1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish jarayonlarini “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasida amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoni bilan 2025-yil 1-dekabrdan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berishda ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarni belgilash, ijara shartnomasini tuzish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish hamda ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarda mahsulot yetishtirishga kreditlar olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) amalga oshirilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi) ikkilamchi ijara shartnomalarini tuzish va uni ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Agroportal orqali amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga beruvchi oʻziga tegishli yer uchastkasini toʻliq yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berishda yer uchastkasi uchun ijara haqi miqdorini (soʻmda) belgilash va ikkilamchi ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan imzolagan holda Agroportalda joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraga beriladigan va Agroportalda joylashtirilgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ikkilamchi ijara shartnomasi shartlariga rozi boʻlgan taqdirda, oʻzining shaxsiy kabineti orqali shaxsiy hisobvaragʻini tegishli mablagʻ bilan (soʻmda) toʻldirish hamda ikkilamchi ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan imzolash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi axborotlar bazasining Agroportal bilan toʻliq integratsiya qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ikkilamchi ijara shartnomalari reyestri Agroportalning “Ikkilamchi ijara” boʻlimida aks ettirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil 1-martdan boshlab Agroportalning “Ikkilamchi ijara” boʻlimidagi ikkilamchi ijara shartnomalari reyestriga kiritilgan ikkilamchi ijaraga oluvchilarni belgilangan tartibda moliyalashtirish va kreditlash tizimini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 24-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sakkizinchi xatboshidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat koʻrsatishning yagona nuqtasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ikkilamchi ijara shartnomalarini tuzish va uni ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish quyidagi yoʻnalishlar orqali amalga oshiriladi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchi oʻrtasida yozma qogʻoz hujjat shaklida tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomasini ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun vakolatli organga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Agroportalda tegishli maʼlumotlar bazasini yaratish, foydalanuvchilarga ijaraga olinadigan yer uchastkalarini tanlash va elektron shartnomalarni rasmiylashtirish, ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Agroportal orqali murojaat qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi mazmundagi 71 — 73-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“71. Ikkilamchi ijaraga berish uchun ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchi oʻrtasida yozma qogʻoz hujjat shaklida tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomasini ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali vakolatli organga ikkilamchi ijaraga oluvchi tomonidan murojaat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, belgilangan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi (yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — ikkilamchi ijara shartnomasining ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani uchun vakolatli organning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — davlat xizmatlari yagona billing tizimi orqali koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — ikkilamchi ijara shartnomasining ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani uchun vakolatli organning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Ikkilamchi ijaraga berish uchun Agroportalda tegishli maʼlumotlar bazasini yaratish, foydalanuvchilarga ijaraga olinadigan yer uchastkalarini tanlash va elektron shartnomalarni rasmiylashtirish, ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonlarini amalga oshirish uchun yer uchastkasining oʻlchamidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida ikkilamchi ijaraga oluvchi tomonidan toʻlov amalga oshiriladi. Bunda undirilgan toʻlovlar quyidagicha taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — ikkilamchi ijara shartnomasining ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani uchun vakolatli organning shaxsiy hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — Agroportalda koʻrsatilgan xizmatlar uchun operatorning shaxsiy hisobvaragʻiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Ikkilamchi ijara shartnomalari reyestri Yer kadastriga doir axborot hisoblanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2-bobning nomida “shartnoma tuzish” soʻzlaridan oldin “Ikkilamchi ijaraga berish boʻyicha yerlarni belgilash,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi mazmundagi 81 — 83-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“81. Ikkilamchi ijaraga beruvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga tegishli yer