16.03.2026 yildagi 106-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini taʼminlash hamda mamlakatimizda milliy tabiiy meros obyektlarini saqlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatini shakllantirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilgan obyektlarning hududlari va chegaralarini aniqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarga muvofiq Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining taqiqlangan va bufer zonalarini belgilash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari hududlarida qurilish ishlarini amalga oshirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlarini asl holatida saqlash uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi 2026-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlariga xorijiy va mahalliy sayyohlarni belgilangan tartibda jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 106-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining maqomi, turlari, roʻyxatini shakllantirish hamda hududlarida qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Global geoparklar tarmogʻi — YUNESKOning Xalqaro geologik fanlar va geoparklar dasturining Global geoparklar tarmogʻiga kiritilgan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diqqatga sazovor tabiiy joylar — fan, tabiatni muhofaza qilish yoki tabiiy goʻzallik nuqtai nazaridan beqiyos umuminsoniy qadriyatga ega boʻlgan quruqlik yoki suv havzasining noyob hududlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ramsar konvensiyasi obyektlari — Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili boʻlgan xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoq yerlar toʻgʻrisidagi konvensiya talablari asosida aniqlangan va uning roʻyxatiga kiritilgan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy geologik tuzilma (hosila) — qoʻshni togʻ jinslaridan ajratib turadigan fizik xususiyatlarga ega boʻlgan jinslarning qatlamlari (meteorit kraterlari, gʻorlar, karstlar, yerusti togʻ jinslari, relyef shakllari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy yodgorliklar — estetik yoki ilmiy nuqtai nazardan alohida universal qiymatga ega boʻlgan fizik va biologik tuzilmalar, tabiiy yodgorliklar, shuningdek, yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklar arealini tashkil etuvchi geologik va fiziografik tuzilmalar, qatʼiy cheklangan tabiiy muhofaza qilish hududlari hamda tabiiy goʻzallik nuqtai nazaridan diqqatga sazovor joylar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy landshaftlar — xoʻjalik va boshqa faoliyat natijasida oʻzgarmagan hamda bir xil iqlim sharoitida shakllangan relyef, tuproq, oʻsimliklar ayrim turlarining aralashmasi (kombinatsiyasi) bilan tavsiflangan hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy meros obyektlari — tabiiy yodgorliklar, geologik va fiziografik tuzilmalar, qatʼiy cheklangan zonalar, diqqatga sazovor tabiiy joylar, tabiiy landshaftlar, beqiyos umuminsoniy qadriyat mezonlariga mos keluvchi hamda Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya talablari asosida aniqlanadigan tabiiy obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy obyektlar — kelib chiqishi tabiiy tizimlar bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, ekologik, iqtisodiy, madaniy va rekreatsion funksiyalarni bajara oladigan tabiiy muhitning tarkibiy qismlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fiziografik tuzilmalar — oʻziga xos iqlimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ega boʻlgan yer yuzasining noyob hududlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadro zonasi — tabiiy meros obyekti joylashgan hududning eng markaziy va daxlsiz qismi boʻlib (taqiqlangan yoki qatʼiy muhofaza hududi), tabiat inson aralashuvisiz oʻz holicha rivojlangan, shuningdek, ushbu hududning asosiy vazifasi ekotizimlarni, noyob oʻsimlik va hayvonot dunyosini dastlabki holatida asrab qolish mumkin boʻlgan hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxati — vakolatli organ tomonidan shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan tabiiy meros obyektlari toʻgʻrisidagi ochiq axborot resursi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatʼiy chegaralangan zonalar — fan yoki tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan beqiyos umuminsoniy qadriyatga ega boʻlgan, yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va oʻsimliklar areali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻriqlanma (bufer) zona — tabiiy meros obyektining joylashgan hududiga tutashgan va uni oʻrab turgan, undan foydalanish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha qonuniy va umumiy qabul qilingan cheklovlarga ega boʻlgan hudud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik — 50 yillik va undan ortiq yoshdagi daraxtlar, relikt daraxtzorlar, qimmatbaho daraxt turlari boʻlgan oʻrmonlar, tabiiy landshaftlar va ekotizimlar, Butunjahon biosfera qoʻriqxonalari, Ramsar konvensiyasi obyektlari, diqqatga sazovor tabiiy joylar, mavsumiy tabiiy hodisalar, qatʼiy chegaralangan zonalar (oʻsimlik va hayvonlarning muhim oʻsish hamda yashash areallari, muhim ornitologik hududlar, muhim biologik xilma-xil hududlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologik — geologik kesimlar, geomorfologik obyektlar, tabiiy geologik tuzilma (hosila), global geoparklar, fiziografik tuzilmalar (jarliklar, kanon, daralar, relyef shakllari va muzliklar), shifobaxsh konlar yoki yotqiziqli joylar, tabiiy yodgorliklar (loyli, tuzli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrologik — tabiiy suv havzasi, sharshara, buloq, koʻl va daryolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paleontologik — qadimgi hayot shakllari qoldiqlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlariga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat buyurtma qoʻriqxonalari, davlat tabiat yodgorliklari, shuningdek, davlat biosfera rezervatlari milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining ilmiy, ekologik, madaniy va tabiiy noyobligi, alohida qiymati muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari Umumjahon madaniy va tabiiy merosi hamda Ramsar konvensiyasi obyektlari roʻyxatiga, shuningdek, Butunjahon biosfera qoʻriqxonalari va Global geoparklar tarmogʻiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatining shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxati ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar (keyingi oʻrinlarda — taklif etuvchi) tabiiy obyektni Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha yozma yoki elektron shaklda takliflarni vakolatli organning hududiy boʻlinmasiga (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinma) taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taklifga ushbu tabiiy obyekt toʻgʻrisida maʼlumotnoma, uning geolokatsiyasi, foto va video tasvirlari elektron shaklda ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy boʻlinma taklif kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida uni koʻrib chiqadi. Bunda ushbu muddat tabiiy obyektning geografik joylashuvi va ob-havoning noqulayligidan kelib chiqib, vakolatli organning ruxsati bilan oʻn ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 9-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar taklifga toʻliq ilova qilinmagan taqdirda, hududiy boʻlinma tomonidan taklif kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida uni koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida taklif etuvchiga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boʻlinma tomonidan taklifni koʻrib chiqish rad etilgan taqdirda, taklif etuvchiga besh ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tabiiy obyekt Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilishi uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biofizik jarayonlar va relyef shaklining oʻziga xosligi hamda nisbatan buzilmagan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy holatda boʻlgan asosiy oʻzaro aloqa va