03.03.2026 yildagi 91-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichida belgilangan vazifalarni samarali hamda o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha milliy komissiya (keyingi o‘rinlarda — Milliy komissiya) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishi holatini monitoring qilish, chora-tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha vazirlik va idoralarga taklif va tavsiyalarni kiritish, ularning axborotlarini muhokama qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarning yubiley sanalarini nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq ko‘rsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan axborotning Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining rasmiy veb-saytida doimiy ravishda joylashtirib borilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, xorijiy tillarga tarjima qilish va e’lon qilib borishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yo‘l xaritasi”da belgilangan mas’ul vazirlik va idoralar o‘zlariga yuklangan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorak yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Milliy komissiyaga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiya davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining mutaxassislarini, yoshlar tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ekspertlarini jalb qilish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Milliy komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.X. Saidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 3-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi 91-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Bolalar va yoshlar o‘rtasida inson huquqlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish

1.

Har yili dekabr oyida “Inson huquqlari” haftaligini tashkil etish.

1. Barcha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida festivalni (ochiq eshiklar kuni) doimiy tarzda o‘tkazish.

2. Tadbir doirasida huquqiy savol-javoblar, mahorat darslari, kvestlar, teatr-sahnalashtirish kabi interaktiv shakllardan foydalanish.

3. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda (onlayn ko‘rsatuvlar, vebinarlar, ijtimoiy tarmoq chellenjlari) chora-tadbirlarning qamrovini kengaytirish.

4. “Inson huquqlari viktorinasi”, “Esse yozish” yoki “Rol o‘yin (modellashtirilgan sud jarayoni)” kabi mavzuli tanlovlar o‘tkazish.

5. Bolalar va yoshlar uchun maxsus mobil ilova yoki veb-portal orqali festivalga oid axborot tarqatish.

2026-yil dekabrdan boshlab har yili

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Inson huquqlari bo‘yicha vakil

(Ombudsman),

Bola huquqlari bo‘yicha vakil,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

fuqarolik jamiyati institutlari,

ta’lim tashkilotlari

2.

“Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” milliy innovatsion tashabbuslar tanlovini o‘tkazish.

1. “Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” milliy innovatsion tashabbuslar tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom va dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tanlovni har yili muntazam ravishda o‘tkazib borish, nominatsiyalar bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash.

2026-yil iyundan boshlab doimiy

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Yoshlar ittifoqi

3.

Inson huquqlari sohasida ta’lim bilan bog‘liq muammoli yo‘nalishlarga qaratilgan maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini e’lon qilish.

1. Tadqiqot o‘tkazish uchun ilmiy-tadqiqot loyiha mavzularini shakllantirish va Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etish.

2026-yil mart

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, ta’lim tashkilotlari

2. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy loyihalar tanlovini tashkil etish.

2026-yil may

3. Tanlovga kelib tushgan loyiha talabnomalarining ekspertiza natijalariga ko‘ra saralab olinishini tashkil etish va moliyalashtirish.

Tanlov natijalariga ko‘ra

4.

Inson huquqlarining dolzarb masalalari bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarida malaka oshirishni tashkil etish.

1. Maqsadli ko‘rsatkichlarni tuzishda inson huquqlari masalalari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish va takliflar ishlab chiqish.

2. Inson huquqlari sohasining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha xorijda malaka oshirish bosqichida ta’lim olish hamda malaka oshirishga qaratilgan ochiq stipendiya tanlovlarini e’lon qilish.

2026-yil maydan boshlab doimiy

“El-yurt umidi” jamg‘armasi,

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

buyurtmachi vazirlik va idoralar

5.

“Inson huquqlari: xalqaro standartlar va milliy qonunchilik” mavzusida huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha profilaktika inspektorlari uchun seminar-treninglar tashkil qilish.

1. Seminar-treningni o‘tkazishga mo‘ljallangan dastur va o‘quv modulini ishlab chiqish.

2. Seminar-trening jarayonida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va milliy ekspertlarning ishtirokini ta’minlash.

3. Seminar-treningni onlayn va oflayn formatda o‘tkazish.

2026-yil maydan boshlab doimiy

Ichki ishlar vazirligi,

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

6.

Huquqni muhofaza qilish organlari va Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan kursantlar va talabalar, malaka oshirish tinglovchilari uchun “Inson huquqlari” o‘quv dasturini ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish.

