan gazlarning ifloslantiruvchi moddalari miqdori o‘rnatilgan me’yorlardan oshib ketmasligini o‘rganish maqsadida Ichki ishlar xodimlarini tegishli o‘lchov vositalari bilan ta’minlash va ulardan foydalanish yuzasidan Ichki ishlar organlari xodimlari uchun o‘quv kurslarini tashkil qilish. | 2026-yil 1-iyul | Ijrochilar mablag‘lari | Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi |
38. | Yuridik va jismoniy shaxslarining ekologiya sohasida mas’uliyatini oshirish va sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish. Bunda: (a) “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunga issiqxona gazlari ajratmalari tashlaganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini joriy qilish; (b) o‘zlariga biriktirilgan hududlarda tozalikni ta’minlamaganlik, chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini ko‘rmaganlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmaganlik uchun yangi turdagi javobgarliklarni belgilash nazarda tutiladi. | 2026-yil 1-dekabr | Mablag‘ talab etilmaydi | Ekologiya qo‘mitasi, Adliya vazirligi |
39. | Havo ifloslanishining odam organizmiga ta’sirini o‘rganish. Bunda: (a) atmosfera havosining ifloslanishi bilan aholi o‘rtasidagi kasallanish holatlari (nafas olish tizimi, yurak-qon tomir tizimi, allergik kasalliklar) o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilmiy jihatdan o‘rganish; (b) yuqori xavfli guruhlar (bolalar, qariyalar, homilador ayollar) uchun maxsus tavsiyalar ishlab chiqish; (v) havo ifloslanishiga nisbatan aholi salomatligiga tahdid darajasini baholaydigan xavf indikatorlarini yaratish va ularni sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiya qilish. | 2026-yil 1-noyabr | Mablag‘ talab etilmaydi | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi |
2a-ILOVA
T/r | Maqsadli ko‘rsatkich nomi | O‘lchov birligi | Nazorat qilish darajasi | Bazaviy ko‘rsatkich | 2026-yilda | 2027-yilda | 2028-yilda | 2029-yilda | 2030-yilda | |
Ko‘rsatkich | Sana | |||||||||
1. | Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari miqdorini 2025-yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan kamaytirish (sanoat va transport) | foiz | Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi | * | * | 2 | 4 | 6 | 8 | 10 |
2. | Yalpi ichki mahsulot birligida issiqxona gazlari emissiyasini 2010-yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan qisqartirish | foiz | Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi | +20,86 | 2022-yil holatiga | 10 | 15 | 20 | 25 | 35 |
3. | Ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqaruvchi manbalarning chang-gaz tozalovchi uskunalar bilan jihozlanganlik darajasini oshirish (2025-yilga nisbatan solishtirganda) | birlik | Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi | 1 542 | 2024-yil holatiga | 40 | 50 | 75 | 75 | 100 |
4. | Toshkent shahrida qurilish ishlarini olib borishda chang bostirish va yuvish hamda monitoring tizimlari (Ekologiya qo‘mitasi bilan integratsiya qilingan fon monitoring stansiyalari va onlayn kamera) bilan jihozlash (2025-yilga nisbatan solishtirganda)** | foiz | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi | - | - | 40 | 50 | 60 | 70 | 80 |
5. | Issiqxona xo‘jaliklari obyektlarini ko‘mirdan elektr va boshqa ekologik toza muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkazish (2025-yilga nisbatan solishtirganda)*** | foiz | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi | - | - | 30 | 40 | 50 | 60 | 70 |
6. | Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxona hamda issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalarida energiya samarador uskunalarni o‘rnatish (2025-yilga nisbatan solishtirganda) | foiz | Energiya samaradorligi milliy agentligi | - | - | 30 | 50 | 70 | 80 | 100 |
7. | Tashlamalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayonlari modernizatsiyalangan sanoat korxonalari ulushi (2025-yilga nisbatan solishtirganda)* | foiz | Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimligi | - | - | 30 | 45 | 55 | 75 | 85 |
