O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING ChET ELGA BORIShLARINING TARTIBI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlarini soddalashtirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlarining Vaqtinchalik tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to‘g‘risidagi Nizom hamda diplomatik pasport beriladigan shaxslar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Chet elga borishlari maxsus kelishuvni talab qiluvchi mansabdor shaxslarning ro‘yxati tasdiqlansin (3-ilova).
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalari, mutaxassislari va o‘quvchilarini chet elga xizmat safariga yuborish tartibi to‘g‘risida” 1991-yil 25-oktabrdagi 271-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati o‘zlarining yo‘riqnoma hujjatlarini Prezident Farmonining 16-bandiga hamda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 17-mart,
141-son
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 17-martdagi 141-son qaroriga
1-ILOVA
1991-yil 17-martdagi 141-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlarining
VAQTINChALIK TARTIBI
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsiy, jamoat ishlari bo‘yicha, doimiy yashash uchun, sayyohlar sifatida, o‘qishga, davolanishga va xizmat safariga chet elga erkin borish huquqiga egadirlar.
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining borish hujjatlarini rasmiylashtirish talab qilinmaydigan MDH a’zolari bo‘lgan davlatlardan boshqa xorijiy mamlakatlarga borishlari uchun joriy qilinadi.
2. Chet elga borish uchun fuqarolik pasportlari fuqarolarning anketa-arizalari asosida ularning doimiy yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining organlarida rasmiylashtiriladi.
3. Diplomatik pasportlar “O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
4. Chet el xizmat safarlarini tashkil etish va ulardan samarali foydalanilishi uchun mas’uliyat xizmat safariga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilgan tashkilotlar va organlarning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
II. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlarini rasmiylashtirish tartibi
1. O‘zbekiston Respublikasining chet elga bormoqchi bo‘lgan fuqarolari tegishli shakldagi anketa-arizani to‘ldirgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda, doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlariga murojaat qiladilar.
2. Ichki ishlar organlari fuqaroning anketa-arizasini 15 kun muddatda ko‘rib chiqadilar va unga chet elga borishi uchun pasport beradilar. Chet elga doimiy yashashga ketayotgan fuqarolar uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati zarur hollarda 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Chet elga borayotgan fuqarolar xorijiy davlat vizasini olish uchun tegishli davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalariga murojaat qiladilar.
3. Anketa-ariza 18 yoshga to‘lgan fuqarolar tomonidan taqdim etiladi. 18 yoshga to‘lmagan bolalar borayotgan hollarda ularning qonuniy vakillarining iltimosnomalari taqdim etiladi.
14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar doimiy yashashga ketayotgan hollarda ketayotganlarning roziligini tasdiqlovchi notarius tomonidan tasdiqlangan hujjatlar ham taqdim etilishi kerak.
Doimiy yashash uchun ketilayotganda ota-ona, er-xotinlarning roziligini tasdiqlovchi notarius tomonidan tasdiqlangan hujjatlar — ular vafot etgan bo‘lsalar — vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining nusxasi taqdim etilishi kerak.
III. Chet elga xizmat safarlariga borishni rasmiylashtirish tartibi
1. Xizmat safarlariga borishni rasmiylashtirish yuboruvchi tashkilotning murojaati hamda boruvchi shaxslarning anketa-arizalari asosida amalga oshiriladi. Fuqarolik pasportlari ichki ishlar organlari tomonidan rasmiylashtiriladi, boriladigan mamlakatga xizmat vizalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali ta’minlanadi.
Fuqarolik pasportini va xizmat vizasini rasmiylashtirishning umumiy muddati 20 kundan oshmasligi kerak.
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari apparatining mas’ul xodimlarini xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi qaror tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va muassasalar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
3. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘quv yurtlari rahbarlari va xodimlarini xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish bu tuzilmalarning o‘zlarining qarori asosida amalga oshiriladi.
4. Qo‘shma korxonalar, kichik korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, aksionerlik korxonalari va jamiyatlari, firmalar va xususiy kompaniyalar, mulkchilikning barcha shakllaridagi qishloq xo‘jaligi birlashmalari rahbarlari va xodimlari chet elga o‘zlarining mustaqil qarorlari asosida boradilar.
5. Davlat kontrakti asosida xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi qaror yuboruvchi tashkilot tomonidan qabul qilinadi.
Xususiy kontraktlar bo‘yicha ishlash uchun chet elga borish Mehnat vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi.
6. O‘quvchilar, aspirantlar, olimlar va mutaxassislar xorijiy mamlakatlarga o‘qishga, stajirovkaga yuborilayotganda qarorni ularni yuboruvchi muassasa qabul qiladi.
7. Hukumatlararo bitimlar bo‘yicha xorijiy mamlakatlarga yuborish to‘g‘risidagi qaror tegishli vazirliklar va idoralarning taqdimnomasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
8. Jamoat tashkilotlari tomonidan xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi qaror bu tashkilotlarning rahbar organi tomonidan qabul qilinadi.
9. Xizmat safarlariga borayotgan shaxslar davlat siri hisoblangan ma’lumotlardan voqif bo‘lsalar yuboruvchi tashkilotlar ularning anketa-arizasi bilan birgalikda voqiflik darajasi to‘g‘risidagi xulosani taqdim etadilar.
IV. Chet elga borish huquqidagi cheklashlar
1. Quyidagi sabablar chet elga borish huquqini vaqtincha cheklash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin:
a) agar shaxs davlat siri hisoblangan ma’lumotlardan voqif bo‘lsa yoki uning chet elga borishiga monelik qiluvchi boshqa shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda bo‘lsa — bu holatlarning amal qilishi tugagunga qadar;
b) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish sudda ko‘rib chiqilgunga qadar;
v) agar shaxs sudning hukmi bilan xavfli retsidivist deb tan olingan yoki militsiyaning ma’muriy nazorati ostida bo‘lsa sudlanganlik bekor qilinmagun (olib tashlanmagun)ga qadar yoki nazorat qilish to‘xtatilgungacha;
g) agar shaxs unga sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan bo‘lsa — majburiyatlarni ijro etmagunga qadar;
d) agar shaxs o‘zi to‘g‘risida shak-shubhasiz yolg‘on ma’lumotlarni bergan bo‘lsa;
e) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik da’vosi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish ko‘rib chiqilgunga qadar;
j) agar shaxs chaqiriq uchastkasida ro‘yxatga olingan va haqiqiy xizmatga chaqirilishi kerak bo‘lsa — haqiqiy muddatli xizmatni o‘tagunga qadar yoki qonunga muvofiq undan ozod qilingunga qadar;
2. Ushbu bo‘limning 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hollar doimiy yashash uchun chet elga jo‘nab ketishga ruxsat berishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin.
V. Chet elga borishga ruxsat berilmaganligi ustidan shikoyat qilish tartibi
Ushbu Tartibning IV bo‘limida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha chet elga borishga ruxsat berishning rad etilishi, javob berishning belgilangan muddatdan ortiqcha kechiktirilishi fuqaro tomonidan yuqori organga shikoyat qilinishi mumkin, bu organ bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda javob berishi kerak, fuqaro uning qaroridan norozi bo‘lganda sudga shikoyat qilishi mumkin. Mazkur Tartibning IV bo‘lim 1-bandining “b” va “j” bandlarida ko‘rsatilgan sabablar bo‘yicha chet elga borish huquqini cheklash ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 17-martdagi 141-son qaroriga
2-ILOVA
1991-yil 17-martdagi 141-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to‘g‘risida
NIZOM
1. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti — bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga borganda, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaganda uning shaxsini va maqomini tasdiqlovchi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan hujjatdir.
2. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti O‘zbekiston Respublikasidan dunyoning barcha mamlakatlariga borish uchun haqiqiydir.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xorijiy davlatlarning barcha vakolatli organlaridan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasportini ko‘rsatuvchilarni erkin va to‘siqsiz o‘tkazib yuborishlarini va zarurat bo‘lganda ularga har qanaqa ko‘mak berishlarini va himoya qilishlarini iltimos qiladi.
4. Diplomatik pasport besh yil muddatga beriladi.
5. Diplomatik pasport mazkur Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarga beriladi.
6. Diplomatik pasport er-xotinlarga, diplomatik pasporti bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda boruvchi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ham beriladi. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalaridan birining pasportiga yozib qo‘yiladilar. Ayrim hollarda bolalarga ular balog‘at yoshiga yetgunlariga qadar ham diplomatik pasport berilishi mumkin.
7. Diplomatik pasportlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi tomonidan beriladi. Diplomatik pasportlardagi barcha yozuvlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Pasport egasi haqidagi ma’lumotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida kiritiladi.
8. Diplomatik pasport chet elda yo‘qotib qo‘yilgan hollarda pasport egasi tezlik bilan bu haqda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga, agar pasport respublika hududida yo‘qotib qo‘yilgan bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berishi shart.
Yo‘qotib qo‘yilgan pasport o‘rniga yangi pasport belgilangan ichki tartibga muvofiq beriladi.
9. Diplomatik pasportlar bepul beriladi.
10. Diplomatik pasport O‘zbekiston Respublikasining mulki hisoblanadi.
11. Diplomatik pasportlarning blanklari qat’iy hisobda turadigan hujjatdir. Ular O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining buyurtmalariga ko‘ra tayyorlanadi.
