16.02.2026 yildagi KQ-309-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 16.02.2026 yildagi KQ-309-V-son
Kuchga kirish sanasi
16.02.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan hududlarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish jarayonida aniqlangan dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan parlament nazorati doirasida hududlarda huquqni qoʻllash amaliyoti, shu jumladan, korrupsiyaviy omillarning vujudga kelishi ehtimoli boʻlgan holatlar yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazildi. Oʻrganishlar davomida aniqlangan muammoli masalalarni bartaraf etish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hududlarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish jarayonida aniqlangan dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda “Chora-tadbirlar dasturi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birga Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Chora-tadbirlar dasturining bajarilishi boʻyicha yil yakuniga qadar har chorak yakuni bilan Oliy Majlis Senatiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 16-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-309-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2026-yil 16-fevraldagi KQ-309-V-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish jarayonida aniqlangan dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Ijro uchun masʼul vazirlik va idoralar

Masʼul Senat qoʻmitalari

1.

Suv xoʻjaligi tashkilotlarining irrigatsiya tizimi kanallari, gidrotexnik inshootlari, nasos stansiyalari, sugʻorish va meliorativ quduqlari, koʻchma nasos agregatlarini qurish-taʼmirlash ishlarida bajarilgan ishlar hisobini, ishlatilgan qurilish materiallari va ehtiyot qismlar sarfini nazorat qilishning samaradorligini taʼminlash.

Loyiha oldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish, axborot tizimini yaratish boʻyicha bajariladigan ish hajmlarini hisoblash hamda tizimni yaratish boʻyicha asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

2026-yil 1-aprel

Suv xoʻjaligi vazirligi

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

2.

Isteʼmolchilarni suyultirilgan gaz ballon bilan taʼminlash jarayonining shaffofligini oshirish.

“E-gaz” va “Billing.hududgaz.uz” dasturlari orqali isteʼmolchilarni suyultirilgan gaz ballon bilan taʼminlash jarayonini raqamlashtirish.

2026-yil 1-aprel

“Hududgaztaʼminot” AJ,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Tuman va shahar hokimliklari

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

3.

Tibbiyot muassasalari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish va tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun dori vositalari hamda tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va jihozlarini xarid qilish jarayonini takomillashtirish.

Narkotik, psixotrop va ambulatoriyada davolanishni imtiyozli taʼminlash uchun moʻljallangan dori vositalaridan tashqari barcha turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni tender (tanlov) savdolari yoki elektron doʻkon orqali xarid qilish tartibini joriy qilish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

2026-yil 1-aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash qoʻmitasi

4.

Savdo tushumlarini bozor hisob-raqamiga kirim qilish jarayonini shaffofligini taʼminlash maqsadida “Raqamli bozor” dasturini yanada takomillashtirish.

Bozor hududidagi savdo rastalari hamda avtoturargohlarda joriy etilgan dasturlarni Soliq qoʻmitasi tizimlari bilan integratsiya qilish choralarini yanada kuchaytirish.

2026-yil 1-may

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,

Soliq qoʻmitasi

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

5.

“Ichan-Qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasiga kirishda chipta xarid qilish jarayoni shaffofligini taʼminlash va inson omilini bartaraf qilish.

Muzey-qoʻriqxonasiga kirish jarayonlarini toʻliq naqdsiz (elektron) chipta savdosiga oʻtkazish.

2026-yil 1-may

Madaniy meros agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

6.

“Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasining muhofazasini kuchaytirish.

Qonuniy tartibni saqlash va madaniy meros obyektini himoya qilish, qonun buzilishi, jumladan noqonuniy savdo va xizmat koʻrsatish holatlarining oldini olish yuzasidan tegishli qonun osti hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2026-yil 1-may

Madaniy meros agentligi

Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

7.

Naslchilik xoʻjaligi maqomini berish tartibini soddalashtirish.

Naslchilik xoʻjaligi maqomini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga tegishli oʻzgarishlar kiritish.

Jumladan, vakolatli organ talabgor tomonidan toʻldirilgan soʻrovnomadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini aniqlash uchun joyiga chiqqan holda oʻrganiladigan masalalarni har bir toifadagi naslchilik xoʻjaligi maqomi uchun alohida qilib koʻrsatish.

2026-yil 1-may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

8.

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibining shaffofligini taʼminlash va byurokratik jarayonlarni bartaraf etish.

“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2015-yil 17-aprel, roʻyxat raqami 2667) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni berish 2024-yil 1-yanvardan boshlab elektron shaklga oʻtkazilganligidan kelib chiqib oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil 1-may

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash qoʻmitasi

9.

Harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonini raqamlashtirish hamda byurokratik tartiblarni bartaraf etish.

Mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda mudofaa ishlari organlarida roʻyxatda turgan va pensiya tayinlanayotgan fuqarolarning harbiy xizmatni oʻtagan davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimiga taqdim etish boʻyicha integratsiya qilish.