8. | Aholi turar joylarini isitish uchun gaz va elektr (shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan) energiyalari bilan ta’minlash darajasini oshirish (2025-yilga nisbatan solishtirganda)* | foiz | Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimligi | - | - | 20 | 30 | 40 | 50 | 60 |
2b-ILOVA
T/r | Tuman nomi | Umumiy maydon (ga) | Mavjud yashil maydonlar NDVI asosida (ga) | 30 foiz yashillikka erishish uchun zarur maydon (ga) | Daraxt ekish zarur bo‘lgan maydon (ga) | 2026-yilda | 2027-yilda | 2028-yilda | 2029-yilda | 2030-yilda |
1. | Bektemir | 3312 | 950,5 | 993,6 | 43,1 | 12,9 | 8,6 | 8,6 | 6,5 | 6,5 |
2. | Chilonzor | 3053 | 876,2 | 915,9 | 39,7 | 11,9 | 7,9 | 7,9 | 6,0 | 6,0 |
3. | Mirobod | 1673 | 480,2 | 501,9 | 21,7 | 6,5 | 4,3 | 4,3 | 3,3 | 3,3 |
4. | Mirzo Ulug‘bek | 5907 | 1695,3 | 1772,1 | 76,8 | 23,0 | 15,4 | 15,4 | 11,5 | 11,5 |
5. | Shayxontohur | 2691 | 772,3 | 807,3 | 35,0 | 10,5 | 7,0 | 7,0 | 5,2 | 5,2 |
6. | Olmazor | 3375 | 968,6 | 1012,5 | 43,9 | 13,2 | 8,8 | 8,8 | 6,6 | 6,6 |
7. | Sergeli | 5055 | 1450,8 | 1516,5 | 65,7 | 19,7 | 13,1 | 13,1 | 9,9 | 9,9 |
8. | Uchtepa | 2808 | 805,9 | 842,4 | 36,5 | 11,0 | 7,3 | 7,3 | 5,5 | 5,5 |
9. | Yakkasaroy | 1400 | 401,8 | 420 | 18,2 | 5,5 | 3,6 | 3,6 | 2,7 | 2,7 |
10. | Yangihayot | 4420 | 1268,5 | 1326 | 57,5 | 17,2 | 11,5 | 11,5 | 8,6 | 8,6 |
11. | Yashnobod | 5672 | 1627,9 | 1701,6 | 73,7 | 22,1 | 14,7 | 14,7 | 11,1 | 11,1 |
12. | Yunusobod | 4101 | 1177,0 | 1230,3 | 53,3 | 16,0 | 10,7 | 10,7 | 8,0 | 8,0 |
Jami: | 43 467 | 12 475,03 | 13 040,1 | 565,1 | 169,5 | 113,0 | 113,0 | 84,8 | 84,8 | |
3-ILOVA
“ | ||
36. | “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” (“Zaslujenniy ekolog Respubliki Uzbekistan”) | 1,6 |
”. |
“ | |
121. | O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi |
”; |
“ | |
62. | Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi |
63. | Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
64. | Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi |
”; |
“ |
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi organlarining maxsus unvonlari |
III darajali ekolog |
II darajali ekolog |
I darajali ekolog |
III darajali ekologiya maslahatchisi |
II darajali ekologiya maslahatchisi |
I darajali ekologiya maslahatchisi |
III darajali davlat ekologiya maslahatchisi |
II darajali davlat ekologiya maslahatchisi |
I darajali davlat ekologiya maslahatchisi |
”. |
“ | ||||
22. | O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi (Vazirlar Mahkamasining 434-sonli qarori, 27.05.2019-y.) | 2026-yil dekabr | Ijro uchun asosiy mas’ul — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi | |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti | |||
”. | ||||
“ | |||||
14. | “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasida sayg‘oqlarning populyatsiyasini oshirish va Qozog‘istondan O‘zbekistonga sayg‘oqlarning migratsiyasini qayta tiklash. | 1. Sayg‘oqlarning migratsiyasini tiklash hamda populyatsiyasini oshirish bo‘yicha ishchi guruhni tashkil qilish. 2. Ishchi guruhni Qozog‘iston Respublikasiga xizmat safariga yuborish. 3. “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasiga kamida 500 ta sayg‘oqni olib kelish, Qozog‘iston Respublikasi bilan Shalqar — Beyneu temir yo‘l liniyasida sayg‘oqlar o‘tishi uchun yo‘laklar barpo qilish va chegara hududida migratsiya yo‘llarini ko‘paytirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Bosh vazir o‘rinbosari (J. Xodjayev), Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (A. Abduhakimov), Davlat xavfsizlik xizmati (B. Kurbanov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov) |
4. Muzokaralar natijasi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | Muzokara yakunidan keyin ikki hafta muddatda | 2026-yil oktabr | |||
”. |