O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ko‘chmas mulkdan foydalanishda ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Ko‘chmas mulkdan foydalanishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, raqamli texnologiyalarni jadal rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining yuridik va jismoniy shaxslarga o‘z ko‘chmas mulklarini kompleks boshqarishni ta’minlovchi “Ko‘chmas mulkni kompleks boshqarish axborot tizimi” dasturiy mahsulotini (keyingi o‘rinlarda — “Uzmulk” tizimi) joriy etish, bunda “Uzmulk” tizimi mobil ilova hamda veb-sayt ko‘rinishida bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etilishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, “Uzmulk” tizimida yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagi texnik imkoniyatlar yaratiladi:
kadastr pasportini shakllantirish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash, ko‘chmas mulk obyektlariga manzillar olish, ularni o‘zgartirish uchun ariza berish;
ko‘chmas mulkka oid kadastr ma’lumotlarini olish;
ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risida ma’lumot olish;
ko‘chmas mulkning texnik parametrlarini, shu jumladan, bino sxemasini olish;
ko‘chmas mulk joylashgan joyning raqamli xaritasini olish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan taqiqlar bo‘yicha ma’lumot olish;
ko‘chmas mulk to‘g‘risida ma’lumot olingani to‘g‘risida xabarnoma olish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq yuzaga kelgani, boshqa shaxslarga o‘tgani, cheklangani va bekor qilingani davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda ariza beruvchining “Uzmulk” tizimidagi shaxsiy kabinetida bu to‘g‘risida ma’lumot olish;
ko‘chmas mulk buzilishga tushgani yoki tushmagani to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish;
ko‘chmas mulkni kommunal xizmatlarga (gaz, elektr energiyasi, suv) ulash;
ko‘chmas mulk soliqlarini to‘lash (yer va ko‘chmas mulk soliqlari);
fuqarolar o‘rtasida tuzilgan bino yoki inshootni yoxud uning bir qismini ijaraga berish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish;
notarius qabuliga yozilish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani videokonferensiya aloqa rejimi orqali notarial tasdiqlash.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 20-iyundan boshlab:
jismoniy shaxslar — kommunal xizmatlar iste’molchilari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Uzmulk” tizimi orqali kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ularni mulk egasi o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish;
jismoniy shaxslar — maishiy ehtiyojlari uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Uzmulk” tizimi yordamida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti shartnomalarini tuzishga, shaxsiy hisobni ochishga va qayta rasmiylashtirish huquqiga ega bo‘ladi.
4. Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar ushbu qarorning 2-bandida keltirilgan xizmatlarni ko‘rsatish uchun uch oy muddatda “Uzmulk” tizimi bilan tegishli axborot tizimlarini o‘zaro “Elektron hukumat” tizimining Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali qonunchilik hujjatlariga muvofiq integratsiya qilinishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatning ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qaror maqsadi va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida va Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-mart,
104-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 104-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ilovaning “IV. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” bo‘limi quyidagi mazmundagi 20-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“ | ||
20. | Davlat reyestridan yangilangan elektron ko‘chirmani yuklab olish | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi |
”. |
2. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarorida:
a) 1-ilovada:
2-bandning birinchi xatboshisi “elektron” so‘zidan keyin “va plastik” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Kadastr pasporti shakllantirilishi natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyati yuzaga keladigan hollarda, kadastr pasportini olish hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kompozit xizmat tarzida amalga oshiriladi.
Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga ko‘ra obyektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta so‘rovnomaga asosan kadastr pasporti, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma, ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi reyestrdan ko‘chirma bir vaqtda beriladi.
Tasdiqlangan loyiha hujjatlariga asosan bir yer uchastkasida bir nechta ko‘p kvartirali uylar qurilishi mo‘ljallangan bo‘lsa, foydalanishga qabul qilinayotgan har bir ko‘p kvartirali uyga alohida arizaga asosan kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Tasdiqlangan loyiha hujjatlariga asosan bir yer uchastkasida bir nechta ko‘p kvartirali uylar qurilishi mo‘ljallangan bo‘lsa, har bir ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasining loyihada ko‘rsatilgan chegarasi asosida Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari (keyingi o‘rinlarda — filiallar) yer uchastkasini bo‘lish ishlarini amalga oshiradi.
Loyiha hujjatlariga asosan bir yer uchastkasida bir nechta ko‘p kvartirali uylarni yagona turar joy majmuasi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa yoki ularni alohida yer uchastkalariga bo‘lish imkoniyati bo‘lmasa yer uchastkasi umumiy (birgalikda) foydalanishdagi yer uchastkasi sifatida kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Ko‘p kvartirali uyning kadastr pasportida ko‘p kvartirali uylardagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan (noturar) joylar, umumiy mol-mulk ro‘yxati hamda ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, bekor bo‘lganda yoki ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha murojaat qilinganda, qog‘oz va plastik shakldagi kadastr pasporti beriladi”;
birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda plastik shakldagi kadastr pasporti filiallar tomonidan tayyorlanib, pochta xizmati orqali ariza beruvchiga yetkaziladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ushbu xizmatni ko‘rsatishda bajariladigan ishlar Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari o‘rtasida belgilangan muddatdan chiqmagan holda taqsimlanishi mumkin”;
18-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda qog‘oz shaklidagi kadastr pasporti YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti filiallar tomonidan tayyorlanib, pochta xizmati orqali ariza beruvchiga yetkaziladi”;
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. To‘lov miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
7 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
5 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
2 foizi — Kadastr agentligining “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,25 foizi (davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
5 foizi (shundan 0,25 foizi — davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;