bogʻliqlik elementlarining barchasini yoki koʻp qismini oʻz ichiga olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt ekotizim va biologik xilma-xillikni uzoq muddatli saqlashda ahamiyatga ega boʻlgan tabiiy jarayonlarning zarur boʻlgan barcha elementlarini qamrab olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik xilma-xillikni saqlash nuqtai nazaridan muhim obyekt boʻlishi, tegishli biogeografik mintaqa va ekotizimlarga xos boʻlgan fauna va flora yashash hududlarini hamda ularning areallarini qamrab olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchib yuruvchi turlarning yashash hududlari, koʻpayish va uyalash joylari hamda koʻchish yoʻllari mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik xilma-xillik yoki insoniyat hayoti uchun ahamiyatli hisoblangan gidrologik obyektlar mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer rivojlanishi tarixini oʻzida aks ettirgan geologik kesim yoki tuzilmani, geomorfologik obyekt, paleontologik yotqiziqlar, hosilalar yoki obyektlar hamda shifobaxsh kon yoki yotqiziqli hududlarni qamrab olishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hududiy boʻlinma tabiiy obyektning haqiqatda ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan talablarga javob berishini joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqib, natijasi boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzadi hamda uning bir nusxasini taklif etuvchiga taqdim etadi. Bunda dalolatnomaga foto va video tasvirlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma shakli hamda foto va video tasvirlarga qoʻyiladigan talablar vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boʻlinma taklifni koʻrib chiqishda tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari vakillarini ham jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Dalolatnomada tabiiy obyekt ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan talablarga javob berishi qayd etilgan taqdirda, hududiy boʻlinma bir ish kuni ichida uni Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun taklif etuvchi tomonidan ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq taqdim etilgan taklif, unga ilovalar, dalolatnoma hamda unga oid materiallarni koʻrib chiqish uchun vakolatli organga tavsiya etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hududiy boʻlinma quyidagi hollarda tabiiy obyektni Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun tavsiya etishni rad etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy obyekt ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif va unga ilova qilingan hujjatlarda maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy obyektni Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun tavsiya etishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hududiy boʻlinma tomonidan tabiiy obyektni Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun tavsiya etish rad etilgan taqdirda, taklif etuvchi kamchiliklarni bartaraf etib, ushbu bobda belgilangan tartibda qayta taklif kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organ hududiy boʻlinma tomonidan yuborilgan hujjatlarni besh ish kuni ichida koʻrib chiqib, tabiiy obyektni vakolatli organning buyrugʻi asosida Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ shu kunning oʻzida tabiiy obyekt Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilgani toʻgʻrisida taklif etuvchiga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxati vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tabiiy obyektning chegarasi Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, hokimlik hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar ishtirokida aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining asl holatida saqlanishini taʼminlash uchun ular belgilangan tartibda muhofaza qilinishi va boshqarilishi, shuningdek, ularning joylashgan hududi, qoʻriqlanma (bufer) zonasi, yadro zonasi va chegarasi toʻgʻri aniqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy resurslarni qazib olish faoliyati bilan shugʻullanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yoʻsinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrologik va gidrogeologik rejimni oʻzgartiradigan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq eroziyasini, oʻsimlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl va muhandislik-kommunikatsiya ishlarini amalga oshirish (obyektga zarar yetkazmagan holda, uning turizm infratuzilmasini tashkil etish bilan bogʻliq ishlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilarni saqlash va koʻmish, oqova suvlarni oqizish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaharli kimyoviy moddalarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harom oʻlgan chorva mollar koʻmiladigan joylarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaharli kimyoviy moddalar va mineral oʻgʻitlar omborlarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo, sellyuloza-qogʻoz va metallurgiya sanoati korxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik va parrandachilik majmualarini joylashtirish, shuningdek sugʻorish uchun “sharbat” (suyuq goʻng) ishlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil transportini qoʻyib turish, ularga yonilgʻi quyish, ularni yuvish va taʼmirlash joylarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft mahsulotlari omborlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zigʻir, kanop va teri yuvish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda muhofaza qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari hududlaridan foydalanishda qonunchilik hujjatlari talabalariga rioya qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari hududlarida faoliyat yuritadigan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu bandda belgilangan talablarni bajarmagan taqdirda, ularning ushbu hududda faoliyat yuritishlari belgilangan tartibda toʻxtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari hududlarida qurilish ishlarini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektining bufer (muhofaza) zonasida ekoturizmni tashkil etish uchun yengil turdagi qurilmalar (konstruksiyalar) ekologik ekspertiza xulosasi asosida vakolatli organ bilan kelishgan holda oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy yoki arxeologik qiymatga ega boʻlgan Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyekti hududida qurilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻida inshootning balandligi, tashqi koʻrinishi va ishlatiladigan materiallari mahalliy landshaftga toʻliq uygʻun boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishda faqat tabiiy va ekologik toza materiallardan (tosh, yogʻoch, shisha va boshqalar) foydalanishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qurilish jarayonida relyefni oʻzgartirish, daraxtlarni kesish, oʻsimliklarga zarar yetkazish va suv obyektlarining tabiiy oʻzanlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vakolatli organ qurilish ishlari ustidan doimiy inspeksiya nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish jarayonida belgilangan talablar buzilgan taqdirda, qurilish ishlari zudlik bilan toʻxtatiladi va aybdor shaxslarga hududni rekultivatsiya qilish (avvalgi holatiga qaytarish) majburiyati yuklanadi hamda yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Quyidagilar uchun yer ajratish va qurilish ishlarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylar va baland inshootlarni qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindi poligonlari va kimyoviy moddalar omborlarini qurish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari yadro zonasida har qanday turdagi qurilish, taʼmirlash hamda yengil turdagi qurilmalarni (konstruksiyalar) oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Vakolatli organ Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining saqlanish holatini doimiy monitoring qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar (keyingi oʻrinlarda — taklif etuvchi)

