13.03.2026 yildagi 100-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini raqamlashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini raqamlashtirish orqali Davlat budjeti mablag‘laridan foydalanishning samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini raqamlashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini raqamlashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yil 1-dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Davlat ichki auditi” axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2028-yil 1-iyulga qadar ishlab chiqilgan axborot tizimi vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlariga “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2028-yildan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazida davlat organlari hamda tashkilotlarining mas’ul xodimlarini axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘qitish va ularning malakasi oshirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Axborot tizimini ishlab chiqish Vazirlar Mahkamasining “Jahon banki ishtirokida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi 668-son qaroriga muvofiq davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nalishida davlat ichki nazorati va ichki audit tizimini takomillashtirishga ajratilgan mablag‘lar doirasida hamda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, 2028-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ichki audit xizmati faoliyatini amalga oshirish hamda xavflarni boshqarish jarayonlari elektron tarzda axborot tizimida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-son qarori bilan tasdiqlangan 2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasiga 3-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 13-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-martdagi 100-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini raqamlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublikada raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, shu jumladan, davlat boshqaruvi va davlat moliyasini boshqarish sohalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini (keyingi o‘rinlarda — ichki audit faoliyati) raqamlashtirish faoliyatning samarali, tejamkor, tezkor va shaffof amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini tashkil etishda raqamlashtirish va avtomatlashtirish ishlarini jadallashtirish, faoliyatga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini raqamlashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) ilg‘or xalqaro tajribalar asosida “Davlat ichki auditi” axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) joriy etish orqali raqamlashtirish va avtomatlashtirishning konseptual asoslarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya axborot tizimi orqali ichki audit faoliyatini raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari hamda istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsepsiyada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatik baholash — axborot tizimi orqali ichki audit faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilish, ularning samaradorligini oshirish hamda takomillashtirish maqsadida amalga oshiriladigan baholash jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtokameral — axborot tizimidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda tahlil qilish orqali qonun buzilishi holatlari, xato va kamchiliklarni avtomatik ravishda aniqlash va bu to‘g‘risida foydalanuvchilarni xabardor etish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtoprofilaktika — axborot tizimi yordamida avtomatik ravishda ichki audit faoliyatidagi qonunchilik hujjatlari buzilishini oldindan aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan jarayon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi — ma’lumotlar bazalari, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarini o‘z ichiga olgan “Davlat ichki auditi” axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biznes intellekt tizimi (Business intelligence — BI) — tashkilotlardagi turli ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va ular asosida qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladigan jarayon va texnologiyalar majmuasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari — ichki audit xizmatlari tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamg‘armalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlarni tahlil qilish (Data analytics) — ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tahlil natijalari asosida xulosalar chiqarish jarayoni. Bu jarayon ma’lumotlardagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash, tendensiyalar va muammolarni o‘rganishga yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy monitoring — axborot tizimi yordamida ichki audit faoliyatining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat yuritishini monitoring qilish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli usul — axborotni raqamli ko‘rinishda ifodalash va qayta ishlashga asoslangan hisoblash yoki tahlil qilish usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi — ichki audit faoliyati ishtirokchilari hamda mazkur jarayonlarni muvofiqlashtirish va baholash vazifalari yuklangan mas’ul xodim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsepsiya axborot tizimi asosida ichki audit faoliyatini raqamlashtirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — ichki audit xizmatlari) faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi yordamida ichki audit faoliyatini muvofiqlashtirish hamda baholash jarayonlarini raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirib borish, axborot tizimini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yaratish va takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki audit faoliyatining raqamlashtirilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini masofaviy monitoring qilish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini amalga oshirishda vaqt, moliyaviy va inson resurslarini tejash hamda ulardan samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablag‘laridan foydalanishda avtoprofilaktika va avtokameral usullarni yo‘lga qo‘yish orqali ichki nazoratni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali ma’lumotlarni shakllantirishning tezkorligi, to‘liqligi, aniqligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatining holati va natijalarini avtomatik baholash imkonini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlarni raqamlashtirish asosida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobdorlikni oshirish va tahlillar orqali faoliyatni natijadorlikka yo‘naltirishga oid vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ichki audit faoliyatini raqamlashtirishdagi tizimli muammolar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ichki audit faoliyatini raqamlashtirishni samarali joriy etish bo‘yicha quyidagi tizimli muammolar mavjud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini amalga oshirishda inson omilining yuqoriligi sababli faoliyatda aniqlangan holatlar yuzasidan subyektiv fikrlarning ustuvorligi, moliyaviy, vaqt va inson resurslaridan samarali foydalanilmayotgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
real vaqt rejimida barcha davlat organlari va tashkilotlari bo‘yicha ichki audit faoliyatining holati bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirishni ta’minlaydigan yagona va yaxlit markazlashgan raqamli ekotizimning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatiga doir ma’lumotlarni shakllantirishning to‘liqligi va ishonchliligini raqamli nazorat qilish zaruratining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining ijrosini masofaviy monitoring qilish imkoniyati cheklangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini avtomatik baholash imkoniyati yaratilmagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlarning raqamlashmagani sababli sohaga sun’iy intellektni tatbiq etish imkoniyati cheklangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlaridagi ma’lumotlardan foydalangan holda, avtoprofilaktika va avtokameral tizimlarni yo‘lga qo‘yish orqali nazoratni kuchaytirish imkoniyatidan yetarli foydalanilmayotgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini amalga oshirishga oid ma’lumotlarning turli axborot tizimlarida shakllanishi va ularning integratsiyasi to‘liq yo‘lga qo‘yilmagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyati natijalari bo‘yicha hisobotlarni markazlashgan tarzda tezkor jamlash va qayta ishlash imkoniyatining mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini raqamlashtirishga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinmagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati xodimlarining axborot tizimlari va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega emasligi sababli raqamlashtirish va zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishga oid o‘qitish va malaka oshirish kurslarini tizimli ravishda tashkil etish zarurati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jahonda ichki audit faoliyatini raqamlashtirishning umumiy tendensiyasi va asosiy xulosalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xorijiy mamlakatlarda ichki audit faoliyatini raqamlashtirish hamda avtomatlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar va loyihalar amalga oshirilgan. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili va blokcheyn kabi raqamli yechimlardan foydalanilib, budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash, xavflarni boshqarish imkoniyatlari yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamlashtirishda asosiy e’tibor hisobdorlik va shaffoflikni oshirish, korrupsiya omillarini kamaytirish, faoliyat samaradorligini oshirish, manfaatdor tomonlar o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish va qaror qabul qilish jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan. Natijada samarali, to‘liq, ishonchli va natijador davlat ichki nazorati tizimi yuzaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki ko‘magida tashkil etilgan Davlat moliyasini boshqarish bo‘yicha xalqaro hamkorlik dasturi (PEMPAL) tomonidan ichki nazorat hamda ichki audit faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni raqamlashtirish maqsadida maxsus dasturiy majmua (pempal.codeman.am) ishlab chiqilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar Albaniya va Qirg‘izistonda amaliyotga joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu dastur orqali ichki nazorat tizimi va ichki audit faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar yagona markazlashtirilgan tizimda jamlangan hamda tahlil va monitoring jarayonlarini avtomatlashtirilgan. Bu esa, ma’lumotlarni real vaqt rejimida kiritish, hisobotlarni to‘liq, aniq va sifatli shakllantirish imkonini bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saudiya Arabistonida “Shamel” elektron audit platformasi davlat moliyaviy nazorati va ichki audit tizimini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu platforma orqali audit jarayonlarini raqamli asosda tashkil etish, moliyaviy ma’lumotlarni avtomatik tarzda to‘lash, tahlil qilish hamda real vaqtda monitoring olib borish imkoniyatlari yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Estoniya davlat moliyaviy nazorati va ichki audit tizimini raqamlashtirish borasida Yevropa miqyosida e’tirof etilgan ilg‘or tajribaga ega. Xususan, mamlakatda hukumatlararo axborot almashinuvini ta’minlovchi “X-Road” platformasi asosida ichki nazorat va audit jarayonlarini raqamli muhitda tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bunda platforma orqali budjet ijrosi, moliyaviy xarajatlar va shartnomalar ko‘rsatkichlarini tahlil qilish avtomatlashtirgan. Bu orqali ichki audit xodimlariga ma’lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilish, xavflarni oldindan aniqlash imkoniyati yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy tajribalarda davlat organlari tomonidan ichki audit faoliyatini amalga oshirish jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha yaratilgan ichki audit jarayonlarini boshqarishga oid “MetricStream Audit Management”, “AuditBoard” va “TeamMate+” kabi bir qator zamonaviy platformalar mavjud. Mazkur platformalarda audit jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish, tahlil qilish va hisobotlarni shakllantirish bosqichlari tezkorligi va samaradorligini oshirish imkoniyatlari yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, respublikada zamonaviy axborot tizimlari asosida ichki audit faoliyatini raqamlashtirish va avtomatlashtirish, jarayonlarga sun’iy intellekt, biznes intellekt tizimi, ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqa texnologiyalarni joriy etish dolzarb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ichki audit faoliyatini raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ichki audit faoliyatini raqamlashtirish faoliyat jarayonlarining tezkorligi va samaradorligi oshirilishini, faoliyatga oid ma’lumotlarning aniqligi, ishonchliligi va shaffofligi ortishi, hisobdorlik va javobgarlik kuchayishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki audit faoliyati raqamlashtirishning yagona axborot tizimi asosida tashkil etilishi monitoring va tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirishga hamda integratsiya va tezkor ma’lumotlar almashinuviga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda real vaqt rejimida monitoring qilish, ichki nazorat jarayoni va ichki audit faoliyati har tomonlama tahlil qilish hamda tezkor ma’lumot almashinuvi imkoniyati oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki audit faoliyatini raqamlashtirishni uslubiy ta’minlash va muvofiqlashtirish Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi va unga quyidagi asosiy vazifalar belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini raqamlashtirishni tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tajribalarni o‘rganish asosida ichki audit faoliyatini raqamlashtirishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha tegishli hujjatlarni (konsepsiya, texnik topshiriq va boshqalar) ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlarida ishlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari xodimlari malakasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ichki audit faoliyati quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga asosan raqamlashtiriladi va avtomatlashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ichki audit xizmatlari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejalarni tuzishda xavf tahlilini o‘tkazishning raqamlashtirilgan va avtomatlashtirilgan texnik imkoniyatlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimida ichki audit tadbirlarini o‘tkazish jarayonini tashkil etish hamda ularning natijalarini kiritish, jamlash va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy audit o‘tkazish uchun markazlashgan imkoniyatlar yaratish orqali uning ko‘lami va samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi yordamida ichki audit xizmati xodimlarining faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini avtomatlashtirilgan holda aniqlash va reytingini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatiga oid hisobotlarni avtomatik shakllantirish, tasdiqlash va yuborish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish va uning natijalarini axborot tizimida umumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli shakldagi ma’lumotlar almashinuviga o‘tish, hisobdorlik bo‘yicha axborot tizimi foydalanuvchilari o‘rtasida integratsiya va o‘zaro hamkorlik qilish orqali ma’lumotlar qamrovi va sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatiga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, jamlash va yangilab borishning raqamli usullarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlarining xodimlari tomonidan vakolat doirasidan tashqaridagi xavflar, savollar, avtoprofilaktika va avtokameral tizimlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflarni yuborish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlarining xodimlariga foydalanish uchun vakolat berilgan dasturiy majmualarga bir joydan kirish hamda xavfsiz ma’lumotlar almashish imkonini beruvchi maxsus modulni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) axborot tizimi yordamida ichki audit faoliyatini muvofiqlashtirish hamda baholash jarayonlarini raqamlashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati faoliyatiga oid hisobotlarni jamlash va tahlil qilishda raqamli shakldagi ma’lumotlar almashinuviga o‘tish orqali ularning o‘zaro bog‘langani, aniqligi va ishonchliligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyati samarali tashkil etilganligini raqamli ma’lumotlar asosida avtomatik va masofadan baholashni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimidagi ma’lumotlardan foydalanish orqali davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit faoliyati bo‘yicha reytingini avtomatik aniqlash imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati xodimlarining faoliyat samaradorligi reytingi hamda ichki audit milliy malaka sertifikatlari reyestrini yuritish va nazorat qilish uchun avtomatlashtirilgan texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyati bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlaridan taklif va tavsiyalarni elektron qabul qilish hamda qaytar aloqa imkoniyatlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimida rollarni taqsimlash, biriktirish va bekor qilish vakolatlarini shakllantirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlarining rahbarini (ichki audit xizmati bir nafar shtatdan iborat bo‘lganda, ushbu shtatda faoliyat yurituvchi xodimni) lavozimidan ozod etishni Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishishni raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati faoliyatining raqamlashgan jamlanma ma’lumotlarini umumlashtirish va ularni sun’iy intellekt va biznes intellekt tizimi asosida tahlil qilishning usullarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini tartibga soluvchi ichki idoraviy hujjatlarni umumlashtirish va ularning amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini sun’iy intellekt vositasida o‘rganish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimidagi ma’lumotlar asosida ichki audit faoliyatiga oid hisobotlarni shakllantirish va e’lon qilishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlariga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish orqali raqamli ta’lim muhitini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, foydalanuvchilarga ochiq ma’lumot va axborotlarni taqdim etishning shaffofligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirib borish, axborot tizimini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yaratish va takomillashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatiga oid o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (standartlar, o‘quv dasturi metodikasi) xalqaro standartlarga moslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash va boshqarishga o‘qitish bo‘yicha amaliy-tajriba dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi va boshqa dasturiy majmualardan foydalanish bo‘yicha malakani shakllantirish hamda oshirishga ko‘maklashuvchi dasturiy majmualarning “demo varianti”ni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofadan malaka oshirish imkonini beruvchi maxsus modellarni yaratish va amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlar amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha tadbirlarni o‘z vaqtida va bosqichma-bosqich amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Konsepsiyani amalga oshirish asosida ichki audit faoliyatini raqamlashtirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit jarayonlari, ma’lumotlar va hisobotlarning raqamlashtirilishi orqali faoliyat samaradorligi va tezkorligi ortadi, mehnat va vaqt resurslarining sarfi hamda ma’lumotlarni shakllantirishdagi xatoliklar qisqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyati barcha jarayonlarining elektron qayd etilishi orqali raqamlashgan ma’lumotlar bazasi shakllanadi, tizimdagi shaffoflik va xodimlarning mas’uliyati ortadi hamda ma’lumotlarning to‘liqligi, aniqligi, ishonchliligi va sifati ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tajribalar asosida ichki audit faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha yagona axborot tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ijrosini masofaviy monitoring qilish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligi va tuzilmalar bo‘yicha reytingi avtomatik shakllantiriladi hamda jamoatchilik uchun ochiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlarni shakllantirish va tahlil imkoniyatlari kengayadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
integratsiya va ma’lumotlar almashinuvi imkoniyatlarining yaratilishi orqali masofadan turib monitoring va tahlil o‘tkazish, turli manbalardan ma’lumotlarni jamlash hamda taqqoslash osonlashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit jarayonlarida inson omili ta’sirining kamayishi, raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali korrupsiya ehtimoli pasayadi hamda xatolarning kamayishiga erishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalar, shu jumladan, sun’iy intellekt, biznes intellekt tizimi BI (Business Intelligence), ma’lumotlarni tahlil qilish (Data Analytics) texnologiyalari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati xodimlarining axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari ortadi va doimiy ravishda takomillashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-martdagi 100-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini raqamlashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. “Davlat ichki auditi” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish ishlarini amalga oshirish

1.

“Davlat ichki auditi” axborot tizimini ishlab chiqish konsepsiyasini ishlab chiqish.

1. Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha xorijiy mutaxassis yollash.

2. “Davlat ichki auditi” axborot tizimini yaratishda xalqaro va milliy standartlar hamda loyihaoldi tahlil o‘tkazish.

3. “Davlat ichki auditi” axborot tizimi konsepsiyasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil iyul

“Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi mablag‘lari,

Davlat budjeti mablag‘lari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

“Davlat ichki auditi” axborot tizimi texnik topshirig‘ini ishlab chiqish.

1. “Davlat ichki auditi” axborot tizimi konsepsiyasi asosida axborot tizimining texnik topshirig‘ini ishlab chiqish.

2. Axborot tizimining texnik topshirig‘ini belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

“Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi mablag‘lari,

Davlat budjeti mablag‘lari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3.

“Davlat ichki auditi” axborot tizimining ichki audit modulini ishlab chiqish.

1. Texnik topshiriq asosida ichki audit modulini ishlab chiqish.

2. Ichki audit modulini sinovdan o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2027-yil aprel

“Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi mablag‘lari,

Davlat budjeti mablag‘lari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4.

“Davlat ichki auditi” axborot tizimining ichki audit faoliyatini muvofiqlashtirish hamda baholash modulini ishlab chiqish.

1. Texnik topshiriq asosida ichki audit faoliyatini muvofiqlashtirish hamda baholash modulini ishlab chiqish.

2. Ichki audit faoliyatini muvofiqlashtirish hamda baholash modulini sinovdan o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2027-yil sentabr

“Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi mablag‘lari,

Davlat budjeti mablag‘lari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

“Davlat ichki auditi” axborot tizimini kompleks sinovdan o‘tkazish.

“Davlat ichki auditi” axborot tizimini kompleks sinovdan o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2027-yil dekabr

“Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi mablag‘lari,

Davlat budjeti mablag‘lari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6.

“Davlat ichki auditi” axborot tizimini amaliyotga joriy etish.

Davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, ichki audit xizmati faoliyatini elektron tarzda “Davlat ichki auditi” axborot tizimida amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2028-yil yanvar

Mablag‘ talab etilmaydi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. “Davlat ichki auditi” axborot tizimini integratsiya qilish ishlarini amalga oshirish

7.

Axborot tizimini tegishli davlat organlari va tashkilotlarining dasturiy ta’minotlari bilan “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish.

1. Ichki audit faoliyatida axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni (axborot resurslarini) integratsiya qilish orqali ma’lumotlarni taqdim etish va qabul qilishni tartibga soluvchi texnologik hujjatni ishlab chiqib.

2. Axborot tizimini budjet ijrosini amalga oshirish bilan bog‘liq dasturiy mahsulotlar, jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi dasturiy ta’minotlari va boshqalar bilan integratsiya qilish.

3. Davlat organlari va tashkilotlarining boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilish hamda takomillashtirib borish.

Tashkiliy va texnik tadbirlar

2028-yil iyul

Mablag‘ talab etilmaydi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Axborot tizimini amaliyotga joriy etishni kuzatib borish va takomillashtirish.

Axborot tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etishdagi texnik kamchiliklarni bartaraf etish, doimiy kuzatib borish va takomillashtirish.

Tashkiliy va texnik tadbirlar

Doimiy

Davlat budjeti mablag‘lari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Axborot tizimida samarali ishlashni tashkil etish, xodimlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish

9.

Axborot tizimida samarali ishlashni tashkil etish.

1. Davlat organlari va tashkilotlarida axborot tizimda ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlarni belgilash.

2. Axborot tizimida ishlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari rahbar va mas’ul xodimlarini elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2028-yil yanvar

Mablag‘ talab etilmaydi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish.

1. Axborot tizimida samarali ishlashni tashkil etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul xodimlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirish.

2. Axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha seminar, treninglar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2028-yil yanvar

Davlat budjeti mablag‘lari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-martdagi 100-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-son qarori bilan tasdiqlangan 2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasiga kiritilayotgan qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 46-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ichki nazorat tizimini tashkil etish va raqamlashtirishga axborot texnologiyalarini joriy qilish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi mazmundagi 461-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“461. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish va raqamlashtirishga axborot texnologiyalarini joriy qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazoratga ochiq hujjatlar va ularni yangilab borish natijalarini jamlashni raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini baholash jarayoniga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishni jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni Mas’ul organ tomonidan qabul qilish va tahlil qilishni raqamlashtirish asosida ichki nazorat tizimi holatini masofadan o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflarni baholash jarayonlarini avtomatlashtirish orqali xavflar reyestrini shakllantirish hamda undagi o‘zgarishlarni kuzatib borishni raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflarni kamaytirish bo‘yicha tuzilgan chora-tadbirlarning raqamli shaklini yaratish orqali uning monitoringi samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavflar tasnifi va toifasini raqamlashtirish asosida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tarkibiy bo‘linmalar, funksiyalar va sohalar kesimida xavflar xaritasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
funksiya va jarayonlarning raqamlashtirilgan reyestrini shakllantirish hamda yuritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavflarni boshqarish qo‘mitasi tarkibi va faoliyati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qabul qilish va tahlil etishni raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazoratga oid ma’lumot va hisobotlarning raqamli shakldagi almashinuviga o‘tish, hisobdorlik bo‘yicha mas’uliyat va javobgarlikni oshirish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 48-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ichki nazorat jarayonlari, ma’lumotlar va hisobotlarning raqamlashtirilishi orqali faoliyat samaradorligi ortadi, inson omili ta’siri kamayadi hamda ma’lumotlarning to‘liqligi va sifati ta’minlanadi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2026-y., 09/26/100/0233-son)