ILOVA
T/r | Taklif etilayotgan chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Muddat | Mas’ullar |
Erta turmush qurish holatlarining oldini olish | ||||
1. | Oila institutini mustahkamlash va maishiy zo‘ravonlikning oldini olish masalalari bo‘yicha kreativ industriya mutaxassislari, bloger va inflyuyenserlarni jalb qilgan holda mediamahsulotlar tayyorlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash | 2026-yil mart | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi (Q. Ahmedov), O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Oila va xotin-qizlar maskanlarida barcha nikohlanuvchilarni maxsus bepul o‘qitish bilan bosqichma-bosqich qamrab olish. | Asoslantirilgan takliflar kiritish | 2026-yil mart | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | Voyaga yetmagan shaxslar bilan nikoh tuzishga da’vat etganlik (qiziqtirganlik) va uni targ‘ib qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash. | Qonun loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil aprel | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bolalar ombudsmani (S. Raxmonova), Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) |
4. | Oila kodeksida nikoh yoshini kamaytirishning aniq (tugal) asoslarini belgilash. | Qonun loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil may | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bolalar ombudsmani (S. Raxmonova), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova) |
5. | Nikoh shartnomasini tuzgan nikohlanuvchilarni nikohni qayd etish uchun belgilangan davlat bojidan ozod etish. | Qonun loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil may | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
6. | Davlat tomonidan yosh oilalar uchun qo‘shimcha imtiyoz va boshqa shakldagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etish tartibini takomillashtirish. Bunda: (a) davlat tomonidan har ikkala taraf kamida 21 yoshga to‘lganda birinchi marotaba nikoh tuzgan yosh oilalar uchun qo‘shimcha imtiyoz va boshqa shakldagi qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish; (b) Ijtimoiy reyestrga kirgan har ikkala taraf kamida 21 yoshga to‘lganda birinchi marotaba nikoh tuzgan yosh oilalar a’zolariga ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va daromadlarini oshirish yoki murakkab vaziyatdan chiqarish uchun taqdim etiladigan moliyaviy ko‘maklarni (subsidiya, ssuda, grantlar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordan 1,5 baravarga oshirilgan holda berish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil may | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fazilkarimov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova) |
7. | Homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi talabalarga oliy ta’lim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratish maqsadida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab quyidagilarni belgilovchi tartib o‘rnatish: (a) kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan shaxslarga, istisno tariqasida, fanlar farqini qayta o‘zlashtirish sharti bilan ta’limni davom ettirish imkoniyati yaratish; (b) talabalarga fanlar farqini mustaqil o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha muddat berish va zarur sharoitlar yaratish; (v) oliy ta’lim muassasalarida talabalar tomonidan fanlarni mustaqil o‘zlashtirish, shu jumladan, elektron ma’ruzalar, darsliklar va mashg‘ulotlar bilan tanishish, o‘qituvchilardan onlayn maslahatlar olish kabi imkoniyatlarga ega bo‘lgan onlayn portalni joriy qilish; (g) bunday imkoniyatni har bir homiladorlik yoki 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha bir marotaba taqdim etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil iyun | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fazilkarimov), oliy ta’lim muassasalari |
8. | Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun undirilgan jarima summasining 15 foizini bunday holat haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirishga yo‘naltirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil avgust | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
9. | Xalqaro standartlar asosida erta yoshdagi homiladorlik holatlarining oldini olish va erta yoshdagi homilador xotin-qizlarni tibbiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil avgust | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova) |
10. | Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzishga qarshi samarali va ta’sirchan kurashish maqsadida voyaga yetmagan bilan nikohga kirishgan shaxs bilan birga voyaga yetmaganni erga bergan yoki uylantirgan ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar hamda diniy marosimni amalga oshirgan shaxslarga nisbatan ham ma’muriy jazo muqarrarligini ta’minlab borish (MJtK 473-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari). | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) |
Vakolatli organ va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirilgan holda tashkil etish hamda idoralararo hamkorlikni ta’minlash | ||||
11. | Sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar sodir etgan shaxslarga oid maxsus reyestr yuritish tartibini takomillashtirish, jumladan: (a) reyestrga kiritilgan shaxslarning doimiy ravishda zo‘ravonlikka moyilligini o‘rganish; (b) ularni xulq-atvorni o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish (korreksiya) dasturidan o‘tkazish; (v) ularga oid ma’lumotlarni yashash joyidagi profilaktika inspektori va tibbiyot muassasasiga yetkazish hamda ularning nazoratini amalga oshirish; (g) voyaga yetmagan shaxslar bilan ishlaydigan davlat organlari va tashkilotlarga shaxsning reyestrga kiritilgan-kiritilmaganligi haqida ma’lumot olish uchun imkoniyat yaratish; (d) reyestrga kiritilgan shaxslarning voyaga yetmagan shaxslar bilan ishlaydigan sohalarda mehnat faoliyatiga cheklov belgilash; (j) “Crime map”ni yuritish amaliyotini tashkil etish, ushbu shaxslarni doimiy monitoring qilish. | Asoslantirilgan takliflar kiritish | 2026-yil may | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova), Sport vazirligi (A. Ikramov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Bolalar ombudsmani (S. Raxmonova) |