v) riyeltorlik tashkilotlari orqali murojaat etilganda:
5 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
2 foizi — Kadastr agentligining “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,25 foizi (davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”;
g) “Ko‘chmas mulkni kompleks boshqarish axborot tizimi” (keyingi o‘rinlarda — “Uzmulk” tizimi) orqali murojaat etilganda:
5 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
2 foizi — Kadastr agentligining “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,25 foizi (davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”;
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Xabarnomada ko‘rsatilgan yig‘im to‘liq to‘langandan so‘ng:
Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan tizimda kadastr pasportini yuklab olish (qog‘oz shaklda chop etish) imkoni paydo bo‘ladi va ariza beruvchiga qog‘oz shaklida kadastr pasporti beriladi;
filiallarning mas’ul xodimlari tomonidan plastik shakldagi kadastr pasporti tayyorlanib, ariza beruvchiga pochta xizmati orqali yetkazib beriladi.
So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi”;
2-ilovaning “III. Kadastr pasportini tayyorlashning maqsadi:” bo‘limi “Kadastr pasporti shakli:” pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ushbu xizmatni ko‘rsatishda bajariladigan ishlar Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari o‘rtasida belgilangan muddatdan chiqmagan holda taqsimlanishi mumkin”;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Yig‘imlar summasi kuyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
7 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
5 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
2 foizi — Kadastr agentligining “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,25 foizi (davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘ning 10 foizi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisobvarag‘iga, 90 foizi tegishliligi bo‘yicha hududiy boshqarmalarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) notarial idoralar yoki notariuslar orqali murojaat etilganda:
5 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
5 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
2 foizi — Kadastr agentligining “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,25 foizi (davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘ning 10 foizi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisobvarag‘iga, 90 foizi tegishliligi bo‘yicha hududiy boshqarmalarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
v) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, riyeltorlik tashkilotlari va tijorat banklari orqali murojaat etilganda:
5 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
2 foizi — Kadastr agentligining “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,25 foizi (davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘ning 10 foizi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisobvarag‘iga, 90 foizi tegishliligi bo‘yicha hududiy boshqarmalarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
g) YIDXP orqali murojaat etilganda:
5 foizi (shundan 0,25 foizi — davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
5 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
2 foizi — Kadastr agentligining “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘ning 10 foizi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisobvarag‘iga, 90 foizi tegishliligi bo‘yicha hududiy boshqarmalarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
d) “Uzmulk” tizimi orqali murojaat etilganda:
5 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
2 foizi — Kadastr agentligining “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,25 foizi (davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘ning 10 foizi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisobvarag‘iga, 90 foizi tegishliligi bo‘yicha hududiy boshqarmalarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi hamda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni mulkdorlarning nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lovlarni mulkdorlar yoki tegishli ko‘p kvartirali uyning boshqarish organi ikki yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.
Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun davlat boji summasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
v) 3-ilovada:
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvarag‘iga;
5 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
2 foizi — Kadastr agentligining “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;

11,75 foizi (shundan 0,25 foizi — davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;

v) “Uzmulk” tizimi orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvarag‘iga;
5 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga;
2 foizi — Kadastr agentligining “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,25 foizi (davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
To‘lovlar davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali to‘lanadi”;
g) 4-ilovada:
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

d) 5b-ilovaning 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi shaxsiy hisobvarag‘iga (Yagona billing tizimi orqali to‘lovlar to‘langanda);
5 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
2 foizi — Kadastr agentligining “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,75 foizi (shundan 0,25 foizi — davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi shaxsiy hisobvarag‘iga;

e) 5v-ilovaning 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

To‘lovlar davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali to‘lanadi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/104/0248-son)