Tabiiy obyektni Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha yozma yoki elektron shaklda takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) hududiy boʻlinmasiga (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinma) taqdim qiladi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Hududiy boʻlinma

1. Taklifni joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqib, natijasi boʻyicha dalolatnoma tuzadi.

Oʻn besh ish kuni

2. Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun taklif etuvchi tomonidan taqdim etilgan taklif, unga ilovalar, dalolatnoma hamda unga oid materiallarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organga tavsiya etadi.

Bir ish kuni

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Hududiy boʻlinma tomonidan yuborilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, tabiiy obyektni Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritadi hamda tasdiqlaydi.

Besh ish kuni

2. Tabiiy obyekt Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilgani toʻgʻrisida taklif etuvchiga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboradi.

Roʻyxatga kiritilgan kunning oʻzida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 106-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 243-son qarori bilan tasdiqlangan Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-band “tabiiy hudud” soʻzlaridan keyin “va milliy tabiiy meros obyekti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-band “ishtirok etishi” soʻzlaridan keyin “Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga muvofiq Umumjahon merosi roʻyxatiga taqdim etishi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qarori bilan tasdiqlangan Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Majmua buyurtma qoʻriqxonalar milliy tabiiy meros obyektlari hisoblanib, agar Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga mos kelsa, ular Umumjahon merosi roʻyxatiga taqdim etilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini talablarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 4-maydagi 339-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat qoʻriqxonalari toʻgʻrisida nizomning 2-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoʻriqxonalar milliy tabiiy meros obyektlari hisoblanib, agar Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga mos kelsa, ular Umumjahon merosi roʻyxatiga taqdim etilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Tabiat bogʻi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 2-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiat bogʻlari milliy tabiiy meros obyektlari hisoblanib, agar Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga mos kelsa, ular Umumjahon merosi roʻyxatiga taqdim etilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Davlat tabiat yodgorliklari toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiat yodgorliklari milliy tabiiy meros obyektlari hisoblanib, agar Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga mos kelsa, ular Umumjahon merosi roʻyxatiga taqdim etilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalarini belgilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-maydagi 282-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qarorning nomi “hududlarning” soʻzidan keyin “va tabiiy meros obyektlarining” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-bandning yettinchi xatboshi “hududlarning” soʻzidan keyin “va tabiiy meros obyektlarining” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma zonalari toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi “hududlarning” soʻzidan keyin “va tabiiy meros obyektlarining” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buyurtma qoʻriqxonalar, tabiiy pitomniklarda kurort tabiiy hududlarda, rekreatsiya zonalarida, suvni muhofaza qilish zonalarida belgilangan rejim ular hududida joylashgan tabiiy meros obyektini saqlab qolishni taʼminlamasa, tabiiy meros obyekti hududiga tutashgan yer maydonida ushbu Nizomga muvofiq qoʻriqlanma zonalari belgilanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/106/0245-son)