uchastkasini toʻliq yoki bir qismini ikkilamchi ijaraga berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Agroportalga joylashtiradi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi uchun ijara haqi miqdorini (soʻmda) belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatik tarzda shakllantiriladigan ikkilamchi ijara shartnomasini bir tomonlama elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Ikkilamchi ijaraga oluvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkilamchi ijaraga beriladigan va Agroportalda joylashtirilgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda bir tomonlama imzolangan ikkilamchi ijara shartnomasini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasining ikkilamchi ijara shartnomasi shartlariga rozi boʻlgan taqdirda, oʻzining shaxsiy kabineti orqali shaxsiy hisobvaragʻini tegishli mablagʻ bilan (soʻmda) toʻldiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkilamchi ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga beruvchi va uni ikkilamchi ijaraga oluvchi tomonidan imzolangan ikkilamchi ijara shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ikkilamchi ijara shartnomalari reyestriga kiritish uchun oʻzaro hamkorlik orqali ijaraga oluvchi tomonidan vakolatli organga yuboriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 9-banddagi “ilovaga” soʻzi “1-ilovaga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Ikkilamchi ijaraga beriladigan yer uchastkasining oʻlchami, kontur raqami va yer turi, joylashgan joyi (geografik koordinatalari), manzili, tuproqning ball boniteti, suv bilan taʼminlanganlik darajasi, yillik ijara narxi, ikkilamchi ijara muddati taraflarning kelishuviga asosan Agroportalning “Ikkilamchi ijara” boʻlimidagi namunaviy shartnomada aks ettiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12. Ikkilamchi ijara shartnomasi ikkilamchi ijaraga oluvchining davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali uch ish kuni ichida yuborgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi murojaatiga asosan vakolatli organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ murojaatni koʻrib chiqishda qoʻshimcha zarur maʼlumotlarni idoralararo axborot tizimlari orqali oʻzaro hamkorlik qilish asosida oladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 13-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vakolatli organ ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan shartnomani Agroportalning “Ikkilamchi ijara” boʻlimida aks ettiradi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 17-bandda “foydalanishga kiritilgan qismi” soʻzlaridan keyin “davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yoxud Agroportal orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs
1. Oʻz tashabbusi bilan ixtiyoriylik asosida ikkilamchi ijaraga oluvchining roziligi bilan yozma qogʻoz shaklida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ikkilamchi ijara shartnomasini tuzadi.
2. Oʻz tashabbusi bilan ixtiyoriylik asosida:
oʻziga tegishli yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Agroportalga joylashtiradi;
yer uchastkasi uchun ijara haqi miqdorini (soʻmda) belgilaydi;
ikkilamchi ijara shartnomasini bir tomonlama elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs
1. Yer uchastkasining ikkilamchi ijara shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da roʻyxatdan oʻtadi hamda toʻlovni amalga oshiradi.
2. Agroportalda joylashtirilgan yer uchastkasi va ikkilamchi ijara shartnomasini koʻrib chiqadi;
shaxsiy hisobvaragʻini mablagʻ bilan (soʻmda) toʻldiradi;
ikkilamchi ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
3. Ikkilamchi ijara shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ikkilamchi ijara shartnomalar reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasiga elektron shaklda murojaat qiladi.
Shartnoma imzolangandan keyin 3 ish kuni ichida
3-bosqich
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi
1. Yer uchastkasining ikkilamchi ijarasi boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqadi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
a) ikkilamchi ijara shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish;
b) ikkilamchi ijara shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish.
3 ish kuni ichida
2. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi haqida davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali xabardor qiladi.
1 ish kuni ichida
4-bosqich
Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs
1. Yer uchastkasining chegaralarini joyida belgilaydi va uni ajratib beradi.
2. Yer uchastkasini ajratish boʻyicha tegishli dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Oʻzaro kelishuv asosida 2 ish kuni ichida yoki shartnomada belgilangan muddatda
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1.
F.I.O.:
2.
Pasport (ID-karta) maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3.
JSHSHIR:
4.
Telefon raqami:
5.
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1.
Toʻliq nomi:
2.
STIR:
3.
Telefon raqami:
4.
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
Arizada koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:
Ikkilamchi ijara shartnomasi imzolangan sana va raqami:
Koʻchmas mulk obyekti turi:
Ikkilamchi ijaraga olinayotgan yer uchastkasining oʻlchami:
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish