16.03.2026 yildagi 106-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimizda milliy tabiiy meros obyektlarini saqlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatini shakllantirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan obyektlarning hududlari va chegaralarini aniqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarga muvofiq O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining taqiqlangan va bufer zonalarini belgilash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari hududlarida qurilish ishlarini amalga oshirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlarini asl holatida saqlash uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlariga xorijiy va mahalliy sayyohlarni belgilangan tartibda jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 106-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining maqomi, turlari, ro‘yxatini shakllantirish hamda hududlarida qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Global geoparklar tarmog‘i — YUNESKOning Xalqaro geologik fanlar va geoparklar dasturining Global geoparklar tarmog‘iga kiritilgan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diqqatga sazovor tabiiy joylar — fan, tabiatni muhofaza qilish yoki tabiiy go‘zallik nuqtai nazaridan beqiyos umuminsoniy qadriyatga ega bo‘lgan quruqlik yoki suv havzasining noyob hududlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ramsar konvensiyasi obyektlari — Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo‘lgan xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoq yerlar to‘g‘risidagi konvensiya talablari asosida aniqlangan va uning ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy geologik tuzilma (hosila) — qo‘shni tog‘ jinslaridan ajratib turadigan fizik xususiyatlarga ega bo‘lgan jinslarning qatlamlari (meteorit kraterlari, g‘orlar, karstlar, yerusti tog‘ jinslari, relyef shakllari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy yodgorliklar — estetik yoki ilmiy nuqtai nazardan alohida universal qiymatga ega bo‘lgan fizik va biologik tuzilmalar, tabiiy yodgorliklar, shuningdek, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklar arealini tashkil etuvchi geologik va fiziografik tuzilmalar, qat’iy cheklangan tabiiy muhofaza qilish hududlari hamda tabiiy go‘zallik nuqtai nazaridan diqqatga sazovor joylar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy landshaftlar — xo‘jalik va boshqa faoliyat natijasida o‘zgarmagan hamda bir xil iqlim sharoitida shakllangan relyef, tuproq, o‘simliklar ayrim turlarining aralashmasi (kombinatsiyasi) bilan tavsiflangan hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy meros obyektlari — tabiiy yodgorliklar, geologik va fiziografik tuzilmalar, qat’iy cheklangan zonalar, diqqatga sazovor tabiiy joylar, tabiiy landshaftlar, beqiyos umuminsoniy qadriyat mezonlariga mos keluvchi hamda Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya talablari asosida aniqlanadigan tabiiy obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy obyektlar — kelib chiqishi tabiiy tizimlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, ekologik, iqtisodiy, madaniy va rekreatsion funksiyalarni bajara oladigan tabiiy muhitning tarkibiy qismlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fiziografik tuzilmalar — o‘ziga xos iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega bo‘lgan yer yuzasining noyob hududlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadro zonasi — tabiiy meros obyekti joylashgan hududning eng markaziy va daxlsiz qismi bo‘lib (taqiqlangan yoki qat’iy muhofaza hududi), tabiat inson aralashuvisiz o‘z holicha rivojlangan, shuningdek, ushbu hududning asosiy vazifasi ekotizimlarni, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini dastlabki holatida asrab qolish mumkin bo‘lgan hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati — vakolatli organ tomonidan shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan tabiiy meros obyektlari to‘g‘risidagi ochiq axborot resursi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qat’iy chegaralangan zonalar — fan yoki tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan beqiyos umuminsoniy qadriyatga ega bo‘lgan, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va o‘simliklar areali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘riqlanma (bufer) zona — tabiiy meros obyektining joylashgan hududiga tutashgan va uni o‘rab turgan, undan foydalanish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha qonuniy va umumiy qabul qilingan cheklovlarga ega bo‘lgan hudud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik — 50 yillik va undan ortiq yoshdagi daraxtlar, relikt daraxtzorlar, qimmatbaho daraxt turlari bo‘lgan o‘rmonlar, tabiiy landshaftlar va ekotizimlar, Butunjahon biosfera qo‘riqxonalari, Ramsar konvensiyasi obyektlari, diqqatga sazovor tabiiy joylar, mavsumiy tabiiy hodisalar, qat’iy chegaralangan zonalar (o‘simlik va hayvonlarning muhim o‘sish hamda yashash areallari, muhim ornitologik hududlar, muhim biologik xilma-xil hududlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologik — geologik kesimlar, geomorfologik obyektlar, tabiiy geologik tuzilma (hosila), global geoparklar, fiziografik tuzilmalar (jarliklar, kanon, daralar, relyef shakllari va muzliklar), shifobaxsh konlar yoki yotqiziqli joylar, tabiiy yodgorliklar (loyli, tuzli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrologik — tabiiy suv havzasi, sharshara, buloq, ko‘l va daryolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paleontologik — qadimgi hayot shakllari qoldiqlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlariga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat buyurtma qo‘riqxonalari, davlat tabiat yodgorliklari, shuningdek, davlat biosfera rezervatlari milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining ilmiy, ekologik, madaniy va tabiiy noyobligi, alohida qiymati muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari Umumjahon madaniy va tabiiy merosi hamda Ramsar konvensiyasi obyektlari ro‘yxatiga, shuningdek, Butunjahon biosfera qo‘riqxonalari va Global geoparklar tarmog‘iga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatining shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar (keyingi o‘rinlarda — taklif etuvchi) tabiiy obyektni O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha yozma yoki elektron shaklda takliflarni vakolatli organning hududiy bo‘linmasiga (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linma) taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taklifga ushbu tabiiy obyekt to‘g‘risida ma’lumotnoma, uning geolokatsiyasi, foto va video tasvirlari elektron shaklda ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy bo‘linma taklif kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh ish kuni ichida uni ko‘rib chiqadi. Bunda ushbu muddat tabiiy obyektning geografik joylashuvi va ob-havoning noqulayligidan kelib chiqib, vakolatli organning ruxsati bilan o‘n ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 9-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlar taklifga to‘liq ilova qilinmagan taqdirda, hududiy bo‘linma tomonidan taklif kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida uni ko‘rib chiqishni rad etish to‘g‘risida taklif etuvchiga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy bo‘linma tomonidan taklifni ko‘rib chiqish rad etilgan taqdirda, taklif etuvchiga besh ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tabiiy obyekt O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biofizik jarayonlar va relyef shaklining o‘ziga xosligi hamda nisbatan buzilmagan bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy holatda bo‘lgan asosiy o‘zaro aloqa va bog‘liqlik elementlarining barchasini yoki ko‘p qismini o‘z ichiga olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt ekotizim va biologik xilma-xillikni uzoq muddatli saqlashda ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy jarayonlarning zarur bo‘lgan barcha elementlarini qamrab olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik xilma-xillikni saqlash nuqtai nazaridan muhim obyekt bo‘lishi, tegishli biogeografik mintaqa va ekotizimlarga xos bo‘lgan fauna va flora yashash hududlarini hamda ularning areallarini qamrab olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chib yuruvchi turlarning yashash hududlari, ko‘payish va uyalash joylari hamda ko‘chish yo‘llari mavjud bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik xilma-xillik yoki insoniyat hayoti uchun ahamiyatli hisoblangan gidrologik obyektlar mavjud bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer rivojlanishi tarixini o‘zida aks ettirgan geologik kesim yoki tuzilmani, geomorfologik obyekt, paleontologik yotqiziqlar, hosilalar yoki obyektlar hamda shifobaxsh kon yoki yotqiziqli hududlarni qamrab olishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hududiy bo‘linma tabiiy obyektning haqiqatda ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan talablarga javob berishini joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqib, natijasi bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuzadi hamda uning bir nusxasini taklif etuvchiga taqdim etadi. Bunda dalolatnomaga foto va video tasvirlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma shakli hamda foto va video tasvirlarga qo‘yiladigan talablar vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy bo‘linma taklifni ko‘rib chiqishda tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari vakillarini ham jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Dalolatnomada tabiiy obyekt ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan talablarga javob berishi qayd etilgan taqdirda, hududiy bo‘linma bir ish kuni ichida uni O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun taklif etuvchi tomonidan ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq taqdim etilgan taklif, unga ilovalar, dalolatnoma hamda unga oid materiallarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli organga tavsiya etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hududiy bo‘linma quyidagi hollarda tabiiy obyektni O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun tavsiya etishni rad etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy obyekt ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif va unga ilova qilingan hujjatlarda ma’lumotlar noto‘g‘ri ko‘rsatilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy obyektni O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun tavsiya etishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Hududiy bo‘linma tomonidan tabiiy obyektni O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun tavsiya etish rad etilgan taqdirda, taklif etuvchi kamchiliklarni bartaraf etib, ushbu bobda belgilangan tartibda qayta taklif kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organ hududiy bo‘linma tomonidan yuborilgan hujjatlarni besh ish kuni ichida ko‘rib chiqib, tabiiy obyektni vakolatli organning buyrug‘i asosida O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ shu kunning o‘zida tabiiy obyekt O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgani to‘g‘risida taklif etuvchiga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tabiiy obyektning chegarasi O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida vakolatli organ, O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, hokimlik hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar ishtirokida aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining asl holatida saqlanishini ta’minlash uchun ular belgilangan tartibda muhofaza qilinishi va boshqarilishi, shuningdek, ularning joylashgan hududi, qo‘riqlanma (bufer) zonasi, yadro zonasi va chegarasi to‘g‘ri aniqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy resurslarni qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrologik va gidrogeologik rejimni o‘zgartiradigan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproq eroziyasini, o‘simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya ishlarini amalga oshirish (obyektga zarar yetkazmagan holda, uning turizm infratuzilmasini tashkil etish bilan bog‘liq ishlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilarni saqlash va ko‘mish, oqova suvlarni oqizish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harom o‘lgan chorva mollar ko‘miladigan joylarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlar omborlarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo, sellyuloza-qog‘oz va metallurgiya sanoati korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik va parrandachilik majmualarini joylashtirish, shuningdek sug‘orish uchun “sharbat” (suyuq go‘ng) ishlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil transportini qo‘yib turish, ularga yonilg‘i quyish, ularni yuvish va ta’mirlash joylarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft mahsulotlari omborlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zig‘ir, kanop va teri yuvish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda muhofaza qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari hududlaridan foydalanishda qonunchilik hujjatlari talabalariga rioya qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari hududlarida faoliyat yuritadigan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu bandda belgilangan talablarni bajarmagan taqdirda, ularning ushbu hududda faoliyat yuritishlari belgilangan tartibda to‘xtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari hududlarida qurilish ishlarini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektining bufer (muhofaza) zonasida ekoturizmni tashkil etish uchun yengil turdagi qurilmalar (konstruksiyalar) ekologik ekspertiza xulosasi asosida vakolatli organ bilan kelishgan holda o‘rnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy yoki arxeologik qiymatga ega bo‘lgan O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyekti hududida qurilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ida inshootning balandligi, tashqi ko‘rinishi va ishlatiladigan materiallari mahalliy landshaftga to‘liq uyg‘un bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishda faqat tabiiy va ekologik toza materiallardan (tosh, yog‘och, shisha va boshqalar) foydalanishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qurilish jarayonida relyefni o‘zgartirish, daraxtlarni kesish, o‘simliklarga zarar yetkazish va suv obyektlarining tabiiy o‘zanlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vakolatli organ qurilish ishlari ustidan doimiy inspeksiya nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish jarayonida belgilangan talablar buzilgan taqdirda, qurilish ishlari zudlik bilan to‘xtatiladi va aybdor shaxslarga hududni rekultivatsiya qilish (avvalgi holatiga qaytarish) majburiyati yuklanadi hamda yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirish choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Quyidagilar uchun yer ajratish va qurilish ishlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘p kvartirali uylar va baland inshootlarni qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindi poligonlari va kimyoviy moddalar omborlarini qurish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari yadro zonasida har qanday turdagi qurilish, ta’mirlash hamda yengil turdagi qurilmalarni (konstruksiyalar) o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Vakolatli organ O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining saqlanish holatini doimiy monitoring qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar (keyingi o‘rinlarda — taklif etuvchi)

Tabiiy obyektni O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha yozma yoki elektron shaklda takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) hududiy bo‘linmasiga (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linma) taqdim qiladi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Hududiy bo‘linma

1. Taklifni joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqib, natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuzadi.

O‘n besh ish kuni

2. O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun taklif etuvchi tomonidan taqdim etilgan taklif, unga ilovalar, dalolatnoma hamda unga oid materiallarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organga tavsiya etadi.

Bir ish kuni

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Hududiy bo‘linma tomonidan yuborilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, tabiiy obyektni O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritadi hamda tasdiqlaydi.

Besh ish kuni

2. Tabiiy obyekt O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgani to‘g‘risida taklif etuvchiga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboradi.

Ro‘yxatga kiritilgan kunning o‘zida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 106-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 243-son qarori bilan tasdiqlangan Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-band “tabiiy hudud” so‘zlaridan keyin “va milliy tabiiy meros obyekti” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-band “ishtirok etishi” so‘zlaridan keyin “Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga muvofiq Umumjahon merosi ro‘yxatiga taqdim etishi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qarori bilan tasdiqlangan Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Majmua buyurtma qo‘riqxonalar milliy tabiiy meros obyektlari hisoblanib, agar Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga mos kelsa, ular Umumjahon merosi ro‘yxatiga taqdim etilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini talablarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 4-maydagi 339-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat qo‘riqxonalari to‘g‘risida nizomning 2-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qo‘riqxonalar milliy tabiiy meros obyektlari hisoblanib, agar Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga mos kelsa, ular Umumjahon merosi ro‘yxatiga taqdim etilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Tabiat bog‘i to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 2-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiat bog‘lari milliy tabiiy meros obyektlari hisoblanib, agar Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga mos kelsa, ular Umumjahon merosi ro‘yxatiga taqdim etilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Davlat tabiat yodgorliklari to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiat yodgorliklari milliy tabiiy meros obyektlari hisoblanib, agar Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga mos kelsa, ular Umumjahon merosi ro‘yxatiga taqdim etilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonalarini belgilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 5-maydagi 282-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qarorning nomi “hududlarning” so‘zidan keyin “va tabiiy meros obyektlarining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-bandning yettinchi xatboshi “hududlarning” so‘zidan keyin “va tabiiy meros obyektlarining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanma zonalari to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi “hududlarning” so‘zidan keyin “va tabiiy meros obyektlarining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buyurtma qo‘riqxonalar, tabiiy pitomniklarda kurort tabiiy hududlarda, rekreatsiya zonalarida, suvni muhofaza qilish zonalarida belgilangan rejim ular hududida joylashgan tabiiy meros obyektini saqlab qolishni ta’minlamasa, tabiiy meros obyekti hududiga tutashgan yer maydonida ushbu Nizomga muvofiq qo‘riqlanma zonalari belgilanadi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/106/0245-son)