1. Huquqni muhofaza qilish organlari va Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etish.

2026-yil may

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi,

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi,

Jamoat xavfsizligi universiteti,

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari kursantlari va talabalari, tinglovchilari uchun “Inson huquqlari” o‘quv dasturini ishlab chiqish.

2026-yil may-iyun

3. “Inson huquqlari” o‘quv dasturini ta’lim jarayoniga tatbiq etish.

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab

4. “Inson huquqlari” o‘quv dasturi asosida yangi darslik (o‘quv qo‘llanma) ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

5. Yangi darslikni (o‘quv qo‘llanmani) chop etish hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etish.

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab

7.

“Ombudsman soati” tadbirlarini o‘tkazish.

1. Umumiy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarida “Ombudsman soati” tadbirlarini o‘tkazish.

2. Tadbir doirasida huquqiy savol-javoblar, mahorat darslari kabi interaktiv shakllardan foydalanish.

2026-yil martdan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman),

Bola huquqlari bo‘yicha vakil

8.

Maktablarda “Kelajak soati” darslari mavzulariga inson huquqlariga oid mavzularni kiritish.

1. Bolalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida interfaol darslarni tashkil etish.

2. Maktab o‘quvchilari orasida “Mening huquqlarim” mavzusida insholar, rasmlar, videoroliklar tanlovini tashkil etish.

2026 — 2029-yillar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” o‘quv va maxsus kurslari o‘qitilishini muntazam monitoring qilish.

1. Monitoringni sifatli o‘tkazish yuzasidan ishchi guruh shakllantirish.

2. Reja-jadval bo‘yicha tegishli kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida monitoring o‘tkazish.

3. Monitoring natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish.

2026 — 2029-yillar

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

II. Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha huquqiy savodxonlikni oshirish

10.

Pedagog kadrlar, shuningdek, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xodimlari uchun “Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha huquqiy bilimlar hamda xalqaro-huquqiy majburiyatlarning bajarilishi” mavzusida tematik malaka oshirish kurslarini (seminar-treninglar) tashkil qilish.

1. Malaka oshirish kursining dasturi va o‘quv modulini xalqaro atrof-muhit huquqi, ekologiya huquqi bo‘yicha xalqaro standartlar va mexanizmlar, Barqaror rivojlanish maqsadlari, toza atrof-muhitga bo‘lgan inson huquqlari kabi ekologik huquqlarga oid mavzular asosida ishlab chiqish.

2026-yil may

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi,

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

2. Kurslarni tashkil qilishda xalqaro atrof-muhit huquqi sohasida milliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilish.

3. Kurslarni gibrid formatda (oflayn va onlayn) amalga oshirish, masofaviy ta’lim platformalari orqali keng qamrovni ta’minlash.

2026 — 2029-yillar

11.

Aholi o‘rtasida ekologik huquqlar bo‘yicha axborot-targ‘ibot kampaniyalarini o‘tkazish.

1. Ekologik ta’limga bag‘ishlangan ommaviy axborot vositalarida (televideniye, ijtimoiy tarmoqlar) roliklar va ma’lumotlar tarqatish.

2. “Toza muhit — inson huquqi” mavzusida seminarlar va treninglar o‘tkazish.

2026 — 2029-yillar

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

fuqarolik jamiyati institutlari

12.

NNTlarni jalb etgan holda, Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnoma qoidalari yuzasidan “muqobil” hisobotlarni tayyorlash va Orxus konvensiyasining asosiy tamoyillari bo‘yicha tushuntirish ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish.

1. NNT vakillari uchun o‘quv-seminar konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish, ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish.

2026-yil iyun

O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi,

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

fuqarolik jamiyati institutlari

(kelishuv asosida)

2. Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar ijrosi yuzasidan “muqobil” hisobotlarni tayyorlash va aholining atrof-muhitga doir qarorlarni qabul qilishda ishtirokini kengaytirishga qaratilgan Orxus konvensiyasinish asosiy tamoyillari bo‘yicha NNT vakillari uchun o‘quv-seminar tashkil etish va o‘tkazish.

2026-yil avgust

III. Raqamli texnologiyalar doirasida inson huquqlari himoyasini kuchaytirish

13.