2026-yil 1-may

Mudofaa vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

10.

Hududiy davlat arxivlarida maʼlumot-axborot manbalarini raqamlashtirish.

Hududlardagi arxivlarda 3 — 5-yilga moʻljallangan vaqtinchalik raqamlashtirish sektori tuzish orqali davlat arxivi saqlovidagi arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2026-yil 1-iyun

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

11.

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar xizmatlarini tashkil qilishni soddalashtirish.

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar xizmatlarini oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga qayta kiritish boʻyicha choralarni koʻrish.

2026-yil 1-iyun

Turizm qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi,

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

12.

Davlat xizmatlari agentligi tizimida isteʼmolchilar uchun elektr taʼminotiga ulanish boʻyicha xizmatlar turini yanada kengaytirish.

Davlat xizmatlari agentligidagi mavjud xizmat turiga qoʻshimcha ravishda “Elektr taʼminoti shartnomasini tuzish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini oʻrnatish, plombalash va hisob raqam ochish” qoʻshish.

2026-yil 1-iyun

Adliya vazirligi,

Energetika vazirligi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi,

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

13.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashovchi pensiya yoshidagi shaxslarga avia va temir yoʻl chiptalarini imtiyoz asosida sotib olish tizimini soddalashtirish.

Avia hamda temir yoʻl kassasiga chipta sotib olish maqsadida murojaat qilgan pensiya yoshidagi fuqarolarga tegishli imtiyozni qoʻllash uchun ularning yashash joyi toʻgʻrisida maʼlumotnomani kassa xodimi tomonidan onlayn tarzda olish.

2026-yil 1-iyun

Transport vazirligi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

14.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini yanada takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 943-sonli qarorida belgilangan talablarga muvofiq mehmonxona xizmatlari (joylashtirish boʻyicha xizmatlar) koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanayotgan subyektlari obyektlarida oʻrnatilgan “onlayn NKM”larini “e-mehmon” dasturiga integratsiya qilish.

2026-yil 1-iyun

Turizm qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

15.

Suv xoʻjaligi obyektlari hamda nasos stansiyalaridan foydalanish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihalarining samaradorligini taʼminlash.

DXSHga berilgan suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha bitim shartlarini, shu jumladan investitsiya kiritish majburiyatlari bajarilishi, shuningdek, nasos stansiyalaridan samarali foydalanishni tizimli nazorat va monitoring qilish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil 1-iyul

Suv xoʻjaligi vazirligi

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

16.

Nikoh tuzishni xohlovchi shaxslarning ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy oʻtgach FHDY organi tomonidan qayd etilishi jarayonini qayta koʻrib chiqish.

Nikoh qayd etilishning bir oylik muddati boʻyicha talabning mavjudligi tufayli mazkur muddatni qisqartirish maqsadida soxta maʼlumotnomalar taqdim qilish yoki FHDY organi xodimlari orasida korrupsiyaviy omillarga sabab boʻlishini inobatga olib, nikoh qayd etilishning bir oylik muddat belgilash talabini qayta koʻrish va mazkur jarayonni raqamlashtirish choralarini koʻrish.

2026-yil 1-iyul

Adliya vazirligi

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

17.

https://my.mehnat.uz elektron dasturini yanada takomillashtirish, korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan boʻsh ish oʻrinlari yaratilishi yoki ishga qabul qilish jarayoni nazoratini kuchaytirish.

Korxona, tashkilot va muassasalar rahbar yoki masʼul xodimi https://my.mehnat.uz elektron dasturiga elektron kalit bilan kirganidan soʻng qoʻshimcha tasdiqlovchi bosqichlarni joriy qilish (himoya tizimi orqali haqiqatdan ham rahbar yoki masʼul xodim ekanligini tasdiqlash mexanizmini kuchaytirish).

2026-yil 1-iyul

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli

texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

18.

Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda DXSH asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish uchun elektron tuziladigan bitim tizimini yanada takomillashtirish.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT) orqali DXSH asosidagi nodavlat, shu jumladan, oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirkorlar tomonidan berilgan arizalarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yongʻin xavfsizligi nazorati organlari tomonidan beriladigan xulosalar arizada koʻrsatilgan lokatsiyadan berilishini qatʼiy belgilash maqsadida (NMTTBAT) axborot tizimiga tegishli oʻzgartirish kiritish.

2026-yil 1-iyul

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash qoʻmitasi

19.

Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida hamda DXSH asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni qabul qilish jarayoni shaffofligini yanada kuchaytirish.

https://bbit.uz elektron tizimi orqali oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va DXSH asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish jarayonini Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish tizimini toʻliq joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2026-yil 1-iyul

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Adliya vazirligi

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi,

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi