Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATI VA ILMIY KENGAShI TARKIBINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-martdagi 65-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosati tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini takomillashtirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini bugungi kun talabiga koʻtarish, ularni attestatsiyadan oʻtkazishga respublikaning yetuk olimlarini kengroq jalb qilish hamda OAK Rayosati va Ilmiy kengashi tarkibini qisman yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining tarkibi 1-ilovaga muvofiq va Ilmiy kengashning tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining bosh ilmiy kotibi maqomi, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 288-son qarori oʻz kuchini yoʻqotsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 4-iyul,
282-son