Diplomatik pasportlarni hisobga olish, saqlash, yo‘q qilish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Fuqarolar chet el safaridan qaytib kelganlarida diplomatik pasportlar bir hafta muddatda ularni saqlash va foydalanish mas’uliyati yuklatilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga topshirilishi kerak.
13. Nizom qoidalarini buzish O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasportidan foydalanish huquqidan mahrum qiladi. Diplomatik pasportdan foydalanish huquqidan mahrum qilish haqidagi masala konsullik xizmatining taqdimnomasiga ko‘ra Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyatga yangi diplomatik pasportlarning namunalari taqdim etilishini ta’minlaydi.
15. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasportlari muomalaga joriy qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tegishlilik haqida belgisi bo‘lgan sobiq SSR Ittifoqining diplomatik pasportlari haqiqiy emas deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining
diplomatik pasporti to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
diplomatik pasporti to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Diplomatik pasport beriladigan mansabdor shaxslarning
RO‘YXATLARI
1-ro‘yxat
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kotibiyatining mudiri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchilari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xavfsizlik xizmatining boshlig‘i
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi
2-ro‘yxat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining raisi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisining o‘rinbosarlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi parlamentlararo aloqalar bo‘limining mudiri
3-ro‘yxat
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari
O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalarining raislari va ularning birinchi o‘rinbosarlari
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Boshqaruvining raisi
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat komissiyasining raisi
4-ro‘yxat
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining raisi va uning birinchi o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning birinchi o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudining raisi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi va uning birinchi o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudining raisi va uning birinchi o‘rinbosari
5-ro‘yxat
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining raisi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi raisining o‘rinbosarlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosarlari
6-ro‘yxat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik xodimlari
Xalqaro tashkilotlardagi diplomatik lavozimga tenglashtiriladigan lavozimlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonalarining xodimlari
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik kuryerlari
Milliy xavfsizlik xizmati Raisining o‘rinbosarlari
Mudofaa vazirining o‘rinbosarlari
Ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari
Harbiy attashe, harbiy-havo kuchlari attashesi va ularning yordamchilari
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shin turlari qo‘mondonlari
O‘zbekiston Respublikasining savdo vakillari, O‘zbekiston Respublikasi savdo vakolatxonasining maslahatchilari va attashelari
Davlat va Hukumat rasmiy delegatsiyalarining a’zolari
Izoh: Iste’foga chiqqan (ishdan bo‘shagan) taqdirda quyidagi shaxslar diplomatik pasportdan foydalanish huquqini saqlab qoladilar:
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi martabasiga ega bo‘lgan diplomatik xodimlar
Chet elga borishlari maxsus kelishuvni talab qiluvchi mansabdor shaxslarning
RO‘YXATI
|
T/r |
Chet elga boruvchi mansabdor shaxslar |
Safarga yo‘llash to‘g‘risidagi qarorni qabul qiluvchi mansabdor shaxs yoki instansiya | |
| 1. | Bosh vazir, Prezidentning Davlat maslahatchilari va Prezident apparati Ishlar Boshqaruvchisi va bosh konsultantlari | | O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti |
| | Bosh vazirning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahri hokimi | | |
| 2. | Vazirlar, davlat qo‘mitalari, idoralari va davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari | | O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasining Bosh viziri |
| 3. | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi, ularning o‘rinbosarlari, parlament delegatsiyalari tarkibidagi O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining xalq deputatlari | | O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy Kengashi (tegishli ravishda) |
| 4. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining mas’ul xodimlari | | O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishgan holda Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqaruvchisi |
| 5. | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi apparatining mas’ul xodimlari | | Oliy Kengash Raisi bilan kelishgan holda Oliy Kengash tegishli qo‘mitasining raisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasida tegishli ravishda) |
| 6. | Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi apparatining mas’ul xodimlari | | Bosh vazir bilan kelishgan holda Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi |
| 7. | Vazirlarning o‘rinbosarlari, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari rahbarlarining o‘rinbosarlari, viloyatlar hokimlarining o‘rinbosarlari va Toshkent shahri hokimining o‘rinbosarlari | | Tegishli vazirliklar, idoralar, muassasalar, hokimliklarning rahbarlari |
| 8. | Shaharlar va tumanlarning hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, viloyat, shahar va tuman Kengashlarining deputatlari, bu tuzilmalar apparatlarining xodimlari (shu jumladan, viloyatlar hokimliklari) | | Tegishli viloyat hokimliklari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
| 9. | Toshkent shahar tumanlarining hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputatlari, bu organlar apparatining xodimlari | | Toshkent shahar hokimligi |
| | | | |