“Mening raqamli huquqlarim” mavzusida interaktiv treninglar, viktorinalar va bahs-munozaralar tashkil etish.

1. Barcha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida “Digital Rights Week” tadbirlarini o‘tkazish.

2. Ijtimoiy tarmoqlarda #MyDigitalRights xeshteg kampaniyasini boshlash.

3. Keys-stadi asosida “mening huquqim buzilganda” simulyatsiyali mashg‘ulotlar O‘tkazish.

2026-yil sentabrdan boshlab

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

14.

“Sun’iy intellekt va inson huquqlari: imkoniyatlar va tahdidlar” mavzusida tadqiqot va tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Sun’iy intellektning turli sohalarga (ta’lim, sog‘likni saqlash, bandlik, adliya) ta’sirini inson huquqlari nuqtai nazaridan o‘rganish.

2. Milliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbati, konferensiya o‘tkazish.

3. Sun’iy intellektni tartibga solish va etik tamoyillar bo‘yicha milliy tavsiyalar loyihasini tayyorlash.

2027-yil davomida

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti,

ilmiy-tadqiqot institutlari va ta’lim tashkilotlari

15.

Bolalar va yoshlar uchun raqamli muhitda inson huquqlari ta’minlangan holda keng imkoniyatlar yaratish.

1. Barcha yosh toifalari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlanganlar va chekka hududdagi fuqarolar uchun raqamli muhitda teng va erkin foydalanish, xususan, kiberbullingdan himoya, zararli kontentdan asrash, shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi, onlayn firibgarlik va ekspluatatsiyadan ogohlik, xavfsiz ijtimoiy muloqot, raqamli gigiyena, ijodiy salohiyatni namoyon etish, raqamli tadbirkorlik, ishonchli axborotdan foydalanish, mediasavodxonlik kabi imkoniyatlarni yaratish.

2. Davlat va xususiy sektor hamkorligida raqamli infratuzilmani yaxshilash, zamonaviy uskunalar va qulay platformalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish.

3. Fuqarolarning qonuniy va ishonchli axborot manbalariga teng va erkin kirishini ta’minlash maqsadida interaktiv treninglar, onlayn kitobxonliklar, davlat hamda nodavlat axborot platformalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

2026-2027-yillar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti,

fuqarolik jamiyati institutlari

16.

Bolalar va yoshlarni raqamli muhitda himoya qilish, raqamli muhitdagi huquqlari, xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlari himoyasini ta’minlash maqsadida raqamli innovatsiyalar orqali huquqiy ong va inklyuziyani rivojlantirish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlar muhofazasi va raqamli etika mavzularida o‘quv soatlarini tashkil etish.

2. Kiberbulling, kiberhujumlar, manipulyatsiya, nafrat tili va onlayn zo‘ravonlikka qarshi ko‘nikmalarni shakllantirish.

3. Elektron darsliklar, videodarslar, keyslar bilan boyitilgan masofaviy kurs platformalarini ishlab chiqish.

4. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan texnologiyalar (audio, Brayl, ovozli interfeys) orqali huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

5. O‘quvchilarda axborot olish huquqi va undan mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida interaktiv darslar, onlayn resurslar, davlat hamda nodavlat axborot manbalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish.

2026-yil sentabrdan boshlab

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

“Raqamli dunyoda inson huquqlari: imkoniyatlar va tahdidlar” mavzusida davra suhbatlari tashkil etish.

1. Suhbatlarga ommaviy axborot vositalari, blogerlar, huquqshunoslar, kiberxavfsizlik mutaxassislarini jalb etish.

2. Maxsus videoko‘rsatuv shaklida suhbatlarni keng auditoriyaga yetkazish.

3. Yoshlar uchun “onlayn huquqlar” bo‘yicha muammolarni tahlil qilish va jamoatchilik fikrini o‘rganish asosida amaliy takliflar ishlab chiqish.

4. “Raqamli huquqlar konsepsiyasi”ni ishlab chiqish va tegishli davlat organlariga taqdim etish.

2026 — 2029-yillar

Yoshlar ishlari agentligi,

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti,

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Davlat organlari xodimlarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish

18.

Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida inson huquqlari va gender tenglik masalalari bo‘yicha o‘quv soatlarini joriy etish.

1. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv reja-dasturlariga inson huquqlari va gender tenglik masalalari bo‘yicha mavzularni kiritish.

2026-yil may

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi

(kelishuv asosida),

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Boshqaruv kadrlari uchun oflayn va onlayn formatda tashkil etiladigan o‘quvlarga inson huquqlari va gender tengligi mavzularini joriy etish.

2026 — 2029-yillar

19.

O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini amalga oshirish jarayonida ishtirok etayotgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar doirasidagi malakasini tizimli ravishda oshirishni ta’minlash.

1. Davlat organlari va tashkilotlari uchun inson huquqlariga rioya etish hamda ularni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirishga oid o‘quv kurslari bo‘yicha o‘quv rejasini tasdiqlash.

2. Uquv kursini milliy ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida samarali tarzda tashkil etish.

2026-yil maydan boshlab doimiy

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

ta’lim tashkilotlari

20.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari xodimlari uchun seminar-treninglar o‘tkazish.

1. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari bo‘yicha seminar-treninglar dasturi, modulini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Seminar-treninglarni tashkil etish.

3. Maxsus maktab internatlarda “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya qoidalari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish.

2026-yil apreldan boshlab doimiy

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi

21.

Davlat organlari va tashkilotlari matbuot xizmatlari xodimlari uchun “Inson huquqlari va ochiqlik siyosati tamoyillari” mavzusida o‘quv-seminarlarni tashkil qilish.

1. Uquv-seminarlar dasturi va rejalarini ishlab chiqish.

2. O‘quv-seminarlarni onlayn va oflayn formatda tashkil etish.

3. Matbuot xizmatlari xodimlari uchun inson huquqlariga oid xalqaro standartlar bo‘yicha o‘quv materiallari va metodik qo‘llanmalar tayyorlash.

2026-yil sentabrdan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Nazorat qiluvchi organlar uchun tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida tekshiruv o‘tkazish tartibi bo‘yicha muntazam ravishda treninglar va seminarlar tashkil etish.

1. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha seminar-treninglar dasturi, modulini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Barcha nazorat qiluvchi organlar xodimlarining ishtirokida oflayn va onlayn trening va seminarlar o‘tkazish.

2026 — 2029-yillar

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

(kelishuv asosida),

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

23.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 15 yilligi: ilg‘or tajriba, chaqiriqlar va kelgusidagi chora-tadbirlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish.

1. Xalqaro konferensiya konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

oliy ta’lim tashkilotlari

2. Konferensiyani tashkiliy jihatdan yuqori darajada o‘tkazish.

2026-yil dekabr

24.

Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichi ijrosi bo‘yicha dastlabki va yakuniy axborotlarni tayyorlash va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasiga kiritish.

1. Dastlabki axborotlar loyihasini tayyorlash, ilmiy jamoatchilik bilan muhokama qilish.

2027-yil sentabr

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Tashki ishlar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasiga dastlabki axborotni taqdim qilish.

2027-yil noyabr

3. Yakuniy axborot loyihasini tayyorlash, milliy muhokamasini o‘tkazish.

2029-yil sentabr

4. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasiga yakuniy axborotni taqdim qilish.

2029-yil noyabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-martdagi 91-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha milliy komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.X. Saidov

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Komissiya raisi

2.

F.F. Eshmatova

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)

3.

S.M. Raxmonova

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili

4.

A.A. Buriyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

5.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

6.

M.Sh. Istamov

adliya vazirining birinchi o‘rinbosari

7.

Sh.A. Karimov

maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

S.B. Radjabov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari

9.

U.X. Abdullayeva

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

10.

Lavozimiga ko‘ra

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

11.

G.S. Ismailova

“El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

12.

B.K. Xodjayev

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

13.

A.A. Umarov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti birinchi prorektori

14.

R.A. Xatamov

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i

15.

M.M. Mamasiddiqov

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i

16.

E.V. Kolenko

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

17.

M.H. Rustambayev

Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i

18.

M.T. Turg‘unov

Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori

19.

Sh.Yo. Abduqodirov

Odil sudlov akademiyasi rektori

20.

K.N. Ishanxodjayev

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi (kelishuv asosida)

21.

Lavozimiga ko‘ra

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bo‘lim boshlig‘i, komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2026-y., 09/26/91/0193-son)