12. | Erta nikoh yoki 16 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik bilan bog‘liq holatlar va boshqa qonunbuzilishlar to‘g‘risida xabar berish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash. | Qonun loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil avgust | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), manfaatdor vazirlik va idoralar |
13. | Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar to‘g‘risida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bolalar ombudsmani hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali tezkor xabardor qilish tizimini yo‘lga qo‘yish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Bolalar ombudsmani (S. Raxmonova), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Oliy sud (B. Islamov), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) |
14. | Bolalarga nisbatan jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishga oid sud amaliyotini tahlil qilish natijalarini inobatga olgan holda MJTKning 411 va 592-moddalari dispozitsiyasiga aniqlik kiritish. | Asoslantirilgan takliflar kiritish | 2026-yil oktabr | Oliy sud (B. Islamov) |
15. | 1. Ichki ishlar vazirligining Jinoyat va hodisalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha elektron tizimida “O‘smir-signal” modulini ishlab chiqish. 2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va FHDY organlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, diniy idora va boshqa manfaatdor idoralar axborot tizimlari, shuningdek, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini jinoyat va hodisalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha elektron tizimga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish. | Elektron modulni ishlab chiqish | 2026-yil dekabr | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
16. | Erta nikoh va 16 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik holatlari yuzasidan idoralararo qo‘shma umumlashtirish, ularning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilish amaliyotini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har yarim yillik yakuni bo‘yicha | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Bolalar ombudsmani (S. Raxmonova), manfaatdor vazirlik va idoralar |
Tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish | ||||
17. | Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etganlik uchun sudlangan shaxslarni manzil-koloniyalarga o‘tkazilmaydigan mahkumlar toifasiga kiritish hamda ularni psixologik tuzatish dasturidan o‘tmasdan? saqlash sharoitlarini yengillashtirishga chek qo‘yish. | Qonun loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil mart | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Oliy sud (B. Islamov) |
18. | Jinoyat kodeksining 118, 119, 121, 128, 1281 va 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatini prokuraturaga o‘tkazish. | Qonun loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil mart | Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) |
19. | Quyidagilar uchun javobgarlikni belgilash masalasini o‘rganish: (a) femitsid — xotin-qizlarni aynan jinsi sababli qasddan o‘ldirish; (b) familitsid — oila a’zolarini qasddan o‘ldirish; (v) stalking — shaxsni uning erkiga qarshi ravishda noqonuniy ta’qib qilish; (g) kiberzo‘ravonlik — Internet yoki ijtimoiy tarmoqlarda sodir etiladigan zo‘ravonlik; (d) voyaga yetmagan shaxslardan jinsiy foydalanish; (j) onlayn gruming — jinsiy maqsadda foydalanish uchun Internet orqali voyaga yetmagan shaxsning ishonchini qozonish. | Asoslantirilgan takliflar kiritish | 2026-yil may | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (F. Eshmatova), Bolalar ombudsmani (S. Raxmonova), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov) |
20. | Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar hamda ular bilan jinsiy aloqa qilish va uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun muqaddam sudlangan shaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etganda ularga tegishincha umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash: (a) o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish; (b) o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish. | Qonun loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil may | Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Oliy sud (B. Islamov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Bolalar ombudsmani (S. Raxmonova) |
21. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish: (a) o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni bir guruh shaxslar tomonidan sodir etganlik uchun jinoiy jazoni og‘irlashtirish; (b) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda shahvoniy shilqimlik hamda nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzishga oid huquqbuzarlik uchun jazoni oshirish. Bunda voyaga yetmagan shaxs bilan nikoh munosabatlariga bevosita kirishgan shaxs hamda nikoh tuzish tartibini buzgan boshqa shaxslar (ota-onalar, diniy marosimni amalga oshirgan shaxslar) uchun ma’muriy jazolarni qilmishning xavfliligidan kelib chiqqan holda mutanosib ravishda belgilash; (v) jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan hollarda huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikka tortish tartibini takomillashtirish. | Qonun loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil may | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Oliy sud (B. Islamov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
22. | “Nizoli oila” va “notinch oila” tushunchalariga huquqiy ta’rif berish hamda ular bilan ishlash tartibini belgilash. | Asoslantirilgan takliflar kiritish | 2026-yil may | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
23. | Zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, shu jumladan, bu jarayonda oila va xotin-qizlar maskanlari imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish. | Asoslantirilgan takliflar kiritish | 2026-yil may | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
24. | Zo‘ravonlik holatlarini sodir etgan oilaning ruhiy nosog‘lom a’zosi tibbiyot muassasasidan uyga chiqarilganda, vasiylik va homiylik organini xabardor qilish. | Asoslantirilgan takliflar kiritish | 2026-yil iyun | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova) |
25. | Sud jarayonida sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar hamda jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda, jazo muqarrarligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish. | Qonun loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil avgust | Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Oliy sud (B. Islamov), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) |
26. | Tergovchi va sudyalarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish uchun “Jinoyatdan jabrlangan ayollar va bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos protsessual jihatlari” o‘quv dasturini tashkil etish. | Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Odil sudlov akademiyasi (Sh. Abduqodirov), Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (S. Samadov), Ichki ishlar vazirligi akademiyasi (R. Xotamov) |
27. | Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan shahvoniy shilqimlik bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish hujjatlarini jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqida prokuror tomonidan qaror qabul qilinganidan so‘ng sudga yuborish tartibini joriy etish. | Qonun loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil sentabr | Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Oliy sud (B. Islamov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) |
28. | Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha alohida tayyorgarlikdan o‘tgan va tajribaga ega bo‘lgan advokatlarning elektron reyestrini yuritishni yo‘lga qo‘yish. | Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Advokatlar palatasi (Sh. Sadikov) |
29. | Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarga tibbiy, psixologik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatishning integratsiyalashgan tizimini “Bitta murojaat nuqtasi” konsepsiyasi asosida joriy etish. | Asoslantirilgan takliflarni kiritish | 2026-yil may | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
30. | 1. Mahallalar aholisi, ayniqsa, yoshlar orasida “zo‘ravonlikka toqatsizlik” tamoyilini ijtimoiy me’yor sifatida shakllantirish, shu jumladan, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishning huquqiy oqibatlarini tushuntirish. 2. Mahallalarni “Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik — mahallaning rivojlanishiga, jamiyatning yuksalishiga to‘siq” nomli uslubiy qo‘llanma hamda ta’lim tashkilotlarini “Bola huquqlarini himoya qilish” nomli qo‘llanmalar bilan ta’minlash. | Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash | 2026-yil mart | O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Odil sudlov akademiyasi (Sh. Abduqodirov), Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (S. Samadov), Ichki ishlar vazirligi akademiyasi (R. Xatamov) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Bolalar ombudsmani (S. Raxmonova) |
31. | Maktablar va boshqa ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xabar berish imkonini beruvchi maxsus aloqa kanallari haqida targ‘ibot ishlarini olib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Bolalar ombudsmani (S. Raxmonova) |
32. | 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlari tegishli fanlari o‘quv dasturlariga bolalar va o‘smirlar psixologiyasi hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha mavzularni kiritish. | Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova) |
33. | Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarida voyaga yetmagan va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun jazo sanksiyalarini kuchaytirish: (a) ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik (MJtK 47-moddasi); (b) jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanish (MJtK 1883-modda 1-qismi); (v) voyaga yetmagan shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish (MJtK 1883-modda 2-qismi); (g) jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, tilanchilik bilan shug‘ullanish (JK 127-moddasi 1-qismi); (d) voyaga yetmagan shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish (JK 127-moddasi 2-qismi). | Qonun loyihasini ishlab chiqish | 2026-yil may | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
34. | Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchilar va sudyalar tomonidan tergov qilinishi va ko‘rib chiqilishini yo‘lga qo‘yish. | Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov), Oliy sud (B. Islamov), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) |
35. | Oiladagi zo‘ravonliklar, erta nikohga sabab bo‘layotgan jamiyatdagi muammolarning (iqtisodiy, axloqiy, ta’lim tizimidagi va boshq.) oilaga ta’sirini baholash, bunda yosh va ko‘p yillik oilalar bilan so‘rovlar o‘tkazgan holda ilmiy-amaliy yechim bera oladigan loyihalarni amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Doimiy | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov) |